* * *
Arabshunoslik. O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston hududida arablar istilosi (8-asr) dan keyin arab tili din va ilm-fan tiliga aylangach, mahalliy olimlar asarlarini arab tilida yoza boshlaganlar. Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy, Zamaxshariy, Sam’oniy va boshqalarning fanning turli sohalari – falsafa, mantiq, geologiya, tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, arab tili, adabiyoti, folklori, tarixi, etnografiyasi, tarixiy geografiyasiga doir risolalari Sharq va G‘arb arabshunoslari uchun hozir ham eng muhim tadqiqot manbai bo‘lib qolmoqda.
Islom dini, fiqh va Hadis ilmi sohasida ham Turkiston olimlari ko‘plab asarlar yaratganlar. Bular jahon miqyosida (xususan arab olamida ham) yuqori baholanib, tan olingan. 19-asrning 80-90-yillarida, ayniqsa, 20-asr boshlarida Turkistonda Rossiyaning mustamlakachilik maqsadidan kelib chiqqib, arabshunoslik ilmiga birmuncha ahamiyat berildi. Toshkentda «Arxeologiya havaskorlarining Turkiston to‘garagi» (1895), keyinroq Peterburg sharqshunoslik jamiyatining Toshkent bo‘limi vujudga keddi. O‘zbek arabshunoslari tomonidan yaratilgan arab tili, fikx, tarix va boshqalarga oid asarlar, lug‘atlar, arabchadan o‘zbek tiliga qilingan tarjimalar nashr etildi.
Abdurauf Fitrat sohasida birmuncha ilmiy ishlar qildi. Arabshunos Arabshunoslik Shmidt arab tili, adabiyoti, islom tarixiga doir tadqiqotlar olib bordi. Xattot, manbashunos I. Odilov arabcha qo‘lyozmalarga tavsif yezdi, ularni qayta ko‘chirdi. Sharqshunos S. Mirzaev arab tilshunosligiga oid «Arab tili grammatikasi» nomli ilmiy asar yezdi (1944). O‘zbek arabshunoslari (U. I. Karimov, H. Hikmatullaev, Sh. Shoislomov, N. Ibrohimov, A. Irisov, A. Talabov va b.) arab tilida ijod etgan olimlar asarlarini tadqiq etish va ularni o‘zbek tiliga tarjima qilishda katta ishlar olib bordilar. Ar-Roziyning «Sirr al-asror» («Sirlar siri») nomli arabcha asarining yagona qo‘lyozmasi (rus tilida, 1957), Ibn Sinoning arabcha «Al-Qonun fittibb» («Tib qonunlari») asari (rus va o‘zbek tillarida, 1-nashri 1954–61 va 2-nashri 1979–83) tarjima qilinib, nashr etildi. Beruniyning arab tilidagi ilmiy va adabiy merosini o‘rganish borasida ham muhim ishlar kilindi. Uning tanlangan asarlari (5-jilddan iborat) O‘zbek tiliga tarjima qilindi. Muhammad ibn Muso Xorazmiyning arab tilida yozgan asarlari to‘plami «Tanlangan asarlar» (1983), «Astronomiyaga oid risola»si (1983) ham tarjima kilinib nashr etildi. O‘zbek arabshunos olimlari arabcha qo‘lyozmalarni – «O‘zbekiston Fanlar akademiyasining sharq qo‘lyozmalari to‘plami»ni nashrdan chiqardilar (rus tilida, 11 jildli katalog, 1952–75).
Do'stlaringiz bilan baham: |