MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTON SHARQSHUNOSLIGI
REJA:
“Sharqshunoslik haqida
O‘zbek sharqshunoslikning rivojlanishi
O’zbek olimlarining sharqshunoslik faniga qo’shgan hisslari
Sharqshunoslik – Sharq (Osiyo va Shimoliy Afrikadagi davlatlar) tarixi, iqtisodi, tili, adabiyoti, etnografiyasi, sanʼati, dini, falsafasi, moddiy va maʼnaviy madaniyatini kompleks oʻrganuvchi fan.
Sharqshunoslikning misrshunoslik, assiriologiya (ossuriyashunoslik), semitologiya, arabshunoslik, eronshunoslik, turkshunoslik, xitoyshunoslik, mongolshunoslik, hindshunoslik, yaponshunoslik kabi sohalari mavjud. Fanning rivojlanishi bilan sharqshunoslikning yana yangi regional shoxobchalari (shumerologiya, urartologiya, kumranistika, koreistika va boshqalar) paydo boʻla boshladi. Afrikashunoslik shahridan ajralib chiqdi.
Sharqshunoslikning kompleks fan sifatida rivojlanishi davom etmoqda. Sharq mamlakatlari va ularning tarixi mahalliy olimlar tomonidan qadimdan oʻrganila boshlangan. Qadimiy va oʻrta asr Sharq olimlari yaratgan asarlar Sharqshunoslik uchun qimmatli manbalardir.
Oʻzbekistonda sharqshunoslikning rivojlanishi, asosan, uch Sharqshunoslik markazi – Oʻzbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Toshkent Sharqshunoslik instituti va Toshkent Islom universiteti faoliyati bilan bogʻliq. FA Sharqshunoslik institutining ilmiy yoʻnalishi institut fondida toʻplangan oʻn minglab qoʻlyozma asarlarni chuqur oʻrganish, kataloglar hamda Oʻrta Osiyo va qoʻshni Sharq xalqlarining fani va madaniyati tarixiga oid nodir yozma manbalarni nashrga tayyorlab, ularda mavjud boʻlgan tarixiy maʼlumotlar asosida i.t. ishlari yaratish, Sharq xalqlarining oʻtmishda jahon madaniyati taraqqiyotiga qoʻshgan salmoqli hissalarini yaqqol qoʻrsatishdir. Toshkent Sharqshunoslik intida sharqshunos kadrlar tayyorlash bilan birga Sharq xalqlari adabiyoti, tilshunoslik, iqtisod va siyosatshunoslikka oid ilmiy tekshirish ishlari ham olib boriladi. Toshkent Islom untida islom dini tarixi, iqtisodi, huquqshunosligi, arab tili va boshqalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi va mazqur sohada ilmiy tekshirish olib boriladi. Islom dini va u bilan bogʻliq masalalar sharqshunoslikning muhim yoʻnalishi hisoblanadi.
Oʻzbekiston sharqshunoslikning shakllanishi va uning jahonga tanilishiga A.K. Arends, A. Ahmedov, S.Azimjonova, B. Ahmedov, B. Bobojonov, P.G. Bulgakov, N. Ibrohimov, A. Irisov, U.I. Karimov, S. Mirzayev, A. Moʻminov, M.A. Salye, A.A. Semyonov, M.M. Xayrullayev, A. Xoʻjayev, Sharqshunoslik Shomuhamedov, A. Oʻrinboyev, A. Qayumov, A Hayitmetov, A. Rustamov, A Muhammadjonov, M.B. Baratov, I. Abdullayev, P. Qodirov kabi olimlarning xizmati katta boʻldi. Hozir Oʻzbekistonda Sharqshunoslik boʻyicha "Sharqshunoslik" almanaxi (1991-yildan), "Sharq mashʼali", "Mayak Vostoka" va "Imom Buxoriy saboklari" kabi jurnallar chop etilmoqda.
Sharqshunoslarning oxirgi xalqaro kongressi (ICANAS-37) 2004-yil Moskva shahrida boʻlib oʻtdi.
Hozir dunyoning turli mamlakatlarida 1000 dan ortiq ilmiy tekshirish markazlari, oʻquv assotsiatsiyalari, universitet va boshqalar oliy oʻquv yurtlari sharq fakultetlari bilan birga Sharqshunoslik boʻyicha tadqiqotlar olib borib, sharqshunos kadrlarni tayyorlamoqda. Ularning koʻpchiligi oʻzining davriy nashrlariga ega.
1990-yilda Toshkent Davlat universitetining Sharq fakulteti negizida universitetning Sharqshunoslnk instituti tashkil qilindi. Oradan ko`p otmay, 1991-yil 15-iyulda esa bu institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga aylantirildi.
Respublikamizning sharqshunos kadrlarga bo`lgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda institutda sharqshunoslik sohasidagi turli ixtisosliklar va yo‘nalishlarning doirasi yanada kengaytirildi. Institut fakultet bo‘lgan davrda mutaxassislar faqat filologiya, tarix va iqtisod yo`nalishlari bo‘yicha tayyorlangan bo‘lsa, endi bu o‘quv maskanida o‘n ikki mutaxassislik bo‘yicha ta’lim berila boshlandi. Ilgari fakultet tarkibida 7 ta kafedra faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, Sharqshunoslik institutida 28 kafedra faoliyat ko‘rsata boshladi. Institut tashkil etilgach, arab, fors, dariy, hind, urdu, xitoy, pushtu va uyg‘ur tillari bilan bir qatorda yapon, koreys, turk tillari va adabiyoti ham o‘qitila boshlandi.
Talabalarda qo‘lyozmalarni chuqur o‘rganish va yozma manbalarni ilmiy tadqiq etish malakalarini shakllantirish maqsadlarida institutda Manbashunoslik va matnshunoslik kafedrasi tashkil etildi. Bundan tashqari, xorijiy mamlakatlarning iqtisodiy aloqalarini chuqurroq o‘rganish uchun Xalqaro iqtisodiy munosabatlar, shuningdek, Xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik kafedralari ham shakllantirildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari, xorijiy Sharq mamlakatlari iqtisodi, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, marketing va menejment mutaxassisliklari bo‘yicha ham kafedralar tuzildi.
Qisqa davr ichida xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun etakchi mutaxassislar, ilmiy tadqiqot institutlari uchun kadrlar, maktab va litseylar uchun pedagoglar, xorijiy mamlakatlarda ishlash uchun tarjimonlar, diplomatik xodimlar tayyorlandi. Biz xaqli ravishda ta’lim muassasamizda tahsil olgan ilm-fan va davlat namoyandalari, diplomatlar bilan faxrlanamiz. Qrim FA akademigi Aydar Memetov, Tojikiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, mashhur yozuvchi, tarjimon va olim Rasul Xodizoda, Gruziya Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi J.Sh. Giunashvili bizning talabalar bo‘lishgan.
Bizning bitiruvchilarimiz O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi sifatida dunyoning qator katta va obro‘li mamlakatlarida, jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Turkiya, Belgiya, Isroil, Hindiston, Pokistan, Saudiya Arabistoni, Misrda faoliyat yuritishgan va yuritishmoqda.
Sharqshunoslik instituti faoliyati bevosita Uzbekistonda sharqshunoslik ilmini rivojlantirish va takomillashtirish bilan ham bog‘liq. O‘tgan davr mobaynida institut 400dan ortiq fan nomzodi, 80dan ortiq fan doktori tayyorladi. 8 nafar olimlarimiz O‘RFA akademikligiga saylangan. 14 nafar sharqshunos-olimlar O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatga fan arboblari, 12 nafari Beruniy va Hamza nomlaridagi davlat mukofotlari, 7 nafari Firdavsiy, Ahmad YAssaviy, Mahmud Qog‘ariy, Javoharla’l Neru va Imom al-Buxoriy nomlaridagi xalqaro mukofotlarining laureatlari. Bundan tashqari, qator sharqshunos-olimlarimiz “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” faxrli unvonlariga ega, 8 nafar sharqshunos-olim «El-yurt hurmati», «Buyuk xizmatlari uchun», «Mehnat shuhrati» ordenlari kavaleri.
Agar biz sharqshunoslik institutining tarixiga nazar solsak, institutning ulug‘vor va shonli rivojlanish yo‘lni bosib o‘tganiga shohid bo‘lamiz. Bu davrda institut Markaziy Osiyodagi yagona yirik ta’lim va fan markaziga aylandi. Deyarli O`zbekiston Respublikasi tengdoshi bo`lgan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti 2020 yillarga qadar bo`lgan davr mobaynida alohida oily ta`lim muassasi sifatida o`z zimmasiga olgan vazifalarni sharaf bilan bajardi.
Yangi O`zbekiston rivolanish va taraqqiyot strategiyalariga muvofiq ravishda oily ta’lim tizimida keng qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi, shu jumladan, sharqshunoslik ilm va ta’limining yangi ufqlari belgilandi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–4680-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik institut negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etildi.
Bu fan talabalarda tarixning moddiy va yozma manba asoslari haqida aniq tushunchalar hamda bilim va ko‘nikmalar hosil qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Talaba ta’lim jarayonida manbalarning turlari, ularning fan uchun ahamiyati to‘g‘risida aniq bilim va tasavvurga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga talabalarga manbalar bilan ishlash bo‘yicha dastlabki tasavvurlar beriladi. Hususan, sharqshunos tarixchi mutaxassis bo‘lish yo‘lida o‘qiyotgan talaba o‘quv predmetining mohiyatida birlamchi omil manbalarni bilish ekanligini, ulardan tegishli tarixiy xulosalar chiqarish malakasiga ega bo‘lish zarurligini anglab yetishi lozim. Bu yo‘lda sharq va g‘arb manbalari haqida, ularning mintaqa tarixiga oid qismlarini ajratgan holda to‘g‘ri foydalanish malakasiga erishishlari bosh maqsad qilib qo‘yiladi.
Ma’lumki, tarixiy manbalar, xususan, yozma yodgorliklar turli davr xususiyatlarini o‘zida saqlagan bo‘ladi. Bunda muallifning maqsadi, o‘z davrining mafkuraviy talablari kabi qator holatlar borki manbashunoslik fani talabalarga bular haqida to‘g‘ri va mukammal ma’lumotlar berishi lozim. Chunki tarixiy fakt va voqealar bayonida muallifning ijtimoiy qarashlari, ba’zan jamiyatdagi o‘rni, mafkuraviy, diniy, ma’naviy qarashlari, ma’lum ijtimoiy guruh manfaatlarini himoya qilish asarning asosiy mazmun mohiyatini belgilashi tushuntiriladi.
Shunday qilib manbashunoslik fani oldidagi asosiy maqsad tarixning faktologik asoslarini tarixiy manbalar bilan bog‘liq holda tushuntirishdan iboratdir.
Tarixshunoslik tarixning ibtidoiy bosqichlaridan boshlab to hozirgi kungacha turli masalalarning olimlar tomonidan o‘rganilish darajasi va holatini tadqiq qilish demakdir. Tarixshunoslikning bosh maqsadi o‘tmishni qay darajada to‘liq va xolisona o‘rganilishini belgilashdan iborat. Shu bilan birga tarixshunoslik fan oldida turgan muammolarni hal qilish uchun o‘tmishda bajarilgan tadqiqotlar darajasidan kelib chiquvchi aniq vazifalarni belgilashga xizmat qiladi. Binobarin, tadqiqotlardagi xato va kamchiliklarni, metodologik noqisliklarni bartaraf etish vazifasi tarixshunoslik zimmasiga tushadi. Bir so‘z bilan aytganda tarixshunoslik fanning o‘tmishini o‘rganish bilan barobar, uning strategiyasini ham belgilaydi. Eng muhimi, tarixshunoslik sog‘lom fan metodologiyasining xizmatchisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |