Reja O’zbekiston tarixi predmeti


Strategiya - bu ta’limotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo’lib, u izchillik bilan va to’liq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta’minlaydi



Download 430,38 Kb.
bet83/98
Sana20.06.2022
Hajmi430,38 Kb.
#683385
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   98
Bog'liq
O\'zb Tarix To\'liq Xolmanov

Strategiya - bu ta’limotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo’lib, u izchillik bilan va to’liq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta’minlaydi.
XXI asrga kelib strategiya tushunchasi ancha kengaydi. Strategiya deb, dunyo miqyosida va davlat ichki hayotidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hamda boshqa sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni prognozlashtirish va bartaraf etishga qaratilgan boshqaruvni tashkil etish masalalariga doir tushunchalarni qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, davlat strategiyasi bir biri bilan o’zaro bog’liq, lekin alohida xususiyat kasb etuvchi ko’plab tushunchalarda ifodalanadi.
Strategiyaning mohiyati taktik vazifalarni belgilashdan iborat. Siyosat, strategiya va taktika - strategik rahbarlik va boshqaruv jihatlari bilan bog’liq uchta mustaqil kategoriyadir. Ularning farqi shundan iboratki, strategiya tasdiqlangan va amalga oshirish uchun qabul qilingan bo’lsa, uning joriy qilinishi strategiyalashtirilayotgan obyektning mayog’iga aylanadi. Taktika esa strategik vazifalarni amalga oshirish bo’yicha kundalik, oylik va yillik (joriy) rejalarni va ularning yechimi bo’yicha tadbirlarni taqozo etadi. Siyosat — bu strategiya va taktikani yagona samarali amal qiluvchi tizimga agregatsiya va integratsiya qilinishidir.
Ko’rib turganimizdek, strategiyaning asl mohiyatida xalqimizning orzu-umidlari yo’g’rilgan g’oyalardan tashkil topgan milliy mafkuraning ifodasi yotadi. Mafkuradan nusxa olib bo’lmaganidek, davlatning strategik maqsadlarini ham boshqa davlat va xalqlarning tarixiy tajribasidan o’zlashtirib yoxud nusxa olib bo’lmaydi. Zero, har bir xalqning o’ziga xos siyosiy-ijtimoiy, demografik, iqtisodiy, madaniy tarixi, tabiiy resurslari mavjud bo’ladi. Aynan shu omillar ma’lum ijtimoiy sharoit va imkoniyatlarni vujudga keltiradi.
Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish bo'yicha 2017-yilning o’zida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, 17 ta vazirlik, qo'mita va boshqa tashkilotlarning faoliyatlari, vazifalari va tarkibi qayta ko'rib chiqildi; davlat va xo'jalik idoralarining 20tasi o'zgartirildi, 5tasi tugatildi hamda yangi 21 tasi yangidan tuzildi. Mazkur tashkilotlarning faoliyatini yanada tartibga solish va nazoratini kuchaytirish maqsadida 2017-yil sentabr oyida O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy islohotlar kontseptsiyasi qabul qilindi.
Deputatlar va Senat a'zolarining joylardagi haqiqiy vaziyatni o'rganish va muammolarni hal qilish maqsadida har oy xizmat safariga chiqish amaliyoti yo'lga qo'yildi. Yanvar-iyul oylari davomida mamlakatimizning 60 ta tumanlariga safarlar uyushtirildi, 218 mingdan ziyod fuqarolar bilan uchrashildi, muammolarini hal qilishda ko'maklashildi va tizimni yaxshilash borasida takliflar qabul qilindi.
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashning yangi tizimi – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joylardagi Xalq qabulxonalari hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi yo'lga qo'yildi. Bugungi kunga qadar virtual qabulxonaga aholidan 1,2 milliondan ziyod murojaatlar kelib tushgan.
Ruxsatnoma va litsenziyalarni olish tartibini soddalashtirish uchun licence.gov.uz, davlat xizmatlarini “Bir darcha” tamoyili asosida yo'lga qo'yish uchun www.birdarcha.uz veb-sayti ishga tushirildi. Mazkur soddalashtirish ishlari natijasida tadbirkorlik sub'ektini ro'yxatdan o'tkazish harakatlari to'rt baravar, ro'yxatdan o'tkazish vaqti esa 30 daqiqagacha qisqartirildi.
Parlament nazoratining yangi shakli yo'lga qo'yildi – ichki ishlar vaziri har olti oyda Oliy Majlis Senati oldida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar bo'yicha hisobot topshiradigan bo'ldi.
Axborot texnologiyalari yo'nalishidagi faoliyatni takomillashtirish maqsadida www.my2gov.uz portalining davlat elektron xizmatlarini onlayn to'lash, kerakli hujjatlarni muassasaga bormay turib qo'lga kiritish imkonlari yaratilgan yangi shakli ishga tushdi. Tarmoqda turib soliq va kommunal xizmatlaridan qarzdorlik, yo'l qoidalarini buzganlik uchun jarimalar, shaxsiy nafaqa va sug'urta ustamalari haqida ma'lumot olish mumkin bo'ldi.
Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish yo‘nalishida esa 2017-yilda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Qonun hujjatlarini tarqatish tizimi tubdan takomillashtirildi;
Sud tizimini yanada isloh etish orqali bir qator muhim qonun hujjatilari qabul qilindi. Xususan, sudyalik lavozimida bo‘lishning ilk marotaba 5 yillik, navbatdagi 10 yillik muddatga va sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga muayyan tartibda tayinlanishi yoki saylanishi belgilandi;
Sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy tamoyilga rioya etilishini ta'minlashga ko‘maklashadigan Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi. Sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash, shu jumladan xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellyatsiya sudlarini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan 71 ta tumanlararo tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tashkil etilishi belgilandi;
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlash maqsadida 27 ta huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlarining virtual qabulxonalari tashkil etildi;
Ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil jazo turlarini qo‘llash ko‘lami kengaytirildi. Jumladan, ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan "majburiy jamoat ishlari" jinoiy jazosi kiritildi;
Qonunchilikka kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalarga muvofiq, fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish muddati 3 yildan 1 yilga qisqartirilishi belgilandi.

Download 430,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish