2.2.1-rasm
u tinch holatda qolaveradi; demak, jismga stol tomonidan F ga teng va unga qarama- qarshi kuch qo‘yilgan, u jismning stolga ishqalanish kuchidir (f kuch). G og‘irlik kuchi va stolning N bosim kuchi vertikal bo‘lib, ular o‘zaro muvozanatlashadi hamda gorizontal tezlanish kattaligiga ta’sir qilmaydi.
Birinchi va ikkinchi misollarda ko‘rsatilgan ishqalanish kuchlarining fizikaviy xarakateri turlicha: birinchi holda ishqalanish kuchi jismning harakatida yoki aniqrog‘i, jismning harakati tufayli yuzaga keladi; ikkknchi holda esa ishqalanish kuchi tinch holatda, tashqi kuchning ta’siri natijasida yuzaga keladi. Tinch holatdagi ishqalanish kuchini aynan tinchlikdagi ishqalanish kuchi deyiladi.
Taxtachaning harakatida ishqalanish kuchi harakat tezligiga qarshi yo‘nalgan bo‘lib, uning ta’siri kinetik energiyaning issiqlikka aylanishi bilan bog‘liq tezlik jismning ko‘chish yo‘nalishini belgilaydi, shuning uchun ko‘chish va kuch turli tomonlarga yo‘nalgan va binobarin, ishqalanish kuchining ishi manfiy. Demak, energiya ishqalanish kuchi ta’sir qilayotgan jismdan uzatiladi.Jismga faqat ishqalanish kuchi ta’sir qilayotganda kinetik energiya har doim kamayadi.
Haqiqatdan ham, –tezlik bilan harakatlanayotgan m–massali jism uchun dinamikaning ikkinchi qonuniga ko’ra
(2.2.4)
Bunada, –ishqalanish kuchi;uni dS ga ko’paytiramiz:
(2.2.5)
yoki kinetik energiyaning kamayishi ishqalanish kuchi ishiga teng bo‘lib, uni energiyaning saqlanish qonuni asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozish mumkin edi.
Harakatdagi jism va uni o‘rab turgan jismlar bilan qilingan tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, kinetik energiya issiqlik shakldagi energiyaga o‘tar ekan.
Tinchlikdagi ishqalanishda jismlarning harakati yo‘q; shu sababli bunda ish ham, energiyaning bir ko‘rinishdan boshqasiga o‘tishi ham bo‘lmaydi. Harakatdagi ishqalanish kuchining kattaligi harakatlanayotgan jismning xossalari va shakliga, muhitning va atrofdagi jismlarning xossalariga va bulardan tashqari, harakat tezligiga bog‘liq bo‘ladi.
Ikki xil ishqalanish mavjud: 1) qattiq jismlar sirtlari quruq bo‘lgandagi ishqalanish va 2) suyuqlikka yoki gazsimon qovushoq muhitga ishqalanish. Birinchi xil ishqalanishni qisqacha quruq ishqalanish, ikkinchisini—qovushoq ishqalanish deyiladi.
Quruq ishqalanishda tinchlikdagi ishqalanish kuchi vijudga kelishi mumkin, qovushoq ishqalanishda esa tinchlikdagi ishqalanish kuchi yo‘q. Moylangan sirtlari tegishib turgan jismlarning harakatida jismning qovushoq suyuq muhitdagi harakati holidagidek ishqalanish kuchi vujudga kelib, u faqat harakat holidagina mavjud bo‘ladi. Bu holda tinchlikdagi ishqalanish kuchi nolga teng; masalan, suyuqlikda suzayotgan jism har qanday (istalgancha kichik) gorizotal kuch ta’sirida harakatlana boshlaydi;buni tajribada tekshirib ko’rish oson.(2.2.2-rasm)
U holda tezda harakatning biror vaqtdan keyin deyarli tekis bo’lib qolganiga ishonch hosil qilamiz.Bu hol harakat vaqtida tezlik o’sishi bilan ta’sir qiluvchi kuch kattaligicha o’sib boruvchi va demak,bu tashqi kuchni muvozanatlovchi ishqalanish kuchining (qarshilik kuchining) vujudga kelganini bildiradi.
Qovushoq ishqalanish kuchlari (qarshilik kuchlari) faqat harakat vaqtidagina vujudga kelib,
Do'stlaringiz bilan baham: |