Reja: Umumiy pedagogikaning predmeti va tuzilishi



Download 0,79 Mb.
bet65/71
Sana14.06.2023
Hajmi0,79 Mb.
#951231
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71
Bog'liq
1-mavzu

AMALIY MASHG‘ULOTLAR
Amaliy mashg‘ulot o‘quv ishini tashkil etishning asosiy shakllaridan biri bo‘lib, eksperimental tavsifdagi mustaqil topshiriqlarni talabalarning professor-o‘qituvchi bilan birgalikda bajarishini o‘zida aks ettiradi.
Amaliy mashg‘ulotining bosh maqsadi – biror bir fanga doir nazariy qoidalarni amaliy jihatlarini ochib berish; talabalarning o‘rganilayotgan qonuniyatlarni o‘ziga xosliklari va namoyon bo‘lish shakllarini chuqur tushunishlarini ta’minlash; bo‘lajak mutaxassislarda o‘rganilayotgan obyekt bilan amaliy muloqotga kirishish ko‘nikmasini shakllantirishdir. Laboratoriya (amaliy) mashg‘ulotlar talabalarning ilmiy dunyoqarashini shaklantirishda muhim rol o‘ynaydi.


MUSTAQIL ISH, KURS ISHI, BITIRUV MALAKAVIY ISHLARINI VA ULARNING O‘ZIGA XOSLIKLARI
Mustaqil ish – ta’limni tashkil etish shakllaridan biri bo‘lib, bunda talabalar o‘z oldilariga u yoki bu vazifalarni, maqsadlarni ongli ravishda qo‘yib, faoliyatni rejalashtiradi va uni amalga oshiradi hamda o‘z-o‘zini baholaydi.
Mustaqil ish – o‘qituvchining topshirig‘i va uning rahbarligida o‘quv vazifasini hal etadigan ta’limni tashkil etish shakli. Mustaqil ish bu qo‘yilgan maqsad bilan bog‘liqlikda talabalarning aniq faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir. Talabalarning mustaqil ishlari ularning yuqori darajadagi faolliq ijodiyliq mustaqil tahlil, tashabbuskorlikka asoslangan faoliyatlaridir.
Kurs ishini yozishdan maqsadtalabalarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini chuqurlashtirish, boyitish hamda ularda tahlil etish, izlanishga doir ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirishga erishishdir.
Kurs ishini yozishda quyidagi tartibga asoslaniladi:
1) kafedra mudirining taqsimoti asosida mavzuni va ilmiy rahbarni aniqlash;
2) ilmiy rahbar bilan uchrashish va mavzu yuzasidan maslahat olish;
3) ilmiy rahbar ko‘rsatmasiga asosan adabiyotlarni o‘rganib chiqish va tahlil etish;
4) o‘rganilgan adabiyotlar asosida kurs ishi rejasini tuzish va ilmiy rahbar tasdig‘idan o‘tkazish;
5) rejaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o‘rganilish darajasi, obyekti, predmeti, maqsad va vazifalar, amaliy ahamiyati, ishning tuzilishi ko‘rsatib beriladi;
6) reja masalalarini ketma-ketlikda bayon etiladi va har bir masaladan so‘ng qisqa xulosa beriladi;
7) reja masalalarini bayon etayotganda adabiyotlardan foydalanishda belgilangan tartibda snoska keltiriladi;
8) rejadagi barcha masalalar bayon etib bo‘lingach, umumiy xulosa qilinadi;
9) agar ilova qilinadigan Illyustrasiyalar mavjud bo‘lsa, xulosadan so‘ng beriladi;
10) kurs ishining umumiy hajmi 30 betni tashkil etishi kerak (kompyuterda yozilgan xolatda);
11) kurs ishining adabiyotlar ro‘yxati belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi shart;
12) kurs ishi to‘liq tugatilgandan so‘ng, kurs ishi topshiruvchi va ilmiy rahbari titul varag‘iga imzolarni qo‘yib, kafedraga taqdim etishadi;
13) kurs ishi himoyasi belgilangan tartibda o‘tkaziladi va himoya o‘tkazilishidan bir hafta oldin e’lon qilinadi;
14) kurs ishi yozilayotgan o‘quv fanidan YaN olingunga qadar topshirilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ish – ta’limning yakuniy bosqichida oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan tayinlangan ilmiy rahbarning topshirig‘i va ko‘rsatmasi asosida talaba tomonidan mustaqil bajariladigan ilmiy-nazariy va metodik loyihadir.
Bitiruv malakaviy ish himoyasi bakalavriat yo‘nalishi talabasining yakuniy davlat attestasiyasi sinovi ko‘rinishlaridan biridir. Shuningdeq bitiruv malakaviy ish talabaning o‘z ixtisosligi bo‘yicha egallagan nazariy hamda amaliy bilim, ko‘nikma va malakalari ko‘lami va darajasini, bitiruvchining saviyasi va salohiyatini belgilovchi, mustaqil ilmiy, ijodiy tadqiqot ishidir (O‘z.R. OO‘MTVning 2010 yil 9 iyundagi 225-sonli buyrug‘i).
Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayoni quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1. Tayyorgarlik bosqichi:
- tanlangan mavzu buyicha bitiruv malakaviy ishni bajarish uchun ruxsat olish (mavzuni tasdiqlash);
- malakaviy ishni bajarish bo‘yicha topshiriqlarni ishlab chiqish.
- mavzu tanlash;
2. Bitiruv malakaviy ish mavzusi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- mavzuning talaba ta’lim yo‘nalishi, ihtisosligiga mosligi;
- dolzarb pedagogik muammoga bag‘ishlanganligi;
- fanning amaldagi holati va uni rivojlantirish istiqbollariga mosligi;
- iste’molchilarda qiziqish uyg‘otishi va amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi.
3. Bitiruv malakaviy ish mavzusini tanlashda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muqofiqdir:
- tadqiq etilayotgan muammoning adabiyotlarda yoritilishi va ishlanganlik darajasi;
- oliy ta’limda ta’lim olish davrida talabaning kurs ishlari hamda boshqa ilmiy ishlarni bajarish borasida egallagan ko‘nikmalari;
- bitiruv ishini bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni topish imkoniyati;
- iste’molchi tashkilotning bitiruv malakaviy ish materiallariga qiziqishi va ehtiyoji;
- talabaning imkoniyatlari va nazariy-amaliy tayyorgarlik darajasi.
4. Bitiruv malakaviy ish tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Titul varag‘i

  • Mundarija

  • Kirish

a) tanlangan mavzuning dolzarbligi;
b) ishning maqsad va vazifalari;
v) ishning obyekti va predmeti;
g) metodologik asosi va tadqiqot metodlari;
d) himoyaga olib chiqilayotgan holatlar;
ye) ishning amaliy ahamiyati;
j) ishningtuzilishi.

  • Asosiy qism.

  • Xulosa.

  • Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

  • Ilovalar.


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish