Reja: suvda hamda quruqlikda



Download 1,45 Mb.
bet1/5
Sana06.06.2022
Hajmi1,45 Mb.
#641468
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja suvda hamda quruqlikda


Mavzu: SUVDA HAMDA QURUQLIKDA
YASHOVCHILAR SINFI
Reja:

  1. SUVDA HAMDA QURUQLIKDA

YASHOVCHILAR SINFIga umumiy tasnif.
2. Ko‘l baqasining tashqi tuzilishi.
3. Ko‘l baqasining ichki tuzilishi.
4. Xulosa.

Kirish.

Suvda hamda quruqlikda yashovchilar ilk bor quruqlikda yashashga o‘tgan hayvonlar. Tuzilishi suv va quruqlik muhitiga moslashgan. To‘rt oyoqda harakatlanadi, o‘pka va teri orqali nafas oladi. Yuragi uch kamerali. Tuxumini suvga tashlaydi, lichinkasi suvda rivojlanadi.
Ko‘pchilik turlari uchun quruqlik asosiy muhit hisoblanadi. Ular bilan ko‘l baqasi misolida tanishamiz.
Ko‘l baqasining tashqi tuzilishi
Yashash muhiti va hayot kechirishi. Ko‘l baqasi yer yuzida keng tarqalgan, faqat sovuq shimoliy mintaqalarda va baland tog‘li hududlarda uchramaydi. Yilning iliq mavsumlarida uni sernam joylarda, chuchuk suv havzalari va ular yaqinida uchratish mumkin. Hayoti ning ko‘p qismini quruqlikda o‘tkazsa-da, suvdan hech qachon nari ketmaydi. Baqa ariqlar tubidagi balchiqqa ko‘milib yoki suv ostidagi o‘simliklar orasida, daraxtlar ildizi yaqinidagi kovaklarda qishki uyquga ketadi.
Ko‘l baqasi kunduz kunlari qirg‘oq yaqinida ov qiladi. U qo‘ng‘iz, pashsha, chivin, o‘rgimchak kabi mayda umurtqasiz hayvon lar
35-§. Ko‘l baqasining tashqi tuzilishi va skeleti
bilan oziqlanadi. Ovga chiqqan baqa qimirlamay o‘ljani poylab yotadi. Baqalar faqat harakatlangan o‘ljanigina payqaydi. Baqa og‘zidan uzun yopishqoq tilini chiqarib, o‘ljani tili bilan yopishtirib oladi.
Tashqi tuzilishi. Baqaning gavdasi yapaloq, katta yassi boshi tanasiga chegarasiz qo‘shilib ketganligidan bo‘yni bilinmaydi. Boshi tanasiga harakatchan birikkanligi bilan baliqlardan farq qiladi (69-rasm). Bo‘yni qisqa bo‘lsa ham, baqa boshini har tomonga buradi va ega oladi. Boshining ikki yoniga bo‘rtib chiqqan ko‘zlarini yuqoridan va pastdan harakatchan qovoqlar himoya qiladi. Qovoqlar ko‘zni namlab, uni qurib qolishdan saqlaydi. Bir juft burun teshigi ko‘zlarining oldida joylashgan. Burni hid bilish va havo o‘tkazish vazifasini bajaradi. Burun bo‘shlig‘i og‘iz bo‘shlig‘i bilan tutashgan. Baqa va boshqa suvda hamda quruqlikda yashovchilar atmosfera havosi bilan nafas oladi. Havo burun teshiklari orqali o‘pkaga o‘tadi. Burni va ko‘zlari boshining ustki qismida joylashgan. Baqa faqat burni va ko‘zini suvdan chiqarib, atrofni kuzatib turadi. Baqa suv ostiga sho‘ng‘iganida maxsus klapanlar uning burun teshigini bekitib, nafas yo‘liga suv o‘tkazmaydi.

Baqa ko‘zining orqa tomonida joylashgan nog‘ora pardasi eshitish organi hisoblanadi. Erkak baqalar boshining ikki yonida tovushni kuchaytiradigan kulrang pufaklar – rezonatorlar bo‘ladi. Baqalar urchish davrida vaqillagan ovoz chiqaradi.
Baqa va hamma quruqlikda yashovchi xordalilarning ikki juft yurish oyoqlari rivojlangan. Oldingi oyoqlari yelka, bilak va panja; orqa oyoqlari son, boldir va tovon bo‘limlariga bo‘linadi. Baqaning oldingi oyoqlari to‘rt barmoqli bo‘lib, beshinchi barmog‘i rivojlanmagan. Orqa oyoqlarining besh barmoqlari orasida tarang tortilgan suzgich pardasi bor. Orqa oyoqlari ol dingi oyoqlariga nisbatan uzun va baquvvat bo‘ladi. Quruqlikda baqa orqa oyoqlariga tayanib sakraydi, suvda esa orqa oyoqlarini dam-badam bukib va yozib suzadi. Baqaning terisida shilimshiq suyuqlik ishlab chiqaruvchi bezlar uning terisini namlab, qurib qolishdan saqlaydi.



Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish