Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi qoidasi. - O'quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanislitirish, madaniy va diniy bilimlarini egallashga bo'lgan talablarini shakllantirish malakalarini oshirib, tobora boyitish, estetik tushunchalarni shakllantirish juda muhim. Xalqimizning ko'p asrlik qadriyatlarini, ulkan, boy va madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o'zlikni anglash, milliy g'urur tuyg'usini qaror toptirish mumkin emas. U yaratgan madaniy boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali o'quvchilar go'zal axloq, baxt, insof, poklik, mehr-shavqat, ota-onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega bo'ladilar. Insoniylik - o'z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, do'stlik, ota-onaga sadoqatlilik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Shu sababli, insondagi eng yaxshi fazilatlar avloddan - avlodga ko'chib kelgan.
Tarbiya usullarini o'rganish, tahlil qilish - Tarbiya usullarini o'rganish, tahlil qilish - bu usullardan pedagogik jarayonda foydalanish ko'nikma va malakalarni egallashni osonlashtiradi. Ularni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo'lish mum kin:
- 1) ijtimoiy ongni sfiakllantiruvchi usullar; 2) faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq va tajribalarni shakllantirish usullari; 3) o'z-o'zini tarbiyalash usullari; 4) rag'batlantirish va jazolash usullari.
Tarbiyaning hayot bilan bog`liqligi. - Tarbiyaning hayot bilan bog`liqligi qoidasi tarbiyaviy ishlarning mazmuni va tashkil etilishini doimo yangilab turishini talab etadi. Tarbiyachilar bolalar tarbiyasini hayot bilan bog`lar ekanlar, ularga o`zlarida iymon-e`tiqodni tarbiyalash imkonini beradilar. Tarbiyaviy ishlar shunday tashkil qilinganda yoshlar jamiyat hayotiga faolrok; jalb qilinadi, bu esa o`quvchi shaxsining tarkib topishiga yordam beradi.
Shaxs – ruhiy jihatdan sog'lom, o'z xususiyati va sifatlari (xulq-atvori) bilan boshqalardan farq qiladigan muayyan jamiyatning a'zosi bo'lib, ijtimoiy hayot mahsuli sifatida namoyon bo'luvchi hilqatdir. Inson shaxsining eng xarakterli tomonlaridan biri uning individualligidir. Individuallik deganda shaxs ruhiy xususiyatining qaytarilmaydigan birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, ruhiy jarayonlarning o'tib borish xususiyatlari, hissiyotlar, faoliyat motivlari, tarkib topgan qobiliyatlar kiradi. Shaxsning rivojlanishi (shakllanishi) qiyin, murakkab jarayon bo'lib, u ko'plab ichki va tashqi ta'sirlar va omillar orqali ro'yobga chiqadi. Inson hayot ekan, butun umri davomida o'sib, rivojlanib, o'zgarib boradi. bolalik, o'smirlik va o'spirinlik yillarida shaxsning kamol topishi yaqqol ko'zga tashlanadi. Shaxs shakllanishi deganda biz shaxsning ham jismoniy ham aqliy va ma'naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muhim muammolardan hisoblanadi. Shu sababli shaxsning shakllanishi masalalariga to'g'ri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta'sir sabab va vositalarini bilish zarur. Shaxsning rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishiga bir qancha omillar ta'sir etadi. Bular irsiyat, ya'ni biologik omil hamda muhit, ta'lim va tarbiya, shaxs faoliyati (ijtimoiy omil) dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |