mukammal o’quv muassasiga asos solgan edi. Bu o’quv dargohi barcha
yoshdagilar uchun hamisha ochiq edi. U erda ta’lim shakli va mazmuni
o’zgaruvchanligi bilan farqli xususiyatlarga ega edi. Turfa hil saboqlar
tinglovchilarning muayyan talablari va bevosita qiziqishlari asosida
olib borilar edi. Tolstoy buni ma’qulladi. Unda o’zining insonparvarlik
g’oyalarining pedogogik amaliyotda amalga oShiriliShiga harakat
qilinayotganini ko’rdi.
1860 yilda ta’lim tizimini jadal isloh qilish zaruriyati va Rossiyada
Yangi muhum omil – keng ijtimoiy – pedogogik harakat paydo bo’lishi
natijasida qiyosiy tavsiflashga ega Xorijiy ta’lim haqida qator
maqolalar chop etildi. Birgina “Pedogogik to’plam” da Shu
mazmundagi o’nlab ishlar nashr qilindi. Ular orasidan D.N.
Semenovning “Germaniya va SHveytsariya bo’ylab pedogogik sayohat
to’g’risi” da hisobot (1866), N.P Pomerantsevning “Nemis va Amerika
maktablari” (1868), N.H.Vesselning “Prussiya, Avstriya, SHveytsariya
va Frantsiya bilim yurtlari o’quv tizimi” kabilari alohida ta’kidlash
mumkin. Keyingi o’n yillikda Shu yo’nalishdagi tadqiqot ishlari soni
ortib bordi. G’arb mamlakatlari unversitetlari va maktablari
to’g’risida materiallar “Boshlang’ich maktab”, “O’qutuvchi”,
“Tarbiya jurnali”, “Xalq maorifi vazirligi jurnali” kabi pedogogik
jurnallarda uzluksiz e’lon qilindi. Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy davriy
nashrlarda ham Shu mavzudagi ishlar salmog’i ortdi. Masalan, Xalq
ta’limiga bag’ishlangan maqolalar va kitoblarning bibliografik
ko’rsatgichida 1894 yilning o’zidayoq Xorij yilning o’zidayoq Xorij
muammosiga tatbiq qilingan 362 nomdagi asar mavjud edi. Bunday
ko’rsatgich o’sha davrda hech qaysi davlatda qayd etilmagan edi. XX
asr boShida Xorij maktablari va pedogogikasi to’g’risida batafsil
materiallar “Rus maktabi”, “G’arbiya ahborotnomasi” kabi
jurnallarda bu muammo “G’arbning eng Yangi pedagogik oqimlari”
deb nomlangan MAXSUS bo’limda yoritib kelingan.
Yirik
monografik
ishlar
paydo
bo’ldi.
P.G.Mijuevning
“Frantsiyada ta’lim”(1900), “Amerikada maktab va jamiyat”(1902),
“Yevropa va Amerikada zamonaviy maktab” kabi asarlarida g’arb
mamlakatlarining maktab tizimiga oid qiziqarli qiyosiy tavsiflar
keltirilgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Mijuev o’z asarlarida
o’sha davr uchun Yangilik hisoblangan ta’limning iqtisodiy
samaradorligi muammosini tushuntirishga harakat qilgan. Xorij
pedogogikasini o’rganishda E.N.Yanjulning salmoqli hissasi bor. U
Do'stlaringiz bilan baham: