«Olib kirish uchun vaqtinchalik ruxsatnoma» - olib kirilgan buyum o'z muddatida qaytarib olib chiqib ketilmagan taqdirda undirilishi lozim bo'lgan bojxona bojlari va soliqlarni depozitini ѐki kafolatini tasdiqlovchi bojxona xujjati;
«Shaxsiy foydalanish buyumlar»- sayyoxning tashrif tafsilotlarini xisobga olganda, unga shaxsan zarur yangi yoki foydalanilgan kiyim-kechak va boshqa buyumlar (savdo maqsadida olib kirilaѐtgan tovarlar bundan mustasno).
Konvensiyaning 2-moddasiga ko'ra, shaxsiy foydalanish buyumlariga, ular avvalfoydalanishda bo'lganligi sharti bilan, quyidagilarni kiritish mumkin:
shaxsiy zargarlik buyumlari;
1 ta fotokamera 12 ta plastinkasi ѐki 5 ta plenkasi bilan;
1 ta minikamera 2ta plenka g'altagi bilan;
1 ta binoklь;
1 ta olib yuriluvchi musiqiy asbob;
1 ta olib yuriluvchi ovoz ѐzish apparati;
1 ta radioprѐmnik;
1ta portativ ѐzuv mashinkasi;
1 ta bolalar aravachasi;
1 ta palatka va boshqa lager anjomlari;
1 ta komlekt baliq ovlash anjomi;
1 ta sport o'qotar quroli 50 ta patroni bilan;
1 ta motorsiz velosiped;
1 ta juft chang'i
2 ta tennis raketkasi.
Konvenciyaning 3-moddasiga asosan, sayѐxlar tomonidan o'z ehtiѐjlari uchun o'zlari bilan ѐki qo'l yuklaridan bojxona bojlari va soliqlari undirilmasdan quyidagi buyumlarni olib kirishlariga ruxsat etiladi. 200 ta papiros ѐki 50 ta sigara ѐki 200 gramm tamaki. Normal razmerdagi 1 butilka vino va 0,25 litr spirt. 0,25 litr odekolon va vatta bo'lmagan miqdorda duxilar. Konvenciyaning 4-moddasiga asosan, sayѐxlar o'zlari bilan, vaqtinchalik ruxsatnomasiz, 50 AQSh dollarigacha qiymatidagi yo'l suvenirlarini olib kirishiga va bo'lish davlatida sotb olgan 100 AQSh dollarigacha qiymatdagi yo'l suvenirlarini bojxona bojlarisiz olib chiqishlariga ruxsat etiladi.Konvenciyaning 6-moddasi talablariga ko'ra, a'zo davlatlar xalqaro turizimning rivojlanishiga to'skinlik qiluvchi bojxona tartib-qoidalarini joriy etmaslikchoralarini ko'rishlari lozim. Konvenciyaning 7-moddasiga asosan, chegaradosh a'zo davlatlar o'z chegara bojxona postlarini bir-biriga imkon qadar yaqin joylashtirishlari va ular bir xilvaqtda ochiq bo'lishlari lozim.
Konvensiyaning 11-moddasiga asosan, sayyoxlar tomonidan aldov yo'li bilan bojxona qoidalari buzilsa yoki imtiyoz berilgan buyumlar suiste'mol qilinsa, a'zo davlatlar tomonidan tegishli bojlar va soliqlar undirib olinishi bilan bir qatorda jazo choralari xam ko'rishlari mumkin.
1954 yil 4-iyunda Konveniyaga qo'shimcha Protokol qabul qilindi. Ushbu Protokol bilan turizmga aloqador bo'lgan tanishtiruv xujjatlari va materiallarini olib kirish masalasi ko'rildi. Protokolning 2-moddasiga ko'ra, bojxona bojlari va soliqlar to'lamasdan quyidagi tanishtiruv xujjatlar va materiallarini olib kirilishi mumkin.
Boshqa davlatlardagi turzmni tartib qilish maqsadida erkin tarqatiladigan broshyuralar, kitoblar, jurnallar, yo'l ko'rsatkichlar, afishalar, fotosuratlar, illyustratsiyali va illyustrasiyasiz geografik kartalar, tranparantlar. Rasmiy turistik agentliklar tomonidan Chop etilgan chet el mehmonxonalarining ro'yxati va yilnomalari, transport xizmatlari jadvallari. Milliy turistik agentliklarining akkerditasiya qilingan vakolatxonalari yoki korrespondentlarga yuborilaѐtgan texnik materiallar (telefonlar va mehmonxonalar ro'yxatlari, ko'rgazmalar kataloglari, muzeylar, mineral suvli oromgohlarga taaluqli xujjatlar ).
Xozirgi kunda O'zbekiston respublikasi «Sayyoxlarga bojxona imtiyozlari to'g'risidagi» Konvensiyaga va unga qo'shimcha Protokolga a'zo emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |