Республика таълим тизимини бошқаришда маҳаллий давлат органлари ҳам иштирок этади.
Ularning respublika ta’lim tizimini boshqarishdagi o‘rni va roli
ta’lim muassaslari faoliyatining mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlaydilar;
ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar (respublika tasarrufida bo‘lgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini ro‘yhatga oladilar o‘z hududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorini va imtiyozlarni belgilaydi;
ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.
Ta’lim tizimini boshqarish sohasida ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarish ishlarini tashkil etishga ham alohida e’tibor beriladi. Ta’lim muassasi uning rahbari (direktor yoki rektor) tomonidan boshqariladi.
Таълим муассасасининг педагогик фаолиятини бошқариш - таълим муассасасининг фаолият хусусиятига кўра педагогик жараёнини режалаштириш, ташкил этиш, рағбатлантириш, натижаларни назорат ватаҳлил қилиш мақсадида амалга оширилувчи бошқарув фаолияти
Tashkilotchi, oliy ma’lumotli, kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan eng yaxshi o‘qituvchi tuman xalk ta’limi bo‘limi tavsiyasiga binoan viloyat xalk ta’limi (Toshkent shahrida-shahar xalk ta’limi) bo‘limi tomonidan direktor etib tayinlanadi. Viloyat xalk ta’limi bo‘limi bu haqida O‘zbekiston Respublikasi XTV ga ma’lum qiladi.
Ta’lim muassasasi direktorining vazifalari
Ta’lim muassasasi manfaatlarini ifodalash; o‘quv-tarbiya jarayoni muvaffaqiyatini ta’min etish; o‘quv dasturlarining bajarilishini nazorat qilish, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablarining rioya qilinishi, shuningdek, ta’lim muassasasidan tashqarida ma’naviyat ishlarini tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; pedagogik va rahbar kadrlarni tanlab joy-joyiga qo‘yish, ularning vazifalarini belgilash, pedagogik kadrlar, kabinet va ustoxona mudirlarini belgilash, sinf va guruh rahbarlarini tan-lash, pedagog va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ishga qabul qilish hamda bo‘shatish; ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazuvchi komissiyaga rahbarlik qilish; ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarining ijodiy ishlari, ta’lim-tarbiyaning ilg‘or shakl va usullarini qo‘llashlari uchun shart-sharoitlarni yaratish; ta’lim muassasasiga ajratilgan moliyaviy mablag‘lar, sarf-harajat hisobini yuritish; ta’lim muassasasi me’yoriy hujjatlarining to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash; ta’lim muassasasi Pedagogik kengashi, mahalliy hokimlik organlari oldida o‘z faoliyati to‘g‘risida hisob berib turish. Maktab direktori o‘qituvchi va yordamchi xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi, xodimlar, o‘qituvchilarni rag‘batlantiradi, shuningdek, o‘rinli holatlarda ularni jazolaydi, alohida o‘rnak ko‘rsatgan o‘qituvchi va xodimlarni davlat mukofotlariga tavsiya etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |