O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
“AMALIY PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI
“Umumiy psixologiya” fanidan
Mavzu: “Tafakkur va intellektual testlar”
KURS ISHI
Bajardi: PS 201-guruh talabasi
Begmamatova Kamola
Ilmiy rahbar: Amaliy psixologiya kafedrasi
o‘qituvchisi p.f.n. R.N. Ismoilova
TOSHKENT-2023
MUNDARIJA
KIRISH...............................................................................................................3-4
BOB. TAFFAKKUR HAQIDA NAZARIYALAR..........................................5-11
1.1 Tafakkur haqida umumiy tushuncha..............................................................5-11
1.2 Tafakkurning individual xususiyatlari ........................................................12-18
BOB.INTELLEKTUAL TESTLAR VA ULARNING O’RGANISH METODIKASI.................................................................................................19-24
2.1 Intellektni o‘lchashda zamonaviy testlar tarixi............................................19-24
2.2. Intellektual testlar turlari va xususiyatlari...................................................25-30
2.3. Intellektual testlar yaratish va o’tkazish prinsiplari....................................31-36
XULOSA...........................................................................................................37-38
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.........................................................39-40
KIRISH
Inson tafakkuri - bu uning o’ziga xos fikrlash usuli, dunyoni anglash va o’zgartirish qobiliyati. Tafakkur insonning aqliy faoliyatining muhim komponenti hisoblanadi va uning intellektual rivojlanishiga ta’sir etadi. Intellektual testlar 1- bu tafakkurning turli jihatlarini o’lchovchi va baholovchi sinovlar. Ular insonning aqliy qobiliyatlarini, kreativlikni, tanqidiy fikrlashni, yodda saqlashni, diqqatni va boshqa xususiyatlarni aniqlashga yordam beradi.
Tafakkur2 - bu insonning o’ziga xos fikrlash usuli, dunyoni anglash va o’zgartirish qobiliyati. Tafakkur insonning aqliy faoliyatining muhim komponenti hisoblanadi va uning intellektual rivojlanishiga ta’sir etadi."
"Intellektual testlar - bu tafakkurning turli jihatlarini o’lchovchi va baholovchi sinovlar. Ular insonning aqliy qobiliyatlarini, kreativlikni, tanqidiy fikrlashni, yodda saqlashni, diqqatni va boshqa xususiyatlarni aniqlashga yordam beradi."
"– Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta’siri bo‘lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev."3
Buguni kunda jahon hamjamiyatida ta’lim sohasiga e’tibor har qachongidan ham kuchayib bormoqda. Rivojlangan mamalakatlarning ta’lim sohasidagi tajribalarini o‘rganib, tahlil qiladigan bo‘lsak, ularning rivoji hissasiga har tomonlama yetuk,intellektual salohiyatli, kreativ fikrlovchi, yangiliklarga intiluvchan, vatanparvar, o‘z sohasining yetuk bilimdonibo‘lgan kadrlarning o‘rni kattadir.
Shu boisdan ijodkor, kashfiyotchi kadrlarni tayyorlash borasidagi chet el tajribasini o‘rganar ekanmiz ta’limning asosiy poydevori bo‘lmish maktabgacha va boshlang‘ich ta’ilm yoshdagi bolalarda tafakkur turlarini shakllantirish borasidagi ilmiy-amaliy yutuqlarni ta’kidlab o‘tish joiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |