a) o‘qituvchining fikri (bu madaniyatda umumiy qabul qilingan xolat,
o‘qituvchi bildirgan fikr, shaxsiy munosabat ko‘rinishidagi xabar bo‘lishi mumkin);
b) o‘qituvchining
dalillari, asaslari, uning voqea va xodisalarning ichki
yashirin ma’nosini ochishi (ko‘rgani, bajargani, talabaning o‘qigani);
v) ijtimoiy hayotda yuz beradigan manfaaatlar to‘qnashuvi haqida
o‘qituvchining maslahati, tavsiyasi;
g) o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti (masalan, badiiy obrazni idrok
etishdagi taassurotlar almashinuvi);
d) munozara (to‘satdan yoki maxsus tashkil etilishi mumkin).
2. Ijobiy o‘rnak ko‘rsatish usuli. Bir donishmand insonning ma’naviy
kamoloti uchun uchta shart-sharoit zarur:
buyuk maqsad, buyuk to‘siq va buyuk
ibratlar zarur, degan ekan.
Uning mohiyati shundaki, talabani o‘z ustida faol ishlashga, fazilatlarini
rivojlantirish va takomillashtirishga, undagi kamchiliklarni bartaraf etishga intilishi
(htiyoj)ni uyg‘otish uchun boshqa odamlarning (omma e’tiboriga sazavor bo‘lgan)
hulq-atvori va faoliyatiga oid misollardan foydalaniladi. Ijobiy namunaning
talabalar
tarbiyasiga
ta’siri ko‘rsatishining psixologik asosi ulardagi
taqlidchanglikdir.
Talabaning o‘qituvchida idealini ko‘rishi maqsadga muvofiq.
II
. O‘quvchilarning yaxshi hulqini rag‘batlantirish va kamchiliklarini tuzatish
usullari:
1. O‘rnak ko‘rsatish usuli.
2. Pedagogik talab usuli. Talab – bu o‘quvchi xulq-atvorini tuzatishga
qaratilgan muayyan harakatlar yoki harakatlarga bevosita rag‘batlantirish usuli.
Vostitalar:
a) o‘quvchiga biror vazifani bajarish yoki yordam ko‘rsatishi haqidagi iltimos;
b) o‘qituvchilar yoki ma’muriyatining ko‘rsatmalari yoki buyruqlari;
v) xulq-atvor qoidalarini shakllantirish;
g) buyruq-ko‘rsatma (masalan, favqulodda
vaziyatda yoki kimnidir
ranjitadigan vaziyatda qo‘llaniladi);
d) tarbiyalanuvchiga vakolat berish.
O‘qituvchida mehr (samimiy), qat’iyatlilik (dono) va talabchanlik (ota-
onaning) uyg‘unlashishi zarur.
3. Rag‘batlantirish usuli. Vositalar:
a) ijobiy baho (og‘zaki, mimik, plastik mazmundagi o‘ta ixcham shakli);
b) maqtov (tasdiqlashning batafsil shakli, baholash sababini yoki asosini
batafsil tushuntirish);
v) minnatdorchilik (talaba bajargan ishning ahamiyatini shaxan yoki jamoada
xizmatini tan olish);
g) taqdirlash (sovg‘a, ramziy nishonlash);
d) unvon berish (shaxsining fazilatlarini tan olish yoki kelajagiga ishonch
bildirish).
4. Jazolash usuli. Vositalar:
a) ma’qul deb topmaslik (ayblash);
b) tanbeh;
v) hayfsan berish;
d) jamoadan chetlashtirish (yotoqxonadan, o‘quv guruhidan, kollejdan);
e) tabiiy oqibatlar usuli – o‘quvchining xatti-harakati qanday oqibatlarga olib
kelishini mantiqiy asoslash (J.J. Russo).
III
. O‘quvchilarning faoliyati va xulq-atvorini tashkil etish usullari:
1. Mashq qilish usuli - mohiyati bir xil harakatlarni takrorlashdan iborat.
Vositalar:
a) o‘rgatish;
b) xulq-atvor ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi maxsus trening o‘tkazish;
v) axloqiy-psixologik qoidalar asosida o‘yin tashkil etish.
2. Musobaqa usuli.
3. Boshqa faoliyat turiga o‘tish usuli (“hissiyotlarni o‘zgartirish”).
4. O‘quvchining xulq-atvorini nazorat qilish va o‘zini-o‘zi nazorat qilish usuli.
A.S. Makarenko kashf etgan tarbiya usullari:
a) jamoaviy tarbiya (tarbiyalanuvchilar umumiy do‘stona, maishiy,
mehnat
manfaatlari asosida birlashuvi, jamoaning tarkibiy qismi ekanligini anglash);
b) o‘zini-o‘zi boshqarish (Makarenko guruhga rahbarlik muddati 6 oydan oshmagan,
har bir bola rahbar bo‘lish imkoniyatiga ega edi); v) mehnat tarbiyasi (mehnat aniq
maqsad asosida tashkil etilgan, natijasi qisqa muddatda ko‘rinishi talab qilingan);
g) o‘qituvchi murabbiy, ota-ona (o‘qituvchi ziyorak, samimiy bo‘lishi kerak, bolalar
sohtalikni darrov biladi); d) intizom (tarbiya vostasi, yoki usuli emas balki natijadir).
Tarbiyaning usul va vositalari asosida tarbiyani tashkil etish shakllarini ishlab
chiqish talab etiladi. Tarbiya shakli – tarbiya jarayonining tashqi ifodasidir.
Pedagogik adabiyotlarda tarbiyaviy ish olib borish shakllariga turlicha yondashuvlar
mavjud.
Tarbiyaga jalb etilgan odamlarning qamroviga ko‘ra shartli ravishda uni
quyidagi shakllarga bo‘lish mumkin:
• individual;
• mikrogruppaviy;
• guruxiy (jamoaviy);
• ommaviy.
Tarbiyaviy ish sohalarga ajratiladi: aqliy, axloqiy, estetik, mehnat, jismoniy
tarbiya.
Do'stlaringiz bilan baham: