Atajonova Zuhra Sultonovna
Xorazm viloyati Shovot tumanidagi xalqaro
matematika va fizika maktab-internatining
ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi
Qo‘chqorova Sarvara G‘ofur qizi
Xorazm viloyati Shovot tumanidagi xalqaro
matematika va fizika maktab-internatining
10-”B“sinf o‘quvchisi
Sharipova Ozoda Dilshod qizi
Xorazm viloyati Shovot tumanidagi xalqaro
matematika va fizika maktab-internatining
9-”B“sinf o‘quvchisi
Annotatsiya: Alisher Navoiy asarlaridagi avtobiografik jihatlarning badiiy ifodasi
tahlilini tadqiq qilish;
Kalit so‘zlar: ijtimoiy-axloqiy masalalar,davlat boshqaruvi,pandnoma,avtobiografik
ma’lumotlar,renessans;
457
Nizomiddin Mir Alisher Navoiy Sharq olamida necha asrlardan beri she’riyatning
va,umuman, badiyatning barcha go'zalligi-yu jilosini boricha olam ahliga o’zining
mukarram qalami ila namoyon etib bera olgan zotdir.Shoirning o'z ta’biri bilan
aytganda, “nazm gulistonining andalibi nag'ma saroyi” sifatida “nafasning joni bor...”
degan hikmatning isbotini zaminlar va zamonlar osha asarlari bilan mislsiz tasvir va
ifodalarda e’tirof qilib kelmoqda. ”Shams ul-millat“ning nasriy yoki nazmda bitilgan
ijod namunalarining barida umumbashariy mavzu va g’oyalar talqinini topish
mumkin. Shu qatorda asarlarida hasbi hol-ya’ni muallifning hol-ahvol bayoni ifoda
etilgan o’rinlarni ilg’ash qiyin emas. Xususan, ijtimoiy-axloqiy masalalarga
bag’ishlangan “Mahbub ul-qulub “asarida o'z zamondoshlaridan yetgan ko’ngil
jarohatlarini shunday izohlaydi:
“…Ammo davron bog‘ining xas va xoshakoyinlari va yeldek besabot va tamkinlari
ko‘ziga hilm ahli og‘irliqqa mansub va garon jonliq bila ma’yubdurlar”.
Ya’ni:
Bu davr bog‘ining xas-xashak singari odamlari, shamoldek betayin, yengiltak kishilari
oldida hilm ahli go'yo og‘ir tabiatli va yomon fe’lli deb kamsitiladilar.
“Hayrat ul-abror”ning muqaddimasida :
Menda bu mobayn erur zorliq,
Xalq jafosig‘a giriftorliq.
Bir dam ulus mehnatidin kom yo'q.
Bir nafas el javridin orom yo'q.
Kelgusi bu xasta g'amobodig'a,
Ketmagi xud kelmay aning yodig'a,
Bir suruk albatta ko'rub ketmayin,
458
Toki burun ikki suruk yetmayin.
Satrlarda bayon etilishicha, davlat arbobi sifatida raiyatning oddiy murojaatiga
bee’tibor bo’lmagan shoirning , oldiga o'z muammolariga yechim istab kelgan
kishining mushkulini oson qilgan. Agar qo’lidan kelmasa, muloyimlik bilan uzrini
bildirgan.
Ijodiy faoliyatining gultoji bo'lgan “Xamsa”sida ham shoir o'z hayotida sodir
bo'layotgan hodisalar va yaqinlari haqidagi kechinmalarini sujet voqealari qatiga
joylab boradi. “Hayrat ul-abror”da do'sti va zamonasining odil hukmdori Husayn
Boyqaroga Shoh G'oziy deya ta’rif beradi.
Bu bilan hukmdorni adolatli va xalqparvar bo'lishga chorlaydi. ”Farhod va
Shirin”ning so'nggida Shoh G'arib Mirzo (Husayn Boyqaroning o'g'li ning laqabi) ga
nasihatlar berilgan. Bu pandnoma ruhidagi bitiklar do’stining faqat shu o'g'liga
emas, balki Husayn Boyqaro bilan munosabatlari yaxshi bo'lmagan Badiuzzamon
Mirzo va boshqa mirzolarga qaratilgandir. “Saddi Iskandariy”da ham muallif
Iskandarning odilligi va donishmandligi, uning davlat boshqaruvida olim va fozillar
fikrini qo'llab-quvvatlashiga urg'u berar ekan, chekinish qilib, Abusaid Mirzoning o'z
sipohiga yaxshi qaramaganligi uchun urushda mag'lubiyatga uchrab, asir tushganligi
voqealariga to'xtaladi. Navoiyning she’riy asarlarida, ayniqsa, avtobiografik
chizgilarga ko'proq urg'u beriladi.
“Mahbub ul-qulub” muqaddimasida esa “davrning buqalamunlig’idin” tortgan jabr-
sitamlari to’g’risida so'zlaydi, “falakdinnotavonlig’” topganligini, “zamonning issiq-
sovug'ini ko’rib, jahoning achchiq-chuchugini totgan”ligini bayon etadi va shu
mavzudagi ushbu ruboiyni keltirib o'tadi:
Gardun manga gah jafoyu dunluq qildi,
Baxtim kabi har ishta zaunliq qildi.
