Ba’zi moddalar uchun ning lardagi qiymatlari.
Havo……………………….. 0,00018 16 0C
Suv………………………… 0,0114 15 0C
Gliserin……………………. 13,93 18 0C
Benzin.................................. 0,0053 18 0C
Mineral moy......................... 0,833 50 0C
Moddaning suyuq holati gazlar va kristallar orasida bo’lgani holda ikkala holatning ba’zi xususiyatlariga ega bo’ladi.Suyuqliklar Kristal jismlar kabi ma’lum bir hajmga ega bo’ladi,shu bilan birga,suyuqlik gazga o’xshab o’zi turgan idish shaklini oladi.Yana kristallik holatda zarralar ma’lum tartibga joylashadi,gazlarda esa bu jihatdantartib yo’q.Rentgenografik tatqiqotlarga asosan,suyuqlik zarralarining joylashishi tartibi jihatidan qaralganda ham kristallar bilan gazlar o’rtasida oraliq o’rin egallaydi.Suyuqlik zarralari “Yaqin tartib” deb ataladigan tartibda joylashgan.Bu esa har qanday zarraga nisbatan olib qaralganda qo’shni zarralar tartib bilan joylashgan ekanligini bildiradi.Lekin mazkur zarradan uzoqlashtirilgan sari zarraning unga nisbatan joylashish tartibi buzilib boradi va zarralar joylashishidagi bu tartib ancha tez yuqolib ketadi.Kristallarda esa “Uzoq tartib”deb ataladigan tartib bor,bu esa har qanday zarraga nisbatan boshqa zarralarning ancha katta hajm doirasida tartibli joylashishini bildiradi.
Suyuqliklarda yaqin tartibning birligi suyuqliklar strukturasini kvazikristallik struktura deb atashga sabab bo’ladi.Suyuqliklarda uzoq tartib bo’lgani uchun ular zarralari tartibli joylashgan kristallarga harakterli bo’lgan anizotronlik xossasiga ega bo’ladi.
Cho’zinchoq molekulali suyuqliklarda ancha katta hajm doirasida molekulalar bir tartibga orientirlanadi,shuning uchun optik va boshqa xossalari anizotroniyaga boysunadi.Bunday suyuqlik suyuq kristallar deyiladi.Bularda molekulalarning orientrlanishigina tartibga solingan bo’lib,molekulalarning bir-biriga nisbatan joylashuvida,odatdagi suyuqliklardagi kabi,uzoq tartib yo’q.
Suyuqliklarning kristallar bilan gazlar o’rtasida oraliq o’rinda turishi suyuq holatning xossalari juda murakkab bo’lishiga sabab bo’ladi.Shuning uchun suyuqliklar tuzilishi nazariyasi ham rivojlangan.Suyuq holat nazariyasi Frenkel g’oyasiga asosan,suyuqliklardagi issiqlik harakatining harakteri quyidagilardir:Har bir molekula biror vaqt davomida ma’lum bir muvozanat atrofida tebranib turadi.Vaqti-vaqti bilan molekula oldingi vaziyatidan o’z o’lchamlari tartibidagi masofada turgan yangi vaziyatga sakrab o’tib,muvozanat vaziyati o’rnini o’zgartiradi. Molekulalar ma’lum joylar atrofida biror vaqt davomida bo’lgani holda suyuqlik ichida sekin ko’chib yuradi.
Temperatura ko’tarilganda,molekulalarning harakatchanligi oshadi,bu esa suyuqlik qovushqoqligining kamayishiga olib keladi.
Suyuqliklarda issiqlik harakatining o’rtacha kinetik energiyasi molekulalar orasidagi tutinish kuchlarini yengish uchun yetarli emas.Shuning uchun suyuqlik muayyan hajmga ega bo’lgan jismdir.Suyuqlikdan faqat tez harakatlanuvchi molekulalargina uchib chiqadi,bu hol suyuqlikning bug’lanishiga olib keladi.
Suyuqliklarning zichligi piknometr yordamida o’lchanadi,temperature ortishi bilan zichlik kamayib boradi.Bu ikki atomli suyuqlik misolida 4-5 tablisalarda keltirilgan.
Suyuqliklarning qovushqoqligi Ubbelada viskozimetri yordamida o’lchangan,uning rasmi 2.2.3-rasmda ko’rsatilgan.
formula
yordamida hisoblangan.Bu yerda - suyuqlikni oqish vaqti,A-pribor doimiysi, -zichligi.
Ikki atomli suyuqlik uchun qovushqoqlikni temperaturaga bog’liqlik natijalari 1-3 tablisalarda va 2.2.1-2.2.2 rasmlarda keltirilgan.
Ikki atomli suyuqliklarda sindirish ko’rsatgichi -refraktometr yordamida o’lchanib,olingan natijalar 6-7 tablisalarda keltirilgan.
Suyuqliklarning tuzilishi,zichlik ( ),qovushqoqlik ( ),sindirish ko’rsatgichi ( ) larga va temperaturaga bog’liq ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |