Reja: Qishloq xo'jaligi yer fondining tarkibi, ahamiyati va uziga xos xususiyatlari



Download 65,49 Kb.
bet9/13
Sana30.12.2021
Hajmi65,49 Kb.
#90203
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
asm 6

Qishloq xo`jaligida yer ishlab chiqarishning asosiy vositasi.

  • Yer fondi va undan oqilona foydalanish.

  • Yer kadastri va yerning sifatini iqtisodiy baholash.

  • Qishloq xo`jaligida mehnat resurslari.

    Yer ishlab chiqarishning asosiy vositasi, yer fondi, yer fondidan okilona foydalanish, yer kadastri, yer sifatini iqtisodiy baholash, mehnat resurslari.

    Qishloq xo`jaligida yer ishlab chiqarishning asosiy vositasi

    Qishloqda agrar siyosatning bosh masalasi, negizi – yerga egalik – mulkchilik masalasidir. Shu boisdan ham qishloqqa doir qabul qilingan farmonlar, “Yer to`g`risida”gi qonunda bu masalalar hisobga olinib, qishloq xo`jaligidagi munosabatlar, yerga egalik munosabatlari aniq belgilab berildi. Bu masala O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham qat`iy qilib yozib qo`yildi. Jumladan, Konstitutsiyada yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligi qayd etilgan.

    Qishloq xo`jaligida yer ishlab chiqarishning asosiy vositasi hisoblanadi. Yer bo`lmasa dehqonchilik mahsulotlarini ham, chorvachilik mahsulotlarini ham yetishtirib bo`lmaydi. Odam ishlab chiqarish jarayonida tuproqqa, yerga, o`tloqqa, yaylovga va hokazolarga ta`sir qilar ekan, tuproqning unumdorligini oshirish uchun zarur shart – sharoitlar yaratadi, yer mehnat predmeti sifatida maydonga chiqadi. Shu bilan birga yerning tabiiy xossalari – fizik, mexanik, kimyoviy va biologik xossalaridan foydalaniladi. Shuning uchun yer mehnat quroli sifatida ham, mehnat vositasi sifatida ham maydonga chiqadi. U holda ham, bu harda ham u qishloq xo`jaligidagi ishlab chiqarishning asosiy va hech narsa bilan almashtirib bo`lmaydigan vositasi, dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish negizi hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositasidan to`g`ri foydalanish tufayli yerning hosildorligi ortadi, bu esa qishloq xo`jaligini yanada yuksaltirishni ta`minlaydi.

    Ishlab chiqaruvchi kuch tez rivojlanib borganda barcha eski mashinalar yanada foydaliroq mashinalar bilan almashtirilishi, ya`ni eski mashinalar ishlab chiqarishdan butunlay chiqarib tashlanishi kerak. Yer esa, aksincha, agar unga to`g`ri munosabatda bo`linsa, xamisha yaxshilanib boradi. Yerning unumdorligi kapital, mehnat va fanni qo`llanishi bilan cheksiz darajada ortadi.

    Yer fondi va undan oqilona foydalanish

    Yerdan ratsional foydalanish butun xalqning va avvalo qishloq xo`jaligidagi barcha xodimlarning eng muhim vazifasidir. Bu vazifa eng kam mehnat va ishlab chiqarish vositalarini sarflagan holda har gektar yerdan ko`proq yuqori sifatli mahsulot olishdan iborat. Mamlakatimizda yer moddiy farovonlikni oshirishning eng muhim manbai, shuning uchun ham hukumatimiz tabiatni asrashni kuchaytirish hamda yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanishni yaxshilash tadbirlarini qonun yo`li bilan mustahkamlab kuygan. Respublika 44797,7 ming gektar yer fondiga ega, shundan barcha qishloq xo`jalik yerlari 27987 ming gektar, shu jumladan, sug`orishga yaroqli yerlar 5 mln. gektar, sug`oriladigan yerlar maydoni 4238,6 ming gektar, qishloq xo`jaligida foydalaniladigan yerlarning umumiy maydoni salkam 32 mln. gektar, ekiladigan yerlar 4090,2 ming gektar, xaydaladigan yerlar 4474,5 ming gektar.

    Respublika yer fondining asosiy qismi 62 foizga yaqini qishloq xo`jalik yer turlari toifalariga mansub, qolgan qismi fuqarolar yerlari – tomorqa 1 foiz, o`rmon va tukayzorlar 3.2 foiz va qishloq xo`jaligida foydalanilmaydigan yerlar 34.2 foiz. Sug`oriladigan yerlar jami yer resurslarining 9.2 foizini tashkil etishiga qaramay Respublika qishloq xo`jaligida yetishtiriladigan yalpi mahsulotning 98.5 foizi shu yerlarda yetishtiriladi. Qishloq xo`jalik yerlari strukturasida ekin ekiladigan yerlar salmog`ining ortishi, bog` va uzumzorlarning kengayishi, yalpi mahsulot ishlab chiqarish va qishloq xo`jalik yerlarining maydoni birligiga hisoblaganda yalpi mahsulot va ozuqa ishlab chiqarishni ko`payishi yerdan intensiv foydalanishning iqtisodiy ko`rsatkichlaridir. Qishloq xo`jalik yerlariga ekinzorlar, qo`riq yer uchastkalari, pichanzorlar, yaylovlar, bog` va uzumzorlar, ixota daraxtzorlari, baliq urchitiladigan xovuzlar kiradi. Qishloq xo`jalik ekinlari ekish uchun ishlatiladigan uchastkalar haydov yerlari hisoblanadi. Tabiiy pichanzorlar suv bostiriladigan maysazorga, suvsiz vodiy va botqoq yerlarga; yaylovlar, suvsiz vodiy, suv chiqariladigan dasht, tog`lik, o`rmonzor yerlariga, shuningdek, sun`iy ko`p yillik madaniy yaylovlarga bo`linadi.

    Yer davlat mulkidir. Davlat yer fondini to`g`ri taqsimlash va undan reja asosida foydalanishni tashkil qiladi. O`zbekiston Respublikasida yagona davlat yer fondi sostaviga quyidagilar kiradi:

    qishloq xo`jaligida foydalaniladigan yerlar;

    sanoat, transport, kon sanoati va qishloq xo`jaligi korxonalariga mansub bo`lmagan muassasa va tashkilotlar foydalanayotgan yerlar;

    shahar va shahar tipidagi posyolkalar joylashgan yerlar;

    davlatning zapas yerlari.

    Yer fondining ancha qismi foydalanish uchun qishloq xo`jalik korxonasi va turli jamoat muassasalariga berilgan. Qolgan qismida o`rmon xo`jaligi va boshqa davlat xo`jaliklari ish yuritadilar. Bulardan bevosita davlatning o`zi foydalanadi.

    O`zbekiston Respublikasida yer fondining 62 foizi qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi korxonalariga foydalanish uchun ajratilgan. Qishloq xo`jaligida yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi tuproqning tabiiy sharoitiga qarab bo`lingan zonalarda har gektar yerga kam mehnat va mablag` sarflab ko`p mahsulot yetishtirish bilan belgilanadi. Uning umumlashtiruvchi ko`rsatkichi 100 gektar yer maydonida yetishtirilgan mahsulot birligidir. Ayni vaqtda, ayrim yer maydonlaridan yetishtirilgan mahsulot turlariga qarab 100 gektar qishloq xo`jaligida foydalanadigan yer yoki 100 gektar haydaladigan yerga qarab hisoblanadi. Masalan, o`simlikchilik mahsulotlari haydaladigan yerlarda yetishtiriladi. Shuning uchun ham o`simlikchilik mahsulotlari yetishtirish har 100 gektar haydaladigan yerga hisoblanadi. Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish yem – xashak bazasidan mol turlariga qarab foydalanishga bog`liq. Qoramol, qo`ychilik va echkichilik mahsulotlari 100 gektar qishloq xo`jaligida foydalanadigan yer maydoniga; cho`chqachilik mahsulotlari 100 gektar haydaladigan yerga; parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish 100 gektar don ekinlari ekiladigan maydon birligiga hisoblanadi.

    Qishloq xo`jaligi korxonalarida yerdan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo`li qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini izchillik bilan intensivlashtirish, qishloq xo`jaligi oborotidagi yerlarni yaxshilashdan iboratdir.

    Qishloq xo`jaligi yerlaridan foydalanish darajasini yanada ko`tarishda irrigatsiya g`oyat katta rol o`ynaydi. Yer maydonlarini doimo yaxshi holatda saqlash va uning mahsuldorligini oshirishda shamol va suv erroziyasiga qarshi kurash muhim tadbirlardan hisoblanadi. Tuproq erroziyasiga qarshi kurashda yagona va ilmiy jihatdan asoslangan tadbiriy choralardan foydalanish ma`qul. Bu tadbiriy choralar sistemasiga almashlab ekishni joriy qilish, ixota daraxtzorlarini barpo etish kabi asosiy omillar kiradi. Eng oddiy va samarali agrotexnika tadbirlaridan yer haydash, ekin va qishloq xo`jalik ekinlarini qiyalik joylarda ko`ndalangiga ekish suv erroziyasi keltirayotgan zararni bir necha bor kamaytiradi. Respublika qishloq xo`jaligi korxonalari qishloq xo`jaligida foydalanadigan yer maydonlari umumiy struktura sostavida yaylovlar 50 foizdan ziyodroq salmoqni egallaydi. Yaylovlar, deyarli, cho`l va yarim sahro zonalarida joylashgan bo`lib, ulardan qo`ychilikni, ayniqsa, qorako`lchilikni hamda echkichilikni rivojlantirish uchun foydalaniladi. Cho`l yaylovlarining talaygina qismi sug`orishning asosiy rezervidir, shundan 6 mln. gektar maydonda sug`orish imkoniyatlari mavjud. Yaylovlarni yaxshi parvarish qilish, ularni yaylov oborotiga kiritish va qo`shimcha ravishda o`t urug`larini ekish hisobiga yuqori sifatli va arzon yem – xashak olishga erishish mumkin.

    Ilmiy jihatdan asoslangan dehqonchilik sistemasini yuritish yerdan ratsional foydalanishning asosiy negizidir. Tuproq unumdorligini og`ishmay oshira borish va kam mehnat, mablag` harajat qilib yuqori hosil olish dehqonchilik sistemasining asosiy shartidir.

    Yer kadastri va yerning sifatini iqtisodiy baholash

    Yerning sifati bilan bog`liq ishlab chiqarish vositasi sifatidagi qiyosiy bahosini, tabiiy - iqtisodiy sharoitini, joylashish o`rnini yer kadastri orqali aniqlash mumkin.

    Yer kadastri yerning tabiiy, xo`jalik va huquqiy ahvoli haqidagi haqiqiy ma`lumotlar yig`indisidir.

    Yer kadastri quyidagilarni:

    yerdan foydalanishni davlat ro`yxatidan o`tkazish;

    yerlar sifatining tuproqning turi va xili – relyefi, shamol va suv eroziyasiga uchrashi, ozuqa moddalari bilan ta`minlanganligi, sho`rhokligi va har bir yerdan foydalanish hamda yerga mulkchilik belgilariga ko`ra hisobga olinishini;

    tuproq bonitrovkasi, ya`ni o`simlikshunoslik uchun eng muhim hisoblanuvchi tuproqni tabiiy hususiyatlariga ko`ra klassifikatsiya qilishni;

    yer sifatini ishlab chiqarish vositasi sifatida iqtisodiy baholashni o`z ichiga oladi.

    Yer sifatini iqtisodiy baholash deganda sifati turlicha bo`lgan yerlarning turli tabiiy – iqtisodiy sharoitlardagi nisbiy foydaliligini aniqlash tushuniladi.

    Yerni iqtisodiy baholash, ishlab chiqarish hajmini rejalashtirish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini optimal joylashtirish va zona, viloyat ayrim korxonalarni ixtisoslashtirish, narxlarni va soliq solishni differensiatsiya qilish, korxonalar, xo`jalik hisobidagi bo`limlarning xo`jalik faoliyatlari natijalarini baholash va jamoalarni rag`batlantirish uchun zarurdir.

    Yerning sifatini iqtisodiy baholash yalpi mahsulotning qiymati, sof foyda, asosiy ekinlarning hosildorligi, ozuqa birliklarining chiqishi, har bir gektar yerning tannarxi va xarajatlari bo`yicha o`tkaziladi.

    Yerning nisbiy qiymatini mehnat va ishlab chiqarish vositalari teng sarflangan asosiy ekinlar hosildorligiga ko`ra aniqlash eng asoslangan hisoblanadi.

    Eng yaxshi yerlar 100 ball baholanadi. Xo`jalikning gektaridan eng ko`p miqdorda mahsulot bergan yerlari mazkur xudud uchun etalon sifatida qabul qilinadi.

    Yerni iqtisodiy baholash uchun quyidagi formula qo`llanadi:

    B q YA x 100 : E

    bunda:

    B – baholanayotgan yer bali;



    YA – yalpi mahsulotning bir gektar yer hisobidan olingan qiymati, so`m;

    E – yalpi mahsulotning xo`jalikdagi etalon gektar hisobidan olingan qiymati, so`m.

    Yerni baholashda asosiy o`lchov birligi qilib ekilayotgan ekinlarning hosildorligi qiymat ifodasida qabul qilindi.

    9.4.Qishloq xo`jaligida mehnat resurslari

    Qishloq xo`jaligining mehnat resurslari qishloq xo`jalik korxonalarining mavjud mehnatga qobiliyatli aholisidir.

    Mehnat resurslariga 16 dan 60 yoshgacha bo`lgan erkaklar va 16 dan 55 yoshgacha bo`lgan xotin - qizlar, shuningdek pensiya yoshidagi xodimlar hamda o`smirlar kiradi.

    Mehnat resurslaridan foydalanish ko`p sabablarga: yer bilan ta`minlanganlikka, qishloq xo`jalik ishlab chiqarishining mavsumiyligiga, tabiiy sharoitga, xo`jalikning ixtisoslashuviga, tarmoqlarning strukturasiga, qishloq tumanlarida sanoatning rivojlanish darajasi va hokazolarga bog`liq. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida asosan ishga qobiliyatli 16 yoshdan 60 yoshgacha kishilar mehnat qiladi.

    Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish rejasini muvaffaqiyatli bajarilishi ish kuchlarining tarmoqlarga to`g`ri biriktirilishiga bog`liq. Qishloq xo`jaligi korxonalari tajribasi ish kuchlari yetarli bo`lishiga qaramay, ular tarmoqlarga o`z vaqtida to`g`ri biriktirib qo`yilmasligi natijasida ba`zan ish kuchlari yetishmaslik hollari sodir bo`lishini, chetdan ishchi yollashaga ham to`g`ri kelganligini ko`rsatdi. Agar qishloq xo`jaligi korxonalarida o`z ish kuchlaridan to`g`ri foydalanilsa chetdan ish kuchi yollash u yoqda tursin, aksincha, ish kuchlari ortib, ularni boshqa, yangi tarmoqlarni rivojlantirishga, qurilishlarga safarbar qilish mumkin. Shuning uchun qishloq xo`jalik korxonalari yilning boshida o`z ishlab chiqarish tarmoqlarini puxta o`rganib, ular ishini to`g`ri rejalashtirib, talab qilinadigan ish kuchlarini aniqlashlari va dehqonchilik, chorvachilik, yordamchi korxonalar, ma`muriy ishlar uchun ish kuchlarini to`g`ri biriktirishlari, ya`ni mehnat balansi tuzishlari kerak.

    Xo`jalik tarmoqlariga ishchi kuchlarini biriktirishda quyidagilarga amal qilinadi:

    Qishloq xo`jalik korxonalarida ma`muriy – xo`jalik apparatida ishlovchi xodimlar soni xo`jalikning katta kichikligiga qarab, xo`jalik a`zolarining umumiy majlisida tasdiqlangan shtat jadvaliga asosan belgilanadi;

    Qishloq xo`jalik korxonalarida chorvachilik uchun zarur bo`lgan ishchilar soni molboqarlarga mollarni birkitish bo`yicha qabul qilingan ishlab chiqarish normativiga asosan ishning hajmiga qarab belgilanadi. Chorvachilik fermer xo`jaliklarining turlari bo`yicha tuzilgan texnologik kartalardan ish kuchiga bo`lgan talab yaqqol ko`rsatiladi;

    Qishloq xo`jaligi korxonasining yordamchi korxonalariga ish kuchlari shu korxonalarda bajariladigan ishlarning muhimligiga va hajmiga qarab tuzilgan texnologik kartaga asosan ajratiladi;

    Mexanizatorlarga bo`lgan talab traktor markalariga qarab aniqlanadi;

    Dehqonchilik tarmog`iga zarur bo`lgan ish kuchlarini ajratishdan oldin xo`jalikdagi ekinlarning xillari, ish turlari, ishlarning hajmi, bajarilishiga oid agrotexnika muddatlari va ish normalari puxta o`rganib chiqiladi. Shu bilan birga kishi kunlariga bo`lgan talab aniqlanadi va kishi kunlarini ish kunlari soniga taqsimlash yo`li bilan talab qilinadigan ish kuchlari soni aniqlanadi, bu sohada ham texnologik karta ma`lumotlari asos bo`ladi.



    1.


    Download 65,49 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish