Qishloq xo’jaligi yyer fondining tarkibi, ahamiyati va o’ziga xos xususiyatlari
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichida Qishloq xo’jaligini isloh qilishga ustunlik byerildi. Chunki respublika sanoatining ko’pgina tarmoqlarini, jumladan, paxta tozlasha, to’qimachilik, yengil sanoatni oziq-ovqat, kimyo sanoatini qishloq xo’jalik mashinasozligining va boshqalarni rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloq xo’jaligiga bog’liqdir.
Shu bilan bir qatorda O’zbekiston aholisining va foizdan ortig’i qishloq joylarida yashaydi. Shuning uchun ham barcha tashvish va muammolarni echish qishloq xo’jaligini isloh qilishdan boshlanadi. Ayniqsa, qishloq xo’jaligida band bo’lgan odamlarni barchasiga yyer, suv va texnika vositalarini yetkazib byerish ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Yyer esa har bir xalqning asosiy boyligidir. Agar yer sanoat ishlab chiqarishning imoratlari turadigan oddiy bir baza bo’lsa, qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi, ya’ni yerga ishlov byerish yo’li bilan ishlab chiqarishga ta’sir etib, undan hosil yetishtirib oladilar. Yer bir paytda ham mehnat predmeti sifatida ham mehnat quroli sifatida qishloq xo’jaligida yuzaga chiqadi.
Mehnat predmeti sifatida yuzaga chiqganda yer mehnat yo’naltirilgan ob’ekt bo’ladi. Mehnat quroli sifatida yuzaga chiqqanda, yerga zarur biologik sharoitlarni tug’dirish natijasida o’simlik rivojlaniladi.
Qishloq xo’jaligida yerdan foydalanishda tuproqning eni yuqorigi qatlamidan foydalaniladi, ya’ni ma’lum darajada fizik-ximiyaviy xossalarga ega bo’lgan qatlamlaridan foydalaniladi. Tuproqning unumdorligi qanchalik yaxshi bo’lsa, hosildorlik shuncha yuqori bo’ladi. Tuproqnnig unumdor bo’lishi esa undagi ozuqa moddalarining miqdoriga sharoitiga qishloq xo’jaligida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq etishga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi kishilar mehnatiga bog’liq.
Tuproq unumdorligigi quyidagi turlardan iborat.
1. Tabiiy va ozuqaviy ya’ni iqtisodiy
2.Potensial – ya’ni foydalanish mumkin bo’lgan.
1) Tuproqning tabiiy unumdorligi uning paydo bo’lishida uzoq davom etadigan jarayonlar natijasida vujudga keladi. U tuproqning fizik, ximik va biologik xossalarida iqlim sharoitlari bilan belgilanadi. Tabiiy unumdorlik ob’ektiv xususiyatdir. U aksariyat ya’ni potensial unumdorlik holatida bo’lib, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishda yerdan foydalangan vaqtdagina samarali natija byeradi.
Yerning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilarda ifodalanadi:
a)Yerni ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlab chiqarish vositasi bilan almashtirib bo’lmaydi.
b) yerdan to’g’ri foydalanisa, u hech qachon eskirmaydi, aksincha, yerga qancha yaxshi ishlov byerilsa, yer yaxshilanib boradi, hajmi ko’payib boradi.
v) yer insoniyatni barcha avlodalari uchun abadiy ishlab chiqarish vositasidir.
g) yer-tabiat mahsuli
d) yerni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib bo’lmaydi.
e) yer tabiatda chegaralangan. Uni insoniyat xoxlaganda ko’paytirish imkoniga ega emas. Demak, yagona to’g’ri yo’l – mavjud yer resurslaridan samarali foydalanishdir.
Lekin, sanoatning o’sishi, kommunikasiyaning o’sishi aholining ko’payishini tabiiy holda birikishiga to’g’ri keladigan yer maydonining qisqarishiga olib keladi. Ayrim hollarda esa insoniyat yerdan to’g’ri foydalanmasligi oqibatida yerning ketishiga ham olib keladi.
Taraqqiyotning tuproq yeroziyasi sho’r bosish kabi salbiy oqibatlarni kamaytirish uchun har bir davlatning va yerdan foydalanuvchilarinng muhim vazifasidir.
Ta’kidlab o’tilganldarning barchasi mavjud yerlardan qaysi turlarini joylashtirish turlaridan foydalanish va ishlab chiqarishning hajmini qanday bo’lsin maqsadga muvofiqligi inkor yetib bo’lmaydigan talablarni keltirib chiqarar.
Yerning jamiyatdagi ahamiyati nihoyatda beqiyosidir, unda aholi yashash uchun binolar, uy-joylar quriladi. Xalq xo’jaligi uchun inshootlar, korxona, muassasa, o’quv binolari, ilmiy-ishlab chiqarish tashkilotlari lar quriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |