Reja: Tazkirachilik xvii—xix asrlarda O‘rta Osiyo Navoiyning zamondoshi



Download 20,85 Kb.
bet1/2
Sana07.04.2022
Hajmi20,85 Kb.
#535592
  1   2
Bog'liq
Tazkira





Mavzu: XVI asr tazkirachilik


`
REJA:



1.Tazkirachilik
2.XVII—XIX asrlarda O‘rta Osiyo
3.Navoiyning zamondoshi

























1.Tazkirachilik


O‘rta Osiyo xalqlari adabiyotida va kitobatchilik ishi tarixida tazkira janri alohida o‘rin kasb etadi. Bu bibliografiya rivojiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Tazkiralarda mashhur shaxslar, asosan, shoirlar, kitob san’ati ustalari, diniy arboblar va boshqa ijodkorlar haqida biografik va bibliografik ma’lumotlar berilgan bo‘lib, alohida bir to‘plamni tashkil etgan. Bu manbalarda ma’lum bir shaxsning qalamiga mansub asarlari, devonlari haqida, ulardan namunalar va uning qo‘li bilan ko‘chirilgan kitoblar haqida ma’lumot ilova qilingan. Òazkirachi shaxsning xattotlikdagi, kitob san’ati bilan bog‘liq faoliyatidagi yutuqlariga alohida e’tibor bergan, uning ayrim asarlariga adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan baho beradi. O‘sha paytda tazkiralarning uch xili —sof adabiy tazkiralar, shayx va avliyolarga bag‘ishlangan tazkiralar, xattotlar va kitob ishi bilan bog‘liq shaxslar haqidagi tazkiralar mavjud bo‘lgan. Oxirgi tazkira „Tazkirayi xattotiy“ deb nomlangan bo‘lib, uning maqsadi o‘tmish va zamondosh kitob san’ati namoyandalarining hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlarni bir joyga to‘plashdan iborat. Bu turdagi manbalar orasida XVI asrda yashab ijod etgan xattot qozi Ahmad Qumiyning „Xattotlar va musavvirlar haqida risola“ nomi bilan mashhur asari muhimdir. Òazkiralar hozirgi zamon va Yevropa adabiyotidagi mavjud adabiy antologiyalar va bibliografik lug‘atlarga yaqin turadi. Unda shaxsning hayoti va faoliyati, so‘ngra uning asarlari, u haqda zamondoshlarining fikrlari beriladi. Bunday tuzilish uslubi va ma’lumotlar „Bibliografik lug‘atlar“da ham qo‘llaniladi. Yirik shoir, adabiyotshunos M. Shayxzoda tazkira janriga quyidagicha tavsif bergan: „Sharq xalqlarining adabiyot tarixini asl manbalar orqali tekshirilgan, degan tadqiqotchining asosiy suyanadigan manbasi turli zamonlarda, turli shaxslar tomonidan, turli sabablar bilan yozilgan tazkiralardir“.
„Tazkira“ arabcha so‘z bo‘lib, maqsadni unutmaslik uchun uni yozuvda bayon etish degan ma’noni anglatadi. Ularda tazkira yaratilgan davrdagi va mamlakatdagi mashhur kishilar, yozuvchi va shoirlar, olimlar haqida ma’lumot beriladi. Bu mazmuniga ko‘ra hozirgi davrdagi biobibliografik ma’lumotnomalarga o‘xshab ketadi. Bunday tazkiralar Sharq mamlakatlari xalqlari orasida keng tarqalgan va mashhur bo‘lgan. Sharq adabiyotida birinchi marta yaratilgan va bizgacha yetib kelgan tazkira 1017yilda Mansur as-Salibiyning arab tilida yozilgan „Yatimat udduhr“ kitobi bo‘lib, uning bitta bobi maxsus turkistonlik va xurosonlik 124 shoirning hayoti va ijodi hamda asarlariga bag‘ishlangan. Muallif o‘sha davrdagi Buxoro hamda Xorazmdagi adabiy jarayon, uning ahvoli, zamondosh xattotlar, ular ko‘chirgan qo‘lyozma asarlar, mualliflari, asar nomi, ko‘chirilgan joyi va yili haqida qisqa ma’lumot bergan. Forsiy tilda yozilgan dastlabki tazkira Muhammad Avfiyning 1221 —1222- yillarda yaratgan „Lubob ul-albob“ nomli asaridir. U marvlik bo‘lib, Buxoroda tahsil olgan, tarbiya topgan. Avfiy o‘z asarida O‘rta Osiyoda fors-tojik tilida XI —XII asrlarda yashab ijod etgan shoirlar haqida ma’lumotlar beradi. Fors-tojik tilida yaratilgan mashhur tazkiralar qatoriga A. Jomiyning „Bahoriston“ asaridagi badiiy ijod namoyandalariga bag‘ishlangan VII bobini kiritish mumkin. Bunda X—XV asrlarda yashab ijod etgan 30 dan oshiq o‘rta osiyolik shoirlarning hayoti va ijodi hamda ular tuzgan devonlar haqida ma’lumot beriladi. XV asrda yashab va fors-tojik tilida ijod etgan shoir va adiblarga bag‘ishlangan yana bir tazkira Davlatshoh Samarqandiyning „Tazkirat ush-shuaro“ asari bo‘lib, 1488-yilda yozib tugatilgan va unda 150 ta shoir haqida ma’lumot berilgan. Samarqandiy Òemuriylar davrida harbiy xizmatchi bo‘lgani holda badiiy asarlar ham yaratgan, ularda shoirlar haqida ma’lumotlar, ularning asarlariga sharhlar bergan. Navoiydan keyingi davrlarda yashagan adiblar uning tazkirachilik an’analarini davom ettirdilar. Ana shulardan biri 1566- yilda yaratilgan „Muzakkiri ahbob“ tazkirasining muallifi buxorolik Hasan Xoja Nisoriy edi. Bu tazkira XVI asrda yaratilgan yagona tazkira bo‘lib, u o‘sha asrning birinchi yarmidagi O‘rta Osiyoning adabiy hayoti, Òurkiston adabiy muhitiga oid va o‘sha davrda yashab o‘tgan 250 dan oshiq adiblar haqida to‘la ma’lumot beradi.

Download 20,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish