2 3. XOTIRANING TURLARI
Xotiraning turlarini ajratishda esda olib qolish va esga tushirish jarayonlari amalga oshiradigan faoliyat xususiyatlariga bog'liqligi olinadi, bunda xotiraning ayrim turlari 3 ta asosiy mezonga muvofiq ravishda bo'linadi.
1. Psixik faollik tabiatiga qarab: xotirani harakat, hissiy, obrazli, so'z - mantiqiy, mexanik xotira turlariga bo'linadi.
2. Faoliyat maqsadiga ko'ra: ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlariga bo'linadi.
3. Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko'ra: qisqa muddatli va uzoq muddatli hamda operativ xotira turlariga bo'linadi.
1. HARAKAT XOTIRASI turli xil harakatlarni esda olish, esda saqlash va qayta esga tushirishdan iborat, buning ahamiyati shundaki, bu yurish va boshqa malakalar qatorida har xil amaliy mehnat malakalarini tarkib topishining asosini tashkil qiladi. Agar harakat xotirasi bo'lmaganda edi, biron harakatni amalga oshirish uchun biz shu harakatni o'zini har gal “boshdan boshlab” o'rganar edik. M: jismoniy chaqqonlik, mehnatga maxorat, “oltin qo'llarga” ega bo'lish yaxshi harakat xotirasiga ega bo'lishning alomati hisoblanadi. HISSIY XOTIRA tuyg'u - hissiyotga xos xotiradir. emotsiyalar (tuyg'ular) bizga ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi olamga nisbatan bizning munosabatlarimiz qanday amalga oshirilayotganlidan doim habar berib turadi. Boshimizdan kechirgan va xotiramizda saqlanib qolgan hissiyotlar harakatga undovchi va o'tmishda salbiy kechinmalarga ega bo'lgan harakatlardan saqlab qoluvchi signal tarzida namoyon bo'ladi.
Masalan: biron kishining qayg'usi, shodligiga hamdardlik bildirish, kitob qahramoni bilan birga qayg'urish, hissiy xotiraga asoslanadi, hissiy xotira xotiraning boshqa turlaridan ma'lum ma'noda kuchli bo'lishi mumkin. Obrazli xotira tasavvurlar, tabiat va hayot manzaralari, shu bilan birga tovush, hidlar, ta'mlar bilan bog'liq xotiradir. Xotiraning bu turi ko'rish, eshitish, hid bilish va ta'm xotiralaridan iboratdir. SO'Z - MANTIqIY XOTIRA mazmuni bizning fikrlarimizni tashkil qiladi. So'zlar bo'lmasa fikrlar ham bo'lmaydi. SHuning uchun fikrlarimizga xos xotira shunchaki mantiqiy xotiralar deb ataladi. So'z - mantiqiy xotirada ikkinchi signal tizimi asosiy rol’ uynaydi. So'z - mantiqiy xotira insongagina xos xotiraning maxsus turidir.
2. IXTIYORIY VA IXTIYORSIZ XOTIRA. Faoliyat maqsadiga qarab xotira ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo'linadi. Muayyan maqsadsiz biron narsani esda olib qolish yoki eslash, ixtiyorsiz esda olib qolish va ixtiyorsiz qayta esga tushirish ixtiyorsiz xotira deb ataladi. O'z oldimizga maqsad qo'yib esda olib qolsak, bu ixtiyoriy xotira deb ataladi. Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotining ikkita ketma - ket bosqichlarini tashqil etadi. Ixtiyorsiz xotira turmushimizda katta o'rin egallaydi, ixtiyoriy xotirada biz hech qanday irodaviy kuch sarflamaymiz, hech qanday maqsad qo'ymaymiz.
3. QISQA MUDDATLI VA UZOQ MUDDATLI XOTIRA. Ma'lum bir material xotirada mustahkamlanishi uchun material sub'ekt tomonidan ishlab chiqarilishi kerak. Bunday ishlab chiqish ma'lum miqdorda vaqt talab etadi, bu vaqt izlarni mustahkamlash vaqti deyiladi. Bu jarayon hozirgina bo'lib o'tgan hodisaning sub'ektiv jihatdan “aks-sadosi” sifatida echiladi. Biz ma'lum daqiqa mobaynida hozir bevosita idrok qilmayotgan narsalarni go'yo ko'rishda, eshitishda davom etamiz. Bu jarayonlar beqaror va o'zgarishdir, lekin bu jarayonda esda olib qolish, esda saqlash va qayta esga tushirishning alohida turi sifatida qaraladi, bu jarayon qisqa muddatli xotira deyiladi. Juda ko'p qaytarishlar va qayta tiklashlar natijasida materialni uzoq muddat davomida esda saqlab qolishga xos bo'lgan uzoq muddatli xotiradan farq qilgan holda, qisqa muddatli xotira bir marta hamda juda qisqa vaqt oralig'ida idrok qilish va shu ondayok, qayta tiklashdan so'ng juda qisqa muddatli esda olib qolish bilan ta'sirlanadi.
Operativ xotira tushunchasi inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan harakatlar, operatsiyalar uchun xizmat qiluvchi mnemik (xotira) jarayonlarini bildiradi. Masalan: murakkab arifmetik harakatni bajarishda uni ayrim qismlarga bo'lib bajaramiz. Ana shunday ishni bajarishda inson duch keladigan materiallar qismlar har xil bo'lishi kerak. Xotiraning operativ birliklari deb ataladigan ana shu qismlarning hajmi ma'lum bir faoliyatni muvaffaqiyat bilan bajarishga muhim ta'sir ko'rsatadi. Operativ xotirada ham qisqa muddatli, ham uzoq muddatli xotira materiallaridan kelib qo'shiluvchi “ishchi qotishma” hosil bo'ladi.
3.XOTIRANING INDIVIDUAL XUSUSIYATLARI
Xotiradagi individual farqlar shunday hollarda namoyon bo'ladiki ba'zan obrazli materiallarni (tasvirlar, tovushlar, ranglar v.h.) bir muncha samarali esda olib qoladiganlar, boshqa birovlar esa so'zli materiallarni (tushunchalar, fikrlar, sonlar v.h.) yaxshi saqlab qoladilar, uchinchi toifa odamlarda esa eslab qolishda yaqqolusullik sezilmaydi. Shunga muvofiq ravishda psixologiyada xotiraning ko'rgazmali, obrazli, so'z-abstrakt va orqali turli farqlanadi. O'qituvchi o'quvchilar xotirasidagi individual farqlarni hisobga olish zarur, shuning bilan birga o'quvchilarning xotirasini har tomonlama rivojlantirish kerak. O'quv materiali xilma-xilligining o'zi shuni talab qiladi, o'quv materiallarining xilma-xilligi o'quvchilar xotirasini har tomonlama rivojlantirish uchun maksimal sharoit yaratadi.
Xayol
Insonning bilshs jarayonlari strukturasida alohida ahamiyatga ega. Bu psixik jarayonni yerdamida inson faoliyati maxsulotining obrazini avvaldan tasavvur qiladi, utmish va kelajakni ko'raoladi. Xayol inson faoliyatining zarur elementlaridan bo'lib, uning mavjud (tasavvurlari asosida yangi obrazlarning miyada paydo bo'lishidir. Sezgi, idrok, tafakkur jarayonlari vositasida odam narsa va hodisalarning xossalarini bilib, uni xotirasida saklaydi. informasiya esa xayol obrazlari uchun kurilish materiali bo'lib xizmat qiladi. Tafakkur va xayol muammoli vaziyatning oz yoki ko'proq noaniqlikda berilganligi bilan farqlanadi. Yechilayetgan masalaning dastlabki ma'lumotlarini ayniqsa, uni yechish tafakkur qonuniyatlariga buysunadi.Agar provlemali vaziyat noaniqlik bilan ajralib tursa bunday holda xayol mexanizmi ishga tushadi. Xayolning kimmati shundan iboratki, u zarur material bo'lmagan joyda kam, tafakko'rning qandaydir bosqichlaridan sakrab o'tish va so'ngi natijani tasavvur qilish imkoniyatin beradi.
Xayol turlari
Xayol aktiv jarayondir.Ammo ayrim hollarda faoliyatning o'rnida yuzaga keladi. Odam o'zi ham hal qila olmaydigandek ko'rinadigan masallardan, turmush qiyinchiliklaridan real tasavvurlardan uzoq, ko'pincha amalga oshirib bo'lmaydigan ish harakat programmalarini belgilaydigan jarayon xayolning va shakli tasvir xayol turlariga bo'lish mumkin qayta tiklovchi xayol tasvirlash, nigoh chizmalari asosida paydo bo'lib hosil bo'lgan predmet yoki hodisa bevosita idrok etilmagan bo'lishi, mumkin ammo o'z asosida biror mashina yoki detali obrazlar, geografik kartalar hosil qiluvchi tasavvurlar bunga misol bo'la oladi. Ijodiy xayol esa shu paytgacha mavjud bo'lmagan belgi predmetlarning obrazini yaratishdir.Psixologik tatkikotlar ijodiy obrazlar yaratishning bir necha usuli borligin ko'rsatadi.Agglyutinasiya ayrim predmetlarning bo'laklari yoki sifatlari (yopishtirib), yangi obraz hosil qilinadi.Masalan (kentavr) suv pariysi obrazlar shu usul bilan hosil qilingan.Giperbolizasiya narsalarning yoki ularning bo'laklarini kattalashtirish.Kichiklashtirish ko'paytirish usuli bilan yangi obraz yaratishdir.Yetti boshli ajdar, dev, no'xat polvon obrazlari bunga misol bo'la oladi.Urg'u berirsh usulida esa predmetning biror belgisi alohida ajralib tasvirlanadi.Karikatura shu usul bilan yaratiladi. Atrof muhit tartibsiz holda joylashgan alohida sifat va belgilarini sistemaga solish usuli deyiladi, masalan rassom o'simliklar dunyosiga andoza olib, naqsh yaratadi. Tipzasiya usuli murakkab usul bo'lib, ma'lum guruhga tegishli odamlar, predmetlar va hodisalar umumiy xususiyatlarini birlashtirib sintez qilishdir. Badiiy asarlardagi qahramonlar obrazi hayotdagi ularga o'xshash kishilarning eng tipik sifatlarini birlashtiradi.Xayol katta miya yarim sharlari po'stlog'ining funksiyasi hisoblanadi.Shuning bilan birga xayolning fiziologik mexanizmlari.Faqa miya po'stlog'i bilan emas, balki miyaning chuqurrok qismlari bilan bog'liqdir.Xayol jarayonida nerv hujayralarining eski bog'lanishlari o'rniga yangi bog'lanishlar yuzaga keladi. Bolalar xayolining rivojlanishi: Bolalar fantaziyasi kattalarnikidan ko'ra kuchliroqligi haqida tasavvurlar aslida to'g'ri emas. Bu holatni shunday tushuntirish mumkin. Bolalarda xayol bevosita tafakkurdan avvalroq paydo bo'ladi va rivojlanadi. Ularning fantaziya boiligi esa tanqidiy fikrlashning zaifligi okibatidadir.Ijodiy tafakkur esa bolalarda umumiy aqliy taraqqiyotasosida rivojlanadi.fantaziya bola shaxsi normal taraqqiyoti ning muhim shartidir. Bog'cha yeshidagi davrda bola hayoti avval tashqi tayanishga (o'yinchoklarga) suyanadigan faoliyatda so'zlar bevosita sodda (ertaklar, hikoyalar to'qish) va badiiy (rasm chizish) ijodiyotni amalga oshirishga imkon beradigan mustaqil faoliyatta aylana boradi. Bolaning xayoli nutq o'sishi bilan, binobarin katta odamlar bilan qiladigan muloqoti jarayonida rivojlanadi.Shu narsa ma'lumki, bola nutqi taraqqiyoti susayishi xayolning taraqqiyotiga, uning orqada qolishga ta'sir ko'rsatadi.Orzu ko'pincha xayol jarayoni odam amalga oshirishni istaydigan timsollar shakliga, ya'ni alohida ichki faoliyat shakliga kirib oladi. Ana shunday odam kelajakda xoxlaydigan timsollar orzu deb ataladi.Orzu odamning voqelikka o'zgartirishga qaratidigan ijodiy kuchlarini hayotga tadbiq qilmishning zarur shartlaridir.Lekin orzu ba'zan maqsadlardan chetlanishga sabab bo'lib, real hayotdan uzoqlashtiradi.Bolalarning ruhiy hayotida orzu o'yinlarining juda muhim o'rin tutishni anglagan holda.O'qituvchi ulardan oqilona foydalana bilish kerak.Chunki bolalarning faoliyatining maqsaddari emas, balki eng avvalo ularning tashqi muhitga munosabati shakllanadi. Bu orzu o'yinlaridir hozirgi zamon psixologiyasidir. Bu soxa bo'yicha amalga oshirilayotgan juda ko'p qarama - qarshiotlar ilmiy va texnik ijodiyot jarayonlarida xayolning rolini aniqlashga bagishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |