O‘qituvchi hodimlar: ularning o‘qitish, ilmiy tadqiqotlarida, boshqaruvda supervayzerlikda mahsuldorlikka va kreativlikka erishishi.
|
Yevropada oily ta’lim va fanni qilinishining maqsad va vazifalari to‘g‘ridan to‘g‘ri ikkita asosiy hujjat – Boloniya deklarasiyasi va Lissobon konvensiyasi orqali amalga oshiriladi.
Ushbu huquqiy meyoriy hujjatlar shunga mos holda Boloniya va Lissobon strategiyasi ishlab chiqilgan. Islohotning ushbu ikki konsepsiyasi maqsadi oily ta’lim sifatini doimiy yaxshilashga, mehnat bozorida bitiruvchilarning raqobatbardoshligini oshirishga, ta’lim sifati va amaliy ta’lim hizmatini samarali biriktirishga qaratilgan, umumiy fundamental tamoyillarga asoslangan, birlashgan Yevropa oily ta’lim hamjamiyatini yaratishdan iborat.
Lissobon konvensiyasi 1997-yil 11-aprelda qabul qilingan bo‘lib, pereambula va quyidagi 11 ta asosiy qismlar va ularga tegishli 44 ta moddalardan iborat:
1. Ta’rif va bitta modda;
2. Davlar organlari kompitensiyasi va uchta modda;
3. Malakani baholashning asosiy tamoyillari va beshta modda.;
4. Oliy ta’lim olish huquqini beruvchi malakani tan olish va beshta modda;
5. Ta’lim davrini tan olihs va uchta modda;
6. Oliy ta’lim malakasini tan olish va beshta modda;
7.Qochoqlar, ko‘chib kelganlar va qochoqlar holatidagi shaxslar malakasini tan olihs va bitta modda;
8. OTM va dasturni baholash haqidagi ma’lumot va ikkita modda;
9. Tan olish masalalari haqidagi ma’lumot va uchta modda;
10. Amalga oshirish maxanizmlari va uchta modda;
11. Xulosaviy ko‘rsatmalar va to‘qqizta modda.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Lissobon konvensiyasida asosan Yevropa ta’limining davri, kompitensiyasi, malakalarga qo‘yilgan talablar, ta’lim sifati, uni umumiy talablarga javob berishi, nazorati, jarayonni amalga oshirish va natijalarni tan olish kabi masalalarda hududiy birlashish kelishilgan.
Boloniya dekloratsiyasida Yevropa OTMlarida kadrlar tayyorlash, uni ta’lim tizimida birlashtirishga yordam berish hamda ta’lim va fanga oid raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida quyidagi vazifalar hal qilingan:
Ikki bosqichli ta’limni joriy etish;
Kredit tizimini joriy etish va uni tan olish;
Safarbarlik va mobillikni kengaytirish;
Bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishini yaxshilash;
Yevropa ta’lim tizimi sifatini ta’minlash;
Aspiranturani oliy ta’limning umumiy tizimiga kiritish;
Oliy tizimda “Yevropa o‘lchovlari”ni shakllantirish;
Yevropa oliy ta’limini raqobatbardoshligini va sifatini oshirish;
Oliy ta’limning ijtimoiy rolini oshirish, uning ommabopligi, qo‘shimcha ta’lim tizimini rivojlantirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |