Mavzu: Islomda birja operatsiyalari



Download 55,29 Kb.
bet1/9
Sana25.02.2022
Hajmi55,29 Kb.
#462103
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
new birja


O’zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi
Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti
Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik bakalavr yo’nalishi
Islom iqtisodiyoti asoslari fanidan

KURS ISHI



MAVZU: Islomda birja operatsiyalari
Bajardi: XMIM yo’nalishi,
3-bosqich talabasi Jabborov I.B.
Ilmiy rahbar: katta o’qituvchi
PhD. Botirova N.Sh.

TOSHKENT 2022
Islomda birja operatsiyalari
Reja: ……………………………………………………………… 2
Kirish …………………………………………………………….. 3
1-bob. Xalqaro iqtisodiyotda birja masalasi va uning mazmun-mohiyati........................................................................................... 5
1.1 Birja va uning turlari………………………………………….. 5
1.2 Birjani Xalqaro bozordagi tutgan o’rni……………………….. 10
2-bob. Islom fondlari va ularning turlari..................................... 12
2.1 Islom fondlari va ularning xususiyatlari………………………. 12
2.2 Islom fondlarining turlari……………………………………… 16
3-bob. Islom birja bozorining xususiyatlari….………………… 24
3.1 Islomda birja bozori…………………………………………… 24
3.2 Shariat birja indekslari………………………………………… 28
Xulosa …………………………………………………………….. 31
Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………. 32

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Yurtboshimiz tomonidan tadbirkorlikni, yangi innovatsion g’oyalarni va yangi texnologiyalarni shakllantirish yuzasidan bir qator islohotlar olib borilmoqda va bu islohotlar davlat dasturi sifatida ko’rilmoqda. Chunki jamiyatni taraqqiy etishi va uning barqarorligi uchun yuqorida ta’kidlagan islohotlar muhim ro’l o’ynaydi. Shu sababli mazkur g’oyalar yuzasidan izlanishlar olib borish har bir shu yurda istiqomat qiluvchining vazifasi hisoblanadi.
Islom shariati ham musulmon bo’lgan kishini shariatda ruhsat etilgan yo’llar bilan halol mehnat qilib topgan xususiy mulkini, shuningdek, Insonlarni o’z hatti-harakat orqali jamiyatda tabaqalanishini inkor etmaydi. Ammo Islom fiqhida boylar uchun alohida hukmlar mavjud va o’z o’rnida kambag’allar uchun alohida imtiyoz va majburiyatlar mavjud. Bundan ko’rinadiki musulmon inson shariat ko’rsatmalariga muvofiq holda Alloh bergan rizqiga egalik qilishi, uni boshqarishi shuning bilan birga o’zini, ahlini, yaqin qarindoshlarini moddiy ta’minotini ta’minlashi mumkin, hatto majburdir ham.
Demak, Musulmon inson sha’riy hukmlarni islom dinidagi moliyaviy jarayonlarni va savdo-sotiq masalalarini o’rganishi shart hisoblanadi. Shuning uchun islom shariatidagi ko’rsatmalarga qat’iy amal qilishimiz shart. Savdo-sotiq masalalari insonning hayoti tarzini bir tekis davom etishi uchun asosiy omillardan biri hisoblanadi.Chunki savdo Alloh taoloning bizga bergan ne’matidir. Alloh toalo Qur’onda shunday deb marhamat qiladi: “Alloh savdoni halol va riboni harom qilgan’’(Baqara surasi, 275- oyat)1. Bundan ko’rinib turibdiki, yuqorida oyat savdo bilan shug’ullanishga dalildir. Savdo yuzasidan payg’ambarimizdan bir necha hadislar kelgan. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Ummatim rizqining o’ndan to’qqistasi savdodadir”(Imom Taboroniy rahmatullohi alayh rivoyati). Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan eng pokiza kasb qaysi deb so’rashdi. Shunda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam javob berdilar: “ Kishining o’z qo’li bilan qilgani va shariatga muvofiq bo’lgan har qanday savdo” (Imom Ahmad rahmatullohi alayh rivoyati).
Islomda savdoda halollik, poklik, o’zaro rozilik, adolat, rostgo’ylik ahdga vafo kabi jihatlar muhim o’rin egallaydi. Aksinchasi esa hiyla, nayrang, chayqovchilik, yolg’on, tarozidan urish, ribo, g’azab kabilardan tark qilinadi. Musulmon savdogarni iymon-e’tiqodi baland, Allohdan qo’rqadigan va albatta savdo ilmidan xabardor bo’lishi juda muhim ro’l o’ynaydi.
Hozirgi davrga kelib Savdoning juda ko’p turlari rivojlana boshladi. Endilikda eng ko’p tarqalayotgan birja va elektron savdodir. Biz quyida bu Savdo turi haqida, Birja nima uning qanday xususiyatlari mavjud, bu savdo turining operatsiyalari qanday amalga oshiriladi, operatsiyalar davomida qanday holatlarni kuzatishimiz mumkinligi va shu kabi savollarga yechim topamiz.

Download 55,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish