§. Elektr poyezdning KB—65 mashinist kontrollerini ta’mirlash
Bu apparat, avvalo, havo yordamida tozalanadi, so‘ng quyida- gi tartibda qismlarga ajratiladi; uning oldingi va orqadagi kojuxlari, bosh qo‘lbog‘i, qopqog‘i, bosh va reversiv barabani boshmoqlari, xavfsizlik klapanlari olinadi.
Kontrollerning mexanik blokirovkasi ajratiladi. Kulachogi, zashelkasi, xrapovigi va prujinasi chiqariladi. Texnik xavfsizlik vali ajratiladi. Mahkamlaydigan halqasi, payshaxasimon ikki kulochogi ajratiladi. Bosh barabani, shpilkasi va mahkamlaydigan halqasi tushiriladi. Tushirilgan bosh qo‘lbog‘i qismlarga ajratiladi.
18.1. Korpusi, qopqog‘i, reykasi va ushlagichlari. Korpusi va uning qopqog‘i kontroller reykasi darz ketgan bo‘lsa, ishlov berib payvandlanadi. Kontroller qopqog‘i xrom bilan qoplanadi. Boshmoqlarining ushlagichlari darz ketgan bo‘lsa, yangisiga almashtiriladi. O‘rnatilgan plastinalarning rezbasi tekshiriladi va ushlagichlari mahkam o‘rnatiladi.
18.k. Revers va bosh barabani. Barabanlarini eski bo‘yoqlar- dan tozalab so‘ng tekshiriladi. Darz ketgan va chetlari uchgan bo‘lsa, yangisiga shumtol (yasen) daraxtidan yasalganiga almash- tiriladi. Barabanga o‘rnatilgan segmentlari va ularning qalinligi tekshiriladi. Revers barabanining kvadrat shaklidagi joyi yeyilgan bo‘lsa, payvandlash yordamida ta'mirlanadi.
Xavfsizlik vali. Ikki qavatli bronzali ulanmasi tekshiriladi. Ulanmalarining qalinligi 4 mm dan kam bo‘lsa, gaz bilan payvandlash yordamida naplavka qilinib, chizmasiga javob beradigan tarzda ishlov beriladi. Podshipnikdagi valining lyufti yo‘q qilinadi. Valining izolatsiyasi tekshirilib, darz ketgan, urilgan, izolatsiyasi buzilgan joylari bo‘lsa, yangisiga almashtiriladi.
95
Mexanik blokirovkasi. Kulachogining profili, xrapov- nikning revers va bosh vali, zasholkasi (lo‘kidoni) shablon yorda- mida tekshiriladi. Ularning tuzilishi chizmasiga mos kelishi kerak va tuzilish profili ko‘rinishining farqi 0,5 mm dan oshmasligi kerak. Kulachogi, xrapovigi, zasholkasi va ularning tuzilishi shablonga to‘g‘ri kelmasa, gaz bilan payvandlash yordamida ta'mirlanadi va chizmasining talabiga to‘g‘ri keltiriladi. Xavfsizlik mexanizmi roligining diametri 23 mm dan kam bo‘lsa va xrapovigining tashqi diametri 20 mm dan kam bo‘lsa, yangisiga almashtiriladi.
Bosh qo‘lbog‘i. O‘qi yeyilgan bo‘lsa, yangisiga almash- tiriladi. Khablon yordamida zashyolkaning profili va uning yeyilishi 0,5 mm dan oshmasligi kerak. Plastinkali prujinasi tekshiriladi. Qolbog‘i korpusidan darz ketgan bo‘lsa, payvandlash yordamida ta'mirlanadi va ta'mirlangan qo‘lbog‘i xrom bilan qoplanadi. Yig‘ilgan bosh qo‘lbog‘ining o‘qida lyuft bo‘lmasligi kerak.
Kontrollerni yig‘ish va sozlash. Kontrollerni yig‘ish vaqtida boshmoqlarining mahkamligi va segmentlarining to‘g‘ri o‘rnatilganligi tekshiriladi. Kegmentlarni mahkamlashda vintlari- ning boshchasini 0,15—1,5 mm chuqurlikka joylash kerak. Vint- larning boshchasi ish vaqtida boshmoqlarining suxariklariga to‘g‘ri kelmasligi lozim. Bundan tashqari, ishlamagan vaqtda boshmoqlarning suxarigi yog‘ochli silindrdan 2,5 mm nari turi- shi kerak.
Kontroller boshmoqlarining bosimi 1—1,5 kg, cho‘kishi esa 2—3 mm ni tashkil qiladi. Ko‘ng kontroller barabanining o‘rnatilishi tekshiriladi. Bosh qo‘lbog‘i nol pozitsiyasida doira bo‘yicha harakatlanishida barabanining yurishi 2 mm dan oshmasligi kerak. Blokirovkasining elementlari orasidagi oraliq tekshiriladi. Bosh valining xrapovigi va rolikning vali orasidagi masofa 1 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Ikki qavatli bronzali ulanish xavfsizlik mexanizmi va bosh barabani boshmoqlari orasidagi masofa 8 mm bo‘lishi lozim. Bosh qo‘lbog‘ini harakatga keltirish uchun 7 kg kuch va uni ushlab turish uchun 1,0—2,5 kg kuch talab etiladi. Ko‘ng konroller barabani ish pozitsiyalarida aylantirilib ko‘riladi. Bunda bosh valning xrapovigi ish pozitsiyalarini aniq fiksatsiya qilishi kerak. Kontrollerning elektr tokiga chidamliligi tekshirib ko‘riladi, bu 800 V kuchlanish tokida 1 daqiqa davom etadi.
96
Elektrovoz va elektr poyezdlarning tormoz tizimini tek- shirish. Kompressorning havo ishlab chiqarishi va uzatishi. Kom- pressorni ishga tushirishdan oldin karterining yog‘ sathi o‘lcha- nadi. Ishga tushirilgandan so‘ng me'yorli ishlashiga quloq solib ko‘riladi. Yog‘ bosimi tekshiriladi. Har bir kompressor bosh rezervuarida havo bosimining maksimal holatini regulator tomonidan o‘chirilgan vaqtda havo bosimi MPa (kg/sm2) quyidagicha bo‘lishi kerak.
Elektrovozlarda 0,75 (7,5—9,0);
Elektr poyezdlarda 0,65—0,8 (0,65—8,0).
Bosh rezervuarlarni havo bilan to‘ldirish uchun kran berkitiladi va kompressorning ishini to‘xtatib, havo bosimi bosh rezervuarda 0,7 dan 0,65 MPa (7,0 to 6,5 kg/sm2) gacha pasayishi kuzatiladi. Bu jarayon quyidagicha kechadi:
Bosh rezervuardan havo chiqish vaqti, s,
500 gacha
|
5
|
600 gacha
|
6
|
700 gacha
|
7
|
800 gacha
|
8
|
900 gacha
|
9
|
900 ortiq
|
10
|
Tormoz tizimidagi havo zichligini tekshirish. Bunda (дboй- нoй) kran yoki aralash (komбиниpobaнный) kran yopiladi, so‘ng manometr yordamida havo bosimining pasayishi kuzatiladi, havo bosimining kamayishi 1 daqiqa davomida 0,02 MPa (0,2 kg/sm2) dan yoki 0,05 MPa (0,5 kg/sm2) dan 2,5 daqiqadan oshmasligi kerak.
Tormoz silindri va havo quvurlari butligini tekshirish. Bunda tormoz silindrida 0,35 MPa (3,5 kg/sm2) dan havo bosimi yordamida tormoz qilib bo‘lingandan so‘ng kranning dastagini havo o‘tkazmaydigan holatga (пepekpытия) qo‘yib tekshiriladi. Bunda havo bosimi 1 daqiqa vaqt ichida kamayishi 0,02 MPa (0,2 kg/sm2) dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |