Ta’lim muassasasi tarbiyachilarining tarbiyachilik faoliyati va uni amalga oshirish metodikasini „Uchinchi ming yillikning bolasi“ qo‘llanmasidan foydalanishni tavsiya etamiz. Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maq- sad — „Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari dasturi“dagi g‘oyalarni bolalarning ongida o‘ziga xos va mos ra- vishda singdiradi: — xalqimizning boy an’ana, udum, urf-odatlari va ajdodla- rimiz merosidan foydalanish. — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yil- gan adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-e’tiqodni tarbiyalash. — yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash. — mehr-muruvvatlilik va bag‘rikenglik. — xalqimizning boy an’ana, udum, urf-odatlari va ajdodla- rimiz merosidan foydalanish. — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yil- gan adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-e’tiqodni tarbiyalash. — yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash. — mehr-muruvvatlilik va bag‘rikenglik. Tarbiyaviy ishlarda pedagogik texnologiyaning umumiy belgilari: • tarbiyaviy ta’sir tarbiyaviy ishlarning kompleksi sifatida o‘ziga o‘yinlar, tarbiyaviy suhbatlar va individual jihatlarning elementlarini qamrab oladi; • har bir ish har bir tarbiyalanuvchining axloqiy, ijtimoiy va boshqa fazilatlari shakllanganligi darajasini kompyuter orqali tashxislash bilan boshlanadi. • tarbiyaviy ta’sir tashxislash natijalarining faol tahlili va ideal shaxs bilan qiyoslaganda muayyan fazilatlarning shakllan- ganlik darajasiga yetganligini anglash bilan yuzaga keladi. • tarbiyalanuvchilar kishilar orasida hayot uchun zarur bo‘lgan fazilatlarni o‘zlashtiradilar, o‘zlarini anglashni o‘rgana- dilar, o‘z-o‘zini kamolga yetkazish yo‘llarini tasavvur qiladilar; 3. Zamonaviy maktab direktorining vazifasi Yurtimizda ta’lim tizimiga mamlakatni barqaror taraqqiy ettirishning muhim omili sifatida e’tibor qaratilayotgani qisqa fursatdayoq o‘z sararasini ko‘rsata boshladi. Bu xalqaro jamoat- chilik tomonidan ham ehtirof etilmoqda. Albatta, istiqlol yillarida kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida keng ko‘lamli islohot- lar amalga oshirildi. Fan-texnika va texnologiyaning zamonavy yutuqlari asosida ta’lim dasturlari takomillashtirilib borilmoqda. Tabiiyki, bunday sharoitda ta’limni boshqarish tizimida pedago- gik jarayonni ilmiy asosda tashkil etish, faoliyatda vujudga ke- layotgan muammolarni ijobiy hal etish borasida izlanishlar olib borish kabi dolzarb vazifalar yuzaga keldi. Jumladan, Preziden- timiz tomonidan bildirilgan quyidagi mulohazalar har bir yurt- doshimiz, ayniqsa, boshqaruv tizimida faoliyat yuritayotgan mas’ul rahbarlarni yanada mas’uliyatliroq bo‘lishga, hushyor- likka undaydi.
Biz XXI asr — intellektual taraqqiyot asri, deb ko‘p gapiramiz. Modomiki, shunday ekan, bugungi kunda rahbar nafaqat aniq bir kasb-hunarning egasi, avvalo, o‘zining faoliyati va insoniyligi bilan xalqning ishonchiga munosib bo‘li- shi, yuksak intellektual tafakkur sohibi, uzoqni ko‘ra oladigan, doimo yangilikka intilib, zamon bilan hamqadam bo‘lib yashay- digan, qat’iyatli shaxs bo‘lishi lozim. Darhaqiqat, maktab direktori ham ta’lim muassasasi bosh- qaruvini zamonaviy usullarda tashkil etishi zarur. Bu esa ilg‘or tajriblarni va fan-texnika yutuqlarini muntazam o‘rganib, o‘z faoliyatiga tatbiq etib borishni, kasbiy faoliyatiga ijodiy yondo- shuvni talab qiladi.
Agar umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rah- barida boshqaruv yo‘nalishlari bo‘yicha zarur bilim, tajriba, pe- dagogik mahorat, ko‘nikma va malakalar yetarli bo‘lmasa, ta’lim jarayonini boshqarishda vujudga keladigan turli muammolarning o‘z vaqtida, oqilona yechimini topishda uning ojizligi sezilib qoladi. Ularning oldini olish hamda pedagogik xodimlar faoliyatini takomillashtirish va natijada o‘quv jarayonini rivojlantirishning eng asosiy shartlaridan biri boshqaruv faoliyatining ilmiy asosda tashkil etilishidir. Xalqimizda rahbar kadrlar va ularga xos xususiyatlarga sharqona yondoshuvning boy tarixiy-madaniy an’analari mavjud.
Buning isboti sifatida Abu Nasr Forobiy tomonidan bildirilgan rahbarning fazilatlari to‘g‘risidagi fikrlarni keltirish mumkin. Unda rahbarning tabiatan nozik, farosatli bo‘lib, umumiy ahvol qandayligini aniq ravshan tasavvur qila olishi; voqea-hodisalarni xotirasida to‘la-to‘kis saqlab qoladigan; zehni o‘tkir, zukko, o‘z fikrini chiroyli so‘zlar bilan ifodalay- digan, ravshan tushuntira oladigan; ta’lim olishga, bilim va ma’- rifatga havasli bo‘lib, uning mashaqqatlaridan qo‘rqmay, haqi- qatni gapiradigan, odil va haqiqiy odamlarni sevadigan, yolg‘on va yolg‘onchilarni yomon ko‘radigan; o‘z qadrini biluvchi, ori- yatli; tabiatan adolatparvar va o‘zi zarur deb hisoblaganda cho- ra-tadbirlarni amalga oshirishda qat’iyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo‘lishi kabi insoniy hislatlar ta’kidlab o‘tilgan.
E'tiboringiz uchun rahmat !!!
Talaba: Jórayeva Shahzoda Farhod qizi
14.12.2021
Do'stlaringiz bilan baham: |