§. Xalq ta'limi, fan va madaniyat
Qoraqalpoq xalqi qadimiy va boy tarixga ega. Uning milliy ma- daniyati, jozibali san'ati, mumtoz adabiyoti, qadriyatlari, udum va an’analari olamga mashhurdir.
Mustaqillik tufayli qoraqalpoq xalqi juda ko‘p qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Adolat va tenglik, ozodlik va erk uchun kurashgan Emazar 01ako‘z, Ollayor Do‘stnazarov singari xalq qahramonlarining - jasoratli, o‘t yurakli Qoraqalpoq farzandla- rining orzu-armonlari amalga oshdi.
Milliy madaniyat va ma’naviyatning qaror topishiga, qoraqalpoq xalqining klassik shoirlari Berdaq, Ajiniyoz bobolar ijodiy merosla- rining to‘la tiklanishiga, aziz xotiralarining ulug‘lanishiga yo‘l ochib berdi.
Bugungi kunda Ibroyim Yusupov, To‘lepbergen Qaipbergenov, Tilovbergen Jumamuratov kabi qoraqalpoq yozuvchi va shoirlari- ning asarlari xalqlarimiz ma’naviy xazinasidan munosib joy oldi.
Sobir Kamolov, Charjau Abdirov kabi yirik olimlar 0‘zbekiston fani rivojiga juda katta hissa qo‘shdilar.
Bugungi kunda respublika xalq ta'limi tizimi milliy uyg‘onish, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojiga xizmat qilishda yetakchi rol o‘ynamoqda.
Respublikada yangi tipdagi o‘rta umumtaTim muassasalari - litseylar, gimnaziyalar va alohida fanlami chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladigan maktablar tez rivojlanmoqda. 1996-yil oxirida respub- likada 743 ta umumtaTim maktabi faoliyat ko‘rsatdi, shu jumla- dan, ayrim fanlami chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladigan maktablar
yilda 31 ta boTgan boTsa, 1996-yilda 169 taga yetdi, litsey va gimnaziyalar 19 taga yetdi. 0‘tgan yilning o‘zida o‘quvchilar soni 1743 nafarga ko‘paydi.
Barcha qishloq hunar-texnika bilim yurtlarida traktorchi- mashinistlar tayyorlash chegaralanib, o‘miga turli mintaqalar uchun zamr boTgan kadrlar tayyorlashga e’tibor kuchaytirildi. Milliy hu- narmandchilikni rivojlantirishga, gilam to‘qish, keramik buyumlar tayyorlash, ganchkorlar va boshqa shu kabi hunar egalarini tayyor- lashga ahamiyat berila boshlandi.
Respublikadagi 22 ta o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, shu jum- ladan, kunduzgi bo‘limda 11,8 ming o‘quvchi ta’lim olmoqda. Ber- daq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat Universiteti hamda Ajiniyoz nomli Nukus Davlat pedagogika institutida oliy ma'lumotli mutaxas- sislar tayyorlanmoqda. Bu o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida 9 ming nafar talaba o‘qimoqda. Universitetda qishloq xo‘jaligi va tibbiyot ixtisosligi bo‘yicha fakultetlar ham mavjud.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri qiyinchiliklariga qaramay respublika hukumati xalq ta’limi moddiy-texnika bazasini mustah- kamlash chora-tadbirlarini ko‘rmoqda. Keyingi 6 yilda 42 ming 778 o‘rinli maktab, 6 ming 660 o‘rinli bog‘cha, 6 ming 840 o‘rinli kasb- hunar kollejlari binolari qurilib foydalanishga topshirildi. Birgina 1996-yilning o‘zida esa 3126 o‘rinli maktab qurib ishga tushirildi.
1996-yillarda fan sohasida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi. 1992-yilda 0‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiya- sining Qoraqalpoq filialiga Qoraqalpoq bo‘limi maqomi berildi. Uning tarkibida ilgari 3 ta institut mavjud bo‘lgan bo‘lsa, yana ik- kita institut qo‘shildi. Tarix, arxeologiya va etnografiya hamda bio- ekologiya institutlari ham shu boTim tarkibiga kirdi. Botanika bog‘i boTinmasiga esa boTim maqomi berildi. 1994-yilda esa Fanlar Aka- demiyasi tarkibiga 0‘zbekiston SogTiqni saqlash vazirligiga qarashli tajriba instituti va tibbiyot klinikasi ham kiritildi.
Fanlar Akademiyasida tashkil etilgan bunday tadbirlar olimlar- ga tabiiy va ijtimoiy fanlami yanada rivojlantirish, xalq xo‘jaligi va madaniyatni yuksaltirishda muayyan muvaffaqiyatlami qoTga kiri- tishga yordam berdi. Qoraqalpoq fanida erishilgan yutuqlar hamda to‘rt jildlik «Qoraqalpoq tilining izohli lug‘ati»ni yaratishdagi xiz- matlari uchun fanlar akademiyasi boTimining 4 nafar ilmiy xodimla- ri (M.Qalandarov, R.Yesemuratova, A.To‘raboyev, D.Qozoqboyev) 1996-yilda 0‘zbekiston Respublikasining Bemniy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.
yilda 0‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining Qoraqalpoq boTimi tashkil etildi. Uning tarkibiga Sh.Musayev nomidagi Chimboy yer ishlari instituti hamda sholichi- lik va chorvachilik institutlarining filiallari kiritildi.
Nukusda SANIIRIning boTimi faoliyat ko‘rsatmoqda. Respubli- ka oliy o‘quv yurtlarida ham ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Keyingi yillarda Toshkent olimlari ko‘magida katta miqdor- dagi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlandi. Respublikada- gi 60 nafar fan doktorlari va 600 nafar fan nomzodlaridan deyarli 30 foizi 0‘zbekiston Mustaqilligi yillarida ilmiy daraja oldilar. II-
gari fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga saylangan Ch.A. Abdi- rov, S.K. Kamolov, A.B. Baxiyevlar qatoriga 1994-2000-yillarda T. Yeshanov, A. Dauletov, U.Hamidov va J. Bozorboyev ham qabul qilindilar. 1997-yilda esa ikki nafar rassom (J. Izentayev va J. Qutti- muratov) 0‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining akade- mikligiga saylandilar.
Respublikada yuqori malakali kadrlar o‘sishida ayniqsa, ijtimoiy fanlar sohasida 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komis- siyasi tomonidan tarix va arxeologiya, etnografiya, til va adabiyot bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarining himoya qi- luvchi ixtisoslashgan Kengashlaming tashkil etilayotganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Respublika olimlari keyingi yillarda chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq boTimi bioekologiya instituti xodim- lari Germaniya olimlari bilan birgalikda 1993-yildan beri Orolbo‘yi ekologiyasi muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib borishmoqda. Ta- rix, arxeologiya va etnografiya instituti Avstraliyaning Sidney uni- versiteti olimlari hamda fransuz arxeologlari bilan birgalikda ish olib bormoqdalar. 1995-yilda Mo‘ynoqda Germaniya Federativ Respub- likasi yordamida bioekologiya institutining xalqaro ekologiya stan- siyasi ochildi.
Mustaqil 0‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning dolzarb masa- lalari respublika shoir va yozuvchilari ijodida katta o‘rin egallay- di. 0‘zbekiston va QoraqalpogTston xalq shoiri Ibroyim Yusupov, 0‘zbekiston va QoraqalpogTston xalq yozuvchisi ToTepbergan Qa- ipbergenovlar qatoriga yangi nomlar kelib qo‘shildi. Saginbay Ibro- himov, Kenesboy Rahmonov kabi shoirlar, Guloysha Yesemuratova, 0‘zarboy Abdurahmonov, Muratboy Nizanovlar ana shular jumlasi- dandir.
Xalq taTimi, fan, madaniyat ravnaqini ta’minlash Qoraqal- pog‘iston Respublikasi va uning xalqi uchun muhim vazifalar- dan hisoblanadi. 2007-yildagi maTumotlarga ko‘ra, oTkada 761 ta umumtaTim maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. Eng zamona- viy o‘quv qurollari bilan jihozlangan 76 ta kasb-hunar kollejlari, 7 ta akademik litsey yosh avlodga zamonaviy bilim berish bilan shug‘ullanmoqda.
San’at va madaniyatning boshqa sohalari rivojiga katta e’tibor bilan qaralmoqda. Ayni paytda Respublikada 3 ta teatr, 4 ta konsert muassasalari, 3 ta muzey faoliyat ko‘rsatmoqda. Muzeylar ekspo- natlari yangidan yangi asarlar va jihozlar bilan boyib bormoqda.
Ular soni 2002-yilda 78 mingta bo‘lgan bo‘lsa, 2006-yilga kelib 82 ming 600 tadan oshdi. Badiiy adabiyot milliy madaniyatining mu- him bo‘g‘ini sifatida rivojlanmoqda.
2002-2007-yillar mobaynida ikki atoqli qoraqalpoq adiblari - To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupovlarga milliy mada- niyatning rivojlanishidagi g‘oyatda katta xizmatlari uchun davlati- mizning oliy mukofoti - «0‘zbekiston qahramoni» unvoni berildi. Bir qator san’atkorlarga «0‘zbekiston xalq artisti», «0‘zbekiston xalq rassomi», «0‘zbekiston san’at arbobi» unvonlari berildi.
Ayni paytda 0‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Qoraqal- pog‘iston boTimi oTkada fan taraqqiyotining asosiy tayanchi vazi- fasini bajarmoqda. 2002-yilda 3 ta oliy o‘quv yurti ishlagan boTsa, 2007-yilga kelib ular soni yana ikkitaga ko‘payib, jami 5 taga yet- di. Ularda zamonaviy kadrlar tayyorlash, o‘quv-pedagogik ishlar bi- lan birga fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan keng miqyosli ilmiy- tadqiqot ishlari ham olib borilmoqda.
yil yanvarda Toshkentda QoraqalpogTston madaniyati kunlari, noyabr oyida esa QoraqalpogTstonda Toshkent madaniyati kunlari o‘tkazildi. Bu tadbirlar Nukus va Toshkent madaniyat xodim- lari faoliyatini bir-birlariga yaqinlashtirdi. 1996-yilda Qoraqalpoq xoreografiyasi tarixida birinchi marta «Oyjamol» nomli qoraqalpoq baleti (N.Muxammedinova musiqasi, TXodjayev asari) sahnalash- tirildi. 1996-yilda 0‘zbekiston Mustaqilligining 5 yilligi oldidan o‘tkazilgan «0‘zbekiston - Vatanim manim» qo‘shiq-tanlovida yosh qo‘shiqchi Roza Kutekeyeva «Mustaqillik gullari» qo‘shig‘i bilan ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni oldi. Shu yili yana Amir Temur rolining eng yaxshi ijrosi uchun konkursida Berdaq nomidagi dra- ma teatri artisti Bozorboy Uzoqberganov qatnashib, birinchi o‘rinni oldi. Bu misollar QoraqalpogTston san’atkorlari Mustaqillik yillari- da erishgan muvaffaqiyatlardan dalolat beradi.
QoraqalpogTston san’atida erishilgan muvaffaqiyatlami keng targTb etishda Rassomlar uyushmasi, I.V.Savitskiy nomidagi san'at muzeyi, tarix-oTkashunoslik muzeyi katta targTbot-tashviqot ishlar- ni olib bormoqda.
Moliyaviy qiyinchiliklarga, qog‘oz taqchilligiga qaramay QoraqalpogTston Jo‘qarg‘i Kenges, Ministrlar Kengashining «Yor- qin Qoraqalpog‘iston», «Qoraqalpog‘iston xabarlari» gazetalari, yo- zuvchilar uyushmasining «Amudaryo» jumali, «Respublika Fanlar akademiyasining Qoraqalpoq boTimi xabarlari» ilgarigidek mun- tazam chiqarilmoqda. 1991-yildan respublikada hukumatga qarashli boTmagan «Orol qizlari» jumali chop etila boshladi.
1991—1996-yillarda Nukus shahrining 60 yilligi, To‘rtko‘l shah- rining 120 yilligi, Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining 170 yilligi, Amir Temuming 660 yilligi keng nishonlandi. Bular o‘zbek va qoraqal- poq xalqlari do‘stligining ramziy belgilaridir. Bular 0‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston tarixidagi eng muhim voqealar, o‘zbek va qoraqal- poq xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik ramzidir.
0‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning Nukus shahri 60 yilligi bayramida: «0‘zbekiston taqdiri bu - Qoraqalpog‘iston taqdiridir, o‘zbek xalqining taqdiri bu - qoraqalpoq xalqining kelajagidir» de- gan otashnafas so‘zlari qoraqalpoq xalqi xotirasida abadiy saqlanib qoladi.
Bugun Qoraqalpoq xalqi shuni yaxshi biladiki, uning amal- dagi suvereniteti, Mustaqilligi faqat 0‘zbekiston bilan birga boTgandagina ta’mirlanishi mumkin. Shuning uchun ham qoraqal- poq xalqi o‘z taqdirini o‘zbek xalqi va 0‘zbekiston bilan abadiy bogTagan. 0‘zbekiston Respublikasi va QoraqalpogTston Respublikasining Konstitutsiyalari buning yorqin kafolatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |