Reja: Qishloq xo’jaligining respublika iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyati


MEHNAT RESURSLARI, BOZORI, ULARDAN FOYDALANISh VA MEHNAT UNUMDORLIGI



Download 172 Kb.
bet16/16
Sana28.04.2022
Hajmi172 Kb.
#586427
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2 5382151826470606671

MEHNAT RESURSLARI, BOZORI, ULARDAN FOYDALANISh VA MEHNAT UNUMDORLIGI
Reja:
1. Mehnat resurslari va mehnat unumdorligining qishloq
xo’jaligidagi ahamiyati.
2. Mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligi.
darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi.
3. Qishloq xo’jaligidagi mehnat resurslari, ulardan foydalanish va
mehnat unumdorligi darajasi.

Mehnat resurslari va mehnat unumdorligining qishloq


xo’jaligidagi ahamiyati

Mamlakatimizning qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan barcha talablarini qondirishda jonli va buyumlashgan mehnatning ahamiyati ulkan. Chunki u qiymatni yaratadi, qolaversa, mehnat insonning ongli–maqsadga yo’naltirilgan faoliyatidir. U bilan mehnat predmetlari hamda vositalari uyg`unlashgan holda ish jarayoni amalga oshiriladi. Bu jarayonning mahsuli qiymat hisoblanadi. Demak, talabni qondira olish qobiliyatiga ega bo’lgan mahsulotlarni yetishtirish, xizmatlarni bajarish insonning jonli faoliyati (mehnati) bilan mehnat predmetlari va vositalarining maqsadga muvofiq bog`lanishiga bog`liq. Ya'ni, inson mehnati yer traktor chigit (urug`) va yoqilg`ilarning ijobiy bog`lanishi natijasida paxta yoki bug`doy va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlari yyetishtiriladi. Ularning miqdori, sifati bevosita yuqoridagi omillarga bog`liq. Lekin inson va uning ongli faoliyati bo’lmasa hech qanday mahsulot yaratilmaydi, ish yoki xizmat bajarilmaydi. Shunday ekan, faqat inson o’zining ongli faoliyati bilan mahsulotlarni yaratadi, ishlarni, xizmatlarni bajaradi.


Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirishda tabiiy sharoitning (harorat, yog`in va issiq kunlar miqdori) ahamiyati katta. Ishlab chiqarish inson mehnati hamda mehnat proedmetlari va vositalari, tabiiy sharoitlarni e'tiborga olgan holda samrali uyg`unlashishini talab etadi. Inson shu ishlab chiqarish vositalarini ma'lum hududda, davrda ishga solib, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiradi. Bu jarayon bir qancha mehnat jarayonlarini o’z ichiga oladi. Jumladan, ekinlar ekiladigan yerlarni haydash, ekishga tayyorlash, ekish, suv berish, ishlov berish, hosilni terib olish va boshqalar. Ishlab chiqarish jarayonining samarasi, avvalo, insonning ongiga, bilimiga, malakasiga, munosabatiga, qolaversa, fan-texnika taraqqiyotiga, ishlab chiqarish vositalarining sifatiga, holatiga va nihoyat, tabiiy sharoitga bog`liq. Demak, inson o’z faoliyatini ularning barchasini oqilona, uddaburonlik bilan samarali ishga solishga qaratishi kerak. Shunday mehnat iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Uning tabiati ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Qishloq xo’jaligida mehnat tarmoqning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda quyidagi xususiyatlarga ega:

  • mehnat va uning samarasi tabiiy sharoit bilan bog`liqligi;

  • mehnatdan foydalanishga ishlab chiqarish mavsumiyligining ta'sir qilishi;

  • qishloq xo’jaligidagi mehnatning o’simliklar hamda tirik mavjudotlar (hayvonlar, o’simliklar) bilan uzviy bog`langanligi;

  • qishloqdagi mehnat saviyasi va bilim darajasining nisbatan pastligi;

  • o’simchilik va chorvachilik tarmoqlarida ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilganlik va mexanizatsiyalashtirilganlik hamda elektrlashtirilganlik darajasi pastligi;

  • tarmoqda tor doiradagi ixtisoslashishning kamligi;

  • qishloq xo’jaligida sarflanayotgan mehnat tarkibida ayollar va yoshlar mehnati salmog`i (hissasi) ning ko’pligi;

  • qishloq xo’jaligida mehnatga to’lanayotgan haq va uning ijtimoiy himoyalanishi boshqa tarmoqlardagiga nisbatan pastligi va boshqalar.

  • Mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligi

  • darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi


  • Mehnat resurslari qishloq xo’jaligini rivojlantirishda ishlab chiqarish resurslarining eng faol omili sifatida katta ahamiyatga ega. Ular ishlab chiqarish jarayonida ongli ravishda qatnashib, ko’proq, sifatliroq mahsulotlarni talabni qondiradigan miqdorda yetishtirishga, ish va xizmatlarni tez va samarali bajarishga harakat qiladi. Shunday ekan, ulardan yil davomida to’liq, samarali foydalanishga erishish lozim. Buning uchun mehnat resurslaridan foydalanilayotganlik darajasini aniqlash kerak. Uni aniqlash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:

  • a). Mavjud bo’lgan mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsienti. Uni aniqlash uchun ishlab chiqarish jarayonida haqiqatda qatnashgan mehnat resurslari miqdorini (kishi) xo’jalikda shartnoma (buyruq) bo’yicha mavjud bo’lgan mehnat resurslari miqdoriga taqsimlanadi. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

  • МК .

  • Bunda: Mk – mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsienti;

  • haqikatda ishlagan jami mehnat resurslari, kishi;

  • mavjud bo’lgan jami mehnat resurslari, kishi.

  • Bu ko’rsatkichning darajasi birga yaqin bo’lgani yaxshi. Shunda u mavjud mehnat resurslaridan foydalanish darajasi yuqori bo’lganligidan dalolat beradi.

  • b). Mehnat resurslarining xo’jalik faoliyatida qatnashishi (1 oyda, 1 yilda). Uning miqdorini xo’jalik faoliyatida jami sarflangan vaqtni sarflangan mehnat resurslarining umumiy miqdoriga taqsimlash natijasida aniqlash, bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin.:


  • MrXqk .

  • Bunda: MrXqk – mehnat resurslarining ma'lum bir muddatda o’rtacha ishlagan ish vaqti, kishi-kuni, kishi-soati;

  • mehnat resurslarining jami sarflagan ishlagan vaqti, kishi-kuni, kishi-soat.

  • Bu ko’rsatkichning mutlaq (absolyut) miqdori aniqlanayotgan davrdagi (oyda, yilda) bir kishining ish vaqti fondidan yuqori bo’lmaydi. Mehnat resurslarining har bir guruhi uchun amaldagi qonunlarda yillik yoki oylik ish vaqti fondi belgilanadi. Uning miqdorini bir yildagi kalendar kunlar miqdoridan barcha turdagi bayram (agar u qonun bo’yicha dam olish kuni hisoblansa), dam olish hamda ta'til (otpuska) kunlarini ayirish orqali aniqlanadi. Respublikada yillik ish vaqti fondi 276-286 kun yoki 2208-2288soat miqdorida belgilangan. Bu iqtisodiy faol mehnat resurslarining yillik ish vaqti fondi hisoblanadi. O’smirlar uchun bu fond ularni ijtimoiy jihatdan himoya qilgan holda belgilangan. Xuddi shunday imtiyozlar inson salomatligi uchun zarur ishlarni bajaruvchilar uchun ham o’rnatilgan.

    • Qishloq xo’jaligidagi mehnat resurslari, ulardan foydalanish va mehnat unumdorligi darajasi

Respublika aholisining umumiy miqdori 2009 yilning boshiga 27527 ming kishini tashkil etgan. 2005-2008- yillarda aholi sonining o`rtacha o’sishi 1,53 foizga teng bo’lgan. Jami aholining 62 foizga yaqini qishloq hududlarida yashamoqdalar. Ularni ish bilan ta'minlash va mehnatlari unumdorligini yuksaltirish juda katta ahamiyatga ega.
Respublikada 2009 yilning boshiga 11094 ming kishi iqtisodiyotda band bo`lgan. Ularning aksariyat qismi qishloq hududlarida yashab, mehnat qiladilar. Demak, jami aholining 60,0 foizi mehnat resurslari hisoblanadi. Ulardan 11451 ming nafari yoki 67,2 foizi iqtisodiy faol, 96,9 foizi yoki 11094 ming nafari respublika iqtisodiyotida band bo’lgan mehnat resurslaridir. Makroiqtisod doirasida band bo’lgan mehnat resurslarining 27,2 foizi qishloq xo’jaligining barcha tarmoqlarida faoliyat ko`rsatmoqdalar (8.3.1-jadval).

Mamlakat qishloq xo’jaligida band bo’lgan mehnat resurslarining miqdori 1995-2008 yillar mobaynida 413,0 ming kishiga qisqargan. Natijada tarmoqda band bo’lgan ishchi-xizmatchilarning salmog`i 40,9 foizdan 27,2 foizga tushgan yoki 10,3 foizga kamaygan. Bu, albatta, ijobiy hol. Bu jarayon qishloqda mehnatni ma’lum darajada industrlashayotganligidan dalolat beradi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda, ya'ni AQSh, Olmoniya, Frantsiya, Ispaniya, Gollandiyada qishloq xo’jaligida jami aholisining 3 foizdan 10 foizgacha bo’lgan qismi faoliyat ko’rsatmoqda. Ular mehnatining unumdorlik darajasi nihoyatda yuqori. Ularda faoliyat ko’rsatayotgan har bir kishi 120 nafargacha kishini qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan ta'minlamoqda.


Respublikamiz miqyosida bu ko’rsatkich darajasi hozirgi davrda ancha past. Demak, uni yuksaltirishga alohida e'tibor berish lozim.
Tarmoqda band bo’lgan mehnat resurslari miqdori va salmog`ining pasayishi respublikada amalga oshirilayotgan agrar-iqtisodiy siyosatning ma'lum darajadagi natijasidir. Mehnat resurslarini ish bilan ta'minlash, ularning mehnati unumdorligini oshirish maqsadida respublika Prezidenti I. Karimov sanoatni qishloqqa olib borish zarurligini asoslagan holda isbotlamoqdalar.

1 Karimov I.A. “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqorolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir. Xalq so`zi. 2010. 28-yanvar.

2 Shu manbaa

3 Shu manba

4 Karimov I. A. “Bizning bosh maqsadimiz jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish.” T. O`zbekiston. 2005-y. 84.bet.

5 Karimov I.A. “O`zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo`lida.” T.O`zbekiston. 1995-y. 59-60-betlar.

6 O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi. O`zbekiston 1992-y. 19-bet.

7 Ru.wikipedia.org/wiki.

8 Darakchi. 19.08.2010. 8-bet

9 Karimov I A – Rivojlanish yo`lida hamkorlik. “Xalq so`zi”. 4-may 2010-yil


Download 172 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish