Moddaning suyuq
kristall holati
Suyuq kristallar (SK) kimyoviy tarkibiga koʻra C, H, 0
va N dan tashkil topgan organik moddalar
hisoblanib, fizik xossalari jihatidan qattiq va suyuq
moddalar oraliq holatiga toʻgʻri keladi. Shuning
uchun ham ularni mezofazlar, yaʼni oralik fazadagi
moddalar deb yuritiladi.
Aslini olganda, SK oddiy suyuqliklar kabi
oquvchanlik xossasiga, yaʼni izotrop xususiyatga
hamda qattiq jismlar kabi anizotroplik xususiyatiga
egadirlar.
Eng yaxshi oʻrganilgan paraazoksianizol
(PAA) suyuq kristall boʻlib, uning
molekulasi tayoqcha shaklida: uzunligi x
eni x qalinligi = 18x7x3,6 nisbatga egadir.
Ilmiy tadqiqotlarning koʻrsatishicha, ular
molekulyar tuzilishiga koʻra quyidagi
turlarga ajratiladi.
Suyuq kristall turlari
Smektik
SK
Xolesterik
Termotrop
Nematik
Smektik SK
Molekulalari qatlam-qatlam boʻlib joylashib, ularning oquvchanligini
tushunishda yordam beradi.
Qatlamlar bir-biriga nisbatan davriy joylashsada, qatlam ichkarisida va yon
yoqlarda molekulalar joylanishida qatʼiy tartib boʻlmaydi. Suyuqliklardagi
kabi molekulalararo "yaqin tartib" hukmrondir. Buning natijasida qatlam
yuqorisidan qaralsa bir qator domenlar mavjudligi kuzatiladi.
Bu domenlar SK katlamida oʻzaro bogʻliq holda muayyan tuzilish —
teksturani: poligonal, konfokal, veyer va h.k. hosil qiladi.
SSK larning bu xil tuzilishga ega ekanligini oddiy mexanik tajribadan koʻrish
mumkin. Masalan, biroz miqdorda SK moddasini silliq slyuda yoki oyna
sirtiga qoʻyib ozgina qizdirsak, zinapoya shaklidagi tomchi hosil boʻladi. Agar
mexanik vibratsiya bilan taʼsir etsak, qatlamlarning bir-birining ustida
siljishini kuzatamiz.
Ularda smektiklardagi kabi
qatlamlarda molekulalar
joylanishi kuzatilmaydi. Ularning
molekulalari maʼlum yoʻnalishda
betartib joylashgan boʻladi.
Nematik SK
Xolesterik SK
Xolesterik SK larda ham xuddi nematiklardagi kabi betartib molekulalar
joylanishi mavjud va buning ustiga molekulaning oʻqiga perpendikulyar
yoʻnalishda biroz buralish ham sodir boʻladi. Natijada, spiral qatlamlari
yuzaga keladi va uning qadami d — bir necha ming angstremga teng
boʻlishi mumkin. Bu hol XSK larda yorugʻlikning qaytish qonunining
bajarilmasligiga, unga oq yorugʻlik tushirilganda uning turli xil rangga
boʻyalishiga sabab boʻladi.
Modda agregat xolatini oʻzgartirishda temperatura asosiy faktor boʻlgani
kabi, SK fizik xossalarining oʻzgarishida ham uning muhim ahamiyati bor.
CREDITS: This presentation template was created by
Slidesgo, including icons by Flaticon, infographics &
images by Freepik and illustrations
Haroratning oʻzgarishi bilan nafaqat qattiq yoki
suyuq modda SK holatiga oʻtadi, balki uning
taʼsirida SK ning oʻzi bir turdan ikkinchi va uchinchi
turga oʻtishi mumkin.
Bu turdagi, yaʼni holati haroratga bogʻliq ravishda
oʻzgaruvchi SKlar — termotrop SK lar deyiladi. SK
lar yana KJ larni turli xil erituvchilarda eritish orqali
ham hosil qilinishi mumkin. Bu turdagi SK liotrop
SK deyilib, ular juda murakkab tuzilishlarga eta
boʻladi. Ulardan biri miyelin shakli boʻlib undagi SJ
qatlami taxminan 0,01-0,02 mm diametrdagi truba
koʻrinishiga kiradi (xolesterin, glitserin, nerv tolasi).
Termotrop SK
Liotrop SK lar tuzilishida termotrop SK lardagi kabi molekulyar tuzilish
emas, balki «Mitsella» oʻrin tutadi. Bu komplekslar lamellyar, silindrik, sferik
va toʻgʻri burchakli shakllarda boʻlishi mumkin.
Fizika nuqtayi nazaridan SK ning hosil boʻlishida kuyidagi uch turdagi
molekulalararo oʻzaro taʼsir (Van-der-Vaals kuchlari) muxim rol oʻynaydi:
- dipol-dipol oʻzaro taʼsir, (μ=const), A, B;
- induksion ( μ = 0) oʻzaro taʼsir, ( A, B, B*)
- dispersion oʻzaro taʼsir.
Ularga mos oʻzaro taʼsir potensial energiyasi U (r), agar:
U(r) > Ek = P²/2m boʻlsa, modda KJ holida;
U(r) < E boʻlsa, KJ erib IS ga oʻtadi.
SK larda har ikkala hol mavjud boʻlib, SK ning hosil boʻlishi va yashashi
uchun qutblangan guruhlarning molekula markazida yoki chetida turishi
zarurdir.
CREDITS: This presentation template was created by
Slidesgo, including icons by Flaticon, infographics &
images by Freepik and illustrations
E’tiboringiz uchun
tashakkur!
Do'stlaringiz bilan baham: |