Research and publications


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 10,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/217
Sana23.07.2022
Hajmi10,45 Mb.
#841807
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   217
Bog'liq
“TA’LIM FIDOYILARI” JURNALI. 4-SON

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Narzulla Jo`rayev.Tarix falsafasining nazariy asoslari.T:,‖Ma`naviyat‖. 2008. 
2.
. Nishonova S. Komil inson tarbiyasi.T.: Istiqlol, 2003. 
3.
Ochil Safo.Mustaqillik ma‘naviyati va tarbiya asoslari.T.«O`qituvchi‖.1997. 
4.
Розова. М.А.Интегративные тенденции в современном мире и 
социальный 
прогресс. 
– 
М.:Издательство 
Московского 
университета,1989. 


416 
5.
Roziqov. O. Og`ayev S.,Mashmudov. M Azizov. B. Ta‘lim texnologiyasi. T: 
«O`qituvchi‖. 1999. 
6.
Rahmonov R. Fayziyev F.Yoshlar dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy 
ong va tarixiy xotira. T:.―O`zbekiston‖, 2008. 


417 
 

8-SINF O`ZBEKISTON TARIXI FANIDA "O`ZBEK XONLIKLARINING
TARAQQIYOTDAN ORQADA QOLISH SABABLARI VA OQIBATLARI" 
MAVZUSINI BAXS-MUNOZARA USLUBIDA O`RGANISHNING 
SAMARADORILIGI. 
Xoliqov Obiljon Zokirjonovich 
Namangan viloyat Namangan tuman Xalq ta‟limi bo`limiga qarashli 23-sonli 
maktab tarix fani o`qituvchisi. 
Annotatsiya:
Tarix fanini o‘qitishda baxs-munozara va turli usullardan foydalanish, 
o‘quvchilarda o‘zlari yashab turgan o`lka tarixini haqqoniy, aniq manbalar asosida 
o`rganish, tarixiy bilimlarini rivojlantirish va tirli vaziyatlarda qo‘llay olish 
ko`nikmasini takomillashtiradi. Tarix darsida o‘rganiladigan har bir mavzu aniq
dalillarga asoslanishi va ko‘rgazmali bo‘lishi kerak. Bunda tarixiy manbalar,
ularni bilish va taxlil qila olish juda katta ahamiyatga ega.
Kalit so`zlar:
jahon taraqqiyotidagi o`zgarishlar, o`zbek xonliklaridagi qoloqlik 
sabablari, qoloqlik oqibatlari. 
G'arbiy Yevropaning ilg'or mamlakatlarida sanoat ishlab chiqarishning yetakchi 
tarmog'iga aylanib bordi. XVI asrning o'rtalaridan boshlab to'qimachilik, qog'oz, 
shisha ishlab chiqarishda mehnat taqsimoti va qo'l hunari texnikasiga asoslangan 
korxona - manufakturalar vujudga keldi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida asbob-uskunalarni harakatga keltiruvchi bug' 
mashinasi (motor) ixtiro qilindi. Natijada asosiy ishlarni mashinalar bajaruvchi 
fabrika-zavodlar vujudga Bug' mashinasi bilan harakatlanuvchi parovoz, paroxod, 


418 
cho'yan va po'lat oluvchi domna pechlar yaratildi, temiryo'llar qurildi. Yirik boy 
tabaqalarning tashqi savdodan, mustamlakalardan, manufakturadan orttirgan boyliklari 
sanoatni rivojlantirish uchun sarmoya sifatida qo'yildi. Bu sanoatning rivojlanishida 
muhim omil bo'ldi. Eng muhimi xo'jalik yuritish uchun zarur bo'lgan mashinalarni 
ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi, og'ir sanoat vujudga keldi. Biroq bu jarayon jahon 
mamlakatlarida nihoyatda notekis bordi. Ko'pgina mamlakatlar, jumladan, o'zbek 
xonliklari ham bu jarayondan chetda qolib, taraqqiyotda orqada qolib bordi.
O`zbeksiton Respublikasining birinchi Prezidenti I. Karimov o`zining "Tarixiy 
xotirasiz kelajak yo`q" asarida xonliklar davri tarixiga yangicha nazar tashlar ekan, 
tarixchi mutaxassislarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi: "Nega jahonga 
Ahmad Farg‘oniy, Muso Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Imom Buxoriy, 
Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bergan bu 
millat XVII-XIX asrga kelib to shu choqqacha erishgan yuksalish darajalaridan tushib 
ketdi. Nega so`nggi uch asr mobaynida boshimiz qoloqlikdan chiqmay qoldi. 
Ajdodlarimiz qattiq karshiligiga qramay chor Rossiyaning o`lkamizga nisbatan oson 
zabt etishida mana shu qoloqlikning xam o``rni bo`lmaganmikan" 
Darhaqiqat Markaziy Osiyo xonliklarini mustamlakachilik asoratiga tushib, jahon 
ijodiy muhitidan va taraqqiyotidan ortda qolishi hamda qoloqlikka yuz tutishi natijasi 
edi. O`zbek xonliklaridagi mazkur qoloqlikning ildizi, sabablari quyidagilarda aks 
etadi: 
Birinchidan, asrlar davomida bir butun bo`lib yashab kelgan mamlakatning, yagona 
iqtisodiy va madaniy muhitda yashab kelgan xalqning uchga bo`linib ketishi, xonliklar 
o`rtasida to`xtovsiz urushlar, har bir xonlik ichidagi boshboqdoqlik va hokimiyat 
uchun o`zaro tinimsiz kurashlar hamda ichki nizo, ig‘vo-fasodning avj olishi butun 
mamlakatni xonavayron qildi. Bir millat vakillari qavm-qarindoshlarni sohibqiron 
vasiyatiga amal qilmasdan bir-birlariga yov nigohi bilan qarashlari oqibatida 


419 
tanazzullik sari yuz tutdi. Toj-taxt uchun kurashlar va saroyda fisqu-fasod shu darajaga 
borib yetganki, birgina Qo`qon xonligida hukmronlik kelgan 15 xondan 6 nafari 
(Bobobek, Sulaymonxon. Olimxon Alixon, Sheralixon, Mallaxon) saroy to`ntarishi 
natijasida o`ldirilgan.
Ikkinchidan, Markaziy Osiyo davlatlarining asrlar davomida o`zgarmay kelayotgan 
davlat boshqaruvi usuli, tizimi, tor doiradagi hukmdorlar zulmi taraqqiyotiga g‘ov 
bo`lib qolgan edi. Har uchala xonlik hukmdorlari ko`p xollarda ma'lum siyosiy kuchlar 
yoki aloxida bir xonadon sohiblari ta'siriga tushib qolgan. Xiva xonligida shayboniylar 
davrida inoqlar xonga yetarlicha ta'sir ko`rsatgan. Xususan, qo`ng‘irotlar qabilasi inoqi 
- Muhammad Amin xonlik shayboniylar xonlarini shu qadar siquvga olganki, oxir-
oqibat o`zi xonlik taxtini egallaydi (1770 - yil). Qo`qon xonligida Xudoyorxon 
hukmronligining dastlabki bosqichida qipchoqlar sardori Musulmonqul amalda davlat 
boshqaruvini qo`lga oladi. Buxoroda ashtarxoniylar vakili Abulfayzxon (1711-1747) 
mang‘itlar xonadoni va boshqa siyosiy kuchlar qo`lida qo`ug‘irchoq bo`lib qolganligi 
haqida xonlikda bo`lgan rus imperatori Pyotr I elchisi F.Beneveni o`z imperatoriga 
hisobot bergan.
Uchinchidan, xonliklar o`rtasidagi o`zaro urushlar, etnik nizolar urug‘-qabila 
jamoalarini bir joydan ikkinchi joylarga ko`chirishni keltirib chiqardi. Yoki zo`rlik 
bilan yashab turgan ko`chirilgan hamda milliy kamsitish siyosati ham ko`zga 
tashlangan.
Masalan: Buxoro amirligida yahudiylar ahvoli ayanchli bo`lgan. Garchand ular o`z 
diniy e'tiqodlarini saqlab qolgan, amirlikdagi deyarli butun savdoni o`z qo`llarida 
to`plagan bo`lsalarda, ularga nisbatan inson qadr, tahqirlovchi, xo`rlovchi tartiblar 
joriy etilgan. Xususan, yahudiylarga ot minib yurish taqiqlanib, ular eshak minib 
yurishlari mumkin edi xalos. Bellariga kamar emas, chilvir bog‘lab yurishlari shart edi.


420 
To`rtinchidan, o`zbek xonliklari o`rtasida ichki iqtisodiy va savdo birligi shakllanmadi. 
Xonlikning savdo munosabatlarida xamon ayirboshlash usuli davom etardi. Bunga 
sabab davlatlardagi mavjud pullarning qadrsizligi va mintaqada bir xil amal qilmasligi 
edi. 
Markaziy Osiyo jahon bozoridan ajralib qolgani ustiga bu yerda yagona ichki bozor 
ham tashkil topmadi. O`zbek xonliklarida tinimsiz davom etgan o`zaro nizolar va ichki 
siyosatdagi parokandalik xorijiy mamlakatlar savdo karvonlarini bu yerga kelishdan 
cho`chitib, xalqaro savdodan tobora uzoqlashtirardi hamda o`z-o`zidan yagona ichki 
bozor vujudga kelishiga to`siq bo`lardi. 
Beshinchidan, xonlar va saroy amaldorlari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojiga xalaqit 
berayotgan eski ishlab chiqaruvchi usulini himoya qilar, xonliklarning asosiy boyligi 
bo`lgan yerga egalik qilish, mulkchilikning eski usuli asrlar davomida o`zgarmasdan 
kelardi. Yevropada va dunyoning ko`pgina mamlakatlarida mavjud yerga egalik 
kilishning xususiy mulk shakli qishloq xo`jaligi taraqqiyoti va dastlabki kapital 
jamg‘arish jarayonining vositasi bo`lgan. Osiyoda, jumladan, Markaziy Osiyo 
xonliklarida esa mulkchilik shakllari va dehqonchilik shakllari asrlar davomida 
o`zgarmasdan, yerning asosiy egasi ilgaridagidek oliy hukmdorligicha qolaverdi. Oliy 
hukmdor yerning birdan-bir egasi bo`lib, yer ishlovchilarga - dehqonlarga ijara tarzda 
xatlab biriktirilgan edi. Dehqon yer egasi emas, yerdan olinadigan xosilning egasi edi 
xalos. Shu bois dehqon yerni asrab-avaylashga, uning unumdorligini oshirishga 
intilmadi. Xon yerlarida majburan ishlashga safarbar etiladiganlar soni 10 ming 
nafargacha yetardi. Markaziy Osiyo hududida la‘lmi va sug‘oriladigan yerlar 2 million 
gektarni tashkil qilib, jon boshiga yarim gektardan to`g‘ri kelgan. Lekin, dehqonchilik 
nochor ahvolda bo`lib yerga ishlov berish o`sha-o`sha bir juft-xo`kiz, so`qa-omoch 
darajasida qolib ketgan edi. Irrigatsiya inshootlariga ahamiyat pasayib, sug‘oriladigan 


421 
yer maydonlari qisqarib borardi. Natijada yetishtirilgan mahsulot aholi iste'mol 
talabini bazo`r qoplagan. 
Oltinchidan, aholi xon va beklarning turli lavozimdagi mansabdorlarning 
zo`ravonligidan, o`zboshimchaligidan, mansabini suiste'mol qilishdan, g‘ayriqonuniy 
soliq va jarimalaridan himoya qilinmagan edi. 
Yettinchidan, turmush darajasi past bo``lib, aholi iste'mol uchun eng zarur
bo`lgan doiradagi oddiy buyum va mahsulotlar bilan qanoatlanardi. Ishlab
chiqarishning faqat iste'molga yo`naltirilganligi, hamda sotib olish imkoniyatining
pastligi iqtisodiyotning rivojlanishiga to`sqinlik qilardi.
Sakkizinchidan, xonliklarda sanoat rivojiga e'tibor qaratilmadi. Oltingugurt, rangli
metallar, marmar, toshko`mir, neft konlari serob bo`lsada, ularni qazib olish, toq 
kon ishlarini yo`lga qo`yishga e'tiborsizlik qilindi. Faqatgina, Toshkent begi
Yunusxo`ja sanoatni rivojlantirish uchun Sibir hukumati ma'muriyati bilan
hamkorlikka intilgan, lekin, reja amalga oshmadi. O`lkada yirik daryolar bo`lsada, 
baliqchilik sanoat darajasiga ko`tarilmadi va kemasozlik masalalari xal qilinmadi. 
To`qqizinchidan, tovar-pul munosabatlari rivojlantirilmadi. Xon va asilzodalar 
boyliklarining asosi pul, oltin, kumush va qimmatbaho javohirlardan iborat degan
eski tasavvurlar ostida qolib ketdilar. Shu boisdan oltin, kumush, javohir va pullar
ularning xazina to`plash manbai bo`lib qolgan edi, iqtisodiyot rivoji uchun kapital 
(sarmoya) sifatida sarflanmadi, O`lik mol sifatida saqlanardi. Xon va amirlar, 
ularning yirik amaldorlari faqat ayrim xollardagina o`z obro`larini ko`z-ko`z
qilish maqsadida masjit, madrasa va o`zlariga saroy qurdirardi xalos. Davlat
xazinasiga tushadigan daromad saroy va qo`shin xarajatlarini zo`rg‘a qoplagan.
O`ninchidan, ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotda diniy mutaasiblik, joxillikning
kuchli mavqega ega bo`lib qolganligi edi. Maktab va madrasa ta'limi asosan
diniy bilimlar doirasida o`ralashib qolishi hamda dunyoviy bilimlar egallanishiga


422 
ruxoniylarning sun'iy ravishda to`siq bo`lishi sabab bo`lardi. Yevropada katolik
cherkovining mutaasibligiga qarshi kurash yetilib kelayotgan sanoatchilar va ularni
qo`llab quvvatlagan shahar hamda qishloq qambag‘allarining birgalikdagi
kurashi oqibatida g‘alabaga erishilgan bo`lsa, Markaziy Osiyoda demokratik fikr, 
diniy mutaasiblik va uning tayanchi bo`lgan davlatning birlashgan qudratini
yenga olmadi. Chunki bu fikr tayanishi mumkin bo`lgan, uni qo`llab
quvvatlaydigan ijtimoiy kuch xali bu yerda yetilmagandi. Xullas, sun'iy sug‘orish
ishlari qurilishdan tortib dehqonchilik, hunarmandchilik, fan va madaniyatgacha, 
ichki savdodan tashqi iqtisodiy aloqalargacha oid ma'lumotlarni olsak, umuman 
olganda, yurtimiz va ajdodlarimiz bu davrda ko`pchilik xalqlardan orqada
bo`lmagan. Shu o`rinda tarixshunos olim Xamid Ziyoevning ushbu fikriga e'tibor
qaratsak, "Garchand Buxoro, Xiva va Qo`qon xonliklarida hayot o`z yo`lida
davom etib, muayyan darajada olg‘a siljishlar hamda yutuqlar bo`lsada, biroq, ular
mavjud tabiiy boyliklarga va keng imkoniyatlarga taqqoslanganda, dengizdan bir
cho`mich suvga o`xshab ketadi. Bunga tinimsiz davom etgan taxt uchun
kurashlar va xonliklarning o`zaro urushlari orqasida yuzaga kelgan edi. Unchalik
katta bo`lmagan mintaqada bir-biriga dushman uchta mustaqil xonlikning
mavjudligi pirovardida fojeali oqibatlarni tug‘dirdi".
Iqtisodiy qoloqlik va g‘arbiy nochorlik, ijtimoiy - siyosiy beqarorlik Markaziy
Osiyoni o`z tasarrufiga kiritib olishga intilayotgan davlatlarga qo`l keldi. O`zbek
xonliklarining hukumdorlari Rossiya imperiyasi tajovuzlariga nisbatan e'tiborsizlik va 
ma'suliyatsizlik bilan yondashdilar. O`zaro urushlar girdobiga botib, katta kuchlarni 
behuda qurbon qildilar, mamlakat boyligini besamar ishlarga sovurib, vaqtini aysh-
ishrat hamda kayfu-safoda o`tkazdilar. Xalq va yurt taqdiriga e'tiborsizlik va 
ma'suliyatsizlikni atoqli o`zbek ma'rifatparvar yozuvchisi Abdulla Qodiriy o`zining 
"O`tkan kunlar" romanida Yusufbek hoji tilidan quyidagi alamli so`zlarda bayon 


423 
etadi: "Maqsadlari juda ochiq... bittasi mingboshi bo`lmoqchi, ikkinchisi 
Normuhammadning o`rniga o`tirmoqchi, uchunchisi yana bir shaharni o`ziga qaram
qilmoqchi, ittifoqning nimaligini bilmagan, yolg‘iz o`z manfaati, shaxsiyati yo`lida
bir-birini yeb, ichgan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar 
Turkiston tuprog‘idan yo`qolmay turib, bizning odam bo`lishimizga aqlim yetmay 
qoldi... biz shu xolatda ketadigan bo`lsak, yaqindirki, chor istibdodi Turkistonimizni 
egallar." Oqibatda XIX asrning 60-70-yillarida Rossiya bosqinchilari tomonidan zabt 
etildi. Shu tariqa o`zbek davlatchiligi tarixidagi bu safar 125 yildan ortiq kechgan 
qaramlik davri boshlandi. 
Mazkur mavzuni oddiy an'anaviy tarix darslarida o`rgatish, xalqimiz boshidan o`tgan 
ushbu jarayonlarni o`quvchiga to`la yetkazib berish va o`z-o`zidan tarixiy xotirasi
mustahkam bo`lishi uchun yetarli darajada sharoit bo`lmaydi. Trening jarayonida
o`quvchi boshqalardan farqli va terang ma'lumot berish uchun asosiy darslik va
qo`shimcha adabiyotlardan ham mustaqil izlanadi. Natijada munozara jarayonida
bildiriladigan turli fikr va farazlarga o`z mushoxodasiga tayangan xolda sara fikrlarni
ajratib olishga intiladi. Trening to`g‘ri tashkil etilsa muammo mohiyatini ochib
beruvchi asosiy tayanch tushunchalardan tortib mayda elementlargacha o`quvchi 
nazaridan chetda qolmaydi. Shu tufayli o`rganilayotgan mavzu yuzasidan o`quvchida 
keng ko`lamdagi va mukammal tushuncha xosil bo`lib, jarayonga nisbatan har 
qachon, har qanday davrada o`z bilimiga asoslangan xolda mustaqil fikr bildira olish 
imkoni xosil bo`ladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`k. T., Sharq, 1998, 9- bet. 


424 
2. Jo`raev U. Usmonov Q. va boshqalar, O`zbekiston tarixi, 8- sinflar uchun darslik T., 
Oqituvchi, 2019, 150-153-betlar. 
3.Usmonov K., Sodiqov M., Burxonova S., O`zbekiston tarixi T., Iqtisod-moliya, 
2006, 216- bet. 
4. Shamsiddinov R., Sodiqov Sh., Burxonova U. Vatan tarixi. T., Sharq, 67- bet. 
5. Ziyoev X. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. T., Sharq, 
1998, 18 – bet. 


425 

Download 10,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish