2-mavzu. Statistik ma’lumotlarni to’plash nazariyasi va amaliyoti
Ma’ruzachi: PhD B.Q.Utanov
Reja: 1. Statistik kuzatish haqida tushuncha 2. Statistik kuzatishning uslubiy dasturi 3.Statistik kuzatishning obyekti va birligi 4. Statistik kuzatish shakllari, turlari va usullari 5.Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash usullari
Statistik kuzatish deganda o‘rganiladigan ommaviy ijtimoiy hodisa va voqealar bo‘yicha kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni to‘p-lash, yig‘ish jarayoni tushuniladi.
Statistik kuzatishning uslubiy dasturi quyidagi qismlardan tashkil topgan:
1. Kuzatish maqsadi va vazifalari
2. Kuzatish dasturi
3. Kuzatish obyekti
4. Kuzatish birligi
5. Kuzatish formulyari va yo‘riqnomasi
Statistik kuzatishni tashkil qilishdan oldin uning maqsadi va vazifalari aniqlab olinishi kerak. Shundan so‘ng ular asosida statistik kuzatishning dasturi, obyekti va birligi aniqlanadi.
Har qanday kuzatishning maqsadi va vazifalari o‘rganilayot-gan obyektning xususiyatidan kelib chiqadi, ular, o‘z navbatida, umumiy va xususiy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Mam-lakat bo‘yicha statistik kuzatish yagona maqsadni ko‘zlab amalga oshiriladi.
ya’ni mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollarini belgilash uchun manba yaratish va ularning bajarilishini nazorat qilib borish hisoblanadi.
Statistik kuzatishning obyekti va birligi
Kuzatish obyekti deganda o‘rganiladigan ijtimoiy hodisalar birliklarining to‘plami tushuniladi.
Masalan:
- aholini ro‘yxatga olishda
statistik kuzatish obyekti mamlakat va uning barcha hududlarida yashayotgan barcha shaxslar hisoblanadi.
Statistik kuzatish obyektini chegaralash ma’lum belgilar aso-sida amalga oshirilishi kerak. Bular sirasida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
Kuzatiladigan hodisaning qaysi korxona turiga yoki xalq xo‘jaligi tarmoqlarining qaysi turiga tegishliligi
Olinadigan ma’lumotlarning qaysi hududga tegishliligi
Olinadigan ma’lumotlarning qaysi davrga, vaqtga tegishli-ligi
Masalan:
qishloq xo‘jaligining u yoki bu faoliyati o‘rganilayotganda har bir shirkat xo‘jaligi yoki fermer xo‘jaligi kuzatish birligi hisoblanadi
Statistik kuzatish birligi deganda kuzatilayotgan ommaviy ijtimoiy hodisa yoki voqealar to‘plamlarining bir birligi tushuniladi
Statistik kuzatish formulyari deganda kuzatish paytidagi savollarga berilgan javoblarni aks ettirilishi lozim bo‘lgan hujjat tushuniladi. U hisobot va ro‘yxatga olish varag‘i shaklida bo‘ladi.
Kuzatish maqsadi va vazifalari, kuzatish obyekti va birligi, kuzatish muddati, ma’lumotlarni bir xil usulda yig‘ish, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi kabi masalalar kuzatish yo‘riqnomasida yoritiladi. - Kuzatish maqsadi va vazifalari, kuzatish obyekti va birligi, kuzatish muddati, ma’lumotlarni bir xil usulda yig‘ish, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi kabi masalalar kuzatish yo‘riqnomasida yoritiladi.
Statistik kuzatish shakllari, turlari va usullari
Ijtimoiy hodisalarni kuzatish statistikada quyidagi ikki shakl-da tashkil qilinadi:
– statistik hisobot
– maxsus statistik kuzatish tekshiruvi
Statistik hisobot statistik kuzatishning asosiy shakli hisoblanadi. U barcha korxona, tashkilot, muassasa va idoralar faoliyatiniujjatdir. Uning ma’lumotlari asosida statistik kuzatish tashkil qilinadi.
Statistik kuzatish ikki guruhga bo‘linadi:
1. Hodisalarni qayd qilish vaqti bo‘yicha.
2. O‘rganilayotgan to‘plam birliklarini qamrab olish darajasi bo‘yicha.
1.Joriy kuzatish
2.Davriy kuzatish
3.Bir yo’la kuzati
Hodisalarni qayd qilish vaqti bo‘yicha statistik kuzatish, o‘z navbatida, quyidagi 3 ta turga bo‘linadi:
Joriy kuzatish deganda u yoki bu hodisalarni sodir bo‘lishi bilan uzluksiz yozib borish (qayd qilish)ga tushuniladi. Bu kuzatishni uzluksiz kuzatish deb atash mumkin.
Davriy kuzatish deganda hodisalar sodir bo‘lgandan so‘ng ma’lum vaqt ichida ularning qayd qilinishi tushuniladi. Bunday kuzatishlar odatda teng vaqt oralig‘ida takrorlanib turadi, ijtimo-iy hodisalarni 5 kunda, oyda, chorakda, yilda va hokazo.
Biryo‘la kuzatish zaruriyat tug‘ilganda hodisalarni aniq mud-datlarda qayd qilishdir. Uy-joy fondini ro‘yxatga olish, ko‘p yil-lik meva daraxtlarni ro‘yxatga olish kabi hodisalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash usullari
Statistik kuzatish xatolari ikkiga bo‘linadi:
1. Hodisalarni qayd qilishda sodir bo‘ladigan xatolar.
2. Reprezentativ xatolar.
Hodisalarni qayd qilishda sodir bo‘ladigan xatolarni ham ikki turga ajratish mumkin:
2. Muntazam xatolar.
1. Tasodifiy xatolar.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |