Ohangaron shahar Ohangaron –Qorako’l matematika va fizika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab internatining “Tabiiy fanlar” metodbirlashmasining 2021-2022 o’quv yilida amalga oshirgan ishlar hisoboti



Download 15,97 Mb.
Sana15.07.2022
Hajmi15,97 Mb.
#802402
Bog'liq
hisobot






Ohangaron –Qorako’l maktab internatining “Tabiiy fanlar”metod
birlashmasining 2021-2022 o’quv yili uchun yillik


Ohangaron shahar Ohangaron –Qorako’l matematika va fizika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab internatining “Tabiiy fanlar” metodbirlashmasining 2021-2022 o’quv yilida amalga oshirgan ishlar
HISOBOTI.

Ohangaron –Qorako’l matematika va fizika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab internati Tabiiy fanlar metodbirlashmasida 2021-2022 o’quv yilini 5 nafar malakali pedagoglar bilan o’z ish faoliyatini boshladi. Tabiiy fanlar metod birlashmasi 2021-yil 15- avgustdagi metodbirlashmaning majlisida 2021-2022-o’quv yilida olib boriladigan ishlar yuzasidan o’tkazgan yig’ilishida metod birlashma raisi tasdiqlandi va yillik ish reja tuzildi. Ochiq darslar metodik kunlar va fan oyliklarini tashkillashtirish va ta’limdagi yangiliklar aytib o’tildi. Xalq ta’lim Vazirining 2021-yil 1 iyuldagi 204-sonli “2021-2022-o’quv yili Avgust kengashlariga tayyorgarlik ko’rish va o’tqazish to’g’risidagi” buyrug’ida Avgust kengashida 17-18- avgustda onlayn tarzda ishtirok etish aytib o’tildi. Bu o’quv yilidagi jamoadagi o’zgarishlar tanishtirib o’tildi. Geografiya fanidan Murzayarova Sh ishga qabul qilingani va ish o’rgatish maqsadida tajribali fizika fanidan oliy toifali o’qituvchi Narbayeva Surayyoga biriktirildi.


Yanvar-iyun oyida bo’ladigan toifa attestatsiyasiga o’qituvchilarni keng jalb qilish va navbatdan tashqari ariza topshiradigan o’qituvchilarga kerakli ko’rsatmalar berildi.
Har bir fan xonasida sinf monitoring tashkil etildi. Sinf xonalari DTS talablari asosida jihozlandi. Metod birlashma a’zolarining yillik taqvim – mavzu rejalari tuzib chiqildi va muhokama qilindi, metodbirlashma tomonidan tasdiqlandi. O’qituvchilarning yillik ish yuklamalari, yil davomida amalga oshiriladigan ishlar va vazifalar belgilandi.
O’quvchilar fanlarga oid darsliklar bilan ta’minlandi. Fan to’garaklarining tashkil etilishi va ularning ahvolini doimiy nazorat qilib borilishi metod birlashma rahbari zimmasiga yuklatildi.
Yangi o’quv yili 6-sentabrdan boshlanib, Bilimlar kuni, “ Yangi O’zbekistonda erkin va farovaon yashaylik” mavzusida har bir metod birlashma a’zolari dars ishlanma tayyorlashdi va o’quvchilarda mustaqillik mavzulari bo’yicha bilim va ko’nikma shakllantirildi. 22-sentabr sanasida fizika fanidan oliy toifali o’qituvchi Narbayeva Surayyo 7- a sinfda To’g’ri chiziqli tekis harakat. Harakatning grafik tezligi mavzusida ochiq dars o’tdi. 21-24-sentabr sanasida fan olimpiadasining maktab bosqichi o’tkazildi. 29-sentabrda geografiya fani o’qituvchisi Murzayarova Shohista 8–A sinfda “O’zbekiston aholisi ’’mavzusida ochiq dars o’tdi

Fizika kimyo biologiya va geografiya yuqori o’rin olgan o’quvchilar shahar bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishdi.


10- oktabr sanasida metod birlashmaning navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish davomida bir qancha masalalar ko’rildi. Xususan o’quvchilarning fan olimpiadasiga tayyorgarligi, fan o’qituvchilarning dars davomida AKT dan foydalalanishi va bitiruvchi sinflarning OTM ga tayyorgarli haqidagi masalalar ko’rib chiqildi.
13- oktabr sanasida biologiya fanidan oliy toifali o’qituvchi Zaribov Muhammad To’garak chuvalchanglar tipi mavzusida 7-a sinfda ochiq dasr o’tdi. Dars ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Fan olimpiadasining shahar bosqichi 11-18- oktabr kunlari bo’lib o’tdi. Fizika fanidan 9 a- sinf o’quvchilari Obobakirov Azizbek I o’rin, Pardaboyev Mirjalol esa III-o’rinni egalladi

10-sinflar o’rtasida esa Kamolov Ozod I o’rin , Murodaliyeva Farangiz II o’rinni egalladi va viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi. Kimyo fanidan 9 b sif o’quvchisi Anorboyev Abay I o’rin Ergashova Sadoqat esa III o’rin va 10 sinf o’quvchisi Sultonbekova Sevinch IV o’rinni egalladi. 9 a sinflar o’rtasida Gavmiddinova Ruxshona faxrli III o’rinni qo’lga kiritdi.


Geografiya fanidan esa 9 a sinf o’quvchisi Kanalimova Asiya 1.1 ball farq bilan IV o’rinni egalladi. I II III o’rinlarni olgan o’quvchilarimiz viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishdi Maktab jamoasi tomonidan tadbir tashkil etildi va tadbirda Fan olimpiadasida faxrli o’rinlarni olgan o’quvchilar va ularning ustozlari va ota onasiga minnatdorchilik bildirildi. Fan olimpiadasida faxrli o’rinlarni olgan o’quvchilar maktab jamoasi tomonidan munosib mukofatlandi. Tabdir so’nggida fan o’qituvchilarga viloyat bosqichida o’quvchilarning yuqori o’rin olishlari uchun puxta tayyorlash bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
Oktabr oyida sinf jurnalini yuritilishi va o’quvchilarning kundalik aylanma daftarlari tekshirilib chiqildi. Tabiiy fanlar o’qituvchilarining ko’rgazmali qurollar ko’rigi o’tkazildi .
Noyabr oyida “Fan olimpiadasi”ning viloyat bosqichining sanasi aniq bo’ldi va o’quvchilar tayyorgarlikni kuchaytirishdi.
Noyabr oyida I-chorak yakulandi. Fanlar kesimida monitoring o’tkazildi. Biologiya fanidan 7-a 84 %, 7-B-72%, Geografiya fanidan 9-A-84%, 9-B-78% ko’rsatishdi.
O’quvchilarda aniqlangan bo’shliqlar yuzasidan qo’shimcha qiziqarli testlar didaktik o’yinlar o’tkazildi va to’ldirildi.


O’quv yili yarim yilligi davomida “Ustoz-shogird” ana’nasida asosida yosh mutaxassislar bilan ish olib borildi. Dars tahlillarida ishtirok etilib, yutuq va kamchiliklar ko’rib chiqildi.



20- noyabr sanasida fizika fani o’qituvchisi Narbayeva Surayyo 7-a sinfda Aylanma harakat dinamikasi mavzusidagi ochiq darsi bo’ib o’tdi. Dars ko’tarinki ruhda o’tdi. Dars davomida sinfdagi barcha o’quvchilar bilan birga ishlash harakat qilindi. Kutilgan natijaga erishildi. 22 noyabr sanasida 9-a sinfda geografiya fani o’qituvchisi Murzayarova Shohista Jahon chorvachiligi va baliqchiligi mavzusida ochiq dars o’tkazdi.
25-30 noyabr kunlari fan olimpiadasining viloyat bosqichiga start berildi. Ohangaron –Qorako’l maktab internatining iqtidorli o’quvchilari umumjamoa hisobida viloyatda II- o’rinni egallashdi. 9 a sinf o’quvchilari Obobakirov Azizbek I Pardaboyev Mirjalol esa II o’rinni 9 b sinfdan Ergashova Sadoqat esa 4 o’rinni egallab ustozlarining yuzini yorug’ qilishdi. Maktab jamoasi chempionlarni taqdirlash maqsadida tadbir tashkillashtirdi. Tadbirga o’quvchilarning ota onasi ham taklif etildi. Ularga tashakkur bidirildi.

2-dekabr sanasida 7 a sinfda geografiya fanidan navbatdagi ochiq dars bo’lib o’tdi.


Mavzu Tuproq haqida umumiy tushuncha. Geografiya fani o’qituvchisi Murzayarova
Shohista 7 –b sinf o’quvchilari bilan Yosh geograflar to’garagida O’RGIMCHAK TO’RI metodidan foydalanib o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini yanada oshirdi.

Dekabr oyining 13 sanasida 7-8- sinflar o’rtasida fizika matematika kimyo va biologiya fanlaridan Al-Xorazmiy fan olimpiadasining shahar bosqichi bo’lib o’tdi. Fizika fanidan 8 a sinf o’quvchisi Yunusaliyeva Ozoda I o’rin 8 b sinfdan esa Qodirov Shohjahon II o’rinni egalladi. Kimyo fanidan 7 b sinfdan Sulaymonova Ominaxon 3 o’rin, biologiya fanidan 7 a sinf o’quvchisi Abbosov Sardor faxrli I o’rin 8 b sinfdab Rustamova Mushtariy II 8 a sinfdandan Sanginov Abdurahmon III o’rinni egallashdi.Ohangaron – Qorako’l maktab internati o’quvchilari umumjamoa hisobida faxrli I o’rinni egallashdi.

Biologiya fani o’qituvchisi Karimov Shohrux 20-dekabrda 8-b sinfda navbatdagi ochiq darsi bo’lib o’tdi. Mavzu Nafas olishning boshqarilishi. Nafas olish organlari kasalliklari edi. Dars qiziqarli tarzda bo’lib o’tdi.
Tabiiy fanlardan oraliq va yakuniy nazorat ishlari olindi. Sinf jurnallarining yuritilishi, kundalik daftar, laboratoriya ishlari yuritilishi tekshirilib chiqildi Dekabr oyining 28- sanasida Metod birlashmaning navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. O’quv yili yarim yilligi davomida “Ustoz-shogird” an’anasida asosida yosh mutaxassislar bilan qanday ishlar olib borildi. Dars tahlillarida ishtirok etilib, yutuq va kamchiliklar ko’rib chiqildi. Va yanvar oyi Tabiiy fanlar oyligi munosabati bilan metod birlashma fan oyligi rejasini tuzib chiqdi va ishlar taqsimlandi.
Yig’ilish davomida o’quvchilari fan olimpiadalarida yuqori o’rinlarni qo’lga kiritgan o’qituvchilarga maktab jamoasi tomonidan minnatdorchilik bildirildi Dekabr oyida II-chorak yakunlandi. Yanvar oyi Tabiiy fanlar oyligi munosabati metodbirlashma rahbari va fizika kimyo biologiya fan o’qituvchilari bilan fan oyligining rejasi ishlab chiqildi. Fan oyligida davomida ochiq darslar fan to’garaklarining holati tahlil qilindi. O’qituvchilardan to’garak mashg’ulotlarini o’z vaqtida tashkil etish va bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan doimiy ishlash bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Fan olimpiadasining viloyat bosqichi tahlil qilindi. Viloyat bosqichida fizika fanidan o’quvchilar respublika boshqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishgani va boshqa ( tabiiy fanlarga ) ham keying o’quv yilida o’quvchilar bilan puxta tayyorgarlik ko’rish bo’yicha yo’l –yo’riqlar ishlab chiqildi.
2020- 2021 – o’quv yilidan boshlab umumiy o’rta ta’lim maktablarida mart oyi GEOGRAFIYA VA IQTISODIY BILIM ASOSLARI fan oyligi etib belgilandi. 2022-yil 28- fevral kuni fan oyligini o’tkazish bo’yicha maktabni ichki buyrug’i va fan oylikni mazmunli va samarali o‛tkazish uchun oylik reja ishlab chiqildi. Maktabda fan oylikni o’tkazilishi bo’yicha e’lon va shiorlar yozildi. Tabiiy fanlar metod birlashmasida “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlari oyligi” bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Fan oyligining ochilishiga bag’ishlangan ma’lumotlar chiqarildi. Burchak tashkil etildi. Tashkil etilgan burchakda turli rejali tadbirlar va shu bilan bir qatorda fan oyligi burchagiga 7-9-sinflardagi ijodkor, bilimdon o‛quvchilarni ijodiy ishlari tayyorlangan bukletlar, yozgan referatlari, boshqotirma qo’yildi. Ular o’z vaqtida almashtirlib turildi. 1-mart sanasida 7 va 11 sinflar o’quvchilari o’qituvchi va o’quvchilarni savollar yozilgan kartochkachalar bilan kutib olishdi va fan oyligining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ochilish marosimida geografiya va IBA fan o’qituvchisi Murzayarova Shohista o’quvchilarga fan oyligida bo’ladigan tadbirlar tanlovlar ochiq dars rejasi bilan tanishtirdi. Fan oyligida o’quvchilar bilimlarini mustahkamlash va bilim darajalarini aniqlash maqsadida, kirish va chiqish testlari olindi. O’quvchilar bilimidagi bo’shliqlar kuzatilib bartaraf etish yo’llari, ko’rib chiqildi. Jumladan oylikning birinchi haftasida sinflar kesimida har bir fandan kirish testlari olinib, ular asosida o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlar aniqlandi. Fan oyligi davomida ushbu bo’shliqlar yuzasidan fan to’garaklari va darslar davomida o’quvchilar bilan ish olib borildi. Fan oyligining oxirgi haftasida chiqish testlari ham sinflar kesimida olindi.



Ustoz –shogird yo’nalishidagi ishlar tahlil qilindi. Ish faoliyati boshlaganiga ko’p bo’lmasada o’quvchilari yuqori natijalarga erishayotgan o’qituvchilar malakali ustozlar tomonidan e’tirof etildi va ularga o’z faoliyatida mana shunday yuqori natijalarga erishish yo’lida kerakli ko’rsatmalar berildi. O’quv yili davomida qilgan ishlarining yutuq va kamchiliklari maktab jamoasi tomonidan tahlil qilindi. Tabiiy fanlar metod birlashmasi a’zolari tomonidan 2021-2022 o’quv yilida erishilgan yutuqlar va kamchiliklar ishlar natijasi tahlil qilindi. Tahlilga ko’ra tabiiy fan o’quvchilari fan olimpiadasining shahar bosqichida yuqori natijani egallagani lekin viloyat bosqichida faqat fizika fani o’quvchilari yuqori natijani egallaganligini ko’rishimiz mumkin. Metod birlashma a’zolari tomonidan kelgusi o’quv yilida fan olimpiadagigava xalqaro olimpiadalarga kuchli va puxta tayyorgarlik ko’rish rejasi ishlab chiqildi. Bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan davlat imtixoniga oz vaqt qolganligi va tayyorgarlikli puxta qilish bo’yicha fan o’qituvchilariga topshiriqlar berildi.



Metod birlashma rahbari: Murzayarova Sh.N
Download 15,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish