Reja: suvda hamda quruqlikda


Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ko‘payishi



Download 1,45 Mb.
bet4/5
Sana06.06.2022
Hajmi1,45 Mb.
#641468
1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja suvda hamda quruqlikda

Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ko‘payishi,
rivojlanishi va xilma-xilligi

Tuxum qo‘yishi. Ko‘klam kelib, kunlar isiy boshlashi bilan baqalar qishki karaxtlik holatidan chiqib, suv havzalari yaqinida oziq axtara boshlaydi. Urchish payti yaqinlashgan sayin erkak baqa larning baland ovoz bilan sayrashi avj oladi. Urg‘ochi baqalar suvga tashla gan tuxumlariga erkak baqalar urug‘ suyuqlig‘ini to‘kib ketadi. Bitta baqa 5 000–10 000 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin. Urug‘langan tuxumning qobig‘i bo‘rtib, tiniq yopishqoq shilimshiq parda hosil qiladi. Tuxumning ustki qismi qoramtir tusda bo‘lganidan quyosh nuri ta’sirida yaxshi isiydi. Tuxumlar suv yuzasida to‘p-to‘p bo‘lib qalqib yuradi.

Rivojlanishi. Urug‘langan tuxumdan lichinka (itbaliq) rivojlanib chiqadi (74-rasm). Itbaliqning ko‘rinishi mayda baliqchaga o‘xshaydi. Uning uzun va keng dumi, ikki yonida joylashgan ikki tutam tashqi jabralari bo‘ladi. Rivojlangan sayin tashqi jabralar halqum devorida joylashgan ichki jabralar bilan almashinadi. Itbaliqning yuragi ikki kamerali, qon aylanish sistemasi ham bitta doiradan iborat. Tanasining ikki yonida yon chiziqlari bo‘ladi. Tuxumdan chiqqan itbaliq dastlab tu xumdan qolgan oziq moddalar hisobiga yashaydi. Keyinroq u mayda suv o‘tlari, bir hujayrali hayvonlar va suv o‘tlari sirtiga yopishgan turli mikroorganizmlar bilan oziqlana boshlaydi. Rivojlanish davomida dastlab uning orqa oyoqlari, so‘ngra oldingi oyoqlari paydo bo‘ladi; jabrasi o‘pka bilan almashinadi. Qon aylanish sistemasi organlari ham qayta quriladi. Yosh baqa suv yuzasiga ko‘tarilib, atmosfera havosi bilan nafas ola boshlaydi. Dumi asta-sekin yo‘qolib ketishi bilan itbaliq yosh baqaga aylanadi va quruqlikka chiqadi. Yosh baqalar uch yildan keyingina voyaga yetadi va urchiy boshlaydi.


Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning xilma-xilligi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarga 4 000 dan ortiq tur kiradi. Ular dumsizlar (baqalar, qurbaqalar) va dumlilar (tritonlar, salamandralar) turkumlariga ajratiladi. Dum lilar O‘rta Osiyoda uchramaydi. Ulardan eng yirigi Janubi-Sharqiy Osiyoda tarqalgan gigant salamandraning uzunligi 1,7 metrga yetadi. O‘zbekis ton hududida dumsizlardan ko‘l baqasi va yashil qurbaqa keng tarqalgan. Yashil qurbaqa baqaga nisbatan ancha yirik, rangi och yashil yoki kulrang, terisida sassiq oqish zaharli suyuqlik ishlab chiqaradigan bezlari bo‘ladi. U kunduzi kemiruvchilar inida, daraxtlar ildizi va to‘nkalar ostida, yerto‘lalarda bekinib yotadi. Faqat kechqurunlari ovga chiqadi. Uning orqa oyoqlari nisbatan kuchsiz bo‘lganidan o‘rmalab yoki qisqa-qisqa sakrab yuradi. Qurbaqaning terisi dag‘alroq, o‘pkasi nisbatan yaxshi rivojlangan. U kechqurunlari qurillab sayraydi. Qurbaqa faqat ko‘payish davrida suvga tushadi. U ko‘lmak suvlar va hovuzlarga marjon shodasiga o‘xshab tizilgan tuxumlarini qo‘yadi.
Ahamiyati. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar – foydali hayvonlar. Qurbaqa o‘simliklarga ziyon yetkazadigan hasharotlarni qirib, katta foyda keltiradi. Qurbaqa bir kechada 100 tagacha, 9 oy davomida uch mingtagacha hasharotni yeydi. Baqa zarar kunanda hasharotlar (chivinlar)ning suvdagi lichinkalarini va suv bo‘yidagi hasharotlarni qirib foyda keltiradi. Baqaning o‘zi ham turli hayvonlar uchun oziq bo‘ladi. Baqadan tibbiyot va biologiyada laboratoriya hayvonlari sifatida ham foydalaniladi.

Xulosa


Dastlabki suvda hamda quruqlikda yashovchilar bundan 300 mln yil ilgari chuchuk suvda yashovchi panjaqanotlilardan kelib chiqqan. Haqiqatan ham, qadimgi panjaqanotlilarning suzgichlari skeleti suvda hamda quruqlikda yashovchilar oyoqlari skeletiga o‘xshab ketadi. Qadimgi panjaqa notlilar o‘pka bilan nafas olgan. Ular chuchuk suvli sayoz daryo va ko‘llarda yashagan. Suv qurib qolganida esa muskulli suzgichlari yordamida boshqa suv havzasiga o‘rmalab o‘ta olishgan. O‘pkali panjaqa notlilardan qadimgi dumlilar, ulardan dumsizlar kelib chiqqan. Qurbaqa bir kechada 100 tagacha, 9 oy davomida uch mingtagacha hasharotni yeydi. Baqa zarar kunanda hasharotlar (chivinlar)ning suvdagi lichinkalarini va suv bo‘yidagi hasharotlarni qirib foyda keltiradi. Baqaning o‘zi ham turli hayvonlar uchun oziq bo‘ladi. Baqadan tibbiyot va biologiyada laboratoriya hayvonlari sifatida ham foydalaniladi.



Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish