Режа: O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’G’risidagi dastlabki qarashlar


Amir Temur va Temuriylar davri milliy



Download 480,01 Kb.
bet8/95
Sana08.01.2022
Hajmi480,01 Kb.
#330282
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95
Bog'liq
Режа O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’G’risidagi dastla-fayllar.org

Amir Temur va Temuriylar davri milliy davlatchilik to’g’risidagi qarashlarida demokratik tamoyillar. XII-XIV asrlarda O’rta Osiyoni mo’g’ullar tomonidan istilo qilinishi iqtisodiy va ma’naviy hayotga katta salbiy tahsir ko’rsatadi. Mamlakatda jabr-zulm va zo’ravonlik kuchayadi, meqnatkash xalq qattiq eziladi.

Juda ko’p madaniy boyliklar, ilm maskanlari, madrasa va kutubxonalar yo’q qilinadi, sanoat va ilm-fan vakillari: olimlar, shoir va yozuvchilar, munajjimlar, meomorlar va musavvirlar o’ldiriladi, omon qolganlari SHimoliy Hindistonga, G’arbiy Eron va Xuroson viloyatlariga qochib jon saqlab qoladilar. Aynan mana shunday murakkab davrda Amir Temurning (1370 yil) siyosiy saqnaga kelishi hamda mustaqil davlat barpo etishi O’rta Osiyo xalqlarining muqul istilosidan, ichki o’zaro nizolardan qutulishiga olib keladi. Mamlakatda o’rnatilgan barqarorlik markaziy davlatning tez orada mustahkamlanishiga, siyosiy kuchlar tarqoqligini bartaraf etishga, ayni paytda, turli islohotlarning amalga oshirilishiga, ilm-fan va madaniyatning rivojlanishiga turtki bo’ldi.

Amir Temur – XV asrda buyuk temuriylar davlatiga asos soldi. U davlat boshqaruvida o’zidan oldingi o’tgan hukmdorlardan farq qilib, davlat va mamlakatni boshqarish xususida “Temur tuzuklari”ni yaratdi. Bu davlatni idora qilish mehyorlari, qoidalaridan iborat bo’lgan mazkur kodeks, tuzuk 2 qismdan iborat.

1. Sohibqiron Temurning 7 yoshidan (1342) to uning so’nggi kunigacha bo’lgan hayoti, siyosiy faoliyati tasvirlangan. Bu qismda Amir Temurning Movarounnahrda hokimiyatni qo’lga kiritishi va undan keyin mashhur yurishlari asosida To’xtamishxon (1376–1395), Turkiya sultoni Boyazid Yildirim (1389–1402) kabi jahongir shohlarni mag’lubiyatga uchratgani, 1,5 mln.kv.km. territoriyada Temuriylar Imperiyasiga asos solgani hikoya qilinadi.

2. Ikkinchi qism esa Jahongir Sohibqiron Temur nomidan shohzodalarga qarata aytilgan vasiyatlar, pand-nasihatlardir. Unda davlatni idora qilish sanoatining nozik sirlari, qoidalari haqida, amir, vazirlar va beklarni tanlash, ularni joy-joyiga qo’yish, qo’shin boshliqlari, ularning xizmatlarini taqdirlash, sipoqlar va ularning maoshlari kabi masalalar haqida vasiyat qiladi.

Davlatni 12 qoidaga asosan boshqardi. Davlat ishlarini 4 omilga bog’ladi: 1) saltanat, 2) xazina (boylik), 3) qo’shin (sipoq), 4) Raiyat (oddiy qora xalq). Amir Temur o’z imperiyasini 4 ulusga bo’lib boshqardi. 1) qobul, g’azna, handaqorni 12 ming qo’shin bilan Jaqongirmirzoga, keyinchalik PirmuHammadga, 2- ulusni Farqona o’lkasini Umarshayxga, 3-ulusni Mironshoqga Xurosonni, 4-ulusni SHoqruqga harbiy Iroq, Ozarbayjon hududlarini berdi. Amir Temur saltanatni boshqarishda kengash, mashvarat, maslaqat masalalariga aloqida ehtibor haratdi. Bu jarayon bizda ikki palatali parlamentchiligimizda keng yo’lga qo’yildi.

Bu davrda milliy davlatchilik to’g’risidagi qarashlarning rivojlanishida Amir Temurning xizmatlari katta bo’ldi. Uning tuzuklarida davlat tizimi, uni idora qilish uslublari va vositalari, undagi turli lavozim-vazifalar darajasi, tabaqalarning toifalanishi, harbiy qo’shinlarning tashkil etilishi, jang olib borish maqoratlari, davlat xizmatchilari raqbatini tashkil etish omillari, adolatli soliq turlarining joriy etilishi, mamlakatni obodonlashtirish tadbirlari milliy davlatchilikning yuksak madaniy va huquqiy darajada shakllantirishga erishganligidan dalolat beradi. Bunday siyosatning asos-mohiyati adolatli davlat, insonparvar jamiyat negizlarini qaror toptirishga haratiladi.

Amir Temur davlat boshqaruvining demokratik asoslarini yaratishda mamlakat ishlarini doimo kengash, mashvarad, maslahat, hushyorligu, mulohazakorlik, ehtiyotkorlik bilan amalga oshirishga qaratadi. Saltanat ishlarini Kengash asosida olib borish - bu aslida ayonlarning rizoligi va ixtiyori demak. Bunday yondashuv bevosita davlat boshqaruvi taqsimotining ilk ko’rinishlari to’g’risidagi qarashlarning rivojlanishiga zamin yaratgan.

Sohibqiron har bir ishda siyosatni adolat bilan amalga oshirishga va bunda turli vositalar asosida uning izchilligini ta’minlashga erishadi. Yahni, adolatga qaratilgan maqsadlarni adolatli vositalar bilan uyg’unlashtirish asosida davlat boshqaruvining nazariy tahlimotlarini amaliy jihatdan boyitadiki, saltanatda adolatni tahminlovchi siyosat muruvatlar yuzaga keladi. Masalan, u nafaqat davlat xizmatchilarining qanday sifatga ega bo’lishini, balki shunday sifatlilarni qanday qilib davlat boshqaruviga kelishini ta’minlashning yo’nalishi tomonlarini ishlab chiqadi. Bu borada u shunday deydi: «Agar har narsani va har kimni o’z martabasida saqlay olmasang, saltanatingga bundan ko’p qalal va ziyon yetgay. Demak, har kimning qadr-qimmatini, tutgan mavqeini va har narsaning o’lchovini belgilab olishing va shunga muvofiq ish yuritishing kerak» deb, u davlat xizmatida saloqiyatli shaxslarning ishtirokini amaliy tatbiqiga aylantiradi. Jumladan: «Kimning aqli va shijoatini sinov tarozusida tortib ko’rib, boshqalarnikidan ortiqrog’ligni bilsam, uni tarbiyatimga olib, amirlik darajasiga ko’tarar edim. So’ngra ko’rsatgan xizmatlariga yarasha martabasini oshirib borardim» deydi.

Amir Temur o’z davridagi xizmatlarining eng asosiysi va eng buyugi - bu uning davlat arbobi sifatida adolat g’oyalariga asoslangan milliy davlatchilik tahlimotlarining huquqiy negizlarini yaratganligi hamda uni tatbiq etib berganligidadir. SHu tariqa u o’z siyosiy faoliyatini shunday ifoda etadi: “har mamlakatning yaxshi kishilariga men ham yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, buzuqlar va axloqsiz odamlarni mamlakatiimdan quvib chihardim. Pastkash va razil odamlarga o’zlariga loyiq ishlar topshirdim hamda qadlaridan oshishlariga yo’l qo’ymadim. Ulug’larini va sharaf-eotiborli kishilarni hurmatlab, martabalarini oshirdim. har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo’lini to’sdim».




Download 480,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish