Jismoniy tarbiya
. Jismoniy tarbiya barcha ta’lim tizimlarining ajralmas
qismidir. Rivojlangan ishlab chiqarish kuchlariga ega zamonaviy jamiyat yuqori
mehnat unumdorligi asosiga qurilgan korxonalarda ishlay oladigan, mehnat jarayoni
talablariga bardosh bera oladigan, Vatan himoyasiga doimo tayotr turuvchi jismonan
baquvvat yosh avlodni voyaga yetkazishni talab etadi. Jismoniy tarbiya kishida
yuqori aqliy va mehnat salohiyatini shakllantirishga yordam beradi.
Jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
• salomatlikni mustahkamlash, to‘g‘ri jismoniy rivojlanishni ta’minlash;
•
aqliy va jismoniy ishchanlik darajasini oshirish;
• tabiiy harakatchanlik sifatlarini rivojlantirish va takomillashtirish;
• yangi turdagi harakatlarga o‘rgatish;
• harakatchanlik sifatlarini (kuch, epchillik, chidamlilik va boshqalar)
rivojlantirish;
• gigienik ko‘nikmalarni shakllantirish;
•axloqiy fazilatlarni tarbiyalash (mardlik, qat’iyatlilik, sabotlilik, intizomlilik,
mas’uliyat, jamoachilik);
•jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy va tizimli shug‘ullanish ehtiyojni
shakllantirish;
•sog‘lom, baquvvat bo‘lish, o‘ziga va boshqalarga quvonch keltirish istagini
rivojlantirish.
Tizimli jismoniy tarbiya jarayoni maktabgacha tarbiya yoshidan boshlanadi,
o‘rta maktabda jismoniy tarbiya majburiy fan sifatida o‘quv dasturiga kiritilgan.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning turli shakllari jismoniy tarbiya darslariga
qo‘shimcha vazifasini bajaradi.
Jismoniy tarbiya tarbiyaning boshqa tarkibiy qismlari bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lib, ular bilan hamkorlikda har tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni
tarbiyalash masalasini hal qilishda ishtirok etadi.
E
stetik (hissiy) tarbiya
- tarbiya va ta’lim tizimining tarkibiy qismlaridan biri
bo‘lib, umumiy estetik ideallar, ehtiyojlar va didni rivojlantirishda ishtirok etadi.
Estetik tarbiya vazifalarini shartli ravishda ikki guruxga bo‘lish mumkin - nazariy
bilimlarni o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish. Birinchi guruxning
vazifalari estetik qadriyatlarni egallash masallarini hal qiladi, ikkinchisi - estetik
faoliyatga faol qo‘shilishni ta’minlaydi.
Estetik qadriyatlarni egallashning vazifalari:
• estetik bilimlarni shakllantirish;
• estetik madaniyatni tarbiyalash;
• o‘tmish estetik va madaniy merosini o‘zlashtirish;
• voqelikka estetik munosabatni shakllantirish;
• estetik his-tuyg‘ularni rivojlantirish;
• insonni hayot, tabiat va mehnat go‘zalliklaridan zavqlanishga o‘rgantish;
• kishi hayoti va faoliyatni go‘zallik qonuniyatlari asosida qurish ehtiyojini
rivojlantirish;
• estetik idealni shakllantirish;
• hamma narsada: fikr, mehnat, xatti-harakatlar, tashqi ko‘rinishning go‘zallik
qonuniyatlari asosida tashkil etishga istakni shakllantirish;
Yestetik faoliyatga kishini jalb qilish vazifasi uning o‘z qo‘li bilan go‘zallik
yaratish faoliyatida ishtirok etishini taqazo etadi: rasm, musiqa, xoreografiya
bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, ijodiy uyushmalar, guruxlar, studiyalar va
boshqalarda ishtirok etish.
Hozirgi zamon maktabida estetik tarbiya shaxsning hissiy dunyosi, estetik
ongini rivojlantirish bilan bog‘liq talablarga to‘liq javob bermaydi. Ta’lim
to‘g‘risidagi yangi qonun, ta’limning zamonaviy kontseptsiyasi dasturi estetik ta’lim
sifatini oshirishning yangi usullarini taklif qiladi. Ta’lim inshootlari san’at qoidalari
asosida yaratilishi kerak
O‘zini-o‘zi tarbiyalash
- bu insonning oldiga qo‘ygan maqsadiga muvofiq
ravishda o‘z shaxsiyatini shakllantirishdir. Insonning o‘zidagi ijobiy fazilatlarini
yanada takomillashtirish va salbiy tomonlarini bartaraf etishga qaratilgan ongli,
maqsadli faoliyatidir. O‘zini-o‘zi tarbiyalashning ilk ko‘rinishlari maktabgacha
yoshdagi bolalarda vujudga keladi. Garchi bu yoshda bola o‘zining shaxsiy
fazilatlarini hali tushuna olmasa-da, uning xatti-harakati kattalarning ijobiy va salbiy
munosabatlariga sabab bo‘lishi mumkinligini tushunadi.
Agar maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshida bola asosan kattalarni
ulaning xulq-atvoriga baholashiga e’tibor qaratsa, o‘smirlik yoshiga o‘tishlarida
tengdoshlar guruhining uning shaxsiy rivojiga ta’siri kuchayadi. O‘zini-o‘zi
tarbiyalashning qulay vositasi bu jamoada har bir bola o‘zining individual
xususiyatlari va moyilligiga qarab o‘z o‘rnini topishiga imkoniyati yaratilsa.
O‘smirlik yoshida bola hulq-atvorida ziga-o‘zi baxo berish ustuvorlik qila
boshlaganida o‘zini-o‘zi bilish, baxo berish, nazorat qilishga intilish yaqqol
namoyon bo‘ldi. Biroq, yetarli darajada ijtimoiy tajriba va psixologik tayyorgarlikka
ega emsligi sababli, o‘smirlar har doim ham o‘z xatti-harakatlari sabablarini to‘liq
tushuna olmaydilar va kattalarning pedagogik yordamiga muhtoj bo‘ladi. O‘z-o‘zini
tarbiyalash darajasi shaxs tarbiyasining natijasidir.
Shaxsni kamol topishga undaydigan omillarga biz ijtimoiy ideallar, axloqiy
andozalar va namunalarni kiritishimiz mumkin. Bu qadriyatlar asosan jamiyatda
shakllanadi. Shuning uchun insoniyat jamiyati tarixining har qanday bosqichida
ijtimoiy muhit kishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga erishish juda muhimdir.
• Har bir bolaning, keyinchalik esa yoshning o‘z ijobiy qaxramoni bo‘lishi,
uning hayoti va faoliyati shaxsiy rivojlanishi va doimiy o‘zini takomillashtirib
borishiga undashi kerak.
• O‘sib borayotgan kishiga uning yoshiga mos kladigan bolalar, maktab va
oliy o‘quv yurti jamoasi eng ko‘p ta’sir ko‘rsatadi.
• O‘yin, sport va ijodiy musobaqalarda shaxsni tan olish uchun kurash muhiti
yuzaga keladi.
• o‘qituvchilar, tengdoshlar va qarindoshlarning o‘rnagi va o‘z ustida ishlash
kabilar taqlid qilish va o‘zini-o‘zi takomillashtirishga intilishni rag‘batlantiradi.
• Dam olish joylarida, jamoat transportida, ko‘chalarda va hokazolarda
vujudga kelgan qulay muhit ham tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi.
Oila bolaga eng katta tarbiyaviy tasir ko‘rsatuvchi institutdir. Tarbiyaviy
ishning maqsadi va mazmunini tushunish oila hayoti bilan yonma-yon borishi kerak.
O‘quvchilar faolligini o‘z o‘rnida rag‘batlantirish maktab, oila va mahalla
tashkilotlarining hamkorlikdagi faoliyati bilan samarali hal etish mumkin.
Pedagogik o‘zaro ta’sir - bu tarbiyachi va tarbiyalanuvchining tarbiyaviy ish
jarayonida birgalikdagi faoliyati jarayoni va bolaning shaxsiyatini rivojlantirishga
qaratilgan. Bu pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri, shuningdek, ta’lim
jarayonining ilmiy tamoyilidir.
Xulosa sifatida qayd etish mumkinki, taribyaning usullari, shakllari va
vositalari, agar ulardan to‘g‘ri foydalanilsa, o‘qituvchining natijaga erishish
imkoniyatlarini kengaytiradi.
Nazorat savollari:
1.
Nima sababdan eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, deb hisoblanadi?
2.
Ijtimoiy hayotning tarbiya mazmuniga ta’siriga misollar keltiring?
3.
Ma’lumki tarbiya aniq maqsadga yo‘naltirishgan faoliyatdir, lekin uning
natijasini nima sababdan oldindan aytib bo‘lmaydi?
4.
Nima sababdan o‘qituvchining ijobiy o‘rnak ko‘rsatishi shaxsning ongini
shakllantiruvchi usulga kiradi?
5.
Jamoaviy tarbiyaning ijobiy ta’siri nimalarda namayon bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |