O’ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI
“KELISHILGAN”
O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi N.Holiqnazarov
__________________________
«_______»____________2022 y.
“TASDIQLAYMAN”
O’zbekiston xalqaro islom
akademiyasi prorektori
I.Usmonov
_____________________________
«_______»________________2022 y.
“KELISHILGAN”
Islom taraqqiyotning bankining O’zbekistondagi vakili H.Xasanov
__________________________
«_______»_____________2022 y.
DASTURI
Bilim sohasi:
Ta’lim sohasi:
Ta’lim yo’nalishi:
100000 – Gumanitar soha
160000 – Islomshunoslik
5160200 – Islom iqtisodiyoti va moliyasi
Amaliyot soati – 504 soat
Toshkent-2022
KIRISH
Hozirgi kunda eng rivojlanib borayotgan sohalardan biri dunyo bo'yicha ham, O'zbekiston bo'yicha ham IT(Informatsion Texnologiyalar) sohasidir. O'zbekistonning ushbu soha bozorida yuqori talablari mavjud. IT sohasi barcha sohalarga xuddi chet tilidek kirib kelayotganini hisobga oladigan bo'lsak, kichik yo'nalishlarga ajrab o'rganilishini tabiiy hol sifatida tushunish mumkin.
“Butun dunyoda IT sanoati hali ham nisbatan yangi. Shu bois, kadrlar yetishmovchiligi bu yerda ayniqsa seziladi. O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirish uchun Amazon Web Service, bulutli xosting(cloud hosting) kabi ko‘proq ma’lumot markazlari zarur. Bu nafaqat mahalliy ishlab chiquvchilar uchun, balki mahalliy korxonalar uchun ham foydali bo'ladi. Bizda konsalting xizmatlari ham yetishmaydi. Bizga ko‘proq maslahatchilar, mutaxassislar tayyorlash kurslari, kovorking markazlar kerak. Men o‘z kovorking markazimni yaratishni rejalashtirmoqdaman, u yerda men IT-mutaxassislarini o‘qitib, startaplarni rivojlantirishga yordam beraman. Yana bir muhim jihati: xorijga ketayotgan mutaxassislarni saqlab qolish uchun nafaqat ishlash, balki dam olish uchun ham sharoit yaratish kerak. Stressli ish kunidan so'ng, katta loyihani tugatgandan so'ng, odam dam olishi kerak. Turizm va ko‘ngilochar industriyada sifatli hordiq chiqarish uchun imkoniyatlarimiz yetarli emas. Bu haqda menga xorijga ketgan ko'plab do'stlarim aytib berishadi.
Men o'zim O'zbekistonni tark etishni rejalashtirmayapman, "hamma narsaga tayyor" borishdan ko'ra, vatanimda muvaffaqiyatga erishish uchun sharoit yaratishni afzal ko'raman.”1
Korxona rahbarining so’zlaridan olingan iqtibos, asosiy qadriyatlarni aksar qismi ko’rsatib bera oladi. “Green White Solutions” MCHJ O’zbekistonning IT sohasida jahon bozoridagi o’rnini ko’rsatishni eng asosiy maqsadlaridan deb biladi. Kompaniya 2012 – yildan beri mijozlarga xizmat ko’rsatib kelmoqda va uning ozirgi yutuqlariga erishishi yo’lida qanday yo’llarni bosib o’tganligi haqida qisqacha shunday aytiladi:
“Avvaliga biz o'zimiz mijozlarga bordik va ularga dasturdan bepul foydalanishga ruxsat berdik. Keyinchalik tavsiyalar katta rol o'ynadi: og’zaki marketing hali ham eng samarali savdo vositasidir.
Faoliyatining ikkinchi yilidan boshlab kompaniya doimiy ravishda daromad keltira boshladi. Menga yana uchta hammuassis qo'shildi. Olingan barcha pullarni qayta investitsiya qildik: yangi loyihalar ishlab chiqdik, malakali mutaxassislarni yolladik.
Hozir qancha sotyapmiz, men ayta olmayman - bu maxfiy ma'lumot. Tushunish uchun shuni aytamanki, bugungi kunda 27 nafar mutaxassisga raqobatbardosh maosh va yaxshi sharoit yaratib beryapmiz.
Rivojlanish uchun qancha mehnat kerakligini hamma ham tushunmaydi. Intellektual mehnat kam baholanadi.
Ayni paytda, bizning xarajatlarimizning 60% dan 80% gacha bo'lgan qismini xodimlarning maoshlari tashkil qiladi. Biz kamdan-kam hollarda tayyor mutaxassislarni olamiz, ularni o'zimiz uchun tayyorlaymiz. Biz ikkinchi uchinchi kurs talabalarini, asosan, TATU yoki Inha universitetidan suhbatga taklif qilishni afzal ko'ramiz.
Suhbatlarda biz maxsus texnik test o'tkazamiz. Agar nomzod buning uddasidan chiqsa, biz uni ishga olamiz.”2
Ushbu ma’lumot bu yilgi ko’rsatkichlarga ko’ra 50 dan ortiq xodimlarga ega va ularga juda qulay sharoitlar yaratib berilgan.
Kompaniyaning asosiy mahsuloti “SmartUp” bo’lib O’zbekiston distributsiyasining 70% ga yaqin qismini qamrab oladi va bu yo’nalishda bozor lideri hisoblanadi. Undan tashqari kompaniyaning bir qancha ijtimoiy loyihalari ham mavjud, jumladan “Xayriya” loyihasi, karantin vaqtida moddiy yordamlarni aholi orasida to’g’ri taqsimlanishini, yetib borishini ta’minaydi, “Istiqbolli avlod”, chet elda qolib ketgan yordamga muhtoj o’zbeklarni vatanga qaytarish uchun avtomatlashtirilgan tizimli dastur, “Darmon” mamlakat dori sanoatini butkul avtomatlashtirishga qaratilgan yirik loyiha, “UzAvto Savdo” mashina oldi-sotdisida korrupsiyani sezilarli kamaytira olgan avtomatizatsiya dasturi va hokazo.
Kompaniya hozirgi kunda o’z tarmoq kompaniyasini ham ochishga ulgurdi. “«Datalab»” kichik kompaniyasi hozirgi kunda yagona startap loyihasiga ega va ushbu dastur “Verifix” deb nomlanadi va asosiy vazifasi korxonalarning inson resurslarini boshqarishni avtomatlashtiradi. Ushbu loyiha hali yangi bo’lishiga qaramay yirik kompaniyalar uning foydalanuvchilari hisoblanadi. Amlaiyot davomida ushbu loyihaning bir qancha moliyaviy, iqtisodiy modellashtirish va algoritmik holatlari uchun oz hissamni qo’shdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |