5. Uyg’onish davrida fan va texnika taraqqiyoti
Fani va madaniyati Bu davr tabiiy fanlarining eng muhim xususiyati san’at bilan uzviy bog’liqligidadir. О’rta asr diniy-mistik aqidalarini bartaraf etish jarayoni ayni vaqtda ham fanda, ham san’atda namoyon bо’lar, kо’pincha bir shaxs ijodida uyg’unlashib ketardi. Mas, Leonardo da Vinchi buyuk rassomgina bо’lmay, mashhur matematik, mexanik va injener ham edi, A. Dyurer rassom, haykaltarosh, arxitektor, matematik edi.
Tabiatshunoslikda, ayniqsa astronomiya, geografiya, anatomiya sohalarida yirik muvaffaqiyatlarga erishildi. Buyuk geografik kashfiyotlar (X. Kolumb, Vasko de Gama, F. Magellan va b. sayohati) amalda Yerning sharsimonligini isbotladi, quruqlikning katta qismini tasvirlashga imkon berdi. 16-asr о’rtalarida polyak astronomi N. Kopernik geliotsentrik sistemani kashf etilishi fanda revolyusion tо’ntarish bо’ldi; A. Vezaliy ilmiy anatomiyaga asos soldi; ispan olimi M. Servet organizmda konning doiraviy aylanishini ochishga yaqinlashdi. Mexanika, matematika, xususan algebrada bir qancha kashfiyotlar qilindi. Buyuk geografik kashfiyotlar faqat geografiya sohasida emas, geologiya, botanika, zoologiya, etnografiya bо’yicha ham yangi ma’lumotlar berdi.
Uyg’onish davrida fan va madaniyatning ayrim sohalari hali tо’la bir-biridan ajralmagan va differensiyalanmagan edi. Kо’p filosofik g’oyalar professional filosoflar tomonidan emas, balki rassomlar, shoirlar, olimlar tomonidan olg’a surilgan edi. Sxolastikada kuchayib borayotgan oppozitsiya filosofiyani «ilohiyotga xizmat qilishdan» ozod etdi
О’rta asr dunyoqarashidan ajralib chiqish eng avval etika sohasida namoyon buldi. Etikadagi uyg’onish ayrim hollarda sо’nggi stoitsizm g’oyalariga qaytish shaklida, kо’pincha epikurizmni tiklashda kо’rindi. Gumanistlarning yunon tili va yunon filosoflari (Platon, Aristotel va b.) asarlari bilan tanishishlari Uyg’onish davri antisxolastik filosofiyasi taraqqiyotida yangi bosqich ochdi.16 Ayniqsa bu davrda platonizm va neoplatonizm g’oyalarining ta’siri katta bо’lgan.
XV-XVI asrlarda Italiyadagi Paduya un-ti antisxolastik aristotelizmning bosh markazi edi. Bu oqim namoyandalari, ayniqsa italyan filosofi P. Pomponatstsi jonning о’lmasligi xaqidagi (cherkov ta’limotini bartaraf etishga katta hissa qо’shdi; ular tomonidan «ikki haqiqat» nazariyasining himoya qilinishi fan va filosofiyaning din ta’siridan ozod bо’lishiga imkon berdi.
Uyg’onish davri falsafiy tafakkurining asosiy yutuqlaridan biri — ilohiyotga buysunishdan ozod bо’lgan naturfilosofiyaning paydo bо’lishidir. Uyg’onish davri naturfilosofiyasi XVI asrda Italiya va Germaniyada yuksaldi. Lekin uning g’oyalari XV asrda Nikolay Ko’zanskiy tomonidan ilgari surilgan edi. Uning eng xarakterli xususiyati naturalistik panteizmdir. Unga olamni katta, tirik va о’zgaruvchan organizm deb karash, insonni tabiatning bir qismi deb tushunish, dialektika elementlari xosdir. Bu davr naturfilosofiyasi J.Brunonyant falsafiy qarashlarida eng tipik tarzda ifodalagan edi. Olamning bir butun va universal manzarasini chnzishga intilishda Uyg’onish davri mutafakkirlari real bilimlarining yetarli emasligi ularning antropomorfik va mistik xayollarga berilishiga olib keldi, ular sexrgarlik va b. «sirli fanlarga, astrologiya, alkimyoga ham murojaat qildilar.
Uyg’onish davri k i sh i l i k j a m i ya t i v a uning tarixiga, davlat va huquqqa yangicha qarash bilan ham ajralib turadi. XV asrning yirik siyosiy mutafakkirlari (N. Makiavelli, J. Voden) bu masalalarning ilohiyot ruhidagi talqiniga barham berib, ularga kishilarning o’z faoliyati natijasi sifatida qaradilar va tarixiy taraqqiyot qonuniyatlari haqidagi masalani ilgari surdilar, J. Boden jamiyatning shakllanishida tabiiy muhit ta’sirini ta’kidlaydi; N. Makiavelli siyosiy kurash va moddiy manfaatdorlik ijtimoiy hayotning asosiy xarakatlantiruvchi kuchi deb hisobladi.
Uyg’onish davri mutafakkirlari (Italiyada — L. Balla, Germaniyada — I. Reyxlin, U. fon Gutten; Niderlandiyada — Erazm Rotterdamskiy va b.) ilohiyot va cherkovga qarshi asarlar yaratdilar. Ba’zi gumanistlar katolik ruxoniylarni tanqid qilib, papaning dunyoviy xokimiyatiga qarshi chiqdilar.
U davrda tarixga ham о’zgacha yondoshildi. Tarix cherkov-feodal tasavvurlaridan ozod qilina borib, ilohiyotchilarning davrlashtirish sistemalari rad etila boshlandi. Gumanistlar antik davr bilan о’rta asr о’rtalaridagi sifat tafovutiga e’tibor berdilar. U davrda tarixni qadimgi, о’rta asr va yangi tarixga bо’lish kelib chiqdi.
Uyg’onish davrida gumanistlar dunyoqarashiga xos xususiyatlar ta’lim va tarbiyaviy ishlarga oid qarashlarda ham o’z aksini topdi. Gumanistlar (Erazm Rotterdamskiy, F. Rable, M. Monten) о’rta asr sxolastik ta’lim sistemasini qattiq tanqid qilib, aqliy va jismoniy kamol topgan kishini tarbiyalashni ilgari surdilar. Mustaqil fikrlashga, yuksak axloqiy sifatning shakllanishiga, estetikaga ahamiyat berdilar. Ular maktabda faqat lotin tilini emas, yunon tilini, antik badiiy adabiyoti va mifologiyasini hamda matematika, tarix, tabiatshunoslikni о’rganish zarur deb hisobladilar. Bolalarning jismoniy rivojlanishi haqida g’amhо’rlik qildilar va ularga jismoniy jazo berishga qarshi chiqdilar.17
Gumanistlar XV asrda sxolastik dialektikadan farq qiluvchi yangi ilmiy metod muammosiga yondashdilar. Bu tabiiy bilishni rivojlanishida ijobiy aks etdi. Antik mualliflarning matematika, astronomiyaga oid asarlarni tarjima qilib о’rganishga XV asrdagi tabiiy bilish asoslandi. Kitob nashr qilish bо’yicha texnik kashfiyot (Iogan Gutenberg bosmaxona 1455 y) va qator texnik Ixtirolar tabiat haqidagi fnlarning taraqqiyotiga so bо’ldi. Matematika va astronomiya sohasid yutuqlarga erishildi. Bu sohada buyuk mutafakkir N.Kopernik inqilobiy burilish yasadi. Koinot borasidagi izlanish va ko’zatishlarini u «Koinot bо’ylab aylanishlar» kitobida mujassamlashtirdi. U yer olamning mrkazi emas, u bir joyda turmaydi. U о’z о’qi atrofida aylanadi- degan g’oyani insoniyat taroIXid birinchi bо’lib matematik asosga asoslanib tushuntirib berdi.
Mexanika (Yunon mechanike- qurol,inshoot) tashqi kuch ta’sirida jismning fazoda haraktlanishi va muvozatini о’rganish bilan shug’ullanadigan fan.
Uyg’onish davri ijtimoiy-siyosiy g’oyalari. Yevropadagi Uyg’onish (XIV-XVI asrlar) va Reformatsiya (XVI asr) davrlari о’rta asr tartiblari sharoitida yangi burjua munosabatlarining paydo bо’lishi, Petrarka va Bokkacho, Leonardo da Vinchi va Nikkolo Makiavelli, Dyurer, Lyuter, Mikelandjelo va Myunserlar nomini dunyoga tanitgan davrdir.Antik davr demokratiyasi g’oyalaridan ruqlanib, inson tafakkuriga ishonchni qayta tiklagan Uyg’onish davri va uning g’oyalari insoniyat tarixidagi tub burilish davridir. Inson qadr-qimmati, uninghuquqlarini himoya qilish, inson uchun munosib hayot yaratish g’oyalari aynan g’arb mamlakatlarida ularning davlatchilik va siyosat sohasidagi amaliy izlanishlari davomida vaqt sinovidan о’tib, real voqelikka aylandi.Uyg’onish va Yangi davr siyosiy-huquqiy qarashlarida davlatning paydo bо’lishi va qaror topishi muammosini о’rganish kuchayganligi kо’zga tashlanadi. Davlat, jamiyat va shaxs tо’g’risidagi qarashlar tizimida individ-fuqaroga alohida e’tibor berish boshlandi. Shuning uchun bu davrning siyosiy qarashlari «fuqarolik tо’qrisidagi qarashlar» deb ham ataladi.
Yangi davr siyosiy fanining asoschisi deya tan olingan buyuk italyan gumanista N. Makiavelli (1469-1527) diniy aqidalardan xoli bо’lgan Uyg’onish davri siyosiy falsafasini yaratdi. U «Hukmdor 1», «Florensiya tarixi» asarlarida siyosatni birinchi bо’lib fan sifatida asoslab berdi va jamiyatning ilohiy emas, balki tabiiy qonunlar asosida rivojlanishini ta’kidladi. Leonardo da Vinchining zamondoshi, Mikelandjeloning dо’sti, 27 yoshida Florensiya Respublikasining davlat arbobi, tarixchi va shoir, bir qator harbiy Yevropa mamlakatlarida elchi sifatida faoliyat kо’rsatgan N. Makiavelli XV asr oxiri va XVI asr boshlarida uzluksiz urushlardan jabr kurgan, markazlashgan davlatga ehtiyoj sezayotgan Italiya manfaatlarining ifodachisi edi. Shu nuqtai nazardan uning siyosiy nazariyasi о’z davri talabla-rini ilgari surganligini unutmaslik lozim». Makiavelli va uning ta’limoti tarafdori bо’lgan boshqa mualliflar, - deydi F. Bekon, - u yoki bu vaziyatda odamlar qanday qadam qо’yishlari lozimligini emas, balki odatda, amalda qanday qadam qо’yishlarini ochiq va tо’g’ridan-tо’g’ri bayon qilganliklari uchun ham hurmatga loyikdirlar»1. Siyosat dunyosini о’rganishda N. Makiavelli tadqiqotning yangi usullaridan foydalandi. Meyoriy-qadriyatli nazariyaga asoslangan falsafiy yondashuvdan tashqari, bu mutafakkir real siyosiy munosabatlarni ko’zda-tushda empirik usuldan foydalandi. Tarixiy jarayonlarni о’rganish asosida u birinchi bо’lib siyosatni fan sifatida asoslab berdi, siyosiy faoliyatda cherkov axloqi emas, balki foyda va kuch mezon bо’lgailigini qayd etdi. Makiavillining fikricha, xristianlikning axloqiy qadriyatlarini amalda hayotga tatbiq etish mumkin emas, chunki oliy saodatni itoatda, dunyoviylikka nafrat bilan qarashda, hayotdan yo’z о’girishda deb bilgan cherkov axloqi odamlarni kuchsiz va zabun qilib, ablaxlar qurboniga aylantiradi. Dinni davlatga ma’qul axloqni hayotga joriy etuvchi siyosiy vosita deb biladi. Siyosiy ta’limotlar tarixini taqlil etish bilan shuqullangan ayrim mutaxassislar «maqsad vositani oqlaydi» degan tamoyilni ilgari surgani uchun Makiavellini keskin tanqid qiladilar. Masalaga bugungi kun talabidan kelib chiqib emas, balki о’sha davr ehtiyoji nuqtai nazaridan turib yondashilsa, muammo oydinlashadi. Chunki Makiavelli Rim papasiga tobe bо’lmagan, kuchli, markazlashgan milliy davlat tuzish yо’lida mamlakatni birlashtiruvchi, xalq saylagan islohotchi podshoning barcha vositalardan foydalanishini ma’qullab, agar natija kо’ngildagidek bо’lsa, barcha vositalarni, garchi ular noaxloqiy bо’lsa-da, oqlash mumkin deb bilar edi. N. Makiavelli «milliy davlatni qurish va mustaqkamlashda davlat boshlig’i sherdek dovyurak, tulkidek ayyor bо’lishi, agar pirovard maqsad foydali bо’lsa, о’z va’da-larini bajarmasligi ham mumkin, chunki yuksak natijalar xuddi shunday yо’l tutgan knyazlarga nasib etgan. Shafqatsizlikni, agar bir marotaba, unda ham fuqarolar manfaati uchun qо’llanilgan taqdirda oqlash mumkin, lekin fuqarolarni ezish uchun doimiy ravishda qо’llanilsa, uni oqlash mumkin emas»,18deb qayd etadi. Shuningdek, Makiavelli о’sha davr siyosiy boshqaruvida foyda hamda kuch asosiy mezon bо’lganligidan kelib chiqqan qolda hukmdor kuchli armiya tо’grisida qayg’urishi kerak va qaysi tarafning armiyasi kuchli bо’lsa, taqdir о’sha tarafga kulib boqadi, degan fikrni olg’a suradi. Makiavelli nazarida barcha davlat va xalqlarning tabiatida hokimiyatparastlik, munofiqlik, jur’atsizlik, nonkо’rlik, qо’rqoqlik, dangasalik va ikkiyuzlamachilik, hasadgо’ylik va bir-birini kо’rolmaslik illatlari uchraydi. Shu bois davlat boshlig’i inson tabiatini yaxshi bilmog’i, bu boradagi bilimlarni davlat manfaatlari yо’lida ishlata bilmog’i kerak, deya ta’kidlaydi. Makiavelli davlat boshqaruvida respublika shaklini ma’qul kо’radi. Ammo qirolga nisbatan aqlliroq va doimiyroqdir. Xalq ovozi - xudo ovozidir, chunki xalq barcha masalalarda hukmdorga nisbatan odilroq mulohaza yuritadi. Respublika idora usuli о’rnatilsa, davlat mustahkam va barqaror bo’ladi, deb hisoblaydi. Makiavelli «hukmdor» asarida respublikani boshqarishning tо’g’ri va qulay shakli deb bilsada, avvalo, «yangi hukmdor» yakka hukmronligi о’rnatilib, u Italiyani birlashtirishi, isloq qilishi va yuksaltirishi, sо’ng uning о’rnini respublika yoki boshqaruvning «aralash» shakli (demokratiya, aristokratiya, monarxiya elementlaridan iborat shakl) egallashi lozimligini qayd etadi. Shu tariqa Makiavelli davlatchilikning monarxiyadan respublikaga tomon rivojlanishini oldindan aytib о’tgan. Ta’kidlash joizki, A. Smit erkin bozor afzalliklari tо’qrisidagi liberal nazariyasini yaratishidan ancha avval Makiavelli individual erkinlikning butun jamiyat uchun foydaliligini uqtirib о’tgan edi. Biroq, boshqaruvning respublika shakli xalqning muayyan fazilatlarga, jumladan fuqarolik sifatlariga ega bо’lishini taqozo qiladi, bunday fazilatlarga ega bо’lmagan xalqlar uchun esa monarxiya boshqaruvini ma’qul deb biladi.Umuman olganda, Sohibqiron Amir Temurning «Kuch adolatdadir» tamoyili aks etgan «Temur tuzuklari» Sharq mamlakatlari hukmdorlari uchuy qanchalik zarur qо’llanma bо’lgan bо’lsa, kо’proq «Adolat kuchdadir» degan harbona mentalitet aks etgan Makiavellining «hukmdor» asari 400 yildan kо’proq davr mobaynida harb mamlakatlari davlat boshliqdari diqqat-e’tiborini о’ziga jalb etib kelmokda. Shuni unutmaslik lozimki, Uyg’onish davrining bu mutafakkiri qarashlari о’sha davr ehtiyojlari in’ikosi bо’lib, qali klassik liberalizm g’oyalari darajasiga yetmagan edi. Makiavelli ta’limotida inson ijtimoiy qodisa, mavjudot sifatida katta ma’no kasb etmagan, uning manfaatlari davlat va umummanfaatlarga tobe etib qо’yilgan edi. Franso’z mutafakkiri Jan Boden (1630- 1596)ning qarashlari ham muayyan qiziqish uygotadi. «Davlat tо’qrisida olti kitob» asarida u birinchi bо’lib davlat suvereniteta g’oyasini ilgari surdi, davlat iloqiy tarzda kelib chiqmaganligini ta’kidlab, uning manfaatlari din manfaatlarilan ustun bо’lishi lozimligini va vijdon erkinligi о’rnatilishini tarqib etai.19 Xullas, Uyg’onish davri siyosiy ta’limotlari siyosiy-huquqiy ta’limotlar rivojining keyingi taraqqiyoti uchun muhim poydevor bо’lib xizmat qildi. Ma’rifatparvarlik davrida siyosiy g’oyalarning taraqqiyoti. Bunday siyosiy qarashlar keyinchalik Tomas Gobbs (1598-1679) qarashlarida rivojlantiriladi. Gobbs monarxiyani – hokimiyatning eng qulay shakli, deb hisoblaydi. Buni о’zining «Leviafan» asarida insonlarning davlat paydo bо’lgunigacha bо’lgan davrdagi hayotini tasvirlab, unda «xaos» va «ixtilof»lar hukmron bо’lganligini ta’kidlaydi yoki bu hukmronlikni «hammaning hammagaqarshiurush» holati sifatida qayd etadi. «Ijtimoiy kelishuv»ga «xaos»dan chiqishdagi muhim yо’l sifatida haraladi. Gobbs monarxning asosiy vazifasi qonunni saqlay bilish, deb tushunadi. Angliya faylasufi J. Lokk (1632-1704) qarashlarida esa siyosatda fuqarolik konsep-siyasi il gari suriladi. Lokk ta’limoti nisbatan real hayotga asoslanganligi bilan ajralib turadi va cheklangan monarxiya о’rnatishni yoqlaydi. U siyosiy fikr tarixida birinchilardan bо’lib, «jamiyat» va «davlat» tushunchalarining tahlilini beradi hamda shaxsni jamiyat va davlatdan yuqori qо’yadi. Lokkning fikricha, inson tug’ilganidan boshlab tabiiy huquqlarga ega bо’ladi. «hayot» yoki «yashash», «erkinlik» va «mulkka ega bо’lish»huquqlarini ana shuhuquqlar jumlasiga kiritadi. U xususiy mulkka ega bо’lishhuquqini quyidagicha asoslaydi. Birinchidan, xususiy mulkka ega bо’lish insonning о’zini va uning oilasining yashashi uchun zarur ehtiyojni ta’minlash uchun kerak, inson zarur narsalarga ega bо’lgan taqdirdagina о’zining rivojlanishiga alohida e’tibor berishi mumkin. Xususiy mulk mutlaq qadriyat emas, aksincha, erkin jamiyatga erishish vositasidir. Insonlar mul k jamharihda erkin bо’lishlari kerak. Ikkinchidan, mulkka ega bо’lish insonning individualligi shakllani-shiga ta’sir kо’rsatadi. Davlat jamiyatga, jamiyat о’z navbatida shaxsga bо’ysunishi lozim. Davlat va jamiyat bir parsa emas, davlat hokimiyatining qulashi jamiyat rivojining tugaganidan dalolat bermaydi. Jamiyat yangi davlat hokimiyatini о’rnatishi lozim. Davlat shaxs huquqlarini himoya qilish maqsadida faoliyat kо’rsatadi. U shaxsdan kuchliroq bо’lishi mumkin emas, chunki shaxs jamiyatni, jamiyat esa davlatni tashkil etadi. Lokk qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati bо’lishini yokdaydi. qonun chiqaruvchi hokimiyatga ustuvorlik beradi, chunki u davlatning siyosatini belgilaydi deb kо’rsatadi.20 Fransiya ma’rifatparvari Sharl Lui Monteskye (1689- 1755) о’zining «qonunlar ruhi» asarida «idora etish tarzi»ga yoki «qonunlar ruhi»ga ta’sir etuvchi omillarni kо’rsatib beradi. «Kо’pgina narsalar - iqlim, din, qonunlar, idora etish shakllari, о’tmish saboqlari, axloq, odatlar xalqning umumiy ruhining natijasi sifatida insonlarni boshharadi», - deb yozadi Monteskye.
Do'stlaringiz bilan baham: |