Reja: Xarbiy xarakatlarni amalga oshirish tamoyillari


Qurollarning taqiqlangan turlari



Download 55,29 Kb.
bet7/7
Sana12.07.2022
Hajmi55,29 Kb.
#778629
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
МАВЗУ-7 ХГХ222

3.Qurollarning taqiqlangan turlari.
Xamma qurollar Xalqaro shartnomalar asosida quyidagi toifalarga bo’linadi:
taqiqlangan qurollar;
foydalanishi cheklangan yoki tartibga solinishi kerak bo’lgan qurollar.
Taqiqlangan qurollar. qurollar va jangovar xarakatlar olib borish usullarining ayrim turlari ular yalpi taьsir etishi sababli yoki xaddan tashqari va keraksiz azob-uqubatlar keltirishi sababli batamom taqiqlangan. Ulardan foydalanishning taqiqlanishi Xalqaro xuquqqa asos bo’lgan xuquqiy odatlardan boshlanadi.
Kimyoviy quroldan foydalanish taqiqlangan. Kimyoviy quroldan foydalanishni taqiqlovchi konventsiyalar ularni imzolagan davlatlar zimmasiga kimyoviy qurolni ishlab chiqarish, tashish va ishlatishning qonundan tashqari ekanligini eьtirof etish xamda ularning zaxiralarini yo’q qilib tashlash vazifasini yuklaydi.
Bakteriologik qurol xam taqiqlagan. CHunonchi, bakteriologik qurolni yaratish, ishlab chiqarish, saqlash, tashish va ishlatish taqiqlanadi. (Bakteriologik qurolni taqiqlash bo’yicha 1972 yil Konventsiyasi.)
Yaralarning bitishini qiyinlashtiradigan portlaydigan, eziladigan, plastik o’qlar va snaryadlardan foydalanish taqiqlangan. Xar qanday harbiy xizmatchiga o’z qurolini modifikatsiyalash taqiqlangan. SHuningdek, og’irligi 400 grammgacha bo’lgan portlaydigan snaryadlardan foydalanish mumkin emas.
qurollarning muayyan turlaridan foydalanishni tartibga soluvchi bir qator Xalqaro shartnomalar mavjud. Ular mutassil o’zgartirilib va takomillashtirilib bormoqda.
Yadroviy quroldan foydalanish. Yadroviy qurolni ishlab chiqarish, tarqatish, qo’llanishni tartibga soluvchi bir qator ikki tomonlama shartnomalar mavjud. Masalan, Yadroviy qurolni tarqatmaslik to’g’risida shartnoma, Strategik qurollarni cheklash to’g’risida shartnoma va xakazolar. Markaziy Osiyo 1997 yildan boshlab yadroviy quroldan xoli zona deb e’lon qilindi.
XGHga muvofiq yondiruvchi quroldan va ana shunday xarakterdagi quroldan (masalan, napalm) foydalanish cheklangan. Xususan, u oddiy qurollar bo’yicha BMT Konventsiyasining 1980 yildagi 3-Bayonnomasi bilan tartibga solinadi.
Bu quroldan harbiy bo’lmagan shaxslarga qarshi yoki axoli punkti yonida joylashgan harbiy ob’ektlarga qarshi foydalanish mumkin emas. Yondiruvchi quroldan o’rmonzorlar yoki ekinzorlarni yo’q qilish chog’ida foydalanish mumkin emas, ularda kombatantlar yoki harbiy ob’ektlar yashirinib yotgan xollar bundan mustasno.
Yondiruvchi quroldan kombatantlar va harbiy ob’ektlarga qarshi foydalanish mumkin.
Oddiy qurollar bo’yicha 1980 yilgi BMT Konventsiyasining 1- Bayonnomasi asosida parchalarini rentgen nurlari yordamida to’ish mumkin bo’lmaydigan quroldan foydalanish taqiqlangan. Bunday parchalar xaddan tashqari azob beradi. Chunki tibbiyot xodimlari ularni yarador odamning tanasidan ololmaydilar.Ko’tarib yuriladigan xavf siz buyumni eslatuvchi qo’qon - minalarni qo’llash taqiqlangan. Bunday minalar odam yaqinlashgan yoki tegib ketgan xollarda portlaydi.
Bundan tashqari, quyidagi ob’ektlarga biron - bir tarzda ulangan yoki ularga o’xshab ketadigan qo’qon minalaridan foydalanish taqiqlangan.
Xalqaro miqyosda tan olingan himoya emblemalari, belgilari yoki signallariga;
bemorlar, yaradorlar, xalok bo’lganlarga;
odamlar dafn etilgan, krematsiya qilingan joylar yoki qabrlarga;
tibbiyot bilan bog’liq bo’lgan xamma narsalarga;
bolalar o’yinchoqlari yoki bolalarning ovqatlanishi uchun mo’ljallangan boshqa buyumlar, ularning kiyimlari, bolalarni o’qitish yoki ular gigienasi bilan bog’liq buyumlarga;
oziq - ovqat maxsulotlari yoki ichimliklarga;
oshxona buyumlari yoki asboblariga, agar ular harbiy ob’ektlar joylashgan yerda bo’lmasa;
oshkora diniy xarakterdagi buyumlarga;
xalqning madaniy yoki maьnaviy merosi bo’lgan tarixiy yodgorliklar, sanoat asarlari yoki diniy rasm-rusumlar amalga oshiriladigan joylarga;
uy xayvonlari yoki ularning jasadlariga.
Xozirigi harbiy to’qnashuvlar tajribasi ko’pchilik davlatlar BMT Konventsiyasining 2- Bayonnomasidagi qoidalarga rioya qilmayotganligini ko’rsatmoqda. Shu munosabat bilan 1996 yilda qo’shimcha qadamlar tashlandi. CHunonchi, «Oddiy qurollar bo’yicha BMT Konventsiyasining 2- Bayonnomasiga tuzatish» degan xujjatlar bir qancha qattiq qo’shimcha cheklovlar joriy etildi. Shu cheklovlardan biri piyodalarga qarshi «aqlsiz» minalarga taalluqlidir. Bunday minalar o’zini o’zi yo’q qilish mexanizmiga ega emas yoki ular o’z o’zidan ishlab ketadi. Bunday minalar to’ish mumkin bo’ladigan qilib joylashtirilishi va o’rab qo’yilgan, belgi qo’yilgan va qo’riqlanadigan maydonlarda bo’lishi kerak. piyodalarga qarshi «aqlli» minalardan, ya’ni o’zini o’zi yo’q qilib tashlaydigan yoki o’zini ishdan chiqaradigan minalardan xamda yuk avtomobillariga qarshi minalardan foydalanish bo’yicha xech qanday qo’shimcha cheklovlar yo’q.
Xulosa
Bu maqsadga erishish uchun Federatsiya quyidagi vazifalarni bajaradi:
milliy jamiyatlar uchun doimiy aloqa, muvofiqlashtirish va ta’lim organi sifatida ishlaydi va ular so’ragan zarur yordamni beradi;
xar bir mamlakatda mustaqil va tegishli tarzda tan olingan Milliy jamiyat tuzishga va uni rivojlantirishga yordam beradi;
ofat va xalokatlardan jabr ko’rgan barcha shaxslarga imkoniyat boricha yordam beradi;
milliy jamiyatlarga bo’lishi extimol tutilgan ofatlarda yordam ko’rsatish uchun tayyorlanishda, yordam bo’yicha ularning faoliyatini tashkil etishda va bevosita yordam ko’rsatish tadbirlari o’tkazishda ko’maklashadi;
Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Xalqaro xarakati tarkibiga kiruvchi qismlar tomonidan tabiiy ofatlar va falokatlar vaqtida yordam ko’rsatish bo’yicha tadbirlar o’tkazish tamoyillari va qoidalariga muvofiq ravishda Xalqaro yordam tadbirlarini tashkil qiladi, muvofiqlashtiradi va boshqaradi;
milliy jamiyatlarning tegishli milliy xokimiyat idoralari bilan xamkorlikda axolining sog’liqni saqlash va ijtimoiy taxminotini takomillashtirishga qaratilgan faoliyatda qatnashishlarini rag’batlantiradi va muvofiqlashtiradi;
bolalar va o’smirlarni insoniylik ruxida tarbiyalash xamda xamma mamlakatlar yoshlari o’rtasida do’stona munosabatlarni rivojlantirish masalalari bo’yicha Milliy jamiyatlar orasidagi fikr almashuvini rag’batlantiradi va muvofiqlashtiradi;
milliy jamiyatlarga o’z saflariga yangi a’zolarni jalb etish va ularga Xarakat tamoyil va g’oyalarini singdirishda yordam beradi;
Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi bilan tuzilgan bitimlarga muvofiq ravishda qurolli mojarolardan jabr ko’rgan shaxslarga yordam ko’rsatadi;
Xalqaro gumanitar huquqni rivojlantirish va mustaxkamlashishida Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasiga yordam beradi xamda Milliy jamiyatlar orasida ushbu huquq va asosiy tamoyillar to’g’risidagi bilimlarni targ’ib qilishda u bilan xamkorlik qiladi.


Adabiyotlar:
1.S.S.Shorin. Xalqaro insonparvarlik xuquqi bo’yicha o’quv-uslubiy materiallar.Ι-kitob. 2004. 3-132 b.
2.Inoyatov I.Yu.«Qurolli to’qnashuvlar xuquqi» o’quv qo’llanma.
2005.3-79 b.
3. F.A. Abdullaev.Qurolli to’qnashuvlar huquqi.2001.3-56 b.
4.Fransuaza Bori. Xalqaro insonparvarlik huquqining vujudga kelishi va rivojlanishi. 1998.5-48 b.
5.Xalqaro qizil xoch qumitasi. Harbiy harakatlar ishtirokchilarining axloq kodeksi.2004.2-40 b.
5.Jurnal. Texnika va qurollar.(Texnika i voorujeniya) №3 2006 y.


Download 55,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish