Qiyosiy pedagogika fanining sohasi va vazifalari.
Reja:
1. Qiyosiy pedagogika fanining maqsad va vazifalari.
2. Qiyosiy pedagogika fanining boshqa fanlar bilan o’zviy aloqasi,
manbalari va metodologiya asosi.
3.Qiyosiy pedagogika fanini davrlashtirish muammolari.
Ma’ruza turi: muammoli kirish ma`ruzasi
Tayanch tushunchalar: qiyosiy pedagogika, qiyosiy tarbiyalash,
YA.A.Komenskiy, Jyulen, K.D.Ushinskiy, erkin tarbiya,
“Qiyosiy pedagogika” fanining maqsad va vazifalari.
«Qiyosiy pedagogika» kursining asosiy maqsadi va vazifasi
bo’lajak o’qituvchilarga milliy istiqlol g’oyasi va bugungi kun
mafko’rasi talablari asosida jahon pedagogikasining aktual masalalari
ayniqsa, rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi, ta’limning turlari, ta’lim-
tarbiya jarayonlarini o’ziga xos xususiyatlari va tashkil etish shakllari,
amalga oshirish yo’llari haqida ma’lumot berish. Shu orqali ta’lim-
tarbiya jarayonini yahShilash, ta’lim mazmunini rivojlantirish, uni
jahon talablari darajasiga olib chiqish va Yuqori malakali kadrlar
tayyorlashdan iborat.
Qiyosiy pedagogika kursining maqsadi talabalarni fanning nazariy
metodologik muammolari, taraqqiyot bosqichlari, Chet el ta’limi,
uning mazmuni, tuzilishi, rivojlanishi o’ziga xos xususiyatlari, ta’lim-
tarbiya orasidagi o’zviyliklar, ilg’or g’oyalar va tajribalar Xususidagi
bilimlar bilan tanishtiradi.
Mazkur kurs bo’yicha talabalar bilimlari va ko’nikmalariga
qo’yiladigan talablar quyidagicha:
- fanning bozor iqtisodiyoti jarayonidagi to’tgan o’rni va
ahamiyatini ochib berish;
-talaba
yoshlarda
ta’lim-tarbiya samaradorligining milliy
mafko’raviy qarashlarini shakllantirish, ularning sog’lom e’tiqodli,
erkin fikrlovchi, jamiyatning komil insonlarini tarbiyalashdagi rolini
chuqur anglab etishlariga eriShish;
-jahonning
rivojlangan
mamlakatlaridagi
ta’lim-tarbiya
jarayonlarining samarali amalga oshirishliShi yo’llari, uning
rivojlanish tendentsiyalari, muammolari, istiqboli to’g’risida
ma’lumot berish .
”Qiyosiy pedagogika” fani o’zining taraqqiyot bosqichlaridagi turli
hil qarashlar bilan birgalikda, barcha ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy fanlar
bilan aloqadorligi, hamda uning ilmiy-nazariy asoslari Qiyosiy
pedagogika,
etnopedagogika,
pedagogik
sotsiologiya,
falsafa,
madaniyat, ta’lim menejmenti kabi fanlar bilan bevosita bog’liq holda
yoritib boriladi va bular fanning metodologik asoslari hamda ilmiy
tadqiqot metodlari borasida katta ahamiyatga ega bo’lib, talabalarda
mustaqil izlanish, ularda ilmiy qiyoslay olish mahoratlarini
shakllantiradi.
Bu kurs bo’yicha talabalar bilimlari va ko’nikmalariga
qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat: talabalar qiyosiy
pedagogikadan egallagan nazariy bilimlarini, amaliyotda qo’llay
olishlari lozim. Shuningdek, kurs bo’lajak o’qituvchilarni ihtisosligi
bo’yicha bilimlarni egallash davomida o’zining ma’naviy, ahloqiy
darajasini kengaytiradi, jahon mamlakatlarining ta’lim sohasida
erishayotgan yutuqlaridan o’quv-tarbiya jarayonida foydalanadi. Har
bir Xalq o’z yashash tarzi, tarihiy va ijtimoiy darajasi, milliy
madaniyatiga ega ekanligiga mos ravishda, o’ziga xos takrorlanmas
milliy-tarbiya madaniyatiga ega bo’lishi va bulardan hayotda
foydalana biliShi kerakligi ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi.
«Qiyosiy pedagogika» fanining bozor iqtisodiyoti jarayonidagi
to’tgan o’rni va ahamiyati, talaba yoshlarda milliy mafko’raviy
qarashlarni shakillantirish, jamiyatning ilg’or nufizi kuchi sifatida
sog’lom e’tiqodni, erkin fikrlovchi, komil insonlar bo’lishi jarayonidagi
o’rni va rolini aniqlash. Bo’lg’usi o’qituvchilarni Markaziy Osiyo va
jahon Xalqlarining pedagogik me’rosi bilan tanishtirish jarayonida
ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini xosil qilish,
ta’limni boshqarish muassasalari xodimlari jamoasiga jahon
pedagogikasida, ayniqsa taraqqiy etgan mamlakatlarda ta’limning
amalga oShiriliShi, istiqboli to’g’risida batafsilroq ma’lumot berish
kabi vazifalar amalga oShiriladi.
Ixtiyoriy ilmiy bilimning barkaror rivojlanishning zaruriy sharti
uning evolyutsion bosqichlarida ongli tarzda merosdan merosga
utishdir. Pedagogika fanlari uchun bu juda muhim hisoblanadi.Chunki
bir davrdan ikkinchi davrda uzluksiz o’tuvchi xususiyatga ega ta’lim
tarbiyaning dolzarb va abadiy muammolari bir talay. Yangi ijtimoiy
tarihiy sharoitda va fanning Yangi bosqichda tarihiy ilmiy merosga
tayanib ish kurish zarur va ahamiyati yuksak hisoblanadi. Shuning
uchun pedagogika o’zining tarihi ikkilamchi masala ham, qadimiy
ashyolar yigindisi ham bo’lmay, doimiy taraqqiyotda bo’lgan
muammolarni o’z ichiga qamrab olgan majmua hisoblanadi. Ularning
batafsil tahlili pedagogika fanlariga oid ihtiyoriy sohaning ilmiy
tadqiqotlari nazariy metodologik darajasini mukammallashtiradi.
Olimning kasbiy va aqliy kamolotida muhim ko’rsatgichga aylanadi.
Bularning bari qiyosiy pedagogikaga ham to’la aloqadorlik kasb
etadi.
1.Qiyosiy-pedagogik tadqiqotlar rivojlanishning boshlang’ich
bosqichi.
Chet mamlakatlarda o’sayotgangan avlodning qay tarzda
tarbiyalanishga qiziqish qadim zamonlardayoq mavjud edi. Yunon
tarihchisi Gerodot Bobil va Misrda yoshlar tarbiyasiga oid hikoyalar
aytgan bulsa, Rim tarihchisi Tatsit qadimgi german qabilariga oid
o’ziga xos xususiyatlarni qayd etib o’tgan edi. O’sha davrlardayoq,
mamlakatlarning yosh avlodni tarbiyalash ishlarini yahShilashda
kushni mamlakatlar tajribasidan foydalanish maqsadida tez-tez
ko’rilib turgan. Masalan: Platon Sparta tarbiyasining ayrim usullari
Afinada ham joriy qilinsa yahShi bo’lishini takidlagan. Ksenafont
forslarning zodogon yoshlari tarbiyasi xususiyatlarini tasvirlar ekan,
yunon
yoshlarini
tarbiyalashning
o’ziga xos xususiyatlarini
shakllantirishda ulardan o’rnak olishni maslahat beradi. Ammo bular
qisqa va unchalik dalillanmagan kuzatishlar bo’lib, etnografik yoqi
tarihiy hotiralarda izini qoldirgan holos. Shuning uchun bunday
kuzatishlarni o’sha davrga xos bo’lgan ilmiy tasavvurlar doirasiga
kiritish qiyin. O’rta asrlarda G’arbiy YYevropadagi madaniy vaziyat
ta’lim-tarbiya
sohasining
xalqaro
qiyoslashga
qiziqishini
muvofiqlashtirmagan.
Ming yillik davomida ta’lim ham boshqa madaniy sohalar kabi
cherkov yakkahokimligi mavjud bo’lib, o’qitishning asosiy tili
hisoblanadi.
Buning
natijasida
turli
mamlakatlarning
o’quv
muassasalari tashkil qiliniShi; ta’lim maqsadi, metodi va mazmuniga
ko’ra, bir-biridan sezilarli darajada farqlanmagan.
So’nggi o’rta asrlar davrida Yevropa millatlar shakllanishi
jarayonini boshdan kechiradi. XVIII asrga kelib bir qadar rivojlangan
mamlakatlarda bu jarayon o’z yakuniga etdi. Milliy birlik hayotning
turli sohalarga va Xalqlarning milliy o’zligiga ijobiy ta’sir qiladi. O’z
navbatida bu ta’sir madaniyat va ta’lim sohasida ham kuchli namoyon
bo’ladi. Milliy tillar uzluksiz ravishda lotin tilini siqib chiqara
boshladi. Har bir mamlakatning o’quv muassasalari o’zining milliy
xususiyatlarini shakllantira boshladi va cherkovga tobeligi ancha
susaydi.
Bunday sharoitda Yevropaning ko’plab mamlakatlarida qo’shni
mamlakatlarning ta’lim tizimi tashkil qiliniShi bilan taniShish ehtiyoji
kuchaydi. Bu Yan Amos Komenskiy faoliyatida (1592-1670) yaqqol aks
etadi. Boshlang’ich maktabdan universitetgacha bo’lgan ta’lim
tizimining yaxlit tizimining yaxlit strukturasi va tamoyillarini ishlab
chiqishda Ya.A.Komenskiy o’zi malum vaqt yashagan va faoliyat
Do'stlaringiz bilan baham: |