Reja O’zbekiston tarixi predmeti



Download 430,38 Kb.
bet81/98
Sana20.06.2022
Hajmi430,38 Kb.
#683385
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   98
Bog'liq
O\'zb Tarix To\'liq Xolmanov

Nazorat savollari

1. XXI asr bo’sag’asida dunyoda qanday tub o’zgarishlar ro’y berdi?


2. O’zbekiston tashqi siyosatda qanday tamoyillarga amal qiladi?
3. O’zbekistonning jahon xamjamiyatiga qo’shilishi deganda nimani tushunasiz?.
4. MDH doirasidagi ko’p tomonlama va ikki tomonlama xamkorlik nima?

18.Mavzu: Yangilanayotgan O‘zbekiston : milliy tiklanishdan, milliy yuksalish sari.


Reja
1.Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi.
2.Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi - milliy tаrаqqiyotimizning yangi bоsqishi.
3.Xаlq dаvlаt idorаlаrigа emаs, dаvlаt idоrаlаri xаlqimizgа xizmаt qilishi kеrаk.
4.O’zbekiston taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichi.


Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi. 2016-yilda ilk bor mamlakat aholisi va hukumatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti yo‘lga qo‘yildi. Shu yilning sentabr oyida Bosh vazirning (pm.gov.uz manzilida) virtual qabulxonasi ochildi. 2017-yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilinishi bu sohadagi ishlarni faollashtirdi. Ana shu muloqotni amalda yo‘lga qo‘yish, inson manfaatlarini ta'minlash maqsadida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etildi. 
Ijtimoiy adolat ta’minlangan davlatda xalqning bunyodkorlik salohiyati, yaratuvchanlikka intilishi va ishtiyoqi hosil beraveradi.Shu ma’noda mustaqil Vatanimiz tarixida, xalqimiz hayotida yana bir yangi davr, yangi taraqqiyot bosqichi boshlandi, deyishga barcha asosimiz bor. Strategik maqsadlarimiz aniq va ravshan – demokratik, insonparvar davlat qurish, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish, pirovardida, xalqimizni hayotdan rozi qilish, uning yanada farovon yashashi uchun barcha shart-sharoitni yaratish. Bunday yuksak marralarga xalq bilan muloqot qilib, odamlarning ichiga kirish, ularning dardu tashvishlari bilan yashash, inson manfaatlarini ta’minlash orqaligina erishish mumkin.
2016-yil 24-sentabrda O‘zbekiston hukumati portalida Bosh vazirning virtual qabulxonasi pm.gov.uz (2017-yil yanvar oyidan Prezident virtual qabulxonasi) ochilishi murojaatlar bilan ishlash tizimini bugungi shiddatli XXI asr talablariga mos holda takomillashtirish imkonini berdi. Hukumat rahbari bilan oddiy odamlar o‘rtasida hech qanday vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yo‘lga qo‘yildi. Shu bois ham mazkur virtual qabulxona ishga tushgan kuniyoq mamlakatimizning turli joylaridan mingga yaqin ariza, shikoyat va takliflar kelib tushdi.
Virtual qabulxona ochilgunga qadar ham mamlakatimizda davlat organlarining «Ishonch telefoni», Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mavjud edi. Bu sohada maxsus “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Lekin, ming afsuski, bu qonun amalda to‘la ishlamaganini, uning ijrosini nazorat qilish o‘z holiga tashlab qo‘yilganini, aniqrog‘i, bu masalaga ikkinchi darajali bir ish sifatida qaralganini bugun ochiq tan olishga majburmiz.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga binoan Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Uning xodimlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xodimlari hisoblanishi belgilab qo‘yildi. 2017-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida Xalq qabulxonalari negizida, Prezident huzurida alohida tuzilma – Tezkor davlat xizmatlari agentligini tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi.
Bir yil davomida sinovdan o‘tib, tobora takomillashtirilib borilgan ushbu mexanizm dunyo hamjamiyatiga chinakam demokratiya yo‘lidagi muvaffaqiyatlarimizdan biri sifatida namoyish etildi. Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida, xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini mustahkamlashni global maqsad sifatida belgilab, mamlakatimiz barcha hududida Prezidentning virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilganini hamda hozirgi kungacha bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qilganini ta’kidlabo‘tdi.
Mamlakatimiz, xalqimiz hayotida har kuni yangidan-yangi o‘zgarishlar, yangilanishlar ro‘y bermoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan, yurtimizni har tomonlama rivojlantirish, xalq bilan ochiq-oshkora muloqot qilishning yangicha tizimi – Xalq qabulxonalari instituti o‘tgan vaqt mobaynida bajarilgan ishlardan ko‘ra hali etilishi lozim bo‘lgan vazifalar yanada ko‘proq ekanligini namoyon etdi. Zotan, haqiqat bahslarda, oshkora muloqotlarda bo‘y ko‘rsatadi. Prezidentning joylarda Xalq qabulxonalari, virtual qabulxonasi tashkil etilganidan keyin xalqning real hayotidan xabardor bo‘lish, odamlarning ko‘p yillik muammolarini, talab va ehtiyojlarini yaqindan o‘rganish, ularni hatto joyida hal etish, zarur chora-tadbirlarni belgilab, ijtimoiy adolatni ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining (keyinchalik Prezident Administratsiyasi) Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan mamlakatimizning barcha shahar hamda tumanlarida, chekka-chekka qishloqlarda, mahallalarda ommaviy qabullar, xalq bilan yuzma-yuz suhbatlar tashkil etildi. Qisqacha qilib aytganda, xalq ichiga kirib borildi. Odamlarning yuraklarida yig‘ilib qolgan dardlari, allaqachon hal qilinishi mumkin bo‘lgan-u, lekin to‘rachilik, o‘zibo‘larchilik, sansolarlik oqibatida yillar davomida yechilmay kelgan muammolar yuzaga chiqa boshladi. Eng muhimi, odamlar dardlarini aytishi, kattayu kichik idoralar rahbarlari bilan yuzma-yuz gaplashishi, muammolariga qisqa fursatda yechim topishi uchun qulay imkoniyat yuzaga keldi. Nafaqat muammolar, ularning talab va takliflariga ham quloq tutildi, bu takliflar yig‘ilib, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi yo‘lga qo‘yildi. Prezidentimizning “Rahbarlar xalqning xizmatkori bo‘lishi zarur”, “Asosiy maqsadimiz – xalq roziligi, xalq bizdan rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi”, degan qat’iy talablari amalda o‘z ifodasini ko‘rsatdi. Bugungi kunda ana shu izlanishlar samarasi sifatida ko‘plab yangiliklar hayotga tatbiq etilmoqda.
Fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilib, Prezidentning virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda, qator muammolar bilan birga, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish borasida ham ko‘plab yechimini kutayotgan muammolar mavjudligi aniqlandi. Holbuki, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 2003-yildan boshlab tadbirkorlik subyektlarini “Yagona darcha” tamoyili asosida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun shahar, tuman hokimliklari huzurida maxsus inspeksiyalar tashkil etilgan. 2016-yildan esa ular negizida Davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlari ish olib borgan. Ammo ushbu sa’y-harakatlar ham aholining bugungi talab va ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli emasligi ayon bo‘ldi. Binobarin, odamlarning har bitta hujjat uchun turli-tuman idoralarga murojaat qilishi, soatlab navbat kutishlar, qog‘ozbozlik, turli ovoragarchiliklar barham topmadi. Shu boisdan mamlakatimizda davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish borasida keng ko‘lamli ishlar boshlandi.
Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a`zolariga Murojaatnomasida demokratiyaning ilg`or mexanizmi sifatida jamoa bo`lib elektron murojaat kiritish tartibini joriy etishni taklif etdi.Ya`ni, bir guruh fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni Oliy Majlis yoki xalq deputatlari kengashlari ko`rib chiqishi majburiy ekani qonunda belgilab qo`yilishi lozim.
Shu munosabat bilan mamlakatimiz fuqarolari davlat va jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalar bo`yicha o`z fikrlarini bildirishlari uchun internet tarmog`ida “Mening fikrim” deb nomlangan maxsus veb-sahifa tashkil etish maqsadga muvofiqligi ta`kidlandi. 2018-yilda O’zbekistonda jamoaviy murojaatlar uchun yagona mahalliy portal paydo bo’ldi. U yerda fuqarolar davlat va jamiyat ahamiyatiga ega bo’lgan masalalar bo’yicha o’z fikr va tashabbuslarini e’lon qilishlari mumkin. “Mening fikrim” veb-portali mamlakatimizda fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining ochiqligi, qabul qilinayotgan qonunlarning hayotiy va samarali bo’lishini ta’minlash maqsadida yaratildi.
Portal quyidagi tartibda ishlaydi:
1. Fuqarolar o’z tashabbuslarini portalga yozishadi
2. Ekspertlar ko’rib chiqqanidan so’ng ushbu tashabbus portalda e’lon qilinadi
3. Portalda ushbu tashabbuslarga jamoatchilik tomonidan ovoz beriladi
4. Ovozlar yetarli darjaga yetgach tashabbus Oliy Majlis yoki Xalq deputatlari Kengashlari e’tiboriga taqdim etiladi



Download 430,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish