Shaxs – odamning ijtimoiy xususiyatlarining yaxlit majmui bo’lib , ijtimoiy taraqqiyot va induvidning faol xatti-xarakati xamda muomilasi vositasida ijtimoiy munosabatlar tizimiga qo’shilishining maxsuli hisoblanadi. Shaxs – o’ziga xos intellektual, emotsional, irodaviy shaxsiy belgi va sifatlarga ega bo’lgan sub’yekt. Bu belgi va sifatlar muayyan sotsial-iqtisodiy farmatsiyaning maxsulidir.Shaxs o’tmishdagi tarixiy tajribani , undagi madaniy boyliklarni o’zida to’playdi.. Jamiyatdan tashqari shaxs norealdir. Ma'lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo'ysunadi. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo'lgan irsiyat ya'ni nasl-nasabning ta'siriga alohida e'tibor qaratiladi. Chunki har bir bola ota-onasidan meros shaklida ba'zi biologik sifatlarga (tananing tuzilishi, sochning, ko'zning, terisining rangi, bo'yi-basti va boshqalarga) ega bo'lgan holda dunyoga keladi. Bularga jismoniy xususiyatlar ham deb ataladi. Bolaning fiziologik xususiyatlariga oliy nerv faoliyatining tug'ma o'tishiga aytiladi. Irsiylik – kishining o'ziga xosligini belgilab beradigan anatomik, fiziologik, psixologik, tashkiliy jihatlar, ota-ona tomonidan irsiy birliklar orqali o'tadigan xususiyatlar (belgilardir). Biologik omilning inson shakllanishidagi o'rni muhim va o'ziga xos irsiyatning ahamiyatini inkor etib bo'lmaydi, insonga xos xususiyatlar – aqliy va jismoniy mehnat qobiliyati, tafakkur va nutq ham tug'ma o'tishi mumkin, lekin bu tug'ma imkoniyatlar rivojlanishi uchun inson bolasi insoniy muhit, odamlar orasida yashashi, odamlar bilan aloqa qilishi, ijtimoiy hayotda qatnashishi va ma'lum xulq-odob qoidalariga amal qilishi lozim. Chunki inson biologik mavjudot sifatida emas, balki ijtimoiy mavjudot sifatida rivojlanadi va kamolga yetadi. Bola nutqni egallashi uchun nutq sharoitida, mehnat qilish uchun mehnat sharoitida, aqliy taraqqiy etmog'i uchun aqliy faoliyat sharoitida yashamog'i kerak. - Ma'lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo'ysunadi. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo'lgan irsiyat ya'ni nasl-nasabning ta'siriga alohida e'tibor qaratiladi. Chunki har bir bola ota-onasidan meros shaklida ba'zi biologik sifatlarga (tananing tuzilishi, sochning, ko'zning, terisining rangi, bo'yi-basti va boshqalarga) ega bo'lgan holda dunyoga keladi. Bularga jismoniy xususiyatlar ham deb ataladi. Bolaning fiziologik xususiyatlariga oliy nerv faoliyatining tug'ma o'tishiga aytiladi. Irsiylik – kishining o'ziga xosligini belgilab beradigan anatomik, fiziologik, psixologik, tashkiliy jihatlar, ota-ona tomonidan irsiy birliklar orqali o'tadigan xususiyatlar (belgilardir). Biologik omilning inson shakllanishidagi o'rni muhim va o'ziga xos irsiyatning ahamiyatini inkor etib bo'lmaydi, insonga xos xususiyatlar – aqliy va jismoniy mehnat qobiliyati, tafakkur va nutq ham tug'ma o'tishi mumkin, lekin bu tug'ma imkoniyatlar rivojlanishi uchun inson bolasi insoniy muhit, odamlar orasida yashashi, odamlar bilan aloqa qilishi, ijtimoiy hayotda qatnashishi va ma'lum xulq-odob qoidalariga amal qilishi lozim. Chunki inson biologik mavjudot sifatida emas, balki ijtimoiy mavjudot sifatida rivojlanadi va kamolga yetadi. Bola nutqni egallashi uchun nutq sharoitida, mehnat qilish uchun mehnat sharoitida, aqliy taraqqiy etmog'i uchun aqliy faoliyat sharoitida yashamog'i kerak.
O’qish
Faoliyat turi
Xarakter
FAOLIYAT
Maqsad qo’yish
Xususiyat
Bola rivojlanishi
Bilish
O’yin
Mehnat
Qobiliyat
Iste’dod
Intilish
O’quvchi
Chaqaloq
Do'stlaringiz bilan baham: |