Reja: Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi



Download 175,23 Kb.
bet1/2
Sana01.01.2022
Hajmi175,23 Kb.
#280162
  1   2
Bog'liq
TURKISTON


TURKISTON DAVLATINING TASHKIL TOPISHI VA UNING TARIXCHILARINING O‘RNI
REJA:

1. Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi (Turkiston Respublikasi)

2. Turkiston davlatining tashkil topishi

3. Turkiston o‘lkasining geografik chegaralari

4. Rossiyaning Turkistondagi siyosiy hukmronligi

5. Sovet hokimiyatining Turkistonda olib borgan mustamlaka boshqaruv siyosati.

KIRISH


«...Ilmi tavorix [tarix ilmi] ning foyidamandlig‘ig‘a tamomi firqa muttafiq ur-roydurlar. Aksar tavoyifi umam, balki, tamomi ahli olam bu ilmni amalga qo‘yub, gumoshtagon-larindin rivoyat va hikoyatlar qilib, oning o‘zlarig‘a dalil qila-durlar. Xususan, tavoyifi atrok [turklar] va o‘zbeklar o‘tgan urug‘ va qabilalarni yodda tutmoqqa g‘oyat jaddu-jahd qiladurlar. Ammo bizning Turkiston sartiyalari tarixga ko‘p ahamiyat bermay, ikki-uch otadin ilgari o‘tgan salaflarin va alarni zamonlaridagi hikoyat va vokeotlarini aslo bilmaydurlar. Binobarin, kaminai hech madon [nodon] ajz va qusurimni iqror va e’tirof aylab, sahv va qusuri bo‘lsa, xonandalarini avf qalami ilan tashih va durust qilmaqlarini rijo va iltimos umidida Farg‘ona va Ho‘qand xonlari va olarning ahvolotla-rini ba’zi tavorixlardin va kuhansol [qariya] odamlardin va ham xuddi kamina o‘zim eshitgan va ko‘rganlarimni sodsa va rasmiy chig‘atoy turk tilida musavvada [qoralama] aylab «Ta-rixi Turkiston» nom qo‘yub nashrig‘a shuru’ qildim. Alloh taolo muvaffaq aylab itmomi [yakuni]ga etkurmoqni muyassar qilg‘ay, tokim turkistonlik birodarlarimiz Farg‘ona xonlari, olarning zamonlari va voqeotlari va Rusiya davlatig‘a tobe’ bo‘lg‘ondin ellik yillik muddatda bo‘lg‘on ahvol va atvorimiz [xulqimiz]ning qanday tag‘ayyur [o‘zgargan] va tabdil va taraqqiysig‘a mulohaza aylab, na’m ul-inqilob natijasig‘a ib-rat ko‘zi bilan boqsalar ekan deb, va billohi tavfiq».
Bugungi kunda yosh avlodni tarixni chuqur o‘rganmasdan turib kelajak yo‘q shiori ostida tarbiyalash, tarixiy ongni shakllantirish borasidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishda o‘zbek ziyolisi, Mirzo Olim Maxdum hojining «Tarixi Turkiston» asari muayyan rol o‘ynaydiki, muallifning yuqorida keltirilgan, hozirda ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan e’tiroflari diqqatga loyiqdir.
Umuman, Qo‘qon xonligi va shu nom bilan ataluvchi davlat haqida yaratilgan mahalliy tarixchilarning asarlari soni 30 dan oshadi. Keng ko‘lamdagi bu manbalarda xonlikning siyosiy tarixi, madaniyati va uning turli hududlarida yuz bergan voqealar tafsilotlari bayon qilingan. Qo‘qon tarixchilari asarlarida qo‘shni mamlakatlar tarixi ham mavjud. Qo‘qon tarixchilari maktabi va ularning namoyandalari hamda asarlariga bag‘ishlangan maxsus tadqiqot haligacha yaratilgan emas. Ularning asarlaridan juda kam qismi ilmiy muomalaga kiritilgan yoki tarjima etilib chop qilingan.
Mazkur kirishda biz Qo‘qon tarixi tarixshunosligi, manbashunosligi va xonlikning qisqa siyosiy tarixini ushbu «Tarixi Turkiston» nashridan oldin berishni lozim topdik.
Birinchi «qo‘qonshunos» olimlarimiz Qo‘qon tarixi va madaniyatiga doir asarlar yozgan mahalliy tarixchilar hisoblanadi. Ular turli manbalardan, voqea va hodisalarning ishti-rokchilari bergan ma’lumotlardan foydalanib, yaratganligi bois asarlari muhim hisoblanadi.
Keyinchalik turkistonlik va rossiyalik olimlardan Gr. Potanin, D. N. Romanovskiy, V. Xannkov, A. Maksheev, V. Velyaminov-Zernov, V. V. Grigorev, A. P. Xoroshxin, A. Nurekin, N. Petrovskiy, A. F. Midendorf, A. Fedchenko, A. Kun, A. K. Geyns, (Dm. D-oy), V. V. Nalivkin, M. Nalivkina, S. Ab-dulg‘afforov, N. Veselovskiy, N. Engelgard, M. Mixaylov, L. Sobolev, N. G. Malitskiy, A. Bryanov, V. V. Bartold, N. G. Pavlov, V. Lastochkin, A. G. Serebryannikov, CH. Valixanov, A. 3. Validi, L. A. Zimin, P. O. Kuznetsov, N. YA. Bichurin, M. V. Lavrov, M.S. Andreev hamda xorijlik olimlarning ba’zi-lari mahalliy mualliflar asarlaridan ham foydalanib, o‘z tadqiqotlarini yaratgan. So‘ngra A. A. Semenov, R. N. Nabiev, A. P. Qayumov5, A. O‘rinboev6, P. P. Ivanov, V. M. Ploskix, V. A. Romodin, N. D. Mikluxo-Maklay, «Sobraniya Vostochngx Rukopisey AN Uzbekistana» (1-X1 tt.)ning muallif-lari" , B. V. Lunin, CH. A. Stori, F. A. Ozodaev, H. N. Bo-bobekov, R. K. Bekmaxanov, A. 3. Validov, CH. CH. Valixonov, S. S. Gubaeva, A. X. Juvonmardiev, M. Qutlug‘ov, E. A. Madji, A. A. Muxtorov, E. A. Polyakova, H. Sodiqov, E. Xurshut, A. T. Tagirjanov, T. I. Sultanov, A. L. Troitskaya, A. Sa’diev, T. K. Beysembiev, T. Saidqulov, X. G‘. Gulomov, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar olimlaridan S.S. Soodanbekov, YU. Lunyov, N. Terletski, S.S. Livay va boshqalar o‘z asarlarida xonlikning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotini yoritganlar.
SHuni ham ta’kidlash lozimki, yuqoridagi olimlardan birortasi ham bevosita Qo‘qon tarixchilari asarlari bilan maxsus shug‘ullanmagan. Qo‘qon tarixchilari maktabining shakllanishi, uning namoyandalari va asarlarining mazmunini yoritib beruvchi tadqiqotlardan A. O‘rinboev va O. Bo‘riev, T. K. Beysembiev, E. Xurshut, SH. Vohidov va D. Sangirova, O‘. Sultonov, B. Tursunov, SH. Mahmudov va Solijon Yo‘ldoshev va ommaviy uslubdagi ishlardan Muhammad YAhyoxon, SH. YUsupov asarlarini tilga olish mumkin.
Bugungi kunda Qo‘qon tarixchilari maktabi namoyandalari asarlaridan sanalmish
Muhammad Hakimxonning «Muntaxab ut-tavorix» asari (faksimilesi, Dushanbe, 1984, 1985; Tokio, 2006, II jildi), Tojir Xo‘jandiyning «G‘aroyibi sipoh»(Xo‘jand, 1991), Mirzo Olim Maxdum hojining «Tarixi Turkiston» (Qarshi, 1992), Mirzo Olim Mushrifning «Ansob us-salo-tin va tavorix al-xavoqin» («Qo‘qon xonligi tarixi» nomi bilan nashr etilgan. Toshkent, 1995; rus tilida Solijon Yo‘ldoshevning ilmiy nashri. Toshkent, 2007), Muhammad YUnus Toibnng «Tarixi Aliquli amirlashkar» («SHarq yulduzi», 1996, 1-2-son; London, 2003) va «Tuhfayi Toib» (Toshkent-Tokio, 2002), Muhammad Aziz Marg‘iloniyning «Tarixi Aziziy» (Toshkent, 1999) nomli asarlar chop qilingan.
Qo‘qon tarixchilari asarlarining turli til va janrda yaratilishiga xonlikning quyidagi tarixiy-siyosiy jarayonlari turtki bo‘lgan.
Qo‘qon xonligiga asos solgan ming qabilasining bopshig‘i SHohruxbiy ibn Ashur Muhammaddir. U taxminan 1669-1670 yillari tavallud topgan. Ming urug‘i XVIII asrning boshlarida siyosiy hukumatni xo‘jagon sulolasining qo‘lidan kuch bilan tortib olgan edi.
Xo‘jalar yoki xo‘jagon sulolasi - ruhoniynasab SHarqiy Turkistonning hokimlari bo‘lgan. Sulolaning asoschisi Maxdumi A’zamxo‘ja Ahmad ibn Sayyid Jaloliddin bo‘lib, u «Xo‘jagon» tariqatiga mansub. U hijriy 956 yili tavallud topib, milodiy 1542 yili vafot etgan. Bu xo‘jalar SHarqiy va G‘arbiy Turkistonda hukm surgan chig‘atoy hokimlari davrida katta mansab va vazifalarga ega bo‘lib, iqtisodiy-siyosiy kuchlarga sohib bo‘ladilar. Sulolaning buyuk namoyondalari bo‘lmish Offoqxo‘ja Qoshg‘ariydan (XVII a.) SHarqiy Turkiston hamda Farg‘onada faoliyat ko‘rsatgan xo‘jalar kelib chiqqan. Offoqxo‘ja o‘g‘illari Xonxo‘ja (Xo‘ja YAhyo ibn xo‘ja Hidoyatulloh ibn xo‘ja Muhammadyusuf ibn Xo‘ja Muhammadamin ibn Maxdumi A’zam Dahbediy va Kunxo‘ja (Xo‘ja Burhoniddin) SHarqiy Turkistondagina emas, O‘rta Osiyoda ham katta obro‘ga ega bo‘lgan.
Bu xo‘jalar - Oqxo‘jalar va Qoraxo‘jalarga bo‘lingan. Qoraxo‘jalardan bo‘lmish Offoqxo‘ja Sin hukumatini tan olgan. Maxdumi A’zamning o‘g‘li Muhammadamin Oqxo‘jalarga mansub bo‘lib, Sin hukumatini tan olmagan. Uning avlodlari Xitoy SHarqiy Turkistoniga bostirib kirganda G‘arbiy Turkiston, ya’ni Qo‘qon xonligiga kirib qoladi.
Ma’lumki, xo‘jagon jamoasi Maxdumi A’zam - Ahmad ibn Jaloliddin xo‘jagon Kosoniy avlodlaridan bo‘lib, ularning hukmronligi XVII asrda SHarqiy Turkistonga ham tarqalgan edi. SHohruxbiy ham xo‘jalar bilan ittifoq tuzib, hukmronligining mustahkamlash uchun CHodak xo‘jalaridan birining qizi-ga uylanadi. 1709 yili urug‘ zodagonlari hamda xo‘jalari roziligi bilan SHohruxbiy xonlik taxtiga ko‘tariladi. Uning qasri Eski qo‘rg‘ondan Qo‘qonga ko‘chiriladi. SHohruxbiy davrida O‘sh, O‘zgan, Xo‘jand hali mustaqil bo‘lib, Qo‘qon davlatining shimoliy chegarasi Namanganning SHohidonigacha cho‘ziladi. SHohruxbiy o‘limidan so‘ng uning o‘rniga uch o‘g‘lidan biri bo‘lmish Abdurahimbiy hijriy 1132 (milodiy 1721) yili shavvol oyida (iyul) taxtga o‘tiradi. Nizomiddin Muhammad Abdurahimbiy hijriy 1110 (milodiy 1690) yili olamga kelgan edi. Otasi davrida u Namanganda hokim bo‘lib, unga Muhammad Bahodur nomli kishi otaliq bo‘lgan. 1725 yili u Xo‘jandni Oq Bo‘tabiy yuz qo‘lidan olib, bir yiddan so‘ng O‘ratepani zabt etib, Qo‘qon davlatiga qo‘shadi.
1729-1730 (ba’zi manbalarda hijriy 1145, milodiy 1732) yilda Abdurahimbiy Samarqandga yurish qilib, shaharni qamalga oladi. Lekin shahar a’yonlari va oqsoqollari bir necha kun o‘tmay, shahar darvozalarini ochib beradi. Bu vaqtda Turkistonning ko‘p joylarida qabila va urug‘lar o‘zaro urush va janglar bilan mashg‘ul edi. SHu bois Abdurahimbiy qabila va urug‘ rahbarlari bilan ittifoq tuzib, davlat chegaralarini kengaytiradi. SHahrisabz voliysi Ibrohim otaliq kenagas bilan esa qarindosh bo‘lib, uning qiziga uylanadi. Minglarning kenagas urug‘i bilan tuzgan bu ittifoqi XIX asrning 60-yillarigacha davom etadi. Ammo orada olti oy o‘tmay, Buxoro xoni Abulfayzxon Samarqandni o‘z tasarrufiga qayta kiritadi. Abdurahimxon bundan xabardor bo‘lgach, Qo‘qondan Xo‘jandga kelganida o‘ldiriladi va o‘rniga Abdulkarimbiy ibn SHohruxbiy (1734-1750) xon bo‘ldi.
Muhammad Abdulkarimbiy hijriy 1115, milodiy 1703 yilda tavallud topgan. U xon bo‘lishidan oldin valiahd sifatida Namanganda hokim edi. Abdulkarimbiy asosiy e’tiborini davlatni mudofaa qilish ishlariga qaratadi. Uning zamonida Qo‘qon shahri atrofi qo‘rg‘on bilan o‘raladi, Isfara, Qatag‘on, Marg‘ilon, Haydarbek darvozalari quriladi. 1741-1745 yillarda Farg‘ona jung‘orlar hujumiga duch keladi. Abdulkarimbiy qipchoq-qirg‘izlar hamda O‘ratepa hokimi Fozilbiy yuz yordamida ular bilan urushlar olib boradi. SHu vaqtda Abdul-karimbiy ham To‘raqo‘rg‘on va Samarqandga Abulfayzxon iltimosiga binoan yurishlar qiladi. 1745 yili Miyonkolda xitoy-qipchoqlar Ibodullohbiy rahbarligida bosh ko‘taradi. XIX asrning boshlarida Xitoy hukumati tazyiqi ostida SHarqiy Turkistondan Farg‘ona vodiysiga qalmoqlar, uyg‘urlar, qirg‘izlar, qoraqalpoq va qozoq-qipchoqlar ko‘chib kelishadi. Farg‘ona vodiysi XVIII asrning o‘rtasida ko‘plab xalq va jamoalar uchun vatan bo‘ladi.
Vodiyda xo‘jalik va madaniy hayot rivojlana boshladi. 1749 yili Abdulkarimbiy qalmoq (jung‘orlar) bilan sulh tuzadi. Sulh shartlariga ko‘ra, qalmoqlar vataniga qaytganiga qadar qozoq dashtlarida yashab turish huquqiga ega bo‘ladi. Qo‘qon xonligi davrida esa ularga o‘troq xalq bilan savdo-sotiq qilishga ijozat beriladi. Qalmoqlar Qo‘qon hududiga bostirib kirmaslikni zimmalariga oladi. YAna ittifoq tuliq ishonarli bo‘lishi uchun jung‘or-qalmoqlar o‘z tomonidan bir shahzodani Ho‘qandga jo‘natadi va Ho‘qanddan Bobobek ibn Abdulkarimbiy ko‘chmanchilar qarorgohiga yuboriladi.

1750 yili Abdulkarimbiy vafot etadi va o‘rniga uning o‘g‘li Abdurahmon taxtga ko‘tariladi. Ammo to‘qqiz oydan keyin Marg‘ilonga hokim etilib, xonlikka Abdurahimbiyning ikkinchi o‘g‘li Erdonabiy (Abd ul-Qayumxon) o‘tqaziladi. Lekin bir yil o‘tmay Bobobek O‘ratepa yurishi vaqtida Beshariqda qatl etiladi va Erdonabiy qayta Qo‘qon taxtiga o‘tiradi. Erdonabiy xonligi davrida muzokaralar olib borib, Xitoyning Qo‘qon xonligiga va Qo‘qon xonligining SHarqiy Turkiston -Qoshg‘ar ishlariga daxl qilmasligi haqida shartnoma tuziladi va ancha muddat tinchlik o‘rnatiladi.


Erdonabiy davrida (1750-1762) Farg‘ona to‘rt viloyatga bo‘linar edi. Bular: Andijon viloyati, Namangan viloyati, CHust va Qo‘qon mulki. Qo‘qon dor us-saltanat, ya’ni davlatning poytaxti edi. Erdonabiy Isfara va Xo‘jandni mulklariga qayta qo‘shib olib, 1754 yili O‘ratepaga yurish qiladi, lekin shu yurishda mag‘lub bo‘ladi. Erdonabiy 1762 yili vafot qiladi. Urug‘larning biy va oqsoqollari o‘zaro maslahatlashib, Sulaymonxon ibn SHodibiy ibn SHohruxni taxtga ko‘tarish xususida qaror qabul qilishadi. Ammo bir necha oydan so‘ng u taxtdan tushiriladi va xonlik taxtiga Abdulhamidxon ibn Abdurahimxon «Norbotir» - Norbo‘tabiy (tavalludi hijriy 1163 yili, muharram oyining uchinchi kuni, milodiy 1749 yil 13 dekabr, vafoti hijriy 1213, milodiy 1798 yili) o‘tiradi. Norbo‘tabiy va Olimxon davrida (1798-1810 milodiy yillar) Qo‘qon xonligining birlashish jarayoni oxiriga etadi. Olimxon davrida Toshkent va CHimkent xonlik hududiga qo‘shiladi.
Uning davrida xonlikning xo‘jalik va madaniy hayoti rivojlana boshladi va Qo‘qon Farg‘onaning madaniy va iqtisodiy markaziga aylanadi. XIX asr boshlarida Qo‘qon xonligi qo‘shni davlatlar bilan aloqalar o‘rnatib, ularga o‘z elchilarini ham yuboradi. Qo‘qonning Xiva, SHarqiy Turkiston, Buxoroga yuborgan elchilari haqida ma’lumotlar bor.
1805 yili etti yillik harakatlardan so‘ng Olimxon Xo‘jandni, 1806 yili esa O‘ratepani zabt qshshb, itoatiga kirgizadi. Lekin ko‘p o‘tmay O‘ratepa mustaqillikni qo‘lga kiritib, Mahmudxo‘ja hokim bo‘ladi. Olimxon Buxoro qo‘shinidan mag‘lub bo‘lib, siyosatini o‘zgartiradi. Endi u Toshkentga yurish qilishga qaror qilib, 1809 yili bu viloyatni ishg‘ol etadi. Bu erda turib Olimxon qishning o‘rtalarida qo‘shinini Sayram va CHimkentga, chekingan toshkentliklar qo‘shiniga qarshi yuboradi. Ob-havoning qiyinchiliklari, qishning sovuq kelgani hamda Olimxon qahru-g‘azabidan to‘ygan qo‘shin boshliqlari va xon dushmanlari uning ukasi Umarxon tarafiga o‘tadi. Umarxon ham bu kishilarni qo‘llab turib, e’tiroz bildirmaydi. Umarxon qo‘zg‘olon ko‘targan qo‘shni bilan Qo‘qonga qaytadi va xonlik taxtiga ko‘tariladi. Olimxon Toshkentda qolgan yaqinlari bilan Qo‘qonga qaytayotganda Umarxon va Toshkent zodagonlari odamlari tomonidan Saroy degan mavzeda otib o‘ldiriladi.
Olimxon o‘limidan so‘ng (hijriy 1225, muharramning birinchi kuni, milodiy 1810 yili oltinchi fevral) Qo‘qon taxtita Umarxon ibn Muhammad Abdulhamid (Norbo‘taxon) Bahodir o‘tiradi. Umarxon davrida esa zodagonlar qayta hokimiyat ustiga kelib, ruhoniylar ham davlat va siyosat ishlariga aralashadigan bo‘ladi.
Bu davrda Samarqandga YUsuf mingboshi rahbarligidagi qo‘shin yuborilib, bu viloyatning chegaralari talon-taroj etiladi. 1816 yili esa Rajab qo‘shbegi boshchiligidagi qo‘shni Turkistonni zabt etib, u xonlik hududiga kiritiladi. SHu yurishdan so‘ng Umarxon ruhoniylar roziligi bilan «amir al-muslimin» unvonini olib, ham diniy, ham dunyoviy hokimiyatga ega bo‘ladi. Umarxon davrida Qo‘qon xonligining davlat tuzumi, davlat ishlarini yurgizish qonun-qoidalari, diniy ishlar tartibga keltirilib, mamlakat chegaralari aniqpab olinadi. Endi Qo‘qon davlatining chegarasi shimolda Turkiston va Dashti Qipchoqqacha, g‘arbda Samarqandgacha, Janubda Ko‘histon hamda Ko‘lob, Hisor va SHahrisabzgacha, SHarqda esa SHarqiy Turkistongacha etardi. Umarxon 1822 yili 30 dekabrda vafot etgach, uning vorisi Muhammadalixon davrida (1822-1842) Qo‘qon hukumatini Ko‘lob, Hisor, Badaxshon, Darvoz, Maschoh tan oladi. Muhammadalixon davrida qirg‘izlarning ba’zi tumanlari Qo‘qonga qo‘shib olinadi.
Sirdaryo bo‘ylaridan Aleksandr tog‘lari yonlarigacha Qo‘qon istehkomlari qurildi, ularning atrofida ziroatchilar va savdogarlar kelib yashardi. «XVIII asr voqealaridan (jungarlar istilosi davridan) so‘ng qishloq va qisman shahar hayoti qayta tiklana boshladi», deb yozgan edi V. V. Bartold. Bu joylarda Bishkek va To‘qmoq qal’asi (1825 y), Kurtka (1823 y) va boshqa istehqomlar qurildi. Ammo O‘ratepa viloyati Qo‘qon va Buxoro uchun jang va urupsharning maydoni bo‘lib qoldi. Bu urushlardan faqat xalq azob chekardi, xolos.
Umarxon davridan boshlab Qo‘qon O‘rta Osiyo mintaqasida siyosiy jarayonlar va xalqaro munosabatlarda faol aralasha boshladi.
Muhammadalixon 1822 yili Ma’sumxon To‘ra, shayx ul-islom Domullo Zokirxo‘ja eshon va tog‘alari Qosim beklarbegi tomonidan xonlik taxtiga ko‘tariladi. XIX asrning 20-yillarida Qo‘qon davlati xo‘jalarning harakatlari sababli SHarqiy Turkiston ishlariga aralasha boshlaydi. 1824 yili Jahongirxo‘ja Mahdumi A’zamiy Qo‘qondan qochadi va Qoshg‘arga borib, SHarqiy Turkiston xalqlarining Xitoy hukumatiga qarshi ko‘targan qo‘zg‘olonlariga boshchilik qilmoqchi bo‘ladi. Bu siyosatga Haqquli mingboshi ibn Irisqulibek boshchilik qilib, SHarqiy Turkistondagi Oqxo‘jalar hukumati, ya’ni Jaxongirxo‘ja Mahdumi A’zamning hukumatini qayta tiklamoqchi bo‘ladi. Jahongirxo‘ja Mahdumi A’zamning katta o‘g‘li Muhammad Amin avlodlaridan bo‘lib, Xitoy davlati Qo‘qon bilan tuzgan shartnomaga ko‘ra, ularni Qo‘qon davlatida saqlashi shart edi. Qoraxo‘jalar, ya’ni Offoqxo‘ja Mahdumi A’zam Xitoy hukumatini tan olib, SHarqiy Turkistonda o‘z hukumatini saqlagandi. 1832 yili Pekin Qo‘qon bilan sulh tuzib, Qo‘qonga ba’zi engilliklar berdi. Masalan, Qo‘qon xoni o‘z oqsoqollari orqali Qoshg‘ardagi ra’iyatdan soliq olish huquqiga ega bo‘ladi.
1833-34 yillari Qorategin bosib olindi. YUqorida ta’kidlaganimizdek, Qo‘qon hukumatini Ko‘lob, Hisor, Badaxshon shohlari ham tan oldi. Qirg‘izlar yashaydigan erlar ham xonlik hududiga qo‘shib olindi. Lekin Muhammadalixon hukmronligi davrining oxirgi yillarida Qo‘qon davlatining ichki ahvoli og‘ir edi. Qo‘qon hududiga qo‘shilgan qirg‘iz va qipchoq boshliqlari bir tomondan, o‘troq a’yon va zodagonlar kuchlari, rahbarlari ikkinchi tomondan o‘zaro qarshilik va dushmanlikni boshlay berdi. Toshkent ashroflari, muhojirlikda bo‘lgan turli guruhlar namoyondalari (Muhammad Hakimxon boshchiligida) markaziy hukumatni qo‘lga olish uchun kurashni kuchaytirdi. Saroy va xon atrofidagi mansabdor shaxslar ham ba’zan ig‘volarga qo‘l urardi. Buxoro amiri Nasrulloh (1826-1860) ham qarama-qarshiliklardan foydalanib, bu boy o‘lkani egallamoqchi edi.
Natijada, 1842 yili may oyida Buxoro amiri Nasrullyuh Qo‘qon shahrini egallaydi. Bu yurish har xil guruhlarning ichki siyosiy qarshiliklari natijasi edi. «SHu guruhlardang biri -Toshkent a’yonlari va SHahrisabzdagi qo‘qonlik muhojirlar birlashgach, o‘z dushmanlarini yo‘q qilish uchun hamma vositalardan foydalanib, maqsadlariga erisholmay, Buxoro amiri Nasrullohdan madad so‘rashdi», deb yozilgan manbalarda. Bu yurish tashkilotchilaridan biri muhojirlikda bo‘lgan Qo‘qon xonlari avlodiga mansub Hakimxon to‘ra ibn Ma’sumxon shayx ulislom edi. Amir Nasrulloh qo‘shini Farg‘ona vodiysini talon-taroj etib, Qo‘qonni ham g‘orat qiladi. Qo‘qon xoni Muhammadalixon hamda uning yaqinlari, ukasi Sulton Muhammad, onasi shoira Mohlaroyim (Nodira), o‘g‘li xonzoda Muhammadaminxon ham o‘ldiriladi. Bu voqeadan oldin Buxoro amiri Xo‘ja Qalandar misgar qo‘zg‘olonini ham bostiradi. Qo‘zg‘olon Buxoro istilosiga qarshi ko‘tarilgan bo‘lsa ham, uning natijasidan xon dushmanlari foydalandi.
Buxoro amiri Qo‘qonda 13 kun turib, xonlikdagi ko‘plab hunarmand kosiblar, ustalarni majburan Buxoroga olib ketadi. Ko‘plab xotin-qizlar ham o‘z vatanlaridan ketib, g‘urbat va g‘ariblikka duch keladi. Amir Nasrulloh Ibrohim parvonachi mang‘itni Qo‘qonda hokim etib, o‘zi Buxoroga qaytadi. Ibrohim parvonachi «Xayol» ikki oy hukmronligi davrida yangi-yangi soliqlar solib, Farg‘ona xalqiga nihoyatda jabr-sitam etkazadi. 70 kundan so‘ng Qo‘qon xalqi qipchoq va qirg‘iz jamoalari kuchlari bilan mang‘itlarni Qo‘qondan haydab, taxtga SHeralixonni ko‘taradilar. YAngi xon muvaffaqiyatiga Xiva xonining Buxoro amirligiga qilgan hujumi ham madad bo‘ladi. Ko‘p vaqt o‘tmay, Qo‘qon xonligi oldingi chegaralarini tiklab oladi. Qo‘qondan Toshkent, Xo‘jand va janubiy Qozog‘istongacha bo‘lgan mulklarga voliylar qayta tayinlana boshladi. SHeralixonni taxtga ko‘targan qipchoq-qirg‘iz jamoasi rahbarlik mansablarini qo‘lga oladi. 1842 yili kuzda Talas qirg‘izlarining boshlig‘i Muhammadyusuf SHeralixonga yordam berib, uni xonlik taxtiga ko‘tarib, o‘zi mingboshi bo‘lib oladi. Mang‘itlar lashkarini Qo‘qon mulkidan haydashda ishtirok etgan qipchoqlarga oliy mansablar tegmaydi. Muhammad-yusuf ham ularga qarshi xatti-harakatlarni boshlaydi. Bu xabarni eshitib, qipchoqlar Andijon va SHahrixonga borib qo‘shin yig‘adi. Oldilariga muzokara uchun YUsuf mingboshi va SHeralixonning o‘g‘li Sarimsoqbek yuboriladi. Qipchoqlar talabi bilan Muhammad-YUsuf mingboshilik mansabidan olinadi va o‘rniga Kali SHodi degan kishi vazir bo‘ladi. Muhammadyusuf Marg‘ilonga hokim etib yuboriladi. Karimquli dodxoh Andijonda hokim bo‘lgach, Musulmonqul unga boturboshi etib tayinlanadi. SHu bilan «Musulmonqul davlat otiga minib, o‘ng qo‘liga qudrat qilichini olib, beliga dushmanga qiron keltiradigan shamshirini osadi». Musulmonqul asli qipchoqlarning qulon urug‘idan bo‘lgan ekan. U Marg‘ilon qo‘shiniga sardor edi va 1843 yili qo‘zg‘olon ko‘tarib, Muhammadyusufni CHust yaqinida mag‘lub etadi. Musulmonqulning noroziligiga qipchoqlarga qarshi uyushtirilgan suiqasd sabab bo‘lgan edi. YUsuf mingboshi qabiladoshlari bilan SHodi dodxohni, SHodi dodxoh esa YUsuf va Musulmonqulni davlat ishlaridan chetlashtirmoqchi bo‘ladi. Musulmonqulni qipchoqlar hamda qora-qalpoq va qalmoqlar qo‘llaydi. U Namanganni olgach, SHodi dodxohni ham mag‘lub etib o‘ldiradi. Qipchoqlar Qo‘qonni bosib oladi, natijada O‘tambiy Marg‘ilonda, Ko‘ri Sidiq Andijonda, Mirzot Namanganda, SHer Kirovuchida, Normuhammad Toshkentda, Norbaxshi Xo‘jandda hokim bo‘lib oladi. Karimquli dasturxonchi va Qulbobo (Hotamquli qipchoq) risolachi bo‘lishadi. 1844 yili qirg‘izlar ham kuch yig‘ib, Modu va O‘sh atrofida bosh ko‘taradi. Ular Alimbek, Sayid dodxoh va Po‘lod dodxoh boshchiligida Musulmoqulga qarshi jangga chiqadi. Musulmonqul Qo‘qon lashkari bilan O‘shga keladi. Ammo uning yo‘qligidan foydalangan maxalliy a’yon-ashrof-lar Olimxonning o‘g‘li Murodxonni taxtga ko‘tarib, SHeralixonni o‘ldiradi. Bu xabarni eshitgan Musulmonqul O‘shdan tezlik bilan poytaxtga kelib, 11 kun hokimlik qilgan Murodxonni qatl qiladi va SHeralixonning o‘g‘li Xudoyorxonni xon deb e’lon qiladi. YOsh xonga o‘z qizini berib, unga qaynota bo‘lgach, otaliq unvonini ham oladi. Hukumat qipchoq biylari qo‘liga o‘tadi.
SHeralixon katta o‘g‘li Sarimsoqbek (Abdurahmonbek)ni Toshkent mulkida Xudoyorxonni Andijonga hokim etgan edi. SHeralixonni taxtdan olib, o‘ldirilishiga faol qo‘l urgan ruhoniylar - Zokirxo‘ja shayx ul-islom, domla Xolmuhammad rais, domla Xo‘jamquli a’lam, Sulaymonxo‘ja, shahar va zamindor ashroflaridan Rahmatilla dodxoh, Sotiboldi dodxoh, Oxun dodxoh, Muhammadkarim xalifa, Mulla xalifa va boshqalarni Musulmonqul o‘ldirdi.
YOsh Xudoyorxon qaynotasi Musulmonqul va qipchoqlar ta’sirida qolib, davlat boshqaruvidan butunlay chetlatilgan edi. «SHunday zamon bo‘ldiki, - deb yozadi zamondosh muarrix Ivaz Muhammad, - har kim o‘zicha hukm surardi. Xon unvoni ma’nosiz bo‘ldi. Musulmonqul va qipchoqning boshqa ashroflari o‘lkani o‘zaro bo‘lib oldilar». Musulmonquli mingboshilik lavozimiga ega bo‘ladi. Qipchoqlar o‘z avlodlari bilan guruh-guruh bo‘lib Qo‘qonga kirib yashay boshladi. SHahardagi aholini haydab chiqarib, er, mol-mulklariga ega bo‘lishdi. Manbalarda xabar berilishicha, Musulmonqul hatto eski O‘rda erini ham o‘z qabiladoshlariga bo‘lib bergan.
Qo‘qon atrofidagi hokimiyatni qo‘lga kiritgach, Musulmonqul Xo‘jandni Turdiboy qipchoqqa beradi, Toshkentni ham o‘z tasarrufiga o‘tkazish uchun Abdurahimbek (Sarimsoqxon)ni aldab, Qo‘qonga olib keladi va Baliqchiga hokim etib qo‘yadi. Oldiga Xudoyberdi dodxohni boturboshi etib tayinlaydi, ammo tez orada uni o‘ldiradi. Musulmonqul Toshkent hokimligini avval Mulla Xolbekka, uch oydan so‘ng esa Aziz parvonachiga taqdim etadi. Kirovuchi esa Normuhammad qipchoqqa beriladi. Mulla Xolbek hokimiyatdan ma’zul bo‘lib, Qo‘qonga qaytadi. SHunday qilib, qipchoqlar o‘rtasiga nizo tushadi. Turkiston hokimi Qayaoatshoh esa yangi xonni tan olmaydi va Aziz parvonachiga e’tiroz bildiradi. Aziz parvonachi Qanoatshohga qarshi chiqib Turkistonni etta oy davomida qamalga oldi va shaharni suvga bostirib qo‘lga oladi. Qanoatshoh Buxoro amirligiga chiqib ketish sharti bilan omon qodsiriladi. 1846 yili Musulmonqul boshqa qipchoq zodagonlarining maslahati bilan O‘ratepaga yurish bosh-laydi. SHaharni qamal etib, uning atrofini talon-taroj qiladi. Qaytishda xon va Musulmonqul oralarida adovat paydo bo‘ladi. Xon Mulla Xolbek qo‘shbegini mingboshi etib. Musulmonqulni Quramaning Obliqiga surgun qildi.
Toshkentga qaytgach, Aziz parvonachi Musulmonqulning ming-boshilikdan tushganini eshitib, bunga qarshi chiqadi. Musulmonqulning o‘rniga Mulla Xolbek mingboshi bo‘lgan edi. Endi qipchoqlar xokimiyati uchun o‘zaro urushlar boshlanadi. Biroz o‘tmay Obliqqa surgun qilingan Musulmonqul Aziz parvona-chi yordamida ikkinchi marta (1847 y) mingboshilik mansabiga ko‘tariladi. Mulla Xolbek qipchoq (g‘ulom) Musulmonqulning o‘rniga vazir bo‘lganida qipchoq ashroflarining talablarini qondira olmadi. Qipchoqlar kengashi uning vazirligiga qarshi chiqdi. Bu nizolardan foydalanib, Norbo‘taxonning nevarasi Poshshoxo‘ja qo‘zg‘olon ko‘tarib, xon bo‘lmoqchi bo‘ldi. Bundan xabar topgan qipchoqlar Urganjiy degan joyda uning tarafdorlari Muhammad Diyor qo‘rboshi Oftobachi bilan to‘qnashib qoladi. Suiqasdchilar tarafdorlari mag‘lub bo‘lib, ba’zilari Toshkentga qochadi, qolganlari qipchoqlar qo‘liga tushib o‘ldiriladi.
Aziz parvonachi ham o‘z homiysi Musulmonqulning vazirlikdan tushganini eshitib, Qo‘qonga qarshilik ko‘rsatadi. SHunda qipchoqlar Toshkentga yurish qiladi. Ammo shaharni ololmay, yurish qiyinchiliklaridan qaytishga majbur bo‘ladi. Qaytishda Tilav qishlog‘ida (Qurama yaqinlarida) kengash qilib, Musul-monqulni qayta mingboshilik lavozimiga ko‘tarish uchun til biriktiradi. Oq ota qishlog‘ida Musulmonqul Xudoyorxon bilan uchrashib, qayta, uchinchi marta (1848 y.) mingboshi etib tayinlanadi. Bunday natijalardan norozi bo‘lgan qipchoqlarning boshqa guruxi Mulla Karimqul dasturxonchi, Xotamqushg risolachi, Muhammadnazar Ko‘ro‘g‘li, uning o‘g‘li Xolmuhammad dodxoh, Kirovchi vorisi Normuhammad dodxoh o‘z qo‘shini bilan Aziz parvonachiga qarshi urush qilib Toshkentni olishadi. Normuhammad qo‘shbegi Toshkentga hokim bo‘ladi. SHahar qariyb uch yillik Aziz parvonachi zulmidan ozod bo‘ladi. Ularning 1847 yili ko‘targan qo‘zg‘olonlaridan qipchoqlarnish shu guruhi foydalangan edi. Qo‘zg‘olon tafsilotining shohidi bo‘lgan, o‘sha kunlari Toshkentning Janggoh mahallasida yashagan Ivaz Muhammad Attor Ho‘qandiy shunday yozib qoldirgan:
«Aziz parvonachi qipchoqlar qamalidan ozod bo‘lib, xazinasi bo‘shab qolganini bilgach, o‘z yaqinlari maslahati bilan viloyat aholisiga «muzofot puli» degan soliq soladi. Toshkentning har ko‘cha va mahallalariga soliq puli belgilanadi. Bu xabar Aziz parvonachi zulmidan azob chekayotgan shaharliklarga etib boradi va ular Muhammadyusufboy parchabof boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tardilar. SHahar ashroflaridan bir necha kishi Kirovuchi hokimi Normuhammad qo‘shbegi qipchoq oldiga yuborildi.
Aziz parvonachi qo‘zg‘olonchilarga qarshi to‘p va qurollar bilan chiqadi. Qo‘zg‘olonchilar Jangtoh, Parchabof va Misgar mahallalarida yig‘ilib turardi. Jangda Aziz parvonachining boturboshisi Rahimbek ibn Qozoq yaralanadi. Beshyog‘och mahallasidan ham mingga yaqin kishilar topgan narsalari bilan qurollanib, Parchabof mahallasiga keldi. Aziz parvonachi o‘z O‘rdasida panoh topadi. SHu payt SHodmonxo‘ja parvonachi Quramadan Normuhammad qo‘shbegi bilan etib kelada. U Toshkentning o‘n ikki darvozasini yopib, xalq yordamida O‘rdani qamal qildi. Normuhammad qo‘shbegi ham etib keldi va Beshyog‘och darvozasi oldida qo‘ndi. Aziz parvonachi lashkarining sarbozlari qamalning ikki haftasidan keyin uni tashlab keta boshladi. SHu holatda Aziz parvonachi taslim bo‘lganidan so‘ng, uni oila a’zolari bilan Qo‘qonga jo‘natishdi. Keyinchalik uni O‘tabbiy oldiga, ya’ni Marg‘ilonga yuborishdi. Ikki-uch oydan so‘ng uni qarshilikda ayblab, Qo‘qonga olib kelib qatl etildi va katta qabristonga dafn qilindi. Normuhammad qo‘shbegi Toshkentga hokim bo‘ldi».
1848-1849 yillarda qirg‘izlar ham bu o‘zaro urushlarga qo‘shildi va qipchoqlar bilan Baliqchi atrofida jang qilib, mag‘lub bo‘ldi. Qirg‘izlar bilan bo‘lgan to‘qnashuv qipchoqlarni birlashtirmadi. Musulmonqulga qarshi bo‘lgan qipchoqlar o‘z boshliqlari Mullo Xolbek, Muhammad YOr dodxoh, Jumaboy dodxoh, Rahimquli dodxohlar bilan Qo‘qon-Andijon vohasiga ketdilar. To‘rt oylardan so‘ng Qo‘qonga qarshi qilgan yurishlari natijasiz tugadi. Ularning boshliqlari esa Musulmonqul tomonidan qatl etildi.
Toshkent mulki Normuhammad qo‘shbegi hokimligi davrida ham, Musulmonqul mingboshi bo‘lgan zamonda ham mustaqilligini saqladi. Musulmonqul va qipchoqlar hokimiyatidan norozi bo‘lgan xonlikning ko‘p tabaqa va xalqlari toshkentliklar bilan til biriktirib, mingboshiga qarshi chiqdi. Musulmonqul Toshkentga kelib, uni qamal qildi. SHaharni ololmay Xo‘jandga kelgach, uni Buxoro amiri qo‘shinidan himoya qilib, amir Nasrullohni qaytishga majbur etdi. U Buxoro qo‘shini o‘rtasida varaqalar tarqatib, ularni qo‘rqitdi. Jigdalik qishlog‘ida harbiy mashvarat o‘tkazib, amir Nasrullohga maxsus maktub yubordi. Unga qipchoqlar tomonidan mag‘lub bo‘lish, oqibatlarini tushuntirib, «bir ko‘chmanchi xalq» ustidan g‘alaba qozonish-ning o‘zi sharmandalik ekanini aytadi. Musulmonqulning diplomatik san’ati katta to‘qnashuvning oddini oldi, amir Nasrulloh Buxoroga qaytdi.
Musulmonqul Buxoro qo‘shinlarini quvib O‘ratepa mulki-ni talon-taroj eta boshladi. Ammo uni bu daf’a ham ololmadi. Faqat to‘rtinchi yurishida, uzoq va qattiq janglardan so‘ng O‘ratepa zabt etildi. Oq-o‘yluvda bo‘lgan Isobek yuz qayta O‘ra-tepaga hokim bo‘ldi. Tez orada Isobek Qo‘qon tasarrufidan chiqib, Musulmonqulga qarshi boradi. Ikki marta qo‘shin tortganidan so‘ng O‘ratepa taslim bo‘ladi. Manbalarga qaraganda, xon har yili besh marta O‘ratepaga qarshi yurish tashkil qilar ekan. Hatto bolalar Qo‘qonda «O‘ratepaga yurish» nomli o‘yinni o‘ylab topgan ekan.
Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi (Turkiston Respublikasi)

Turkiston Respublikasi

Turkistonda hokimiyatning faqat ishchilar va evropalik millat vakillari qo‘lida bo‘lib qolishi o‘lkadagi barcha demokratik kuchlarning hukumatga bo‘lgan ishonchsizligini kuchaytirib yubordi. Bunga qarshi Markazdagi bolsheviklar hukumati chekka o‘lkalar, shu jumladan Turkistonda ham “sovetcha asosdagi avtonomiya” o‘rnatishga qattiq kirishdi. Bu vazifani amalga oshirish uchun Moskvadan ko‘plab partiya va sovet xodimlari Turkistonga jo‘natildi. Jumladan, P.A. Kobozev O‘rta Osiyoning favqulodda komissari qilib yuborildi.

1918 yil 20 aprel – 1 may kunlari Toshkentda Turkiston o‘lkasi Sovetlarining V s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda “proletar demokratiyasi”ga tegishli tamoyillari bo‘yicha tanlab olingan 251 deputat (shundan 120 tasi tub millat vakillari) ishtirok etdi. S’ezd kun tartibidagi asosiy masala Turkistonda Sovet mafkurasiga asoslangan bolshevikcha avtonomiya yaratish bo‘ldi.

Sovetlarning V o‘lka s’ezdi o‘zining markaziy hokimiyatga tobeligini ochiq namoyon etib, Moskvaga sovet Rossiyasi siyosiy rahbariyatining “barcha inqilobiy shiorlari hayotga qat’iy tadbiq etilishi” ta’kidlanib telegramma jo‘natdi. Bunga javoban V.I.Lenin va I.Stalin zudlik bilan javob telegrammasi yo‘lladilar. Unda quyidagi so‘zlar bor edi: “…sovnarkom sizning sovetlar asosidagi o‘lkangiz avtonomiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz siz boshlagan ishlarni yoqlaymiz va butun o‘lkani sovetlar tarmog‘i bilan qoplaysiz, mavjud sovetlar bilan to‘liq aloqada bo‘lasiz deb to‘liq ishonamiz”.

S’ezd delegatlari Lenin va Stalinning ko‘rsatmalari asosida 1918 yil 30 aprelda “Rossiya Sovet Federatsiyasi Turkiston Sovet avtonom respublikasi” haqida Nizomni qabul qildi. Ushbu Nizomda Turkistonda davlat qurilishi asoslari, uning hududi, oliy qonunchilik va ijroiya organlari, mahalliy organlar tuzilishi, vazifalari va ularning sovet Rossiyasi bilan o‘zaro munosabatlari belgilab berildi. Ushbu Nizom Turkistonda avtonom respublika tuzilganligini qayd etib, unga muvofiq, Buxoro va Xivadan tashqari, Turkiston o‘lkasining geografik chegaralaridagi butun hudud Rossiya sovet federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi deb e’lon qilindi.

“Nizom”da Turkiston Respublikasi avtonom ravishda boshqarilib, “o‘z xatti-harakatlarini Rossiya Sovet Federatsiyasi markaziy hukumati bilan muvofiqlashtiradi”, deb qayd etildi. S’ezdda “markaziy hukumat bilan o‘zaro munosabatlarni belgilash uchun” besh kishidan iborat komissiya tashkil etish va Moskvaga yuborishga qaror qilindi.

S’ezd sovet Turkistonining qonun chiqaruvchi oliy organi – Markaziy Ijroiya Komiteti (Tur SIK)ni sayladi. 36 kishidan iborat bu komitetning yarmi bolsheviklar, yarmi so‘l eserlar (18 tadan) edi. Ushbu komitet sovetlar s’ezdlari oralig‘idagi davrda o‘lkada oliy hokimiyat vazifalarini bajaruvchi oliy qonunchilik organi bo‘ldi. Turkiston MIK raisi qilib Markazdan hukumatning favqulodda komissari P.A.Kobozev (hamrais qilib A.Salkin) saylandi. SHuningdek, Turkiston XKS tarkibiga 16 kishi (9 ta bolshevik va 7 ta so‘l eser) kiritildi. Mahalliy millat vakillaridan to‘rt kishi – S.Jo‘raboev, S.YUsupov, SH.Ostonboev va S.Azimboevlar Turkiston MIKga saylanib, S.Tursunxo‘jaev sog‘liqni saqlash xalq komissari sifatida hukumat tarkibiga kiritildilar.

1918 yil 17-25 iyunda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiston bolsheviklarining o‘lka konferensiyasi Turkiston kommunist-bolshevik-lar partiyasining I s’ezdi deb nomlandi. O‘lkadagi kommunistik guruhlar ushbu s’ezdda ilk marta tashkiliy jihatdan rasmiylashib, Rossiya KP (b) tarkibidagi Turkiston Kompartiyasiga asos soldilar. S’ezdda 7 kishidan iborat Markaziy komitet saylanib, uning tarkibiga mahalliy komunistlardan Nizomiddin Xo‘jaev ham kiritildi. “Temir qonun”, “po‘latdek kuchli intizom”, “diktatorlik vakolatlari” kabi sinfiy xislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan Turkiston KP Rossiya KP (b)ga bo‘ysunar edi. Turkiston kommunistlari Markaz bergan har qanday topshiriqlarni so‘zsiz ijro etishlari natijasida Turkiston o‘lkasining Rossiyaga siyosiy va iqtisodiy qaramligi mustahkam asoslarda shakllandi.

Turkiston avtonom respublikasi sovetlarining VI favqo‘lodda s’ezdi 1918 yil 5-14 oktyabrda g‘oyaviy kurashlar jarayonida kechgan bo‘lsa-da, unda Turkiston MIK maxsus komissiyasi tomonidan tuzilgan Turkiston avtnoom Respublikasining konstitutsiyasi muhokama etildi va tasdiqlandi. YAngi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tuzumni mustahkamlash maqsadida qabul qilingan ushbu konstitutsiya Turkistondagi quyidagi Xalq komissarliklarini qonun kuchi bilan mustahkamladi: tashqi ishlar, harbiy ishlar, ichki ishlar, adliya, mehnat va ijtiomiy ta’minot, maorif, pochta va telegraf, temir yo‘l, dehqonchilik, oziq-avqat, davlat nazorati, millatlar ishlari, xalq xo‘jaligi Markaziy kengashi.

Konstitutsiyaga ko‘ra, ishchi, soldat va dehqon deputatlarning sovetlari Respublika mahalliy davlat hokimiyati organlari hisoblanib, Turkiston avtonom Respublikasining tarkibida 5 ta: Sirdaryo, Ettisuv, Farg‘ona, Kaspiy orti, Samarqand viloyatlari mavjud bo‘lgan. S’ezdlar orasida viloyat (oblast)ijroya komiteti davlat hokimiyat organi bo‘lib hisoblangan. Markazda va joylarda inqilobiy komitetlar (revkom) ham tuzilib, ular nazorat va reviziya (taftish) qilish, kengashlarni tarqatib yuborish kabi vakolatlarga ega bo‘lganlar. Viloyat kengashlari va ijroiya komitetlari qoshida boshqaruv, harbiy, adliya, mehnat va ijtimoiy ta’minot, xalq maorifi, moliya, pochta va telegraf, er-suv, oziq-ovqat, davlat nazorati, sog‘liqni saqlash, kommunal sovet kabi bo‘limlar ochilgan.

Konstitutsiyaga ko‘ra, viloyatlar uezdlarga, volost, shahar, qishloq va ovullarga bo‘lingan. Uezd, shahar sovetlari o‘zlarining ijroiya komitetlari va bo‘limlariga bo‘lingan. Qishloq va ovul ijroiya komitetlari esa o‘z bo‘limlariga ega bo‘lmagan.

Rossiyaning Turkistondagi siyosiy hukmronligi, birinchidan, o‘lkada sovetcha asosdagi avtonomiyaning o‘rnatilishi bilan joriy etilgan bo‘lsa, bu jarayonning ikkinchi bosqichi, davlat boshqaruvi asosiy vazifalarining markaziy federal hukumatga topshirilishini konstitutsiya yo‘li bilan rasmiylashtirilishi bo‘ldi. Zero, Turkiston Respublikasi Kosntitutsiya-sining 7-bob, 30-§ ilovasida yozilishicha, mudofaa, tashqi aloqalar, pochta-telegraf, dengiz ishlari, temir yo‘llar, bojxona, savdo-sotiq, sanoat va moliya masalalari markaziy federal hukumat ixtiyorida qoldirilgan edi.

Achinarli tomoni shunda ediki, mahalliy aholining katta qismi o‘lkaning davlat tuzilishini belgilab beruvchi asosiy hujjat bilan hech bo‘lmaganda umumiy tarzda ham tanisha olmadi. Sababi, u mahalliy tillarda e’lon qilinmagan edi. Ushbu hujjatda sovetlarga xos “o‘z taqdirini o‘zi belgilash” Turkistondagi mahalliy aholining mustamlaka holatini o‘zgartirmadi. Davlat hokimiyat organlarining tarkib topgan tuzilmasida, ularni shakllantirishning tor sinfiy tomonli sharoitida ular har qanday avtonomiyaning asosiy negizi bo‘lgan huquqdan-milliy-hududiy birlik aholisining davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirilishi huquqidan foydalanish imkoniyatiga ega emas edilar. Tadqiqotchilarning fikricha, konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan “sovet avtonomiyasi” o‘z mohiyatiga ko‘ra milliy-hududiy birlik edi.

1919 yilning mart oyida Turkiston respublikasi sovetlarining Favqulodda VII s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unga qadar 1918 yil 10 avgustda (V o‘lka s’ezdida) Milliy ishlar xalq komissarligi bo‘yicha maxsus Nizom qabul qilingan edi. Ushbu Nizomga ko‘ra, Milliy ishlar xalq komissarligida statistika, tashkiliy-tashviqot va madaniy oqartuv bo‘limlari tashkil qilingan edi. Ammo, Turkiston hukumati a’zolaridan Kazakov, Uspenskiy, Salkin kabilar Turkiston MIK qoshidagi milliy ishlar seksiyasini tarqatib yuborishni so‘rab VII s’ezdga loyiha taqdim etdilar. Ular mazkur seksiyani “millatchilikning bir ko‘rinishi” sifatida baholadilar.

SHunga qaramasdan, milliy masaladagi murakkab vaziyatni hisobga olgan RKP (b) MK 1919 yil 3 iyulda “Hokimiyatga mutanosib vakillik to‘g‘risida” degan qaror qabul qilishga majbur bo‘ldi. Ushbu qarorda Turkiston mahalliy aholisining partiyaga mansubligi shart qilib qo‘yilmasdan, ularni mutanosib ravishda davlat qurilishi ishlariga keng jalb qilish zarur deb ko‘rsatilib, mahalliy aholining mol-mulkini majburiy ravishda davlat ixtiyoriga olishni (rekvizitsiya) to‘xtatish vazifasi ham qo‘yilgan edi. Turkiston respublikasi hukumati bu qarorni yashirishga harakat qilgan bo‘lsa-da, shov-shuvlardan so‘ng uni e’lon qilishga majbur bo‘ldilar. Ammo, ushbu qaror bo‘yicha e’tiborga molik biror-bir amaliy ish qilinmadi.



Sovetlar tuzumi Turkistondagi boshqaruvni tashkil etishda katta byurokratik apparatning paydo bo‘lishiga zamin yaratgan edi. Biroq, tadqiqotchilarning fikricha, bolsheviklarning kadrlar masalasidagi siyosati nafaqat milliy sohada, balki uquvsizligi bilan ham ajralib turadi. Misol uchun, davlatning mas’ul lavozimlarida mutlaqo savodsiz odamlarning ishlashi tabiiy hol edi. Bu xodim bolsheviklar manfaatini himoya qilishi kifoya edi. Undan tashqari, Turkistondagi oliy hokimiyat – Turkiston MIK, hukumat – Turkiston XKS, g‘oyaviy rahnamo – Turkiston KP kabi o‘lka boshqaruvida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tashkilotlar mahalliy aholi ixtiyorida bo‘lmagan. Tadqiqotlarga ko‘ra, Turkiston XKS va Turkiston Iqtisodiy Kengashidek yuqori vakolatli organlarda o‘zbeklar ishlamagan. O‘lka boshqaruvidagi barcha yirik tashkilotlar, komissarlik-larning milliy tarkibi umumiy ko‘rsatkichlarda quyidagicha edi [Rajabov Q., Haydarov M. Turkiston tarixi…, 55-56 bb. Muallif tomonidan jadvallashtirildi]:

Millati

Soni

Foiz hisobida

Ruslar

3,166

78,1

Boshqa evropalik aholi

623

15,5

O‘zbeklar

132

3,3

Qirg‘izlar

34

0,8

Turkmanlar

4

0,1

1919 yilning 8 oktyabrida V.Lenin Butunrossiya MIK va RSFSR XKSning Turkiston ishlari bo‘yicha komissiya (Turkkomissiya) tuzish to‘g‘risidagi qarorini imzoladi. Bu komissiya tarkibiga SH.Z.Eliava – rais, M.V.Frunze, V.V.Kuybishev, YA.Rudzutak, F.I.Golosheykin, T.I.Bokiylar kirdilar. Ushbu komissiya juda katta vakolatlarga ega bo‘lib, jumladan, Butunrossiya MIK va XKSning vakolatiga, Turkiston hududlarida va qo‘shni davlatlarda ularning nomidan ish ko‘rish huquqiga, RKP (b) MK nomidan respublikada oliy partiya nazorati va rahbarligini amalga oshirishga, o‘lka partiya tashkilotlarini tarqatib yuborish, favqulodda s’ezdlar va konferensiyalar chaqirish hamda partiya MK qarorlarini qat’iy bajarishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni ko‘rish huquqlariga ega edi. Ushbu komissiyaning asosiy maqsadi – mahalliy aholi manfaatlari yo‘lida ishlash emas, balki Turkistonda sovet hokimiyatining mavqeini mustahkamlash, imperiyaviy markaz bilan lenincha rahbariyatning go‘yo “strategik to‘g‘ri yo‘lini buzgan”, yangi hokimiyatning maqsad va mohiyatlarini “buzib” ko‘rsatgan mahalliy arboblar faoliyatini nazorat qilish hamda ular o‘rtasidagi masofani uzoqlashtirishdan iborat edi.

Turkiston komissiyasi amalda mintaqadagi barcha partiya, sovet, xo‘jalik va partiya tashkilotlariga rahbarlik qilib, Markazdagi bolshevikcha siyosatni qat’iy ravishda amalga oshirishga kirishdi. Turkkomissiya o‘lkadagi butun hokimiyatni to‘laligicha o‘z qo‘lida to‘plab, faqat markaz manfaatlarini amalga oshiruvchi “davlat ichidagi davlat” vazifasini bajardi.

Sovet hokimiyatining Turkiston respublikasida hayotga tatbiq etgan dekret va qarorlari mahalliy xalqlarni mustamlakachilik asoratida tutib turish uchun xizmat qilgan edi. Xususan, Butunrossiya MIKning 1920 yil 10 apreldagi “Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi to‘g‘risidagi” qarorida, 1921 yil 11 apreldagi “Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasini ta’sis etish to‘g‘risidagi” dekretda, RKP (b) MK 1920 yil 19 iyunda qabul qilgan “Turkiston Respublikasi to‘g‘risidagi” Nizomda, umuman, RKP (b) tomonidan e’lon qilingan ko‘plab dekretlar, chaqiriqlar, murojaatnomalarda ko‘zda tutilgan xalqlarga erkinlik berish, o‘z taqdirlarini o‘zlari belgilash, ajralib chiqib mustaqil davlat tuzish huquqi o‘rniga Turkiston o‘lkasiga yarim huquq va erkinliklar berish, uni Rossiya tarkibidagi avtonom respublika shaklida saqlash siyosati izchillik bilan amalga oshirildi. Turkiston o‘lkasi mustamlakachilikning yangi “sovet” shakliga aylandi.

Sovet hokimiyatining Turkistonda olib borgan mustamlaka boshqaruv siyosati hamda markazlashtirish harakatlari TSR boshqaruv organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan milliy rahbar xodimlarning kuchli noroziliklariga sabab bo‘ldi. Milliy kommunistlar o‘lkadagi bolsheviklar siyosatiga ochiqdan ochiq qarshi chiqa boshladilar. Milliy rahbar xodimlarning norozilik kayfiyatlarini yuzaga chiqishida 1919 yil martda tuzilgan o‘lka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. CHunonchi, Qayg‘usiz Otaboev, YUsuf Aliev, Abdulla Rahimboev, Sanjar Asfandiyorov, Nazir To‘raqulov, Inomjon Xidiraliev kabi ko‘plab milliy rahbar xodimlar Turor Risqulov raisligidagi Musbyuro atrofida birlashgan edilar.

1920 yil yanvar oxirlarida Musbyuroning III konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferensiyada Turkistondagi uchta partiyaviy tashkilot – TKP O‘lka komiteti, Musbyuro va ajnabiy kommunistlar partiyasi yagona kommunistik partiyaga birlashtirildi. Konferensiya qarorida “Turkiston turkiy xalqlarining kommunistik partiyasi” deb rasmiy nomlangan ushbu partiya keng mehnatkashlar ommasining partiyasi bo‘lishi, RKP (b) MKga nisbatan viloyat (o‘lka) komiteti huquqlaridan foydalanuvchi va unga bo‘ysunuvchi o‘z MK tomonidan boshqarilishi kerak edi. SHuningdek, konferensiyada T.Risqulov tomonidan Turkiston Sovet Respublikasi nomini o‘zgartirib, uni Turkiston respublikasi deb atash taklif qilinganda bu taklif konferensiya ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Taklif etilgan Turk respublikasiga TSR dan tashqari qo‘shni milliy respublikalarda (hoz. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston davlatlari) yashovchi turkiy xalqlar kirishi kerak edi. T.Risqulov o‘z ma’ruzasida Turkiston respublikasi Konstitutsiyasini qayta ko‘rib chiqish, musulmonlarning alohida armiyasini tuzish hamda qizil armiyaning musulmon bo‘lmagan barcha qismlarini Turkistondan olib chiqib ketish masalasini ham ko‘targan edi. T.Risqulovning ushbu g‘oyalari TKPning V o‘lka konferensiyasi (1920 yil yanvar) da ham ma’qullandi. Musbyuroning III konferensiyasi “Turkiston muxtoriyati va Konstitutsiyasi haqidagi rezolyusiya” qabul qildi. Ushbu hujjatda quyidagi takliflar bor edi [Rajabov Q., Haydarov M. Turkiston tarixi…, 69-70 bb]:



  1. Besh viloyat – Sirdaryo, Ettisuv, Farg‘ona, Samarqand, Kaspiyorti viloyatlaridan iborat Turkiston qirg‘iz, o‘zbek, qoraqalpoq, qipchoq, taranchi, tatar, dungan va boshqalardan iborat turkiy xalqlar (shuningdek, tojik, kelib chiqishi turk bo‘lmagan mahalliy yahudiylar hamda boshqa chetdan kelgan rus, armani, yahudiylar) mamlakatidir.

  2. RSFSR Konstitutsiyasining 2-moddasiga muvofiq, Turkiston muxtor respublikasi milliy sovet respublikasi hisoblansin, unda o‘z taqdirini o‘zi belgilovchi mahalliy xalq turkiy xalqlardir. SHu tufayli hududiy mazmun kasb etuvchi “RSFSR Turkiston Respublikasi” nomli “RSFSR Turk respublikasi” deb o‘zgartirilsin.

  3. Sovet Turk respublikasi o‘z davlat faoliyati va Konstitutsiyasini mahalliy aholining tarixiy, iqtisodiy turmush talablariga javob bera oladigan asosda qurishi lozim.

  4. Turkistonning besh viloyati o‘rtasidagi geografik chegaralar to‘siq hisoblanmasin.

  5. Turkiston Respublikasi Sovetlarining VI s’ezdida tasdiqlangan Konsitutsiyasi qayta ko‘rib chiqilsin…, mahalliy hayotga muvofiq keladigan, RSFSR mehnatkashlari va ezilgan xalqlari huquqlari Deklaratsiyasi asosidagi yangi Kostitutsiya ishlab chiqilsin.

  6. Ezilgan xalqlar mehnatkashlarini baynalmilal jipslashtirish manfaatlarini ko‘zlab, turkiy xalqlarni tatar, qirg‘iz, boshqird, o‘zbeklarga ajratib bo‘lib tashlash va alohida mayda respublikalar tuzish uchun intilishlarga kommunistik tashviqot yo‘li bilan barham berilsin…

T.Rizqulov Moskvaga, RKP (b) MK va V.Lenin nomiga bir necha marta radiogramma orqali xabar yuborib bu rezolyusiyani tasdiqlashni so‘radi. Ammo, ushbu rezolyusiya Turkkomissiya tomonidan keskin qoralanib, T.Rizqo‘lov va uning tarafdorlari “milliy og‘machilik”da ayblanib, ularga “panturkist” tamg‘asi bosildi. 1920 yil 8 martda RKP (b) ning maxsus qarori bilan “Turkiston turkiy xalqlarining kommunistik partiyasi va Turk respublikasi” tuzish haqidagi qaror noqonuniy ravishda rad qilindi. T.Rizqulovning Moskvaga, Lenin huzuriga shaxsan borib “Turkistonda davlat qurilishi to‘g‘risidagi Nizom” loyihasini taqdim etishi ham samarasiz tugadi.

1920 yilning iyun oyida Turkkomissiya tarkibidan RKP (b) Turkiston byurosi (Turkbyuro) ajralib chiqdi. Turkbyuro partiya tashkilotlari faoliyatini nazorat qilib, Turkkomissiyaning izdoshi sifatida mintaqada Markazning mustamlakachilik siyosatini olib bordi. Turkbyuro faoliyatini 1921-1922 yillarda YA.Rudzutak, A.Ioffe, S.Gusev boshqardilar. 1922 yil may oyida Turkbyuro RKP (b) tomonidan O‘rta Osiyo byurosi qilib qayta tuzildi.

1920 yilning yozidan boshlab Turkiston respublikasida vaziyat keskin o‘zgardi. T.Rizqulov hamda uning tarafdorlari hukumatdagi mas’ul lavozimlaridan iste’foga chiqdilar. Hokimiyat tepasiga esa Turkkomissiya va Turkbyuroning xohishi bilan hisoblashadigan shaxslar keldilar. Faqat Markazning ko‘rsatmalari bilan ish olib boradigan Turkkomissiya Turkistondagi butun hokimiyat organlarini o‘z qo‘liga olib, respublikada yangi sovet mustamlakachilik tizimini o‘rnatishga harakat qildilar va afsuski bunga erishdilar. Natijada Turkiston ikkinchi marta Rossiyaning xom ashyo bazasiga aylandi.

Turkiston Respublikasi

Bolsheviklar o‘rnatgan sovet rejimi Turkiston xalqlariga nafaqat mustaqillik, hatto milliy mustaqillikni ham bermadi. Mustaqillik osonlikcha qo‘lga kiritilmasligini anglab etgan milliy vatanparvarlar qo‘lga qurol olib bolsheviklar va bosqinchi qizil armiyaga qarshi istiqlolchilik harakatini boshlab yubordilar [Istiqlolchilik harakati haqidagi ma’lumotlar t.f.d. Q.Rajabov materiallari asosida berildi].

Turkiston Muxtoriyatining qonga botirilib tugatilishi istiqlolchilik harakatining butun Farg‘ona vodiysida boshlanishiga turtki bo‘ldi. Bu kurash 1918 yil fevral oyining oxirlarida boshlangan edi. SHu yilning mart oyiga kelib Farg‘ona vodiysida bir-biridan mustaqil ravishda 40 dan ziyod qo‘rboshi dastalari faoliyat ko‘rsatgan. Mart oyining oxirlarida Farg‘onadagi Bachqir qishlog‘ida Farg‘onadagi butun qo‘rboshlarining birinchi Qurultoyi chaqirilib, unda Katta Ergash qo‘rboshi butun istiqlolchilik harakatining boshlig‘i qilib saylandi va unga “Amir al-muslimin” unvoni berildi. Uning o‘rinbosarlari qilib Madaminbek va SHermuhammadbeklar tayinlandi.

Bu harakatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi-dehqonlar, chorikorlar, mardikorlar, hunarmandlar va kosiblar bo‘lgan. 1918 yilning o‘rtalariga kelib, Farg‘ona vodiysida taxminan yuzga yaqin qo‘rboshilar o‘z dastalari bilan qizil armiyaga qarshi kurash olib bordilar. Bu guruhlarda 15.000 yigit bor edi. 1919 yilning yozi va kuzida Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi.

Bu paytda istiqlolchilar safiga rus krestyanlari armiyasining K.Monstrov boshchiligidagi Jalolobodda turgan qo‘shinlari qo‘shildilar (2 sentyabr). Sentyabrning boshlarida istiqlolchilar Jalolobod va O‘sh shaharlarini egallab, Andijonni qamal qildilar. 1919 yil 22 oktyabrda Pomir etaklaridagi Ergashtom ovulida bo‘lgan istiqlolchilar anjumanida Madaminbek boshchiligidagi Farg‘ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi. Hukumat tarkibiga mahalliy aholidan 16 kishi, evropalik aholidan 8 kishi kiritildi. Madaminbek hukumat boshlig‘i va Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining Oliy bosh qo‘mondoni etib saylandi.

1919 yilning kech kuziga kelib Madamindek qo‘l ostidagi 30.000 ga yaqin, SHermuhammadbek qo‘l ostidagi 20.000, Katta Ergash qo‘rboshining 8.000 ming yigitlari qizil armiyaga qarshi janglar olib bordi. Bu uchta lashkarboshi vodiydagi jangovar harakatlarni yo‘naltirib turdilar.

1920 yil 3 mayda Farg‘ona vodiysidagi butun qo‘rboshilar va tinch aholi vakillari Oltiariq tumaanidagi G‘oyibota qishlog‘ida o‘zlarining navbatdagi qurultoyini o‘tkazdilar. Bu qurultoyda SHermuhammadbek boshchiligida Turkiston-turk mustaqil islom jumhuriyati yoki Turkiston muvaqqat hukumati tuzildi. Boymirza Hayitning yozishicha, hukumat tarkibiga 6 kishi kiritilgan bo‘lib, ular quyidagilar edi: SHermuhammadbek-hukumat raisi va Oliy bosh qo‘mondon; Mullajon Qori – xavfsizlik noziri; Akbarjon Eshon – SHayxulislom; Abdusalom Qori – hukumatning bosh kotibi; Nazirjon – moliya vaziri; Mulla Hoji Niyoz- maxsus ishlar noziri. Undan tashqari, 14 kishidan iborat harbiy idora mahkamasi ham tuziladi.

1922 yilning 15-20 aprelida Samarqand shahrida, yashirin holatda Turkiston musulmonlarining 2-qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Kaspiyortidan nufuzli qo‘rboshilar ishtirok etgan ushbu qurultoyda Turkiston-turk mustaqil islom jumhuriyatining Muvaqqat Konstitutsiyasi qabul qilindi.



XULOSA.

Boymirza Hayitning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, qurultoyda Farg‘ona vodiysi istiqlolchilarining yo‘lboshchisi SHermuhammadbek katta ma’ruza qiladi. Qurultoy so‘nggida 7 bo‘lim va 36 moddadan iborat rezolyusiya (Muvaqqat Konstitutsiya) qabul qilindi. Bu hujjat Turkiston o‘lkasidagi Sirdaryo, Farg‘ona, Samarqand, Ettisuv, Kaspiyorti viloyatlari hamda Amudaryo bo‘limi endilikda, Turkiston turk-mustaqil islom jumhuriyati tarkibiga kiritilganligini qonun yo‘li bilan mustahkamladi. Unda hukumat tarkibi 15 kishidan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yildi. Ushbu 15 kishi orasidan mamlakat Prezidenti, Vitse-prezidenti va Bosh kotib saylanishi hamda bu uch kishidan iborat Ijroya Qo‘mita tuzilib, ular poytaxtda doimiy ravishda ishlashi ko‘zda tutilgan edi. Hukumatning 5 ta a’zosi Farg‘ona viloyatidagi Namangan, Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon, O‘sh tumanlarining harbiy boshliqlari etib tayinlanadigan bo‘ldi. Qolgan 7 kishi esa – harbiy, tashqi ishlar, ichki ishlar, pochta va telegraf, diniy ishlar, moliya, adliya, transport vazirlari qilib tayinlanishlari lozim edi. Ammo, bu hukumat 1922 yilning oxiriga kelib tarqalib ketdi. CHunki hukumat a’zolari o‘zlariga topshirilgan vazifalarni bajarish o‘rniga janglarda ishtirok etishga majbur bo‘lgan edilar.



Istiqlolchilik harakati 1920-1924 yillarda Buxoro va Xorazm respublikalarida ham avj oldi. Buxoroda Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor, Davlatmandbek, Anvar posho, Jabborbek kabi qo‘rboshi va yo‘lboshchilar, Xorazmda Qurbon Mamed Sardor Junaidxon, Madrayimboy, Sa’dulla bola, SHokir bola, Mavlonbek kabilar bu harakatga boshchilik qildilar.


Download 175,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish