9.5. Maqsadli moliyalashtirish va tushumlarning
hisobi
Xo‘jalik yurituvchi subyektlaming ayrim faoliyatlarini rivojlan-
tirishda maqsadli moliyalashlar va tushum lar m uhim ahamiyatga
ega. Maqsadli moliyalashlaming muhim turlari b o ‘lib subsidiya
va grantlar hisoblanadi. Subsidiya (lotincha
subsidum
— yordam,
nafaqa m a’nosida) — korxonalar, tashkilotlar va xorijiy davlatlarga
beriladigan mablag‘.
Biror faoliyatni uyushtirish yoki qo‘llab-quw atlash maqsad-
larida, odatda, davlat byudjeti, mahalliy byudjet, yirik bank va
korxonalar, homiylar tom onidan ajratiladi. Subsidiya dotatsiya
singari takrorlanm ay, faqat b ir m arta qaytarib berm aslik va
qaytarib berish sharti bilan beriladi. Q aytarib olinm aydigan
subsidiyalar amaliyotda keng tarqalgan.
G rant, asosan, ilm iy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini
o ‘tkazishda davlat tom onidan m oliyalashtiriladigan buyurtm a
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda grantlar ajratish bilan nafaqat davlat,
balki nodavlat, chet el, xalqaro tashkilotlar va korxonalar ham
shug‘ullanadi. Bunda iqtisodiyotni rivojlantirishda asosiy maqsad
ilmiy-texnika va innovatsion yordam ko‘rsatishdir. G rant mablag‘-
laridan q at’iy ravishda tegishli maqsadlarda foydalaniladi.
M aqsadli tushum lar jum lasiga a ’zolik badallari, maqsadli
foydalanishga m o‘ljallangan soliq imtiyozlari va boshqalar kiradi.
165
Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasida maqsadli moliya-
lash tirish lar va tu sh u m la rn in g hisobiga shu nom dagi 8800
hisobvaraq m oijallangan.
8800 hisobvaraq passiv hisobvaraqlardan bo ‘lib, unda quyida-
gilaming hisobi tashkil etiladi:
8810 — grantlar;
8820 — subsidiyalar;
8830 — a ’zolik badallari;
8840 — maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlar;
8890 — boshqa maqsadli tushumlar.
Bunda grant va subsidiyalarga tegishli m uom alalar hisobva-
raqlarda quyidagi tartibda aks ettiriladi:
a) grant va subsidiyalar ajratilgani haqida xabar olinganda —
DT 4890 KT 8810, 8820.
b )g ran t va subsidiyalar ustav kapitalining oshishiga olib
borilganda - D T 8810, 8820 KT 8310, 8320, 8330, 8420.
c) grant va subsidiyalar rezerv kapitaliga olib borilganda —
DT 8530 KT 8810, 8820.
8830 — a ’zolik badallari hisobvarag‘ida ta ’sis hujjatlari bilan
belgilangan jam iyat a ’zolarining a ’zolik badallari aks ettiriladi va
u pul mablag‘lari hisobvaraqlarining debeti ham da 8830 hisob-
varag‘ining krediti b o ‘yicha aks ettiriladi.
Soliq solishdan ozod etish natijasida b o ‘shagan mablag‘lar
summalarining maqsadli vazifalami bajarishga yo‘naltirilishi 8840
— «Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari» hisobvarag‘ining
debetidan 8530 — hisobvarag‘ining krediti bilan rasmiylashtiriladi.
Imtiyoz davri o ‘tishi bilan ushbu provodkaga (soliq solishdan
imtiyoz summasiga) 6410 hisobvarag‘i debetlanib, 8840 hisob-
varag‘i kreditlanadi.
8890 — boshqa maqsadli tushum lar hisobvarag‘iga maqsadli
tushum lar kelib tushganda, ushbu hisobvaraq kreditlanib, 5010-
5530 hisobvaraqlar debetlanadi.
U m um an, yuqorida keltirilgan maqsadli moliyalashtirishlar
va tushum lar, ayniqsa grant va subsidiyalar hisobi BHMA-10
— «Davlat subsidiyalarining hisobi va Davlat yordami bo ‘yicha
ko‘rsatiladigan m a’lumotlar» talablari asosida tashkil etiladi.
166
Do'stlaringiz bilan baham: |