Gah kom sari rahnamunluq qildi, Alqissa,
base buqalamunliq qildi.
459
Ayniqsa shoir yashagan davr, sharoit va hayotiga oid lavhalar g'azallarida yaqqol
ko'rinadi.Jumladan,”Qilg'il” radifli g'azalining ushbu misralari so'zimiz dalilidir:
Xazon sipohig'a, ey bog'bon, emas mone’, Bu
bog' tomida gar ignadin tikan qilg'il. Ya’ni: kuz
kelib, xazon sipohi yurish boshlasa, ey bog‘bon, bu bog' tomida ignadan tikan qilib
qo'ysang ham, monelik qilolmaydi. Bu bilan zimdan umrning o'tkinchiligiga, ishq
yo'lida oshiqning imkoniyatlari ozligiga, vaqt g'animatligiga ishora qilinyapti. Chunki
dunyoga, mol-u mulkka qancha mеhr qo'yma, baribir, u o'tkinchi, bеbaqo va bеvafo.
Faqat Allohgina boqiy, abadiy, yolg'iz uning yodi bilangina yasha. “Vaqfiya” asarida
ma’lumot berilishicha o'sha paytlardagi bog' va hovlilar dеvori ustini tikanakli butalar
bilan o'rab chiqish odatidan badiiy vosita sifatida foydalangan. Muallif o'z ota
hovlisining ham gulbutalar bilan o'ralganini aytib o'tgan.
“Kelmadi” radifli g'azalidagi ushbu qo'shmisralar esa so'z sultonining,haqiqatdan ham
, haqiqat bosqichiga yetganligini anglatadi:
Tolibi sodiq topilmas, yo'qsa kim qo‘ydi qadam
Yo'lg'akim, avvalqadam ma’shuqe o'tru kelmadi.
Baytning so'zlardan kelib chiqadigan ma’no-mazmuni quyidagicha: «Sodiq tolib
topilmaydi, shunday bo'lmasa edi, kimki yo'lga qadam qo'ysa, «avvalqadam», ya’ni
undan oldinroqda yuradigan bir ma’shuq ro'baro‘ kelmaydimi?!»
Mashhur rindona g'azalning begona baytida shoir urfon olamida “kamolni kasb “
qilib turib, bu dunyoda o'ziga munosib “avvalqadam” –pir topolmayotganidan
zorlanadi.
Buyuk ijodkorning yana bir bayti esa uning ko'ngil rozini ifodalaydi:
Besha ichra devlar maqtuli o'lsun, ey pari,
Gar Navoiy yonar azfni Astrobod aylagay.
G'azalning maqta'si bo'lgan baytda shoir oldingi baytlarda gap nima haqda ekanini
go'yo unutadi. Zero, parokanda g'azalning har bir bayti o'z holicha mustaqil mazmun
ifoda etadi. Shu bois, tasvir birdaniga o'ta shaxsiy, aytish mumkinki, taijimayi holga
460
doir ma'no kasb etadi. Navoiy agar yana Astrobod sari borishga istak bildirsam,
to'qaydagi devlar qoilidan o'lim topay, degan qarorini bildiradi. Demak, bu she'r shoir
Astroboddan qaytgan mahallar bitilgan bo'lib. o'sha vaziyatdagi kayfiyatini ham ifoda
qiladi.Odatda, bunday hasbi hol mavzulari begona baytlarda berilgan.Yana bir
g'azalning so'nggi baytida esa:
Navoiy, bilki, shah ko'ngli manga qayd o'lmasa, billah,
Agar kavnaynga xoshok chog'lig’ iltifotim bor.
Ya’ni shohning ko'ngli shoirga moyil emas. Shuning uchun ikki dunyoga ham uning
“xoshok chog'lik” iltifoti yo'q. Professor A.Hayitmetov g'azal shoirning yigitlik
vaqtida yaratilganiga tayanib o'sha shoh “Navoiyga dushmanlik nazari bilan qarab,
unga Hirotda kun bermagan zolim Abu Said edi. Uning davrida Navoiy Hirotda
nihoyatda qiynalabi, bir pulgi zor bo'lib, turishga uyi yo'q, yeyishga ovqati yo'q holda
yashaydi... Hirotdagi xushomadgo'y amaldorlar podshoning Navoiyga
munosabatining yomonligini bilib, unga nisbatan yaxshi qaramaganlar. Natijada,
shoir yuqoridagi g’azalda tasvirlangan holga tushib, oxiri Hirotdan ketib qolgan”, -
deb yozadi.
Sharq renessansi asoschisi, o'zbek tili va adabiyotining betakror darg'asi Alisher
Navoiy ijodi hali yana minglab asrlar insonlar ma’naviy olamini quyosh yanglig'
yoritishi shubhasiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Alisher Navoiy. To’la asarlar to’plami. 10 jildlik: 1-jild. – Toshkent: G’.G’ulom, 2011.
2. Alisher Navoiy. To’la asarlar to’plami. 10 jildlik: 4-jild. – Toshkent: G’.G’ulom, 2011.
3. Amaldagi 10- va 11- adabiyoti darsliklari.
4. Haqqul I. Navoiyga qaytish. – Toshkent: Fan, 2007.
461
Do'stlaringiz bilan baham: |