Boshqaruvchi shaxs – rahbar kompetentligi
Boshqaruvchi shaxs - rahbar avvalo boshqarishdan oldin, albatta, kerakli ilmni egallagan bo‘lishi lozimdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida, «Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniy yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi» deyiladi. Ilmiylik - nazariya va amaliyot bilan bir tushunchadir. Nazariya - amaliyot bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliyotsiz nazariya ko‘r odamni eslatadi. Amaliyot - nazariya oldida yangi vazifa va savollarni qo‘yadi. Kadrlar tanlash va ularni yanada o‘stirish - bu boshqarishning tashkiliy asosidir. «Kadrlar tanlashda – vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg‘usi bugun juda katta ahamiyatga egadir» - deyiladi O‘zbekistonning birinchi prezidenti I.A.Karimovning «Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik» asarida.1
Kadrlarni to‘g‘ri tanlashda:
va ilmiy kadrlarni ilgari surish va ularni to‘g‘ri taqsimlashning mohiyati muhimdir. Kadrlarni tanlash va ularni tarbiya etish umumdavlat harakterga ega bo‘lib, bu vazifalarni hal etishni ilmiy asosda olib borish kerak. Boshqaruv xodimlarini tayyorlash eng samarali ishlardan hisoblanadi, chunki bu masalani yechib, insoniyat iqtisodiy yutuqlar cho‘qqisiga yeta oladi, kambag‘allik tanazzulidan qutiladi, degan edi Konfusiy ikki yarim ming yil oldin.
Hozirgi kunda ta’lim muassasasi rahbar xodimlarni ta’lim sifatini boshqarishning konseptual muhim usullaridan biri–kasbiy ta’lim mazmunini modernizasiyalashda kompetentli yondoshuvni amalga oshirishdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganidek, “... Biz ko‘pincha rahbar qat’iyatli, bilimdon va talabchan bo‘lishi kerak, deymiz. Hyech shubhasiz, rahbar uchun bu fazilatlar suv bilan havoday zarur ...” 4
Erkin va faol fikrlash, ta’lim-tarbiya jarayonini modellashtirish, ta’lim berish va tarbiyalashning yangi g‘oya va texnologiyalarini ishlib chiqish va amalga oshirish qobiliyatlariga ega bo‘lgan rahbarning kasbiy kompetentlik darajasini oshirish muammosi zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda dolzarb hisoblanadi. Zamonaviy jamiyatga keyingi hayotga kirisha oladigan, oldida paydo bo‘lgan har qanday hayotiy va kasbiy muammolarni amaliy hal eta oladigan rahbarlar zarur.
Buning tasdig‘i sifatida 2015 yil 12 iyunda qabul qilingan «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-4732–sonli) ko‘rish mumkin va Oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirish maqsadida quyidagilar oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishning muhim yo‘nalishlari deb hisoblansin:
-oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining pedagogik va kasb darajasini muntazam oshirish asosida ularning qonunchilik normalari, nazariya, ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha innovasiyalar, shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari sohasidagi so‘nggi yutuqlarni chuqur o‘rganish;
-yuqori samarali zamonaviy ta’lim va innovasiya texnologiyalari, ilg‘or xorijiy tajribani keng joriy etgan holda, oliy o‘quv yurtlarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari, dastur va uslublarini tubdan yangilash;
-oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining global Internet tarmog‘i, multimedia tizimlari va masofadan o‘qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovasion pedagogika, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini egallashi va ularni o‘quv jarayoniga faol tatbiq etishi;
-oliy o‘quv yurtlari pedagog kadrlarining chet tilini amaliy o‘zlashtirish darajasini oshirish va undan o‘z kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borishi uchun keng foydalanishi.
Darhaqiqat, ta’lim tizimidagi sifat ko‘rsatishini zamonaviy va oliy darajadagi integralashgan ta’limni boshqarishda bugungi kundagi har bir rahbar xodimdan asosiy talablarni belgilab bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |