qaratilgan. Inson egallagan har qanday bilim, qobiliyat, ko‘nikma uning uchun
ahamiyatli bo‘lishi, uning dunyoqarashining bir qismiga aylanishi kerak. Bilimning
jamiyat manfaati uchun qo‘llashdan iborat ijtimoiy maqsadi axloqiy tarbiya orqali
amalga oshiriladi
2
.
Mehnat tarbiyasi
. Bamani inson hayotiy orzularini
samarali va matonatli
mehnat orqali ro‘yobga chiqarishga intiladi. Mehnat tarbiyasi kishiga ishlab
chiqarish, ishlab chiqarish munosababatlari, jarayonlari va qo‘llaniladigan mehnat
qurollari to‘g‘risida bilim beradi, ko‘nikma va malaka xosil qilishiga ko‘maklashadi.
Mehnat tarbiyasi har tomonlama va yuksak rivojlangan shaxsni tarbiyalashning
asrlar davomida sinalgan va ishonchli vositasidir.
Mehnat tarbiyasi tarbiya jarayonining mehnatni yuzaga keltiradigan, ishlab
chiqarish munosabatlari shakllanadigan, mehnat qurollari
va ulardan foydalanish
usullari o‘rganiladigan sohalarni qamrab oladi.
Tarbiya jarayonida mehnat shaxsni shakllantirishining yetakchi omili,
dunyoni ijodiy o‘zlashtirish usuli, mehnat sohalarida tajriba to‘plash vositasi,
umumta’lim o‘quv materialini tashkil qiluvchi manba, jismoniy va estetik
tarbiyaning ajralmas qismi kabi sohalarda chiqishi mumkin.
Tarbiyaga ishlab chiqarish bilan bog‘liq mehnat, ya’ni moddiy boyliklar
yaratiladigan turi barakali ta’sir ko‘rsatadi. Zero har qanday ishlab chiqarish moddiy
boyliklar yaratilishi bilalan birga ijodiy mazmunga ega jarayondir.
Samarali mehnat quyidagilar bilan tavsiflanadi:
• moddiy natija;
• tashkilot;
• mehnat munosabatlari tizimiga jamiyatning kiritilishi;
• moddiy rag‘batlantirish.
Aqliy tarbiya
- deganda tarbiyachilarning o‘quvchilarni aqliy kuchi va
tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan maqsadli faoliyati tushuniladi.
Tafakkurni rivojlantirish deganda, kshining ob’ektiv borliqdagi predmet va
voqeliklarni o‘zaro aloqalari va munosababtalrini bavosita va umumlashtirilgan
xolatda bilish jarayoni, miya faoliyati mahsuli tushuniladi.
Quyidagi fikrlash turlari mavjud:
1) mantiqiy;
2) mavhum;
3) umumlashtirilgan;
4) nazariy;
5) texnik;
6) reproduktiv;
7) ijodiy.
Mantiqiy fikrlash quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
1) bilimlarni mantiqiy qayta ishlash usullarini o‘zlashtirish, ya’ni
yangi
ma’lumotlar va ilgari o‘rganilgan material o‘rtasida umumlashtirilgan aloqalarni
o‘rnatish, ularni ma’lum bir tartibli tizimga keltirish;
2) tushunchalarni aniqlash qobiliyati;
2
Қаранг: Abdulla Sher Axloqshunoslik. Darslik. – T., – B 312.
3) mulohaza yuritish, isbotlash, rad etish, xulosalar chiqarish,
taxminlar
(gipotezalar, bashoratlar) qilish usullarini o‘zlashtirish.
Mavhum fikrlash - bu odamning ahamiyatsiz, ikkilamchi, belgilardan
chalg‘itishi, umumiy va muhimni ajratib ko‘rsatish va shu asosda mavhum
tushunchalarni shakllantirish qobiliyatidir.
Umumlashtirilgan fikrlash ma’lum bir hodisalar guruxiga taalluqli umumiy
tamoyillar yoki harakat usullarini topish qobiliyati bilan tavsiflanadi.
Nazariy fikrlash quyidagilar bilan tavsiflanadi:
1) umumlashtirishning yuqori darajasidagi bilimlarni o‘zlashtirish qobiliyati;
2) u yoki boshqa bilimlar sohalarining rivojlanishining
ilmiy asoslari va
tamoyillarini tushunish.
Texnik tafakkur ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy asoslari va umumiy
tamoyillarini, insonning texnologiya bilan ishlashga psixologik tayyorgarligini
tushunishidir.
Reproduktiv fikrlash ma’lum turdagi muammoni hal qilish yoki tanish
sharoitlarda harakatlarni bajarishda bilim va imkoniyatlaridan foydalanish.
Ijodiy fikrlash - bu shaxsning o‘ziga malum bo‘lgan bilimlar asosida, ularni
hal qilish uchun zarur bo‘lgan yangi ma’lumotlar, usullar va vositalarni jalb qilgan
holda amalga oshiriladigan yangi, ilgari noma’lum vazifalarni mustaqil ravishda hal
qilishdir.
Aqliy kuchlar degenda ongning rivojlanganligi darajasi tushuniladi, uning
asosida
odam bilimini oshirib boradi, aqliy harakatlarni bajaradi va ma’lum
intellektual vazifalarni o‘zlashtirishga qodirlik tushuniladi.
Aqliy tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iboraort:
1) aqliy faoliyatning sharti sifatida bilim zahirasini yaratish;
2) asosiy aqliy hatti-harakatlarni o‘zlashtirish;
3) intellektual faoliyatni keltirib chiqaruvchi intellektual qobiliyatlarni o‘zida
shakllantirish;
4) dialektik-materialistik dunyoqarashga ega bo‘lish.
Kishining bilimlar zaxirasini o‘zlashtirishda quyidagilar muhim ahamiyatga
ega:
1) kishining maqsadga intiluvchanligi;
2) uning oldiga qo‘ygan maqsadlari, faolligiga undaydigan sabablar;
3) umum o‘quv qobiliyatlari;
4) uzoq muddatli intellektual faoliyatni belgilash.
Odamning aqliy rivojlanishi va fikrlash qobiliyati quyidagi asosiy aqliy
harakatlarni o‘zlashtirishinitalab qiladi:
1) tahlil qilish;
2) sintez;
3) taqqoslash;
4) tasniflash.
Do'stlaringiz bilan baham: