Reja: Xakqaro konvensiya va shartnomalar



Download 33,39 Kb.
bet5/9
Sana12.02.2022
Hajmi33,39 Kb.
#444903
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bojhona huquqi

«Nazorat xizmati» - yuqorida qayd etilgan va eksport, import, tranzit yuklari ustidan nazorat olib borish yuklatilgan har qanday xizmat tushuniladi. Konvenciyaning 7-moddasi «Qo'shni davlatlar o'rtasida xamkorlik» deb nomlanadi va aloxida e'tiborga loyiqdir. Ushbu modda talablariga ko'ra, yuklar quruqlikdagi
chegaralarni kesib o'tish vaqtida yuklar xarakatini engillashtirish maqsadida qo'shni davlatlar:
A. Maxsus asbob – uskunalardan xamkorlikda foydalanish orqali yuklar va xujjatlarni birgalikda nazoratdan o'tkazish choralarini ko'rishlari lozim.
B. Chegara postlardagi nazorat xizmatlarining turlari, ularning ish vaqti, chegara postlar orqali olib o'tiladigan yuklar va transport vositalari kategoriyalari, xalqaro bojxona tranzit tizimi analogik, ya'ni bir xil bo'lishi choralarini ko'rishlari lozim.
Konvenciyaning III – bob 10 – moddasida a'zo davlatlar o'z xududlari orqali o'tuvchi yuk va transport vositalari tranzitini maksimal darajada engillashtirish va soddalashtirish choralarini ko'rishlari belgilangan.
XYT (MDP) Konvenciyasini yaratilish tarixi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Evropa iqtisodiy komissiyasi rahnamosi ostida 1975 yil noyabrь oyida bo'lib o'tgan konferenciyada xalqaro yuk tashish konvensiyasi ko'rib chiqildi. Ushbu konferensiya qatnashchilarini ko'pchilik ovozi bilan xalqaro yuk tashish qonun-qoidalar qabul qilinib, u 1978 yildan kuchga kirdi. Shundan buyon u asosiy universal tranzit sestemalardan biri bo'lib qolmoqda.
O'zbekiston Respublikasi ushbu konven iyaga 1996 yil 28 martda a'zo bo'ldi. 1975 yilgi, Xalqaro yuk tashish (MDP) konvenciyasining asosiy g'oyasi va princplari ko'plab boshqa tranzit tizimlarini asosi hisoblanadi. Shu bilan birga u bevosita ѐki bilvosita xalqaro transportda yuk tashishga to'liq va avtomabilda yuk tashishda qisman soddalashtirishda nafaqat Evropa va O'rta Sharqda, balki Afrika va Lotin Amerikasi mintaqalarida ham ѐrdam bermoqda. Ayrim yuk mashinalarini priceplariga ѐrishtirilgan «TIR» tablichkasini ko'pchiligingiz ko'rgansiz. Oq ѐzuvli TIR tablichkasi xalqaro yuk tashuvni tezlashtiruvchi va soddalashtiruvchi o'ziga xos ruxsatnoma xisoblanadi.
Xalqaro yuk tashish protsedurasi bilan tovarlarni tashish amalga oshirilaѐtganda transport vositalariga «TIR» tablichkalari ѐpishtirishi shart. Bitta tablichka oldiga, keyingi shunday tablichka esa transport vositasini ѐki transport vositasi sostavini orqa tomoniga joylashtiriladi. Bu tablichkalar yaxshi ko'rinadigan va echiladigan bo'ladi. Xalqaro yuk tashish procedurasi bilan yuklarni tashish (amalga oshirilayotganda transport vosit)da bojxona tranzit sistemasini yaratish ikkinchi jahon urushidan keyinroq Evropa iqtisodiy komissiyasi rahbarligida boshlandi. Xalqaro yuk tashishni birinchi kelishuvi 1949 yili bir necha Evropa Davlatlari o'rtasida imzolandi. Bu kelishuvni yutug'i 1959 yildagi Evropa iqtisodiy Komissiyasi (rahbarligida boshlandi)ning transport komiteti tomonidan xalqaro yuk tashish konvenciyasini qabul qilishga turtki bo'ldi.
Hozirga vaqtda, 1975 yilgi Konvenciya doirasida yuklar nafaqat temir yo'l bilan, balki darѐ va dengiz transport turlari bilan ham tashishi mumkin, agar tashishni ma'lum qismi avtomabil bilan amalga oshirilaѐtgan bo'lsa. Shularga asoslanib, 1975 yilgi Konvenciya zamon talablarini va tashish texnologiyasini o'z ichiga oladigan tizimdir desak bo'ladi. Konvenciya etti bob va to'qqiz ilovadan tashkil topgan.
Birinchi bobda umumiy qoidalar belgilangan turli terminallar, misol uchun «MDP bilan tashish», «MDP operaciyasi» «MDP operaciyasini boshlash vaqti» va boщqa shu kabilardan iborat (bular hammasi bitta moddada aks etgan). Shuningdek ushbu bobda harakat doirasi (2 moddadan) va asosiy qoidalar (2 moddadan) berilgan. Ikkinchi bob. XYT (MDP) kitobchasini berish tartibini belgilaydi. Unda kafolat tashkilotining majburiyatlari ko'rsatilgan (6 moddadan iborat).
Uchinchi bob. XYT (MDP) kitobchasini qo'llagan holda yuklarni tashish tartibini belgilaydi. Bunda 3ta modda Konteyner va transport vositalariga xalqaro yuk tashish ruxsatnomasini berish tartibini aks ettiradi, 14 ta moddada XYT (MDP) kitobchasiniqo'llagan Xolda yuklarni tashish proceduralari berilangan.
To'rtinchi bob Konvenciya qoidalarining buzulishi (7 ta moddadan) berilgan.
Beshinchi bob Tushuntirishlar (1 ta modda) berilgan.
Oltinchi bob Turli qoidalar (6 ta modda) ko'rsatilgan.
Ettinchi bob Xulosaviy qoidalardan tashkil topgan.
Avtomabil transporti vositalari bilan yuklarni xalqaro tashish «Yuklarni xalqaro yo'llarda tashishga oid shartnoma to'g'risidagi Konvenciya» (KDPG Konvenciyasi. Konvensiya dogovore mejdunarodniy perevozni gruzov) asosida tartibga solinadi. Mazkur Konvensiya 1956 yil 16-mayda Jeneva shahrida imzolangan. Hozirgi kunda bu Konvensiyaga barcha Evropa davlatlari, bir qancha Osiѐ va Afrika mamlakatlari a'zo bo'lgan. O'zbekiston Respublikasi ham KDPG Konvenciyasiga qo'shilgan. Bu Konvensiya
qoidalari yuklarni avtomabil transporti bilan tashishga kelishilgan xalqaro
shartnomalarga, yukni jo'natish va etkazish ishartlari har xil mamlakatlarda bo'lish sharti bilan va shu mamlakatlardan hech bo'lmasa biri ushbu Konvensiya a'zosi bo'lsa, shunday tuzilgan shartnomalarga nisbatan qo'llaniladi. KDPG qoidalari quyidagi yuklarni tashishda qo'llanilmaydi:
A) pochta yuklari
B) jasadlar («gruz-200»);
V) uy-ro'zg'or buyumlari.

Download 33,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish