Reja: Xakqaro konvensiya va shartnomalar


Butunjahon pochta Konventsiyasi



Download 33,39 Kb.
bet9/9
Sana12.02.2022
Hajmi33,39 Kb.
#444903
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bojhona huquqi

Butunjahon pochta Konventsiyasi Xalqaro pochta ayrboshlashuvi davlatlar va xalqaro o'rtasidagi madaniy, siѐsiy, ijtimoiy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning samarali vositasi xisoblanadi. XIX asr o'rtalariga kelib xalqaro pochta aloqalarining rivojlanishi shu darajada yuqorilab ketdiki, endi davlatlar o'rtasidagi pochta aloqalarining ayrim muhim masalalarini hal etish uchun xalqaro tashkilot tuzilishini taqozo eta boshladi. Shu munosabat bilan 1874 yil Bernda bo'lib o'tgan Pochta Kongressida 22 ta davlat vakillari ishtirokida Butunjahon pochta ittifoqi ta'sis etiladi. Vaqt o'tib, davlatlar o'rtasidagi tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlangan sari xalqaro pochta aloqasi savdo sohasidagi ѐzishmalar, hujjatlarni jo'natish, Tovar namunalari va reklama materiallarini yuborishning muxim texnik vositasiga aylanib boradi. Bu esa xalqaro pochta xizmatining takkomillashuviga va bu sohada muhim isloxatlarning amalga oshirilishiga sabab bo'ldi.
1964 yil 10 iyulda Vena shaxrida Butunjahon pochta ittifoqining Nizomi qabul qilindi. 1994 yil 14 sentyabrda Seulda Butunjahon pochta Konvenciyasi qabul qilindi va u 1996 yil 1 yanvardan kuchga kirdi. Konvenciya matni asosan xalqaro pochta xizmatini tashkil etish, turlari, pochta tariflari, maxsus xizmatlari, xisob-kitoblarni amalga oshirish usullari, pochta ma'muriyati va jo'natuvchining mas'uliyatlari, imtiѐzlardan foydalanish masalalariga bag'ishlanadi. Bojxona ishiga oid masalalar o'ta qisqa berilgan bo'lib, asosan quyidagi bandlarda aks ettiriladi:
26-modda. Ruxsat etilmaydigan jo'natmalar. Taqiqlar. Yozma korrespondensiyalarda quyidagilarni jo'natish man etiladi:
a) bank biletlari, kredit biletlari, tangalar, yo'l cheklari, tillo, platina. Kumush buyumlar ѐki qayta ishlanmagan ko'rinishda. Qimmatbaxo toshlar, yuvelir buyumlar va boshqa qimmatbaxo predmetlar.
b) narkotiklar va psixotrop moddalar;
v) portlovchi, engil alangalanuvchi va boshqa xavfli moddalar;
g) ma'naviyatga zid va bexayo xarakterdagi predmetlar;
d) manzil-davlati xududiga olib kirish man qilingan predmetlar.
s) Tirik jonivorlar.
4-bob. Bojxona masalalari. 31-modda. Bojxona ko'rigi. Jo'natish davlati va manzil davlati pochta ma'muriyatlari ushbu davlatlar qonunchiligi asosida yozma korrespondensiya jo'natmalarini bojxona ko'rigiga taqdim etish huquqiga ega.
33-modda. Bojxona bojlari va boshqa yig'imlar. Pochta ma'muriyatlari jo'natuvchi yoki adresatlardan bojxona bojlari va boshqa yig'imlarni undirish huquqiga ega. Xalqaro pochta jo'natmalarini bojxona nazoratidan o'tkazishdan asosiy maqsad nafaqat davlatning iqtisodiy manfaatlarini, balki uning siѐsiy va g'oyaviy manfaatlarini ham ximoya qilish, pochta jo'natmalari orqali respublikaga jamiyat uchun zararli bo'lgan nashrlar, kassetalar va boshqa predmetlarning yashirincha kirib kelishining oldini olishdir. Xalqaro pochta jo'natmalari nima?
Xalqaro pochta jo'natmalari – O'zbekiston Respublikasi bojxona xududidan chiqarish uchun qabul qilingan va O'zbekiston Respublikasi bojxona xududiga xorijiy davlatlardan kelib tushgan yoki tranzit tartibida o'tkaziladigan pochta jo'natmalariga aytiladi. Xalqaro pochta jo'natmalariga quyidagilar kiradi:
1) xatlar (oddiy, buyurtma, qimmatbaho e'lon qilingan);
2) pochta kartochkalari (otkrыtki) (oddiy, buyurtma);
3) banderollar va «M» maxsus qoplar (oddiy, buyurtma);
4) sekogrammalar (oddiy, buyurtma);
5) mayda (kichgina) paketlar (buyurtma);
6) jo'natma (posilka) (oddiy, qimmat baho e'lon qilingan);
7) ekspress-pochta jo'natmalari.
Xorijiy davlatlardan kelgan yoki O'zbekiston Respublikasi bojxona xududidan chiqariladigan xalqaro pochta jo'natmalarini bojxona organlarining ruxsatisiz chiqarish mumkin emas. Xalqaro pochta jo'natmalari ikki sinfga bo'linadi – ѐzma korrespondensiya va pochta posilkalari. Yozma korrespondensiyalarni jo'natish ikkita tizimda amalga oshiriladi. Birinchi tizimda korrespondensiyalarni jo'natish tezligi bilan bog'luq, ya'ni
- imtiyozli jo'natmalar, tez etkazib berish yo'llari (xavo) orqali;
- imtiѐzli bo'lmagan jo'natmalar, jo'natuvchi post tarifni qabul qilgan, jo'natmani etib borishi sekinlashtirilgan.
- Xatlar;
- pochta kartochkalari – maxsus blankalarida ѐzma ravishda yuboriladigan pochta
jo'natmalari;
- banderol – Ogirligi va o`rash usullari pochta qoidalariga javob beradigan ish qog'ozlari, kitoblar, gazetalar va boshqa predmetlar;
- maxsus kopi – gazeta va jurnallar joylashtiriladigan maxsus qoplar;
- sekogramma – ko'ziko'rmaydiganlar uchun mo'ljallangan jo'natmalar;
- mayda (kichgina) paket – katta bo'lmagan predmet va tovalar joylangan mayda paketlar;
- posilka. O'zbekiston Respublikasida xalqaro pochta jo'natmalarini bojxona nazoratini amalga oshirishda quyidagi qonun va qonunosti hujjatlariga asoslaniladi.
1. Bojxona Kodeksi. 2. Boj tarifi to'g'risidagi qonun.
3. Adliya Vazirligida 2000 yil 11 fevralda 896-son bilan ro'yxatga olingan Xalqaro pochta jo'natmalari bojxona nazoratini vaqtincha qoidalari
Xalqaro pochta jo'natmalarida bojxona qoidalarining buzilishi xolatlari yil sayin ortib bormoqda. Bunda eng ko'p uchraydigan qoida-buzarlik – bu deklarasiyada qayd etilmagan holda pornografik mazmundagi disk, kasseta va jurnallarni jo'natish. 2000-yilda bojxona xodimlari tomonidan 8 ta xolat aniqlangan bo'lsa, 2005- yil davomida 22 ta xolat aniqlandi. Ikkinchi o'rinda pochta jo'natmalari ichida chet el valyutasi va tillo buyumlarni yashirincha yuborish kabi huquqbuzarliklar turadi
Xalqaro pochta jo'natmalarini bojxona nazoratidan o'tkazishdan asosiy maqsad nafaqat davlatning iqtisodiy manfaatlarini, balki uning siѐsiy va g'oyaviy manfaatlarini ham ximoya qilish, pochta jo'natmalari orqali respublikaga jamiyat uchun zararli bo'lgan nashrlar, kassetalar va boshqa predmetlarning yashirincha kirib kelishining oldini olishdir.

Xulosa
Xalqaro pochta jo'natmalarini bojxona nazoratidan o'tkazishdan asosiy maqsad nafaqat davlatning iqtisodiy manfaatlarini, balki uning siyosiy va g'oyaviy manfaatlarini ham ximoya qilish, pochta jo'natmalari orqali respublikaga jamiyat uchun zararli bo'lgan nashrlar, kassetalar va boshqa predmetlarning yashirincha kirib kelishining oldini olishdir bugungi kunda bojhona masalasida xalqaro hamkorlik yaxshi rivojlanyabdi bojhona postlarida zamonaviy texnikalar bn taminlangan bu vaqt tejalishiga olib keladi kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan mahsulotlarning turib qolishining ildini oladi va sifatli yetib borishini taminlaydi O`zbekiston bajxonasi turli tashkilotlarga azo va boshqa chet davlatlar bilan bir huquq va majburiyatlarni bajarib kelmoqda. O`zbekiston O`rta Osiya markazida joylashganligi sababli asosiy tranzit yolagi bolib hisoblanadi juda ko`plab xalqaro yuklar O`zbekiston orqali o`tadi bu esa bojhonachilarimiz ishlarini bir muncha qiyinlashtiradi

Foydalanilgan adabiyotlar
F.T.Solihova Bojhona huquqi darslik
Bojhona kodeksi
Lex.uz partali
Bojhona huquqi maruzalar matni Termiz Davlat Universiteti
Download 33,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish