4.
Protsessor texnologiyasi.
Tayanch iboralar: dastlabki Elektron hisoblash mashinasi, EHM avlodlari, shaxsiy
kompyuterlar, kompyuter turlari, kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari:
monitor, klaviatura, protsessor va uning ichki qurilmalari, sichqoncha; printer, skaner,
modem, faks-modem, proyektor (doskasi), veb-kamera, UPS, XUB, kolonkolar (ovoz
kuchaytirgich), mikrofon, naushnik, disk yurituvchu (CD va DVD ROM), CD va DVD
disklar, flеsh disk.
Hozirgi vaqtda inson xayotiga kompyuter jadal kirib kelmoqda. Kompyuter ish
yuritishni osonlashtiradi, yangi xujjatlar va har xil matnlarni tez va sifatli tayyorlash va
taxlil qilish, telefon aloka orqali axborotlar bilan almashish, murakkab xisob kitoblarni
tez bajarish va ishlab chiqarish jarayonini osonlashtiradi. Yakin kelajakda kompyutersiz
xayotimizni tasavvur qilib bulmaydi. Shuning uchun har bir kishiga tushunarli bo‘lgan
kichik hajmdagi bilimlar juda kerak bo‘ladi.
Inson xisoblay boshlashidagi dastlabki xisoblash vositasi bo‘lib odamlarning
barmoqlari xizmat kilgan. Ammo ular yordamida faqat sanash ishlarni bajargan (sabab
barmoqlar soni cheklangan). Shuning uchun asta sekin sun’iy xisoblash vositalari
vujudga kela boshlagan. Ulardan birinchilari bo‘lib toshlar va tayokchalar bo‘lgan.
Sungra abak (grek, misrlik, rimlik, xitoylik suan-pan va yaponlik soroban), Neper
tayokchalari, rus schyotlari vujudga kelgan.
Ammo odamzod, uziga uxshash mexanik mashinani - yordamchini (robotni)
yaratish orzusi bilan yashab kelgan edi. 1623 yilda nemis olimi Vilgelm Shikard (1592-
1636) tomonidan ixtiro qilingan mexanik moslama mexanik xisoblash mashinalar
davrini boshladi. Ammo Shikard mashinasi xam aslida birinchi bo‘lmagan, chunki
buyuk italiyalik rassom, olim va matematiki Leonardo da Vinchining nashr etilmagan
kulyozmasida 13-ta raqamli sonlarni kushi shva ayirish amallarni bajaruvchi mexanik
moslamaning chizmasi topilgan. Shuni aytish lozimki Leonardo da Vinchi xamda
Vilgelm Shikard moslamalari xayotda qo‘llanilmagan bo‘lib qolgan. Mexanik xisoblash
mashinalarni yaratilish tarixining dastlabki sahifalaridan biri fransuz faylasufi,
yozuvchisi, matematiki va fiziki Bleyz Paskal (1623-1662) nomi bilan boglik. U 1642
yilda birinchi jamlovchi (qo‘shish va ayirish) mashinani yaratdi. 1673 yilda esa boshqa
olim nemis Gotfrid Vilgelm Leybnis (1646-1716) 4-arifmetik amalni bajaruvchi
mashinani yaratdi. XIX asrdan boshlab bu mashinalarga uxshash mashinalar juda kup
qo‘llanar edi. 1820 yilda Sharl de Kolmar tomonidan birinchi kalkulyator -
ARIFMOMETR yaratildi.
1885 yilda amerikalik ixtirochi Uvilyam Barrouz klaviatura va qog‘ozga
pechatlash uskunalardan iborat arifmometrni yaratdi.
Universal avtomatik xisoblash mashinani yaratish goyasi va loyixasi Kembridj
universitetining profesori Charlz Beybidjga (1792-1871) mansubdir. Uning loixasi
bo‘yicha bu mashina xotira qismi, xisoblash qismi, boshqarish qismi va chiqarish
qismiga ega bo‘lishi shart edi.
XIX asrning oxirida va XX asrning urtalarida fan va texnikaning barcha
sohalarida juda kuplab kashfiyotlar va ixtirolar kilindi. Bu kup mexnat talab qiladigan
mashinalarni yaratishga zarurat paydo kildi. Beybidjning loyixasi asosida kup olimlar
mashinalar yaratishga harakat kilgan. 1988 yilda amerikalik injener German Xollerit
birinchi elektromexanik xisoblash mashinani - TABULYaTORNI yaratdi. Ushbu
mashina rele asosida ishlagan bo‘lib perfokartalarda yozilgan ma’lumotlar bilan ishlay
olar edi. 43-ta Xollerit tabulyatorlari 1890 yilda bo‘lib utgan 11-chi Amerika axolini
ruyxatdan o‘tkazishda ishlatilgan.
1930 yilda amerikalik olim Vannevar Bush tomonidan kompyuterning katta
elektromexanik analogi - DIFFERENSIAL ANALIZATORI yaratilgan. Ushbu
mashinada ma’lumotlarni saqlash uchun elektron lampalar qo‘llanilgan. 1941 yilda
nemis injeneri Z3 nomli birinchi bo‘lib dasturlarda ishlovchi xisoblash mashinani
yaratdi. 1943 yilda Buyuk Britaniya maxfiy laboratoriyalarida Alan Tyuring
boshchiligida elektron lampalarda ishlovchi Koloss nomli birinchi EXM (elektro
xisoblash mashinasi) yaratildi. 1944 yilda AKShning harbiylari uchun amerikali injener
Govard Eyken elektromexanik rele asosida ogirligi 35 tonnali EXM yaratdi. Bu
mashinani nomi MARK-1 edi. Lekin uning tezligi shu zamon talablariga javob bermas
edi. 1946 yilda amerikali olimlar Djon Mochli va Prespera Ekerta birichi universal
to‘liq elektron hisoblash mashinani yaratdilar. Ushbu mashina elektron lampalar asosida
ishlar edi va uning nomi ENIAC edi. U MARK-1 dan ming marta tezkorrok edi, leykin
uning xam kamchiliklari bor edi: ogirligi - 30 tonna; uzunligi 170 kvadrat metr xonani
egallar edi; tarkibida 18 000 elektrolampalar bor edi; ishlash jarayoni juda murakkab va
bu mashina juda tez ishlamas edi (sekundiga 300 kupaytirish yoki 5000 qo‘shish
amallari bajarishi mumkin edi). Shu kamchiliklarni bartarab qilish uchun olimlar juda
kup mexnat kilar edi. Birinchi EXM lar avlodi lampali deb nomlanadi. 1947 yilda
BELL laboratoriya xodimlari V. Shokli, J. Bardin iva V. Berteyn tomonidan birinchi
tranzistor kashf etildi. 1948 yildan esa elektron lampalar o‘rniga kashf etilgan
tranzistorlar qo‘llana boshlandi va shuning uchun 2 avlod EXM lari tranzistorli deb
nomlangan. 1949 yilda Djey Forrester tomonidan magnitli xotira uskunalari yaratildi va
shu yilda Kembridj universitetida birinchi xotiraga ega EXM - EDSAC nomli EXM
yaratildi. 1959 yilda Robert Noys (INTEL firmani aratgan odam) bitta plastinada bir
nechta tranzistorlarni joylashtirib integral sxemalar yoki chiplarni yaratgan. 1968 yilda
Burroughs firma tomonidan integral sxemalarda ishlaydigan birinchi kompyuterni
chiqardi va shuning uchun uchinchi EXMlar avlodi katta integral sxemali deb
nomlanadi. Shu yilda amerikali injeneri Duglas Endjelbart xozirgi sichqoncha qurilma
vazifasini bajaruvchi uskunani yaratdi. 1970 yildan boshlab INTEL firma xotiraning
integral sxemalarni chiqara boshladi. Shu firmada ishlagan Marshian Edvard Xoff shu
yilda mikroprosessorni kashf etgan (bita kremniy chipda bir nechta integral sxemalarni
joylashtirdi). Shu yildan boshlab mikroprosessorlarda ishlovchi turtinchi EXMlar avlodi
boshlandi, ular kichik integral sxemali avlod deb nomlanadi.
1973 yildan boshlab EXM tarixining yangi sahifasi, personal kompyuterlar
sahifasi boshlandi. Shu yilda fransiyadagi Truong Trong Ti firma tomonidan birinchi
personal kompyuter yaratildi. Shu bilan birga 1973 yilda dunyoga tanikli XEROX firma
tomonidan Alto nomli shaxsiy kompyuter yaratilgan. Ushbu kompyuterda birinchi
bo‘lib fayllar va dasturlarni oynalar ko‘rinishda ochish prinsipi qo‘llanilgan.
1977 yilda Apple Computer firma tomonidan Apple-II nomli shaxsiy
kompyuterlar ommaviy ravishda chiqarila boshlagan. Ushbu kompyuterlar plastmass
korpus, klaviatura va displeyga ega bo‘lgan.
1980 yilda Osborne Computer firma birinchi portativ kompyuterlarni chiqara
boshladi. Ushbu kompter ogirligi 11 kg, juda kichkina hajmga ega bo‘lgan va narxi atigi
1795 dollar bo‘lgan.
1981 yildan boshlab IBM (International Business Machines) firma tomonidan
personal kompyuterlar seriyalab chiqara boshlandi va butun dunyoga sotila boshlandi.
Shundan beri kompyuter xayotimizda mustaxkam joylashib, axborotni qayta ishlashning
eng zamonaviy vositasiga aylandi va butun dunyoga tanikli bo‘ldi. Shuning uchun
personal kompyuterlar standarti shu kompyuter nomi bilan nomlanadi - IBM PC
(personal computer).
Shaxsiy kompyuterning umumiy ko‘rinishi, uning qurilmalari
Kompyuter o‘zi nima? Kompyuter bu insoniyatning eng ajoyb kashfiyotlaridan
biridir. Xozirgi kunda kompyuter xayotimizning barcha sohalariga shiddat bilan kirib
bormoqda. Agar boshida personal kompyuter asosan ma’lumotlarni saqlash va ularni
qayta ishlash uchun foydalangan bo‘lsa, xozirgi kunda esa kompyuterlar audio, video va
chizmachilik ma’lumotlar bilan ishlash uchun keng foydalanadi. Kelajakni uningsiz
tassavur qilish mumkin emas.
Kompyuterning asosiy qismlari:
Sistema bloki. Kompyuterning asosiy qismi bo‘lib,
uning ichida ona platasi, mikroprosessor, kattik disk
(vinchester), tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, har xil
tashqi qurilmalar ishini boshqaradigan elektron sxemalar
(kontrollerlar yoki adabterlar), elektr ta’minlovchi blok
va disk yurituvchilar bor. Bu qism bilan biz keyingi mavzularda yaqinroq tanishamiz.
Monitor - displey yoki ekran. Ma’lumotlarni ekran orqali foydalanuvchiga
chiqarish qismi. Monitorlar diogonal
uzunligi 14 - 27 dyuymgacha) va
nuktalar urtadagi masofa (0,25 - 0,39
milimetgacha)
bilan
farqlanadi.
Bundan
tashqari
monitorlar rangli va monoxrom (2
rangli)
bo‘ladi.
Qancha monitorda diogonal uzunligi
katta bo‘lsa, shuncha shu monitor kuprok ma’lumotlarni kusata oladi. Qancha nuktalar
urtasidagi masofa kichkina bo‘lsa, shuncha ekrandagi ma’lumotlar anik holda kurinadi
Klaviatura. Ma’lumotlarni kiritish
qismi. Klaviaturalar tugmalar soni (101-
109
tugmali)
bo‘yicha
farqlanadi.Klaviatura bilan biz keyingi mavzularda yaqinroq tanishamiz.
Sichqoncha.
Amallarni
tanlash qismi. Sichqonchalar
tugmalar soni (2 va 3 tugmali) va ishlash holatlari
(trekbol
va
sensor panel) bo‘yicha farqlanadi.
Printerlar. Ma’lumotlarni bosmaga chiqarish
qismi. Printerlar lazer, matrisali (ignali) va sepuvchi
turlari bor. Har biri ishlash holati, tezligi, bosmani
sifati va narxi, xamda ranglar bo‘yicha farqlanadi.
Matrisali printerlar pechatlash moshinaga uxshagan
holda ishlaydi. Qog‘oz va ignali qurilma urtasida kora rangli lenta joylashadi va ignalar
lentaga urganda qog‘ozda nuktalar paydo bo‘ladi. Bu printerlar narxi urtacha, ular juda
sekin va shovkin ishlaydi, bosmani sifati juda past, rangsiz, leykin bosmani narxi juda
arzon. Ishlash vaqtida kraskalangan lenta kerak bo‘ladi. Sepuvchi printerlarda qog‘oz
ustidan kraska joylashgan qurilmalar harakatlanadi va kerakli joyda kraska bilan nuxta
koldiriladi. Sepuvchi printerlar narxi past, ular urtacha tezligda va urtacha shovkin bilan
ishlaydi, bosmaning sifati urtacha, rangli bo‘lishi mumkin, bosmani narxi kimat. Ishlash
vaqtida kraskalar kerak bo‘ladi. Lazer printerlarni pechatlashi kserokslar ishlashiga
uxshash holda bo‘ladi. Qog‘oz magnitlangan qurilma ustidan utib kerakli joylar
magnitlanadi, keyin maxsus poroshok joylashgan qurilma tagidan utib magnitlangan
joylarga poroshok yopishadi va keyin issik qurilma ustidan qog‘oz utib shu poroshok
eridi va nukta hosil qilinadi. Lazer printerlar narxi baland, ular yuqori tezligda va
shovkinsiz ishlaydi, bosmaning sifati yuqori, rangsiz, bosmaning narxi urtacha. Ishlash
vaqtida poroshok kerak bo‘ladi.
Modem. Ma’lumotlar bilan telefon aloka orqali almashish qismi.
Modemlar tezligi (2400 bit sekunddan - 33600 bit sekundgacha)
bo‘yicha farqlanadi. Telefonda hamma ma’lumotlar tovush holatida
bo‘ladi, kompyuterda esa raqamlar holatida. Shuning uchun bitta modem raqamlarni
tovush holatiga o‘tkazadi, ikinchisi esa tovushlarni raqamlarga o‘tkazadi. Bu holat
modelirovaniye va demodulirovaniye deb nomlanganligi uchun bu qurilmalar MODEM
deb nomlangan.
Skanerlar.
Tasvir
va
matn
ma’lumotlarni kompyuterga kiritish qismi.
Skanerlar rangli va rangsiz bo‘ladi. Ular tasvirlarni olish sifati bo‘yicha farqlanadi.
Aktiv kolonkalar. Musika va har xil tovushlarni chiqarish qurilmasi. Aktiv
kolonkalar dinamiklar soni (1 yoki 2 dinamikli) bo‘yicha farqlanadi. va xokazo.
Proyektorlar va ekranlar ma’lumotlarni yirik
o‘lchamda
tasvirlash
uchun
ishlatiladigan
qurilmalardir. Unda tasvir o‘lchami ekranda yirik
holatda aks ettiriladi. Bu qurilmalar kompyuter bilan birgalikda
foydalanishga
mo‘ljallangan
bo‘lib,
ko‘proq
katta
auditoriyalarda va zallarda hamda turli majlislarda prezintasiya
va
videoroliklarni namoyish qilish uchun ishlatiladi.
Videoproyektor kompyuter va shunga o‘xshash namoyish
vositalarining alohida qo‘shimcha monitori hisoblanib, tasvirlarni yirik hajmda
tasvirlash uchun mo‘ljallangan.
Ekran - videoproyektor orqali yoritilayotgan materiallarni o‘zida tasvirlovchi
element.
Kamera (web-kamera) – kompyuter
xotirasi kichik lavhalarni, tasvirlarni va
suratga olish, rasm tushirish uchun mo‘ljallangan qurilma.
Sistema bloki
SISTEMA BLOKI: sistema bloki quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1. Ona PLata(MB-Mother Board).
2.Mikroprotsessor(CPU-Central Protsessor Unit).
3.Operativ(tezkor) xotira (RAM-Random Access Memory).
4.Qattiq disk(doimiy xotira) (HDD- Hard Disk Drive).
5. Videoxotira(Videokarta)(VGA-Video Graphic Adapter).
6 Blok Pitaniya (ATX).
7. Diskovot (DVD-RW, Floppy)....
Qachonki kompyuterni yoqganimizda Blok pitaniyadan Motherboardga va HDD
ga hamda Kuller(vintilyator)ga 12,5,3 voltli toklar keladi. Motherboardga kelgan tok
yordamida Mikroprotsessor shu Motherboardning registorida(o'zini xotirasida)
joylashgan BIOS dasturiga boradi va uni buyruqlarini bajara boshlaydi. BIOS asosan
qurilmalarni tekshirish uchun ishlatiladi. Qurilmalar ishga soz xolatda ekanligini
bilgach, Microprotsessor CMOS xotiradagi Qattiq diskni Operatsion tizim yuklanuvchi
fayli BOOT.exe joylashgan sektoriga ko'rsatkich orqali qattiq diskga yetib boradi va
operatsion tizimni ishga tushiradi.
Operatsion tizimni ishga tushirishda uning eng asosiy qismlarini operativ xotiraga
qattiq diskdan yuklab oladi, so'ng shu qismlaridagi buyruqlarni birma bir bajaraveradi.
Qachonki siz biror dasturni ishga tushirganingizda sichqonchani dastur ustida
bosishingiz mikroprotsessor uchun operatsion tizimning yangi bir "Dasturni och!"
buyrug'ini bajarishiga turtki bo'ladi. Dasturni ochishda shu dastur joylashgan qattiq
diskdagi sektorga mikroprotsessor yetib boradi va u yerdan ham dasturning kerakli
qismlarinigina olib chiqadi, hamda ularni ham operativ xotiraga joylab qo'yadi. Shunda
operativ xotirada ham operatsion tizimning o'zini kerakli qismlari ham dasturni kerakli
qismlari yuklanadi. siz dasturda ishlash jarayonida yana bir boshqa buyruq bersangiz,
masalan "natijani xotirada saqla!" - mikroprotsessor borib, dasturni saqlash uchun
ishlatiladigan qismini chaqirib keladi va uni ham operativkaga yuklaydi. so'ng uni
buyrug'i bo'yicha siz hosil qilgan hujjatni olib, qattiq diskga boradi va uni biror joyiga
shu hujjjatni yozib qo'yadi. Hujjat ayni qaysi dasturga tegishli ekanligini keyingi
kelishlarda bilishlik uchun hujjat ortiga dasturning mahsus kengaytmasini (masalan
Microsoft office word 2007 dasturida bu kengaytma "docx")nuqtadan keyin yozib
qo'yadi,
masalan
hujjat_nomi.docx.
Mikroprosessor
yoki
prosessor-
Kompyuterning
miyyasi.
Kompyuter ishini boshqarish,
barcha
xisob-kitoblar va buyruqlarni bajarilishini ta’minlaydi. U kichkina, to‘rtburchak
elektron sxema sekundiga bir necha yuz million amallarni bajaradi. Uning tezligi
Megagerslarda xisoblanadi va prosessor nomidan keyin yoziladi, masalan Pentium 700.
Kontroller yoki adabterlar - Ular har xil
tashqi qurilmalar ishini ta’minlaydilar. Ishlash
holatlari bilan farqlanadi (video plata, tovush
plata, tarmoq platasi va ...).
Ona platasi Mother board - Asosiy
elektrosxema bo‘lib unga prosessor, tezkor va
kesh
xotira mikrosxemalari, kontroller va adabter
elektrosxemalari o‘rnatiladi, kattik disk va disk
yurituvchilari ulanadi.
Disk yurituvchilari - Bu egiluvchan va
kompakt disklardagi ma’lumotlarni ukish va ularga
saqlash ishlarni bajaradigan qismi.
Elektr ta’minlovchi blok - Har bir kisimning uziga mos elektr-kuvvat extiyojini
ta’minlovchi blok.
Sichqoncha va klaviaturada bajariladigan amallar
Kompyuterning asosiy kisimlaridan biri bu sichqoncha. U 3
xil bo‘ladi: standart, trekbol va sensor panel. Standart
sichqonchalar stol ustida ishlatish zarur bo‘lgan, sensor panel
bilan trekbollar esa noutbuklar uchun yaratilgan va ular pastki
paneli ichiga o‘rnatilgan bo‘ladi.
Sichqoncha ichida rezina ichiga joylashgan temir sharik bor, u stol bo‘yicha
harakat kilganda maxsus roliklar va indikatorlar orqali ushbu harakat kompyuterga
junatiladi va ekrandagi sichqoncha ko‘rsatkichi (strelkasi) biz belgilagan yunalishda
harakatlanadi.
Sichqonchaning ikkita tugmasidan chap tugmasi asosiy, ung tugmasi esa
yordamchi bo‘ladi. Asosiy tugma bilan biz tugmalarni bosamiz, amallarni tanlaymiz,
rasm chizamiz va har xil obyektlarni chuzib joyini o‘zgartiramiz. Ung tugma esa bizga
yordamchi menyuni ekranga chikaishda yordam beradi.
Kompyuterning yana bir asosiy qismidan biri bu klaviatura. Klaviatura yordamida
biz asosan ma’lumotlarni kiritamiz. Klaviatura harflar joylanishi bo‘yicha ingliz
(QWERTY) va fransuz (AZERTY) standartlariga bulinadi.
Klaviatura 5 qismdan iborat:
Asosiy yoki alfavit va raqamli tugmalar: Bu qismi 57 ta tugmadan iborat: 36 lotin
harf va belgilar, 10 raqam va 10 maxsus tugmalar. Ko‘p tugmalarda bir nechta belgilar
yozilgan. Har xil rangda yozilgan harflar, belgilar har xil til standartiga mos. Til
standartini o‘zgartirish klaviaturalarda har xil (ung Alt va Shift yeki ikkita Shift yeki
ung Ctrl va Shift tugmalarni birga bosish). Maxsus tugmalar bilan yaqinroq tanishaylik.
Shift - Agar siz harflar tugmasini bosgangiz u holda kichik harf kiritiladi, agar sizga
katta harf kerak bo‘lsa u holda maxsus Shift tugmani bosib, qo‘yvormasdan shu harf
tugmasini bosishiz kerak. Agar bitta rang bilan bir nechta belgilar yozilgan bo‘lsa u
holda ulardan pastkidagi asosiy, yuqoridagi passiv deb nomlanadi. Tugmani bosganizda
asosiy belgi kiritiladi. Agar sizga passiv belgi kerak bo‘lsa u holda siz maxsus tugmani
bosib, qo‘yvormasdan belgi tugmasini bosishiz kerak. Caps Lock - Bu tugma yordamida
Shift bosilib turgan holatini (faqat harflar uchun) yokamiz yoki uchiramiz.
Funksional tugmalar: Maxsus buyruqlar va amallarni bajarish tugmalari F1 - F12.
Har xil dasturlar bu tugmalarga har xil amallarni o‘rnatadi.
Yordamchi tugmalar: Alt, Ctrl, Shift. Bu tugmalar hech qanday amal bajarmaydi,
balki bo’larning yordamida boshqa tugma birgalikda bosilsa amal bajariladi.
Boshqa (maxsus) tugmalar: Home - Satr boshiga utish. End - Satr oxiriga utish.
PgUp - Bir sahifa yuqoriga utish. PgDn - Bir sahifa pastga utish. Insert - Belgilarni
uchirib ustiga yozish yoki ularni siljitib urtasiga yozish holatini urtnatish. Delete -
Keyin (ungda) joylashgan bitta belgini uchirish. Tab - Keyingi bo‘limga yoki qismga
utish. Backspace - Oldin (chapda) joylashgan bitta belgini uchirish. Enter - Yangi satrga
utish yoki ma’lumotlarni kiritish. Esc - Oxirgi harakatdan voz kechish. Yo‘nalish
tugmalari: Kursor joylanishini o‘zgartiradi. Kursorni bitta belgi chapga, yuqoriga, ungga
va pastga siljitish.
Do'stlaringiz bilan baham: |