Reja: Xarbiy xarakatlarni amalga oshirish tamoyillari


Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Xalqaro xarakatining tarkibiy qismlari



Download 55,29 Kb.
bet5/7
Sana12.07.2022
Hajmi55,29 Kb.
#778629
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
МАВЗУ-7 ХГХ222

2. Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Xalqaro xarakatining tarkibiy qismlari.
Jaxonning ko’pchilik mamlakatlarida tinchlik davrida xam, urush davrida xam Qizil Xoch yoki Qizil Yarim Oy Milliy jamiyatlari faoliyat ko’rsatadi. Mamlakatda faqat bitta milliy jamiyat bo’lishi mumkin. U o’z mamlakati xukumatiga insonparvarlik soxasida yordam beradi va xalokatlar paytida qutqaruv ishlarini olib borishdan tortib tibbiy va ijtimoiy yordam berishgacha bo’lgan xar xil turdagi xizmatlarni ko’rsatadi. Urush davrida milliy jamiyat mojaro natijasida jabr chekkan tinch axoliga yordam beradi va zarurat tug’ilsa, o’z mamlakatining harbiy-tibbiy xizmatiga ko’maklashadi. Milliy jamiyatlar faoliyatining aniq turlari xaqidagi ma’lumotni viloyat kengashlarining idoralari va Markaziy kengashdan olish mumkin. Masalan, O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Milliy Kengashi Toshkent shaxri, Yusuf Xos Xojib ko’chasi, 30- uyda joylashgan. O’zbekiston Qizil Yarim oy Milliy jamiyati 1925 yilda tashkil topgan.
O’zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 viloyat, Toshkent shaxar tashkilotlarini va «O’zbekiston Temir yo’llari» Davlat temir yo’l kompaniyasi qoshidagi tashkilotni o’z ichiga oladi.
Shaxarlar va tumanlarda O’zbekiston Qizil Xoch Jamiyatining 220 ta qo’mitasi tashkil etilgan. Bu qo’mitalar korxonalar, xo’jaliklar va o’quv yurtlarida tashkil qilingan 10000 boshlang’ich tashkilotni birlashtiradi. 5 yilda bir marta Qurultoy tomonidan saylanadigan Milliy Kengash Jamiyatning Oliy Ijroiya organi hisoblanadi.
1992 yil may oyida O’zbekiston prezidentining «O’zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati to’g’risida»gi Farmoni chiqdi.
1995 yildan e’tiboran O’zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Xalqaro Federatsiyasining to’la huquqli a’zosidir.
Xalqaro Federatsiya bilan mustaxkam xamkorlikda Qizil Yarim Oy Jamiyati favqulodda vaziyatlarda axoliga yordam ko’rsatish chora-tabdirlarini ko’zda tutadigan dasturni amalga oshirish borasida katta ish olib bormoqda. U xodimlar va faollarni tibbiy yordam ko’rsatishga tayyorlab, o’qitish, omborxonalar va zaxiralarni tayyorlab qo’yish, axborot va aloqa tizimini vujudga keltirish, axolining eng muxtoj qatlamlariga moddiy yordam berish, qutqarish otryadlarini tuzish masalalari va ko’plab boshqa masalalarni tezkorlik bilan xal qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2004 yilning 29 aprelida “Qizil yarim oy va Qizil Xoch timsollaridan foydalanish xamda ularni himoya qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qildi.
Mazkur qonun O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2004 yil 30 dekabrdagi buyrug’i bilan vazirlik tizimida xayotga tadbiq etilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov 1992 yilda O’zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyatining faxriy raisi etib saylangan.
Bu jamiyatlar insonparvarlik soxasida xokimiyatga ko’maklashuvchi ko’ngilli yordam jamiyatlari sifatida rasman tan olingan.
Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlarining umumiy maqsadi – mutlaq xolisona ish olib borib, kishilarni millati, irqi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, diniy yoki siyosiy extiqodi jixatidan xech qanday farqlamagan xolda odamlar chekadigan azob-uqubatlarning oldini olish va ularni yengillashtirishdir.
Ushbu vazifani bajarish uchun milliy jamiyatlar quyidagilarni bajarishlari lozim:
tinchlik davrida bo’lgani kabi o’z faoliyatini qurolli mojarolar davrida xam amalga oshirish va Jeneva konventsiyalarida ko’zda tutilgan barcha soxalarda xam tinch axoli, xam harbiy xizmatchilar orasida bo’lgan urush qurbonlarining manfaatlarini ko’zlab, bunday faoliyatga tinchlik davrida tayyorlanish;
milliy va maxalliy extiyojlarni e’tiborga olgan xolda ta’lim dasturlari va jamiyatga foydali faoliyatni amalga oshirish yo’li bilan odamlarning sog’lig’ini yaxshilashga, kasalliklarning oldini olishga va odamlar chekadigan azob-uqubatlarni yengillashtirishga qaratilgan ishlarda ishtirok etish;
amaldagi milliy reja doirasida xar qanday turdagi falokatlarda jabr ko’rganlarga shoshilinch yordam ko’rsatish bo’yicha xizmatlar tashkil etish;
o’z oldida turgan vazifalarni xal etish uchun zarur bo’lgan xodimlarni o’qitish va ishga jo’natish;
jamiyatning faoliyatida bolalar va yoshlarni ishtirok etishga rag’batlantirish;
xarakat va gumanitar huquqining asosiy tamoyillarini axoli, ayniqsa bolalar va yoshlar o’rtasida, ularga barcha insonlar va xalqlar o’rtasidagi tinchlik, o’zaro xurmat va xamjixatlikning yuksak tamoyillarini singdirish maqsadida targ’ib qilish.
Tinchlik davrida ularning faoliyati axolining sog’lig’ini saqlash va ijtimoiy yordam ko’rsatishga qaratilgan bo’ladi.

Download 55,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish