“Xasislik” ijobiy fazilat
406
- Tejamkor,
- Boy bo'ladi,
- Har bir narsadan unumli foydalanadi, - Kelajak uchun zamin yaratadi,
- Oila manfaatini o'ylaydi,
- Shirinso'z bo'ladi,
- Mulk qadriga yetadi.
Yoki bu topshiriqlarni ―T‖ sxemasi orqali ham bajarsa bo'ladi. Masalan:
“T” sxemasi
Xasislik
Ijobiy
Salbiy
tejamkor
Tomsa yalaydi, tommasa yo' q
boy bo'ladi
O'ziyam yemaydi, birovga ham yedirmaydi
har bir narsadan unumli
foydalanadi
Qizg' anchiq
kelajak uchun zamin yaratadi
Boylik yig'adi
oila manfaatini o'ylaydi
Birovga bersam esiz oshim
shirinso'z bo'ladi
«Qizil va yashil kartochkalar bilan ishlash»
metodi asosida o‘quvchilar
bilimini baholash.
Izoh. Ushbu metodda yashil kartochka «tasdiq» (ha), qizil kartochka esa
«inkor» (yo'q) ma‗nosini bildiradi. Savollar mavzu mazmunidan kelib chiqib, «ha» va
«yo‗q» javoblariga asoslangan holda tuziladi. O'qituvchi savollarni o'qiganda,
baholanayotgan o'quvchilar savol mazmuniga qarab kerakli kartochkani ko'rsatadilar.
Savollar:
1. «Vatan» tushunchasi «Ona» so'ziga tenglashtiriladimi? (Ha).
407
2. Zahiriddin Muhammad Boburning tug'ilgan joyi Andijonmi? (Ha).
3. Yurtimizda ko'plab vatanparvarlar tug'ilib o'sganmi? (Ha).
4. «O‗zga yurtda shoh bo'lguncha, o'z yurtingda gado bo‘l» bu topishmoqmi?
(Yo'q).
5.Vatanimiz poytaxti Toshkentmi? (Ha).
6. Yaxshi o‘qimaslik, har bir narsani asrab-avaylamaslik Vatan ravnaqiga hissa
qo'shishlikmi? (Yo'q).
7. Vatanimizda ko'plab qadimiy, tarixiy yodgorliklar bormi? (Ha).
8. O'zbekiston mustaqil davlatmi? (Ha).
Biz yashayotgan zamin-ko'hna sharqda komil inson g'oyasiga katta e'tibor bilan
qaralgan. Xo'sh, komil inson kim? Komil inson - har tomonlama yetuk, odobli, aqlli,
axloqli, sog'lom insondir. Ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf
Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy kabi buyuk ajdodlarimiz o'z asarlarida
insonning ma'naviy, axloqiy kamoloti haqida so'z yuritadilar. Husayn Voiz Koshifiy
komil inson uchun tilni behuda gaplardan tiyish, quloqni yomon so'zlardan, bo'htonu-
g'iybatlardan bekitish, xalqqa ozor beradigan ishlardan o'zini asrash, borish man
etiladigan joylarga bormaslik kabi qoidalarga amal qilish kerakligini ta'kidlaydi.
Shayx Sa'diy esa ―Guliston‖asarida shunday deb yozgan: ―Kimda kim yoshligida
tarbiya olmasa, katta bo'lgach, baxtli bo'la olmaydi. Ho'l novdani istagancha bukish
mumkin. Quruq niovdani esa faqat olovda toblab to'g'rilash mumkin.‖ Alisher
Navoiyning boy ijodiy me'rosidan odob-axloqqa oid juda ko'plab hikmatlarni topish
mumkin:
Har kim ayon etsa yaxshi qiliq,
Yetar yaxshilikdin anga yaxshilik.
408
Tarbiya darslarida bu kabi kabi hikmatlar, qimmatli fikrlar juda
ko'p.O'quvchilar uni qunt bilan oqisa, o'rgansa va hayotda amal qilsa, jamiyatda o'z
o'rniga ega bo'lgan yetuk insonlar bo'lishlari shubhasiz .
Do'stlaringiz bilan baham: |