Reja O’zbekiston tarixi predmeti



Download 430,38 Kb.
bet41/98
Sana20.06.2022
Hajmi430,38 Kb.
#683385
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98
Bog'liq
O\'zb Tarix To\'liq Xolmanov

Uchinchidan, shuni ham ta’kidlash kerakki, kadrlar siyosati- da 1970-80-yillarda bir-biriga qarama-qarshi ikki tendensiya namo- yon bo‘ldi. Bir tomondan kadrlar korpusida turg‘unlik holati an- cha kuchli namoyon bo‘ldi. Bir qancha partiya komitetlari tarkibiga, respublika ministrliklari rahbariyatida, sho‘ro va xo‘jalik organlari xodimlari orasida ba’zida o‘n yillab zamr kadrlar o‘zgarishi ro‘y bermadi. Masalan, 0‘zbekistonda 10-15 yillab viloyatlaming birin- chi rahbarligi lavozimida ishlagan kishilar bo‘ldi. Faqat bu hol res- publika viloyat va tuman darajasida emas, korxona va xo‘jalik rah- barligida ham yuz berdiki, oqibatda bunday sun'iy turg‘unlik xizmat mansabini suiiste’mol qilishlarga olib keldi. Bundan tashqari, xalq xo‘jaligi boshlang‘ich darajasida yana noxush hol, rahbar kadrlami tez-tez almashtirish uchray boshladi. Kadrlar bilan jonli ish olib bo- rish o‘miga, ulaming professional o‘sishida amaliy yordam berish o‘miga, faoliyatlari va imkoniyatlari to‘g‘risida shoshmashosharlik bilan xulosalar chiqarildi.
Kadrlar siyosatidagi yana bir jiddiy kamchilik - rahbarlikning barcha darajalarida kadrlarda markaz buyrug‘iga so‘zsiz itoat qi- lish tuyg‘usi tarbiyalandi. Xavfli kasallikka aylangan bunday ho- lat, xususan, 80-yillar boshiga kelganda g‘oyat kuchaydi. Bu davr- da markazdan bo‘lgan har bir qo‘ng‘iroq, markazning «otalarcha g‘amxo‘rliklari», «amaliy yordami» sifatida qabul qilinadigan, ayni chog‘da markazdan bo‘lgan asossiz ko‘rsatmalar esa so‘zsiz bajari- ladigan holat vujudga keldi.
To‘rtinchidan, kadrlar siyosatidagi jiddiy xatolik markaz to- monidan milliy respublikalarga, jumladan 0‘zbekistonga mahalliy sharoitni bilmagan kadrlaming yuborilishi boidi. Masalan, 1988-yil boshlariga kelib 0‘zbekistonga Moskva, Leningrad va Rossiyaning boshqa mintaqalaridan 400 dan ortiq kishi partiya, kasaba uyushmasi va komsomol tashkilotlarida, shuningdek, ma’muriy organlarda ish- lash uchun yuborildi. Natijada mahalliy xalq hayoti bilan, mahalliy kadrlami ishchanlik qobiliyati, tashkilotchiligi, bilim darajasi, odam- lar bilan ishlash malakasi bilan mutlaqo tanish boimagan kishilar ko‘payib ketdi. Ular respublikada aholi milliy ongini o‘stirishga oid har bir chiqishni millatchilik, deb qabul qildilar. Bu oxir-oqibat yo- mon ahvolga olib keldi.
Endilikda, aniqrog‘i mamlakat mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgandan keyin, 0‘zbekistonda qurilajak huquqiy demokratik dav- lat, adolatli, insonparvar jamiyat talablariga mos kadrlar siyosati ish- lab chiqilishi lozim edi. 0‘zbekiston Prezidenti o‘z harakat Dastu- rida hozirgi zamon kadrlar siyosatidagi asosiy yo‘nalishni belgilab, «biz endi o‘z-o‘zini boshqaruv usulini keng joriy qilamiz. Mahal- la, qishloqqacha o‘zini o‘zi boshqarishi, mustaqil bo‘lishi zarur. Bu beboshlik, bo‘ysunmaslik degani emas. Bunda har qanday rahbar... xalq oldida, yurt oldida mas’ul va javobgardir, degan qoidadan kelib chiqishi shart», - deb uqtirdi. Bunday ko‘rsatma respublikada amalga oshiriladigan kadrlar siyosati uchun asos qilib olindi, qator chora-tadbirlar ko‘rildi.
Mamlakatda eng avvalo, quyi boshqamv organlari kadrlari- ni davr talabiga mos darajada mustahkamlashga kirishildi. Chunki 1980-yillar oxirlarida sobiq markazning safsata aralash ko‘rsatmalari va tavsiyalari bilan boshqamv tizimida boshboshdoqlik yuzaga kel- gan edi. 0‘shanda ko‘p yillik partiya hukmronligi yoniga sho‘rolar, ya'ni Kengashlar hukmronligi qo‘shildi. Ular esa ayni paytda xalq deputatlari ijroiya qo‘mitalari vazifasini ham bajara boshladi. Shu bilan birga, hokimiyat tarkibida ijroiya qo‘mitalar ham saqlab qo- lindi. Natijada qo‘sh hokimiyatchilik yuzaga keldi. Bu ma’lum da- i ajada bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida boshqamvda bir-birini takrorlash, ayni chog‘da bir-biriga xalaqit berish kabi illatlami kel- tirib chiqardi. Boshqacha qilib aytganda joylarda boshqamvchi ko‘p bo‘lib, javobgar shaxs, mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oladigan rahbar kadr topilmay qoldi.
Bu hol tabiiy ravishda joylarda hokimlik boshqamvini tash- kil qilishni talab qila boshladi. Shuning uchun 1994-yil 4-yanvar <)‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi to‘qqizinchi sessiyasida «0‘zbekiston respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida» qonun qabul qilindi.
Oliy Kengash «Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazish sharoitida ijroiya hokimiyatini mustahkamlash zarurligi munosabati bilan:

  1. 0‘zbekiston Respublikasining viloyatlari, tumanlari va sha- harlarida vakillik hokimiyatiga hamda ijroiya-boshqaruv hokimiyati- ga boshchilik qiladigan hokimlar lavozimi ta’sis etilsin:

  2. Belgilab qo‘yilsinki:

  • viloyatlaming hokimlari, 0‘zbekiston Respublikasining Pre- zidentiga va Xalq deputatlari tegishli kengashlariga hisob beradi- lar. Prezidentning joylardagi rasmiy vakillari bo‘ladilar. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadilar va lavozimidan ozod qilinadilar. Hamda shundan so‘ng tegishli xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlanadilar;

  • tumanlar va shaharlaming (Toshkent shahri bundan mustasno) hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanib, xalq depu- tatlari tegishli tuman, shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadilar», - degan mazmunda qaror qabul qildi.

Shuningdek, ushbu hujjatda hokimlar boshchiligida xalq depu- tatlari viloyat, shahar, tuman Kengashlari mahalliy ahamiyatga molik barcha masalalami umumdavlat manfaatlariga mos tarzda, Kengash hududida yashayotgan fuqarolaming manfaatlaridan kelib chiqqan holda hal qiladilar. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari- ni, yuqori davlat idoralarining qarorlarini amalga oshiradilar, - deyi- ladi.
Shundan keyin, qonun talablari asosida joylarda viloyat, shahar va tuman hokimlarini tanlash, tayinlash ishini amalga oshirish uchun tashkilotchilik ishlari amalga oshirildi. Avvalo boTajak yangi ho- kimlaming bilim darajasi, tashkilotchilik va tadbirkorlik fazilatlari, xalq ichida obro‘-e’tiborga ega boTish, ishni uddaburonlik bilan olib borish fazilatlari hisobga olindi. Shu ma’noda Prezident devoni, Va- zirlar Mahkamasining mas’ul xodimlari, viloyatlarda, shahar va tu- manlarda deputatlar va mahalliy faollar bilan jonli, oshkora suhbat, maslahatlashuv olib bordilar.
Hokimlaming ko‘pchiligi rahbarlik ishida va katta hayot tajri- basiga ega kishilami tashkil qilar edi. Ayni paytda hokimlar safiga yangi kuchlar ham kelib qo‘shildi. Masalan, 50 dan ortiq hokimlar birinchi marta tuman va shahar rahbarligiga kelgan kishilar edilar. Ular respublikada yashovchi turli millatlaming vakillari edi. Jumla- dan 7 millat vakili hokim - ya’ni birinchi rahbar qilib tasdiqlandi. Yangi sharoitda rahbarlik lavozimlariga ko‘plab yangi, yosh kadrlar qo‘shildi. Bu hol mustaqillik sharoitida rahbarlikning yangicha ish uslubini ularga o‘rgatishni taqozo qila boshladi. Shu maqsadda 1992-yil 3-aprelda Toshkentda viloyat, shahar va tuman hokimlari bilan 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov- ning birinchi uchrashuvi boidi. Ushbu uchrashuvda mustaqillik qoiga kiritilgandan keyingi davrdagi dastlabki yutuqlar, kadrlar siyosatining shakllanishi va uning strategiyasi atroflicha tahlil qi- lindi. Mavjud kamchiliklar va galdagi vazifalar ko‘rib chiqildi. Chunki, ayrim joylarda awalgi partiya va sovet tashkilotlaridagi cskicha uslubdan hamon voz kechilmagan edi. Masalan, fuqarolar bilan ishlash, ulaming talab va istaklarini qondirish borasida joy- larda jiddiy nuqsonlarga yo‘1 qo‘yilayotgani uchrashuvda tashvish bilan qayd qilindi. Masalan, 1992-yilning yanvar - mart oylarida mamlakat Prezidenti qabuliga 5000 ga yaqin kishi murojaat qil- gani, bu awalgi yilga nisbatan ancha ko‘p ekanligi aytildi. Eng ko‘p shikoyat va arizalar bilan murojaat qiluvchilar Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari fuqarolari edi. Xatlar mazmunini o‘rganish Prezidentning nomiga kelgan umumiy shikoyat va arizalarining 80 foizini joylaming o‘zida hal qilish mumkinligini ko‘rsatdi.
Masalan, Xorazm viloyatining Hazorasp tumanidan yoTlangan xatda bir gumh o‘qituvchilar 1989-yildan buyon yer uchastkasi oli- sholmayotganligi haqida Prezidentga shikoyat qilingan. Bu masala luman va viloyat rahbarlari huzurida hal boTmagan. Oqibatda Pre- /ident devoni aralashuvi bilan masala ijobiy hal qilindi. Ikkinchi ja- hon umshining nogironi farg‘onalik M.Yo‘ldoshev uy-joy sharoitini yaxshilash yuzasidan 1991-yil oxirida Prezidentga xat bilan muro- jaat qiladi. Biroq, Farg‘ona viloyati ijroiya qo‘mitasi bu masalaga mas’uliyatsizlik bilan qarab «arizachining umsh nogironi ekanligini mobatga olib tegishli hujjatlar bilan yashash joyidan imtiyozli nav- batga olinishi taklif qilindi», degan mazmunda javob xati yoTlagan. Vaholanki, M.Yo‘ldoshev 1988-yildan buyon imtiyozli navbatda tur- gan. Ushbu ikki misol jamiyatda tub yangilanish jarayoni boshlan- i'aniga qaramasdan, joylardagi hokimliklarda fuqarolaming talab va chtiyojlariga e'tiborsizlik bilan qaralayotganini ko‘rsatadi. Boshqa- i uv shakli o‘zgarsa-da, eski uslub o‘zgarmagani, bu natijada mahal- liy hokimiyat tasarmfiga tegishli boTgan ko‘pdan ko‘p masalalar ldorama-idora o‘tib yurishiga olib kelmoqda edi. Bunday uslubdan yangi sharoitda mutlaqo voz kechish yangi jamiyatning qat’iy talabi ekanligi ko‘rsatib o‘tildi. Uchrashuvda Prezident I. Karimov qanday tamoyillar va talablar asosida kadrlar tanlash lozimligi haqida fikr yuritib, quyidagi holat- larga alohida urg‘u berdi:

Download 430,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish