Reja: Qishloq xo’jaligining respublika iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyati


Agrar islohot, ularning ustuvor yo’nalishlari



Download 172 Kb.
bet2/16
Sana28.04.2022
Hajmi172 Kb.
#586427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2 5382151826470606671

Agrar islohot, ularning ustuvor yo’nalishlari
O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng iqtisodiyotni rivojlantirishda erkin boshqarilayotgan ijtimoiy ximoyalangan bozor iqtisodi qonunlariga asoslanishi belgilab olindi. Buning uchun iqtisodiyotning barcha sohalarida erkin bozor munosabatlarini shakllanishini ta’minlovchi islohatlarni amalga oshirish obyektiv zaruriyat hisoblanadi. Shuni e’tiborga olgan holda qishloq xo`jaligida turli hildagi islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan:

  • Huquqiy va me’yoriy yo`nalishda:

  • Tashkiliy va institutsional yo`nalishda;

  • Tarkibiy islohatlar;

  • Iqtisodiy islohatlar;

  • Ijtimoiy va boshqa yo`nalishlardagi islohatlar.

Mustaqillik yillarida agrar tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlar tarmoq hamda mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga katta hissa qo’shmoqda. Bu haqda respublika Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatning qo`shma majlisidagi ma'ruzasida quyidagi fikrlarini bildirganlar. “Avvalambor, iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta'minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi... Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi o’tgan yili 5,7 foizga oshdi... Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish tizimi tubdan o’zgarmoqda, fermerlik qishloqda xo’jalik yuritishning eng istiqbolli va samarali shakli sifatida etakchi o’rinni egallamoqda”1,- deb yakun yasagan. Lekin, erishilgan natijalar hozirgi o’sib borayotgan talabni to`liq qondiraolmaydi. Shuning uchun ham agrar tarmoqda amalga oshirilayotgan “bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish”2 asosiy ustuvor vazifa ekanligini Prezident tomonidan belgilangan. Eng asosiy ustuvor vazifa mamlakatni modernizatsiya qilish va aholiga munosib turmush sharoitini yaratib berishdir.
Uni hal etish maqsadida qishloq xo’jaligini modernizatsiya etish natijasida tarmoqni yanada yuqori sur'atlar bilan rivojlantirishni ta'minlash zarur. Buning uchun qishloq xo’jaligidagi xususiy tarmoqni ustuvor darajada o’sishini ta'minlashga erishish lozim. Shuning bilan birgalikda “... kichik biznes va fermerlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni chuqurlashtirish va ko’lamini kengaytirish”3 agrar islohotining ustuvor yo’nalishi deb belgilangan. Ularni ijobiy hal etilishini ta'minlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ham belgilangan. Jumladan, avval ta'kidlangan Vazirlar Mahkamasining 607-sonli qarorida 2005-2007 yillarda “uch yil davomida rentabelligi past bo’lgan 1100 ta shirkat xo’jaliklari negizida fermer xo’jaliklarini to`g`ri tashkil etishga katta e'tibor berish zarur” deb ta`kidlangan. Buning uchun bo’lajak fermer xo’jaliklarining rahbarlarini to`g`ri tanlash hamda ular talab etgan yer uchastkalarini belgilangan muddatlarda ajratib berish masalalarini oshkoralikda, adolatli tarzda va qat'iy tanlov, tendyer asosida o’tkazilishini ta'minlashga erishish lozim. “Bunda mahalliychilik, urug`-aymoqchilik va poraxo’rlik hollariga keskin barham berish lozim”4- deb alohida ta'kidlagan Respublika Prezidenti I.A.Karimov. Fermerlikni ustuvor sur'atlarda rivojlantirish uchun quyidagi masalalarga:
-davlat tuzilmalarining qishloqda tadbirkorlik, kichik biznes sub'ekti hisoblangan fermerlik faoliyatiga aralashuvini yanada cheklash;
-fermerlarni tender asosida tanlovini o’tkazish, ularga yer ajratish ishlarini oshkoralikda, barcha qonunlar talabi asosida adolatli tarzda amalga oshirish, tendyer komissiyasining a'zoligiga etuk, tajribali, bilimdon, halol ma'naviyatli rahbar, mutaxassislarni jalb etish, uning faoliyatini to`liq kompyutyerlashtirish;
-fermerlarga uzoq muddatga foydalanish uchun ajratib berilayotgan yerlarning sifatini yaxshilab, unumdorligini yuksalishini ta'minlashga qaratilgan tadbirlarni o’z vaqtida sifatli amalga oshirilishini ta'minlaydigan miqdorda mablag`larni davlat byudjetidan ajratish imkoniyatlarini yaratib berish;
-fermer xo`jaliklarining yer maydonlarini samarali muqobil maydonlarini belgilash;
-ayrim qishloq xo`jalik mahsulotlariga belgilanayotgan davlat buyurtmasini rivojlangan davlatlarda qo’llanilayotgan o’zaro manfaatli davlat dasturlari bilan almashtirish;
-fermerlik faoliyatini moliyalashtirish, kreditlashtirish ishlarini soddalashtirish, shartlarining yukini yumshatish, muddatlarini va stavkalarini o’zaro manfaatli bo’lishini ta'minlash;
-fermerlik faoliyatida zarur bo’lgan ishlab chiqarish vositalarini erkin sotib olish va o’z mahsulotlarini mustaqil sotish uchun bozorlarga chiqish (naqd pullarini o’z vaqtida olish) imkoniyatlarini kengaytirish;

Download 172 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish