Reja: Xarbiy xarakatlarni amalga oshirish tamoyillari


Urush olib borishning takiklangan usullari



Download 55,29 Kb.
bet6/7
Sana12.07.2022
Hajmi55,29 Kb.
#778629
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
МАВЗУ-7 ХГХ222

2.Urush olib borishning takiklangan usullari.
XGHga muvofiq jangga kirishish va dushmanni yengish mumkin. Lekin, jang qilishning ayrim taqiqlangan usullari bor va ular harbiy jinoyat sanaladi. SHunga etibor berish kerakki, XGH harbiy xizmatchilarga jangovar vazifani bajarishda yordam beradi xamda jang qilish vaqtida qanday xarakatlarga ruxsat berilishi yoki ruxsat berilmasligiga aniqlik kiritadi.
Jangovar xarakatlar olib borish vaqtida harbiy xiylani, masalan, kamuflyaj, oshkora yolg’on xabarlar berish, va Noto’g’ri axborot berish, yaьni dushmanni chalg’itadigan, Noto’g’ri xarakatlar qilishga undaydigan xar qanday xarakatlarni amalga oshirish mumkin. Biroq, harbiy xiyla bilan taqiqlangan munofiqlik xollarini farqlash zarur. Makkorlik deganda harbiy ustunlikka erishish uchun insonparvarlik nuqtai-nazaridan xujum qilish mumkin emasligiga dushmanni ishonishga majbur qiladigan xar qanday xarakatni tushunish kerak. Makkorlik himoyalanish xuquqini niqob qilib, dushmanlik xarakatlarni amalga oshirishdir. Masalan, dushman o’zini bildirib qo’ysin degan maqsadda oq bayroqdan makkorlik bilan foydalanish, yordam berish uchun yaqinlashib kelgan dushmanga qarata o’t ochish uchun o’zini yarador qilib ko’rsatish, o’zini harbiy bo’lmagan shaxs qilib ko’rsatishga urinish taqiqlanadi. Qizil O’oj va Qizil Yarim oyning himoya emblemalaridan yoki BMT emblemalaridan ruxsatsiz foydalanish, yo bo’lmasa ularni biron-bir harbiy guruxni niqoblash uchun qo’llash taqiqlangan. Harbiy bo’lmagan shaxsni o’ldirish XGH ni buzish ekanligi xamma tomonidan qabul qilingan. qotillik uchun, aybning og’irlik darajasiga qarab, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 152 - moddasida 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolash yoki mol-mulkni musodara qilib, o’lim jazosiga xukm qilish nazarda tutiladi.
Xujum vaqtida dushmanning bayrog’idan, harbiy emblemasidan, tanish belgilaridan yoki harbiy kiyimidan foydalanish taqiqlangan.
«Asir olinmasin» deb buyruq berish yoki bunday buyruqlar bilan taxdid qilish yoki «asir olinmasin» degan printsipga asoslangan jangovar operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlangan. Razvedka qilish chog’ida qo’lga olingan dushmanni razvedkachilarning o’z xududiga evakuatsiya qilish imkoni bo’lmagan taqdirda, harbiy asirlar ozod qilinishi kerak.
qurolli to’qnashuvda ishtirok etmayotgan shaxslarga xujum qilinishi mumkin emas. Bundan tashqari asir tushgan, asir tushish istagini bildirayotgan yoki xushsiz xolatda bo’lgan shaxslar xujum ob’ekti bo’lishi mumkin emas.
Harbiy bo’lmagan axolini ochlikdan qoldirish, ochlikdan jang qilish sifatida foydalanish taqiqlangan. 1- qo’shimcha Bayonnomaning 54 - moddasida quyidagilar belgilangan:
«Harbiy bo’lmagan axolining omon qolishi uchun zarur bo’lgan ob’ektlarga, chunonchi: oziq-ovqat maxsulotlari zaxiralariga; qishloq xo’jalik yerlariga; ekinzorlarga; chorva mollarga; ichimlik suvi bilan taьminlashga xizmat qiladigan inshootlarga va suv zaxiralariga; shuningidek, irrigatsiya inshootlariga ataylab, harbiy bo’lmagan axoli yoki dushman tomon yashash vositasi sifatida foydalanishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida, sabablaridan qatьtiy nazar: bu sabablar harbiy bo’lmagan shaxslar orasida ocharchilik keltirib chiqarish, ularni ko’chib ketishga majbur qilish yoki biron - bir boshqa sabab bo’lishidan qatьtiy nazar, xujum qilish yoki ularni yo’q qilib tashlash, olib chiqib ketish yoki yaroqsiz xolga keltirish taqiqlanadi».
Erni qovjiratish siyosati chekinayotgan kuchlar tomonidan dushman qo’shinlariga qarshi foydalaniladigan taktikadir. Davlat xududiga dushmanning bostirib kirishidan mudofaalanish chog’ida harbiy zaruriyat sharoitida o’z xududida 54 - moddadan foydalanib chekinishlarga ruxsat etiladi.
Keng ko’lamda va uzoq muddatga epidemiyalar va ocharchilikning tarqalishini, atrof-muxitning qattiq buzilishini keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan, yaьni axoli salomatligi yoki xayot iga zarar keltiradigan jang qilish usullari va vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
XGH ga muvofiq josuslikdan foydalanish taqiqlanmagan. Agar josuslik faoliyati almashuv yo’li bilan yoki ataylab yashirin usulga amalga oshirilsa, uni dushman nazorati ostida bo’lgan harbiy joylarda harbiy axamiyatga ega bo’lgan axborotni yashirincha to’plash deb taьriflash mumkin. Josuslik bilan shug’ullanib turgan vaqtida qo’lga olingan kombatant o’zining harbiy asir maqomiga ega bo’lish xuquqini yo’qotadi va jazo olishi mumkin. Josuslik uchun qonunga muvofiq ishni sudda ko’rish imkoniyati berilmog’i kerak.
Razvedka josuslikdan farq qiladi, bu harbiy qism yoki shaxsiy tarkib tomonidan harbiy kiyimda amalga oshiriladigan harbiy xarakatdir. Asir qilib olingan taqdirda razvedkachilar xatto dushman xududida qo’lga olingan bo’lsalar xam o’zlariga nisbatan harbiy asirlar sifatida muomala qilishga xaqlidirlar.
Sabotaj - agar sabotaj ob’ekti harbiy ob’ekt bo’lsa, XGH ga muvofiq unga ruxsat beriladi. harbiy kiyimdagi sabotajchilar o’zlargi nisbatan harbiy asirlardek muomala qilinishiga xaqlidirlar. harbiy kiyimda bo’lmagan yoki harbiy bo’lmagan sabotajchilar harbiy asirlarning himoya maqomiga ega bo’lmaydilar.
Mudofaa qilinmaydigan zonalar - bu urushayotgan tomonlar dushman qarshiliksiz okkupatsiya qilishi uchun ochiq deb e’lon qilgan joylardir. Buning uchun quyidagi shartlarni bajarish zarur:
-kombatantlar, qurol va o’q dorilar evakuatsiya qilingan yoki boshqa usullar bilan zararlantirilgan bo’lishi kerak;
-xech narsadan dushmanlik maqsadlarida foydalanmasligi kerak;
-harbiy operatsiyalarni qo’llab-quvvatlash uchun xech qanday faoliyat olib bormasligi kerak.
SHaxar yoki xudud xujum qilib kelayotgan dushman armiyasi tomonidan ortiqcha vayron qilinishining oldini olish urushayotgan tomonlardan biri muayyan joyni mudofaa qilinmaydigan zona deb e’lon qilishga sabab bo’lishi mumkin.
Kelishuvga muvofiq demilitarizatsiya zonalari deb eьtirof etilgan joylarda harbiy operatsiyalar olib borish mumkin emas.
Xujum qilayotgan tomon komandiri qamal qilingan joydagi xokimiyat organlarini bo’lajak bombardimon xaqida ogoxlantirish uchun mumkin bo’lgan xamma choralarni ko’rishi kerak. Diniy inshootlar, sanoat, madaniyat inshootlari, kasalxonalar xamda bemorlar va yaradorlar saqlanayotgan joylar harbiy maqsadlarga xizmat qilmasa, ularni saqlab qolish uchun choralar ko’rish zarur. qamal qilingan joylarning maxmurlari himoya qilinishi zarur bo’lgan binolar yoki joylarga ko’zga ko’rinarli belgilar xaqida xujum qiluvchi kuchlarga xabar berishlari shart.
Betaraf davlatning diplomatiya korpusi harbiy xarakatlar boshlanishi oldidan qamal qilingan xududdan chiqib ketayotganida unga to’sqinlik qilish mumkin emas. harbiy xarakatlar chog’ida bunday imtiyozlar berilishi mumkin emas. Bordi-yu, diplomatiya va konsullik xodimlari ixtiyoriy ravishda xududda qolsalar, ular xam boshqa axoli qatori xatarga duch keladilar.
Komandir qamal qilingan joy bilan tashqi dunyo o’rtasida aloqa bog’lashni va u yerga borishni taqiqlab qo’yish xuquqiga ega. Urushayotgan tomonlar qamal qilingan yoki qurshab olingan zonadan yaradorlar, bemorlar, darmonsiz va keksa odamlarni, bolalar va xomilador ayollarni olib chiqib ketish xaqida shartnoma tuzishga urinib ko’rishlari xamda ruxoniylar va tibbiy xodimlarning zarur tibbiy uskunalar bilan zonaga kirishiga ruxsat berishlari kerak.
Komandirni kombatant bo’lmaganlar qamal qilingan xududni ruxsatsiz tashlab chiqib ketishlariga ruxsat berishga majbur qiladigan qoida yo’q. Xududdan ruxsatsiz chiqib ketishga urinadigan shaxslarga qarata o’t ochilishi, ular orqaga qaytarib yuborilishi yoki ushlab olinishi mumkin.
Oq bayroq. Oq bayroqdan foydalanilishi jangovar xarakatlarni to’xtatib turish niyatini bildiradi. U yoki bu tomonidan jangovar xarakatlarni to’xtatib turishni xoxlashini sabablari ko’p. Masalan, yaradorlar, bemorlarni jang maydonidan olib chiqish yoki xalok bo’lganlarni dafn etish, muzokaralar olib borish.
Oq bayroq ko’rgan kombatant quyidagilarni qilishi kerak:
oq bayroq ko’tarilgan joyga qarata o’q otishni to’xtatish;
oq bayroq ko’targanlarga yaqinroq kelish, o’z shaxsini tasdiqlash va oq bayroq ko’tarilishining sabablarni tushuntirishni buyurish yoki oq bayroq paydo bo’lishining sabablarini bilish uchun razvedkachilar yuborish.
Oq bayroq ko’targan kishini yoki joyni o’qqa tutish harbiy jinoyat sanaladi. Va, aksincha, oq bayroqdan razvedka maьlumotlarini to’plash yoki harbiy operatsiyani niqoblash uchun foydalanish xam harbiy jinoyat bo’ladi.
Harbiy zaruriyat mavjud bo’lgan xollardan tashqari harbiy bo’lmagan mol-mulkni yo’q qilib tashlash yoki musodara qilish taqiqlangan. Kafanduzlik, xususiy shaxslarning mol-mulkini zo’rlab olib qo’yish taqiqlangan.

Download 55,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish