Reja: Tahlil yo’nalishi tushunchasining mohiyati va mazmuni



Download 76 Kb.
bet1/2
Sana05.06.2022
Hajmi76 Kb.
#638181
  1   2
Bog'liq
10. Asar badiiy tahlili


Asar badiiy tahlili yo’nalishlari va badiiy asarning ilmiy tahlili

Reja:


1. Tahlil yo’nalishi tushunchasining mohiyati va mazmuni.
2. Badiiy matnni o’rganishda tahlil yo’nalishini tugri belgilash.
3. Genetik va tipologik yo’nalishga xos xususiyatlar.
4. Funksional va falsafiy yo’nalish sifatlari
5. Tahlilning psixologik va filologik yo’nalishi.
Badiiy tahlilda qat'iy ilmiy tartibga rioya etgan holda so’zdan obrazga, obrazdan goyaga qarab boriladi va tahlilning barcha bosqichlarida badiiy so’zning estetik jozibasi diqqat markazida turadi. Tahlil etilayotgan asarni qaysi jihatdan o’rganish, tadqiq etish lozimligini belgilash uning yo’nalishini tayin etadi. Badiiy asar tahlilning to’laqonli bo’lishi, ko’p jihatdan tahlilchining matnni qanday yo’nalishda tekshirishni aniq bilishiga bogliqdir. Adabiy asar tahlili bilan maxsus shugullangan mutaxassislarning ko’rsatishlaricha, amaliyotda badiiy tahlil genetik, tipologik, funksional, falsafiy, psixologik va filologik singari olti yo’nalishda amalga oshiriladi. Albatta, bu xildagi tasniflar juda shartli qabul etilishi lozim. Negaki, odatda badiiy tahlil jarayonida bu yo’nalishlardan biri ustuvor urin tutishi mumkin bo’lsa-da, deyarli hech qachon bittasi sof holda qo’llanilmaydi. Chunki o’rganilayotgan asarga har jihatdan qarash zaruriyati hamisha saqlanib qoladi. Badiiy asarni genetik yo’nalishda tahlil etishda asarning yuzaga kelish jarayoni, variantlari, yozilish sabablari tadqiq etilishi ko’zda tutiladi. Bu yo’nalishdagi tahlilda muayyan asarni yuzaga keltirgan omillarning ko’rsatilishiga alohida e'tibor o’aratilgan. Tipologik yo’nalishda esa, asar muallifi bilan adiblar orasidagi ijodiy ta'sir, badiiy vorislik, asarni yuzaga keltirgan badiiy yoki hayotiy manbalar, tahlil etilayotgan asarning o’sha davrda yaratilgan boshqa asarlarga o’xshash hamda farqli jihatlari singari jihatlarga e'tibor qaratilishi lozim. Funksional yo’nalishda amalga oshirilgan tahlilda tekshirilayotgan asarning ijtimoiy ta'sir kuchiga alohida diqqat qaratiladi. Unda o’rganilayotgan asarning muayyan millat va insoniyat ma'naviyatiga ko’rsatgan ta'siri tekshiriladi. Tahlillanayotgan asarning milliy adabiy jarayonda tutgan o’rni, uning yaratilgan zamondagi odamlar yoki tekshirilayotgan davr kishilari tafakkuriga ta'siri o’rganilishi lozim. Asarda qanday ijtimoiy qonuniyat qaysi obraz orqali ochilganini tekshirishi zarur. Keyingi vaqtda o’zbek adabiyotshunosligida ham Botish estetikasida har doim ustuvor maqomga ega bo’lgan funksional yo’nalishdagi tahlil keng yoyilgan va bu hol bir qator ijobiy xususiyatlar bilan birgalikda tendensiozlik, biryoqlamalik, matnning badiiy jozibasini e'tibordan qochirish singari salbiy holatlarni ham keltirib chiqaradi. Falsafiy yo’nalishda yozuvchi dunyoqarashining xususiyatlari va tahlil etilayotgan asarda adib e'tiqodining: olamni ko’rish, anglash, tushuntirish hamda aks ettirish tarzining namoyon bo’lishi tekshiriladi. Lekin bunday tahlil badiiy matndan ayri falsafiy mushohadalardangina iborat bo’lib qolmasligiga e'tibor qilinishi kerak. Chunonchi, badiiy matnga boglanmagan, ijodkorning ayni o’rganilayotgan asaridan kelib chiqmaydigan har qanday "chuqur ma'noli" xulosa tahlil uchun mutlaqo ahamiyat kasb etmaydi va o’rganilayotgan matnning na badiiy va na falsafiy jihatini ochib beradi. Psixologik yo’nalishda adibning ijodkor shaxs sifatidagi o’ziga xosligi jarayon psixologiyasi, asarustida ishlash usuli, shu jarayondagi ruhiy holati va ularning tahlillanayotgan asarda qoldirgan nuqsi, uning saviyasiga ko’rsatgan ta'siri kabilar o’rganiladi. Bunday tahliliy yo’nalishda yuqorida sanalgan jihatlarning qay yo’sinda badiiy uslubga aylangani badiiy haqiqat shakliga kirganligitekshiriladi. Filologik yo’nalishda asosiy e'tibor o’rganilayotgan asarning estetik hodisa ekanini har jihatdan asoslashga qaratiladi. Bu yo’nalishdagi tahlilda o’rganilayotgan asar filologik hodisa sifatida ham til, ham tasvir vositalari hamda ular o’rtasidagi davomiylik va novatorlik nuqtai nazaridan tekshiriladi. So’zning o’z va badiiy ma'nosi konstekstdagi jozibasi, badiiy matn zamirigayashirilgan mazmun va bu yashirilganlikning ham hayotiy, ham estetik sabablari singari bir qator jihatlarga ustuvor e'tibor qaratiladi.
Badiiy asar mohiyatini ochishda ilmiy (filologik) tahlil baland rutbada turadi. Filologik (ilmiy) tahlilga xos xususiyatlarini aniqlash uchun bu xil tahlilning maqsadini belgilash zarurdir. Ilmiy tahlilning maqsadi o’rganilayotgan asarning hayotiy va badiiy mantigi hamda estetik jozibasini ochishdan iboratdir. Tahlilning bu turi oldida tekshirilayotgan asarning haqiqiy badiiy qimmatini aniqlash, uning millat badiiy hayotidagi asl o’rnini tayin etish, muayyan asarning millat badiiiy tafakkuriga qo’shgan yangiligini xolis aniqlab berish, uning jamiyat a'zolari ijtimoiy ongiga ta'sirini belgilash, asarning milliy estetik tafakkur taraqqiyotidagi o’rni va inson ma'naviyatini shakllantirishdagi ahamiyatini ochish kabi vazifalar turadi.
Ilmiy (filologik) tahlilda tahlil bajarilayotgan zamon va makon hamda tahlilning adresatiga xos xususiyatlar deyarli hisobga olinmagan holda ish ko’riladi. Ya'ni biror asar tahlilini falon vaqt orasida, aytilgan joyda, kimlarningdir didi-yu, badiiy imkoniyatlariga moslab amalga oshirish zaruriyati bo’lmaydi. Shuningdek, ilmiy tahlilda bajaruvchi bo’lajak o’quvchilarining yoshi va intellektual hozirlik darajalarining qandayligiga deyarli e'tibor qaratmaydilar. Chunki ilmiy tahlilda tadqiqqilinayotgan badiiy matn va u haqdagi xulosalarni qabul qiluvchi kishilar youmuman tasavvur etilmaydi yoxud tasavvur qilinganda ham "ko’zda tutilgan" o’quvchi g’oyatmavhum qiyofaga ega bo’ladi. Filologik tahlilda faqat tahlilning teranligi, xulosalarning asosliekanligi hamda tekshirilayotgan badiiy asarning imkon qadar ko’proqqirralari qamrab olinishi vaunga xos xususiyatlarni iloji boricha to’laroq ochishga diqqat qilinadi.
Badiiy tahlilning har qanday turi uchun daxldor bo’lgan bir oltin qoida borki, unga amal qilmaslik tahlilni boshi berk ko’chaga kiritadi. Bu oltin qoida shundan iboratki, o’rganilayotgan asarning janri, badiiy saviyasi, hajmi qandayligidan qat'i nazar uning mazmunini so’zlab berish mumkin emas. Har qanday badiiy tahlil uch qudratli asos ustiga quriladi: yozuvchi, o’quvchi, matn. San'at asari bilan o’quvchi o’rtasidagi to’siq bartaraf qilinganda, uning estetik jozibasi anglab yetilgandagina, u ma'naviy faktorga aylanadi, shaxsning mulki bo’lib, uning axloqiy qiyofasi shakllanishiga xizmat qiladi. Bu yo’lda o’quvchiga matnni to’liq anglamaslik holati jiddiy to’siq bo’lib turadi. Uni bartaraf qilish uchun filolog mutaxassisning ilmiy tahlili zarur bo’ladi. Shuning uchun ham filolog ilmiy tahlil jarayonida mushtariylari yuragida badiiy matnga daxldorlik hissini tug’dirishga erishishi lozim. Filologik tahlilda tahlilchi yozayotgan ishining hajmi qandayligi haqida qayg’urmay, ko’nglidagi tuyg’ularni, miyasidagi fikrlarni moddiylashtirishga intilgani maqul. Buning uchun u maxsus reja tuzib olishi, rejada tekshirilayotgan badiiy asarning qaysi jihatlariga qanday yondashmoqchi ekanligini belgilab qo’ygani maqul. Shunda u tuyg’u va fikrining yetovida qolib ketmaydi, balki qarashlar va hissiyotlarni bosh maqsadiga xizmat qildira oladi.
Ilmiy tahlilning saviyasi ko’p jihatdan tahlilchining iqtidori, holisligi, ilmiy jasorati, hodisa ortidagi qonuniyatni ko’ra bilish salohiyatiga ega ekanligiga bog’liq bo’ladi. Filologik tahlilda mutaxassis jasoratli bo’lmasa, asarning saviyasiga emas, balki muallifning ijtimoiy mavqeiga qarab ilmiy xulosa berishi mumkin. Yoki hukmron qarashlar, rahbar qatlamlarning tazyiqi hamda ro’yxushligiga asoslangan holda ish ko’rish xavfi ham bo’ladiki, bunday holda ilmiy tahlilning ahamiyati shubhali bo’ladi. Shuning uchun ham filologik tahlilda badiiy matnga muqaddas va daxlsiz, davrning o’tkinchi injiqliklaridan xoli fenomen tarzida yondashilsa, asarning hayotiy va badiiy mantig’i hamda estetik jozibasi namoyon bo’lishi mumkin. O.Sharafiddinovning "Cho’lponni anglash", U.Normatovning "O’tkan kunlar" xayrati", "Abdulla Qaqqorni anglash mashaqqatlari" singari tahliliy asarlari shu xildagi yondashuv mevalaridir. Filologik tahlilda tahlilchi fikrlarining izchil, anglashimli, xolis, ayni vaqtda, bir qadar ehtirosli yo’sinda bayon etilishiga erishishi lozim. Chunki hissiyotga yo’grilgan badiiy matn haqida sovuq tilda fikrlash o’rinli bo’lmaydi. Shu o’rinda ilmiy tahlilni amalga oshirish bo’yicha misol keltirish foydalidir. Biz O’zbekiston xalq shoiri To’ra Sulaymon she'rlarining ilmiy tahlilini namuna sifatida keltiramiz. Dunyoning buyuk adiblaridan biri Ernest Xemingueyda shunday gap bor: "Yozuvchi bo’lish uchun iste'dod bilan baxtsiz bolalik kifoya qiladi". Shu ma'noda Tura Sulaymon yozuvchilikka har jihatdan munosib, hech mini yuq kishidir. Guzal Baxmal toglari qo’ynidagi Aldashmon qishlogida tugilgan bo’lajak shoirning armonlarga to’la bolaligi sho’rolar tuzumining avji qatagon davriga to’gri keldi. Otasini yot unsur sifatida qamatishib, uylaridagi ko’rpa-to’shakkacha inqilobiy hukumatga o’tkazishdi. Quloqning bolalarini esa, har yo’l bilan turtkilab, kamsitishga urinishdi. Bu mash'um voqea tufayli xayolparast va ta'sirchan To’ra siniqibroq, uychanroq bo’lib usdi. Bu holat uning xotirasida chuqur iz qoldirdi va butun yozganlarida ana shu siniqlik, ko’ngli yarimlik nuqsi sezilib turadi. She'rlarining birida shoir: ,,Otamning alamli pok siynasida, Ushalib ushalmay qolgan armonman’’,- deb yozganida bolalikning ana shu achchiq iztiroblarini ko’zda tutgandi. Otasi qamoqdan chiqqach, 1939 yilda To’ralar oilasi Mirzacho’lning "Malik" deb atalmish xo’jaligiga ko’chib kelishdi. Shu tariqa u togda dunyoga kelib, chulda dunyo taniy boshladi. Bolalikda oilaning boshiga tushgan shurishlar yosh To’rani juda erta ulgaytirdi. Unda o’zgalarni anglash, birovning dardini his qilish sifatlari tengdoshlaridan oldinroq shakllandi va bir umrga qoldi. Tiynatidagi ayni shu sifatlar she'riyatga oshno qildi. Chunki u olamga, odamlarga, dunyoning shevalariga shunchaki bir tomoshabin sifatida qaray olmasdi. U ko’p o’qirdi, butunbutun dostonlarni yod bilardi. Bolaligidanoq nimalarnidir aytgisi kelayotganini, boshqalarga ta'sir etmagan narsadan hayajonga tushib, terga botganini kuzatardi. Lekin uzoq vaqt yozganini birovga ko’rsatmay yurdi. Birinchi she'ri e'lon qilinganida yigirma olti yoshda edi. O’sha vaqtlar yozgan bir she'rida u o’zini she'riyat dunyosida umid bilan yo’lga chiqqan karvonga o’xshatadi:
Men ham umid bilan safarga chiqib,
Uzoq manzillarga ko’z tikkan jonman,
Birda Sirday toshib, birda tutoqib,
Katta yulga chiqqan,
Kichik karvonman.
She'r-iste'dod mahsuli, ko’ngil mulki. Olamni shoirona idrok etolmaydigan, uning boshqalarga noma'lum jihatlarini ko’ra olmaydigan kishi shoir bo’lolmaydi. O’qib shoir bo’lish mumkin emas. U- qismat. Shoir bo’lmaslikning uddasidan chiqa olmaydiganlar qismati. Shoir hamisha nimadandir norozi, nimadandir hayajonda. Olamni boridan guzalroq, odamlarni hozirgisidan komilroq ko’rish istagi shoirni doim bezovta qiladi. Shu bois u tinimsiz to’lganadi, izlanadi:

Suvlar ham tinidi sunbula kelib,


Tinib-tinchimagan bu ko’nglim, hayhot.
Na bahor, na yozdan, na to’kin kuzdan
Hecham konikmadi, bu ko’nglim, hayhot!

Shoir bir umr o’zini izlab, o’zini tekshirib, o’zini kashf qilmoqqa intilib yashaydi. T.Sulaymon - ana shunday izlanishning uzoq yulini malollanmay bosib kelayotgan ijodkor. U har ne topsa, o’zidan topishi mumkinligini biladi. U qalbini to’xtovsiz taftish qiladi. Chunki izlagani tashqarida emas, o’zining yuragida. O’z yuragini anglamagan odam o’zgani tushunolmaydi. O’zgani tushunolmagan kimsa, Haq bilan sirlasholmaydi. Haq bilan sirlashishning eng bexato yuli unga begaraz muhabbatdir, uni adoqsiz sevishdir. To’ra Sulaymon she'riyati - ishq haqidagi bitikdir. U muhabbat tufayli qalam tutdi, muhabbatni kuyga soldi va hanuz sevgi iztiroblarini aytib ado qilolmaydi:


Men seni suydim, Qorako’z,
Suydim, suydirolmadim.
Ishqingda kuydim, Qorako’z,
Kuydim, kuydirolmadim.
Shunday holatga chinakamiga tushgan odam she'r yozmay, shoir bo’lmay iloji yo’q. Shoir hamisha dard bilan yashaydi. Bir she'rida: "Dardsiz yashamoqlik-dardmandlik asli",- deb bejiz aytmagan. Olamda qanchaiki asl shoir bor hammasi dardmand. Ular guzallikning, ezgulikning dardi bilan ogrigan bemorlar. Barcha chinakam asarlar gamning mevalari o’laroq dunyoga kelgan. Asrimizning buyuk ijodkorlaridan biri: "Shoir diliga qilma havas but esa bagring,Shoir yuragin doimo vayron yozajakman",- deya nola qilganida, ikkinchi bir buyuk shoir:"Dilu jon o’rtanar, dil orom istar, Ilhomning pichogi sanchilar butkul",- deb ozorlanganida haq edilar. Bilasizki, Odamning loyini qorishga suv bo’lsin deb yogdirilgan qirq kunlik yomgirning o’ttiz tuqqiz kuni gam, bir kuni shodlik yomgiri edi. Navoiy hazratlari: "Ko’ngilda gam yuqligi o’zi gamdur, Alam yo’qligi asru alamdir",-deganlarida barcha ijodkorlarning kungillaridagini o’rtaga tashlagandilar. Shundan bo’lsa kerak, To’ra Sulaymon alamangiz she'rlarni ko’p yozadi. Shunday
she'rlari o’quvchilar qalbini tuliqroq egallaydi, xotiralarida hamishalikka qoladi:
Izlay-izlay xorib bo’ldim, sensiz yolgiz garib bo’ldim,
Endi bosgan izlaringni to’rt tomondan topolmasman.
Yo’qotganlarining topilmasligini, ketganlarining qaytmasligini bilgan kishining adoqsiz armonlari ifodasiga qarang:
Giyoh bilan qoplanmish ko’hna qabr boshlari,
Maysadagi shudringlar kimlarning ko’z yoshlari?
Bu yerda yotar otam ham uzangidoshlari,
Bahor, ketma, mening bogimdan.
Adolatning toptalganini ko’rgandagi ko’ngil rozlari ham gamli ohang bo’lib misralarga quyiladi:
Bemavrid xeshlarimning ko’zlarida yosh ko’rsam,
Bir mard bilan nopokning yo’lini tutash ko’rsam,
Qaysi bir begunohni keng yo’lda adash ko’rsam,
Bir betayin kimsaning oyogida bosh ko’rsam...
Ko’nglimda armon yotar terskaydagi ko’r misol.
Insonning so’nggi makoni haqida o’yga tolgan shoir qismat oldidagi o’z ojizligidan iztirob chekmoqda bo’lgan kishi ruhiyati tovlanishlarini anduh bilan o’ziga xos yusinda tasvirlaydi:
Bu maskan kopkasizdir, bu qo’rgon hoqonsizdir,
Borish boru kelish yo’q, bu go’sha omonsizdir.
T.Sulaymon she'rda ruhiyatning ta'sirchan manzarasinigina emas, ijtimoiy yuk, salmoqli insonparvarlik missiyasi bo’lishini istaydi. Shu bois uning nazarida she'r bir ko’ngilning rozigina emas, balki har qanday odamning kimligini aniqlaydigan mezon, ma'naviyatini tayin etadigan o’lchovdir:
Ulan bilmas er asta ayniy boshlar,
Qaydan bilsin ulanni bagri toshlar.
Tura Sulaymon she'riyati ta'sirli hissiy timsollar vositasida ifodalangan yombi va zalvorli fikrlarshe'riyatidir. Paygambarimizning: "So’zda sehr bor, she'rda hikmat" degan xadislaridagi ikki jihatni ham shoir o’z ijodida namoyon qilishga tirishadi. Ruhiyatning tushuntirish mushkul bo’lgan qatlamlarini tadqiq etish, hissiyotdagi eng murakkab jarayonlarni bor chigalliklari bilan tasvirlashga e'tibor o’ta kuchaygan bir sharoitda T.Sulaymon goyat miqyosli, qamrovli fikrlarni, go’zal badiiy topildiqlarni sodda yusinda, chigallashtirmay, murakkablashtirmay tasvirlash yo’lidan boriyapti. Ko’pincha, she'riyatdagi soddalik jo’nlikka olib boradi. T.Sulaymon ijodida esa,soddalik teranlikka xizmat qilgan. Asl ijod buzilgan muvozanatdir. Dunyodagi birorta shoir ruhiy muvozanatdan chiqmay turib, hali birorta tuzukroq she'r yozolgan emas. Muvozanatdan, ya'ni risoladagi odamlarda bo’ladigan ruhiy holatdan chiqish har bir ijodkorda o’zgacha kechadi. Lekin deyarli barcha ijodkorlarning ham qalbi yalongoch, himoyasiz, ro’y bergan hodisaki bor unga ta'sir ko’psatmay qolmaydi. Bir haqiqat ayonki, ijodkor bir umr o’z bolaligini tasvirlash bilan band bo’ladi. Qishloqda nari borsa, un yetti yoshigacha yashagan adiblar bir umr shu haqda yozishadi. Negaki, ijodiy holat qay bir darajada bolalikdir. Adiblar har doim ham shoir yoki yozuvchi emaslar. Ular faqat ijod qilayotganlarida, ilhomning yulduzli onlaridagina adiblardir. Qolgan vaqtlarda hammamizday odamlar. Shuning uchun ham To’ra Sulaymonovning:
“Telbanamo edim yoshlikda,Telbalikning hali aksi bor”- misralarini faqat hazilkashlik yoki kamtarlikning ifodasi emas, balki ilhomiy holatning suvrati deyish mumkin. O’ziga shaxsan daxldor bo’lmagan narsadan kuchli ta'sirlanish, qattiq xursand bo’lish yoki qaygurish, shu holatini qogozga kuchirmaslikning ilojini topolmaslik ruzgoriy mezonlar bilan o’lchanganda telbalikning o’zginasi. Lekin shoir maishiy o’lchovlar bilan emas, jahoniy miqyoslar bilan ish ko’radi, ma'naviy tarozilar bilan tortadi. Shoir devonafe'l bo’lganligi, darveshvash yashaganligi uchun axloqiy va haqiqiy qoliplarga ko’pda rioya qilavermaydigan zot bo’lganligi uchun ham bizning nazarimizda ancha erkin hayot kechiradiganga o’xshab ko’rinadi. Chuqurroq o’ylab qaralsa, uning erki qulning erkidan cheklanganroq bo’lsa borki, ortik emas. Nega? Chunki shoir ijodidan erkin bo’lolmaydi. Aslan ijod erkinligi tushunchasi ijodkorning erkinligini emas, aynan ijodning erkinligini anglatadi. Shoir o’z tuygulariga, hissiyotiga xo’jayin bo’lolmaydi. Hissiyotini boshqara olgan odam ijodkor emas. U ilhomiga ham biylik qilolmaydi. Bil'aks shoir o’z ilhomining qulidir. Unda faqat junbushga bo’lgan tuyguni, quyilib kelayotgan fikrni go’zal shaklda ifodalay olish erki bor, xolos. Ilhomni zo’rlab bo’lmaydi. Talantli shoirlar istalgan vaqtda emas, ko’ngillari tusagandagina she'r o’qiy oladilar. Bundayroq shoirlarga iltimos qildingiz, bas o’qiyverishadi. Negaki, birinchi toifadagilar chinakam iste'dod sohiblari va ular ilhom bilan ish ko’radilar. Keyingilar esa ijrochilar, ularga tomoshabin bo’lsa bas. Shu bois ilhomni zo’rlab bo’lmaydi. Zo’rlangan ilhom chala nasl beradi. Shu sabab To’ra Sulaymon butun tuyguga, butun yurakka egaligi haqida faxr bilan yozadi:
Menga butun ko’ngil kerak, kun kerak,
Menga tutash yulduz to’la tun kerak.
Men y’rtilab muhabbatni olmayman,
Men yorti do’st xonasida qolmayman.
U chala suymaydi, chala yashamaydi, chala dovlashmaydi, chala yovlashmaydi, chala do’stlashmaydi. O’z so’ziga, o’z tuygusiga ega bo’lganligidan gururlanadi. Tuygular o’ziniki bo’lgani bois "yuqumli". Birovdan tuygu olib, birovning ovozi bilan kuylab, birovning so’zi-la tasvirlab, e'tirof qozonish mumkin emas. Shoir shuning uchun: "o’zga sozni chalgulik qilma" deya iltijoetadi. T.Sulaymon butun ijodiy umri mobaynida o’z sozini chalishga urinib kelmoqda. Quyidagimisralarga e'tibor bering. Uchdan biri shoir bulgan biznikiday yurtda ham boshqa birovnikiga
uxshatib buladimi ularni?
Bu olamda Oy tanho, muborak Quyosh tanho,
Buy qizlarning ichida bir shu egma qosh tanxo,
Uningdek hech kim menga bo’lmasa sirdosh tanho,
Go’rugli sulton bir yon, To’ra Sulaymon bir yon.
Yoki mana bu tashbeh boshqa biror shoirni esga soladimi: ,,Osmon o’rtasinda nozlanadir oy.,,Bu misralar kishini beixtiyor shoir tasavvuriga mos ruhiy holatga tushiradi. So’zning qudrati shuda! To’ra Sulaymon so’zning jilosini teran his etadi. So’zning xotirasidan ko’tarilgan xalqona ohangdor shakllarini, unut bo’layozgan qadimiy ma'nolarini topadi. Shoir so’z izlamaydi, balki holatga nom qidiradi. Uning tuygulari-xalqona. Binobarin, ifoda ham shunga mos. Holatga yarashikli so’z topa bilish shoir uchun saodat. "To’lganoy" dostonida: "Uni chechan demakimta'biri yarashmasa..." deydi shoir va o’zi imkon boricha yarashikli ta'bir topishga, ta'sirli tasvir qilishga urinadi. Har qanday ijodkorning asl qiyofasini uning tili belgilaydi. Shu ma'noda To’ra Sulaymon tamomila o’ziga xos shoirdir. To’gri, u ham boshqalar foydalanib yurgan so’zlarni ishlatadi. Lekin u bu so’zlarni kitobdan olmaydi. Kitobdan olingan so’z obrazlarga yopishmaydi. Badiiy matnda ham begonaligi bilinib turadi. T.Sulaymon so’zga ayricha bir erkinlik bilan yondashadi. U har qanday asov so’zni ham yuvvosh torttiradi. So’zni ruhga buysindira biladi. O’zi so’zning emas, ruhning stixiyasi yetovida yuradi. Oddiygina so’zdan faqat To’ra Sulaymonga xos tasvir uslubini vujudga keltira oladi. Quyidagi tasvirlarga e'tibor qiling:
Ko’kda suzgan bulut momiqdan ham oq,
Koshkiydi boshlansa yomgir yogaloq.
Bulutni paxtaga o’xshatish kimlardan qolmagan, lekin momiqqa o’xshatilish uslubni o’zgartirgan. She'rning ohangi mirtemirona edi. Ammo ustoz bulutni "paga", "oq" deya sifatlardi. Cho’lda,paxta orasida ulgaygan T.Sulaymon uning momiqqa o’xshashligini ko’ra bildi. "Soginish" she'rida: "Yaylovlarda maysa kimtir qo’y-qo’zi" tarzidagi tasvirda "kimtir" bagoyat urnida ishlatilgan, bu so’zdagi ma'no nozikligini hammayam ilgayvermaydi. Hodisalarni "turachasi"ga kurish namunasi: "Toglar tushi yorishdi, demak tong otayotir". Quyosh haqida bir so’z demay, uni ko’rsatish mumkin ekan. Goyat mavhum, moddiylashtirib bo’lmaydigan holatni aniq tasvirlay olish mahorati namoyon bo’lgan tasvir: "Kelinlarning labida bo’saning isi qoldi". Shoir she'rlarida hissiyotini izohlamaydi. Uni shunday bir ifoda bilan beradiki, shu ifoda qatida ruhiy holatni tugdirgan sababga munosabat ham yashiringan bo’ladi: "Ko’nglimda armon yotar terskaydagi qor misol,-" deydi bir she'rida. Quyoshga ters tarafdagi qor uzoq vaqt erimay, kirlanib yotganiday, lirik qahramon kunglidagi armon erib ketadigan emas, o’shandoq bo’lsa, unga shoirning munosabati tayin, albatta, va u o’z-o’zidan she'rxonga ham yuqadi. To’ra Sulaymon badiiy tajribalar o’tkazishga o’ch emas. U qachonlardir paydo bo’lgan tajribalardan ustalik bilan foydalanadi. Eski shaklning yangicha talqinlarini topa biladi. Shoir so’zning birlamchi ma'nolariga murojaat etishni xush ko’radi: "bo’y qiz" deydi bo’yga yetgan qiz haqida, "buzalam" deydi biz chimzor deb yurgan tushunchani, "uzangidosh" deb ataydi xo’p o’zbeki qilib, xo’p ta'sirchan qilib, dust, tengdosh, jura, safdosh singari bir qancha so’zlarni isrof qilib ham to’liq ifodalab bo’lmaydigan yana bir tushunchani. Tilimizda hamisha bo’lgan, endilikda ayrim keksalargina qo’llayotgan xushyor ma'nosidagi "sok" so’zi joyida ishlatilgani bois ifodaviylikninecha barobar oshirib yuboradi. To’ra Sulaymon so’zga avaylab, qizganib yondashadi. Ularning bemavrid yuqolishiga yo’l qo’ymaslikka urinadi. "To’lganoy" dostonida "turlab sadrga tushganda" degan jumla bor. Toglik qipchoqlarda hayotdan yosh ketgan yigitning kiyimlarini ot ustigatashlab, ot bilan sadr tushish odati bo’lgan. Yuqoridagi jumladan ana shu holat ifodasini topgan.Besh yashar otning yilkichilar tilida "tulan" ekanini hamma ham bilavermaydi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, u bu xildagi so’zlarni, ma'lumotlarni shunchaki ekzotika uchun, etnografik dalil sifatida emas, juda o’rinli va tabiiy tasvir vositasi tarzida ishlatadi.
T.Sulaymonovning so’zga alohida bir ehtiyotkorlik bilan yondashuvi, ehtiromi, fikrlarini hikmat yusinda ifodalaganida yaqqolroq ko’rinadi. Shoir asarlari sinchiklab ko’rib chiqilsa, T.Sulaymon tomonidan bir qator maqolu hikmatlar yaratilganiga guvoh bo’lish mumkin. Jumladan: "Sutsiz sigir suzogon kelar", "Toqatliga toglar egar boshini", "Quvib-mangulik, Qochib o’lgan-ko’mgulik" va x.k. El orasida: "yuzdan yugurik, mingdan tulpor" degan gap bor. Millatimizaro keng tarqalgan o’nlab qo’shiqlarning o;z o’quvchilariga ega bo’lgan o’n tuqqiz kitobning muallifi To’ra Sulaymonov o’zbek badiiy tafakkurining kamyob siymolaridan biri. U hamon qizgin ijodiy faoliyat bilan band. "O’lmaslikka ishora o’langa oshiqligim",- deya umidlangan shoirga ijodiy omadlar yor bo’ladi".


Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish